INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
230
O‘ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLAR TOMONIDAN QIMMATLI QOG‘OZLAR
BILAN OPERATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY O‘SISHNI
RAG‘BATLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Muhiddinova Iroda Farhod qizi
e-mail:
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, Toshkent, 100149
Axmedova Firuza Abdumajidovna
e-mail:
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, Toshkent, 100149
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan
operatsiyalarining iqtisodiy o’sishni rag’batlantish istiqbollari hamda mamlakatda narxlar
barqarorligi va bank tizimi barqarorligini ta’minlashdagi o’rni atroflicha yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
likvidlik, qimmatli qog’ozlar, aksiya, obligatsiya, moliyaviy bozorlar, tijorat
banklari, Markaziy bank, diversifikatsiya, investitsiya portfellari, inflyatsiya, risklarni
boshqarish.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье подробно освещены перспективы стимулирования
экономического роста посредством операций коммерческих банков с ценными бумагами,
а также их роль в обеспечении ценовой стабильности и устойчивости банковской
системы в стране.
Ключевые слова:
ликвидность, ценные бумаги, акция, облигация, финансовые рынки,
коммерческие банки, Центральный банк, диверсификация, инвестиционные портфели,
инфляция, управление рисками.
ABSTRACT:
This article provides a comprehensive overview of the prospects for stimulating
economic growth through commercial banks' operations with securities, as well as their role in
ensuring price stability and the stability of the banking system in the country.
Keywords:
liquidity, securities, stock, bond, financial markets, commercial banks, Central
Bank, diversification, investment portfolios, inflation, risk management.
1 KIRISH.
Hozirgi jahon iqtisodiyotida qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy barqarorlikni ta'minlash,
investisiyalarni rag‘batlantirish hamda kapitalning samarali taqsimlanishini ta'minlashda muhim
rol o‘ynaydi. Ushbu bozorning rivojlanishi iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarga hissa qo‘shadi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, bugungi zamonaviy iqtisodiyotda har qaysi
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
231
mamlakat bank tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘ymay turib, iqtisodiyotni
yuksaltirish va uning barqarorligiga erishishni ta’minlash mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli
farmonining 26-maqsadida: “Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida,
kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollardan 7 milliard AQSh dollarga
yetkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich
erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond
birjasi orqali xususiylashtirish hamda davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya
jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60
foizgacha yetkazish” reja qilingan.[2]
Tijorat banklari mamlakat iqtisodiyotida muhim moliyaviy vositachi hisoblanib, resurslarini
diversifikatsiya qilish hamda yuqori daromad olish maqsadida qimmatli qog’ozlar bilan
operatsiyalarni amalga oshiradilar. Banklar emissiyaviy faoliyati davomida ustav kapitalini
oshirish hamda aholining va tadbirkorlik sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish
maqsadida qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori
elementlaridan foydalangan holda investitsion faoliyatdan daromad oladi. Shu sababli,
banklarning
qimmatli
qog'ozlar
bozorida ishtiroki
ularning
umumiy
moliyaviy
strategiyasida muhim o'rin egallaydi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi ko‘plab omillarga, jumladan, makroiqtisodiy va
siyosiy barqarorlik, infratuzilma va texnologik innovatsiyalarning mavjudligi, ma'lumotlarning
mavjudligi, investorlarning savodxonlik darajasi va tizimga ishonchiga bog‘liq. Bu omillar
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish darajasini va
barqarorligini belgilaydi.
2 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Qimmatli qog‘ozlar (qiymatli qog‘ozlar) haqida ilmiy asosda tarif va tushunchalarni ishlab
chiqqan olimlar asosan iqtisodiyot, moliya va huquq sohalarida faoliyat yuritgan. Xususan,
xorijlik olimlar L.Gitman va M.Djonkning fikricha, qimmatli qog‘ozlar bozori -bu naqd pul
yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida bitimlar tuzish mexanizmidir, fond birjalari –bu
muayyan qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchilar va sotuvchilarning o‘zaro munosabatlarini
tashkil
etadigan
markazlashgan
muassasadir.[4]
Ingliz
iqtisodchisi,
zamonaviy
makroiqtisodiyot asoschilaridan biri J.M.Keyns, o’zining "The General Theory of Employment,
Interest and Money" nomli asarida aktivlar, investitsiyalar va moliyaviy bozorlardagi xulq-atvor
haqida fikrlar yuritgan hamda Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi spekulyatsiyani tahlil qilgan.[1]
Nobel mukofoti sovrindori Harry Markovitz Portfel nazariyasini ishlab chiqqan, qimmatli
qog‘ozlar orasida diversifikatsiya orqali xavfni kamaytirish mumkinligini ko‘rsatgan.
Rus olimlari Gafurov Sh., Berkinov B., O.Pichuginalar "Qimmatli qog‘ozlar bozori" asarida
Qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy tamoyillari va ularning iqtisodiy ahamiyatini yoritgan.
S.S.G‘ulomov "O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatining huquqiy
asoslari"da O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslari va
rivojlanish yo‘nalishlarini tahlil qilgan.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
232
3 EKSPERIMENTAL NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari nafaqat banklarning o‘ziga foyda
keltiradi, balki umuman moliyaviy tizimning barqaror ishlashiga, kapital bozorining
rivojlanishiga va iqtisodiyotga sarmoyalarni jalb qilishga xizmat qiladi. Tijorat banklarining
qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari bank tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib,
moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga va iqtisodiyotning barqarorligiga katta hissa qo‘shadi.
Banklarning fond bozoridagi faoliyatining xususiyatlarini va ularni belgilovchi omillarni
ochib berish uchun quyidagilar zarur: 1) Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari
tuzilishi va dinamikasini tahlil qilish. 2) Fond bozorida ayrim toifadagi banklarning
operatsiyalari tuzilishi va dinamikasining xususiyatlarini o‘rganish. 3) Banklarning qimmatli
qog‘ozlar bilan operatsiyalari dinamikasi va tuzilishini belgilaydigan sabablarni aniqlash.[3]
Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi, shubhasiz, kompaniyalar uchun tashqi kapitalni
jalb qilishga yordam beradi, bu esa loyihalar va innovasion g‘oyalarni amalga oshirishni
rag‘batlantiradi. Shuningdek, u korporativ boshqaruvni takomillashtiradi, biznes shaffofligini
oshiradi, raqobatni rag‘batlantiradi, yangi ish o‘rinlari yaratishga yordam beradi va kapitalni
taqsimlash samaradorligini oshiradi.[5]
Rivojlangan davlatlarda banklarning qimmatli qog'ozlar (obligatsiyalar, aksiyalar, derivativlar
va h.k.z) bilan olib boradigan operatsiyalari yuqori darajada samarali hisoblanadi. Masalan,
JPMorgan Chase, Goldman Sachs, yoki UBS kabi yirik banklar yiliga milliardlab dollar
daromadni aynan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish orqali topadi. 2023 yilda JPMorgan
o‘zining investitsiya bo‘limi orqali $30 milliarddan ortiq daromad olgan.
1-jadval: Yirik banklarning 2024-yilgi qimmatli qog‘ozlar savdosidan olingan
daromadlarining umumiy daromadlardagi ulushi [11,12,13]
Bank nomi
Umumiy daromad
(AQSh dollari)
Savdo va treydingdan
olingan daromad
Ulush (%)
JPMorgan Chase $132.6 milliard
$16.5 milliard
12%
Goldman Sachs
$53.51 milliard
$9.1 milliard
17%
Bank of America $94.5 milliard
$18.8 milliard
20%
Morgan Stanley
$67.6 milliard
$11.4 milliard
17%
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
233
Citigroup
$79.3 milliard
$19.8 milliard
25%
Yuqoridagi jadvalda asosan dunyoning eng yirik banklari shu jumladan, transmilliy banklar
faoilyati ham tahlil qilingan. Bu banklar faoliyati davomida daromadining qariyb 5/1 qismini
aynan savdo va treydinglar orqali sahkllantiradi. O‘zbekistonda banklarning qimmatli qog‘ozlar
bilan operatsiyalari hali yaxshi rivojlanmagan va bu bozorning ulushi rivojlangan
mamlakatlarga qaraganda nisbatan past hisoblanadi. Bozor infratuzilmasi cheklangan ya’ni
tashqi investorlar ishtiroki past va elektron savdo tizimlari va zamonaviy moliyaviy
instrumentlar (derivativlar, REPO, ETF) yetarlicha rivojlanmagan.
2-jadval: O'zbekiston banklarining 2024 yildagi daromad manbalari[6,7,8,9,10]
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda banklar faoliyati asosan kredit
va valyuta operatsiyalariga yo‘naltirilgan. Daromadlarning katta qismi kredit foizlari, komissiya
xizmatlari va valyuta operatsiyalaridan olinadi. Qimmatli qog‘ozlar orqali daromad olish
amaliyoti cheklangan. Banklar asosan Markaziy bank yoki Moliya vazirligi tomonidan
chiqarilgan davlat obligatsiyalariga sarmoya kiritadi va korporativ obligatsiyalar va aksiyalarga
sarmoya nisbatan kam. Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalardan olinadigan daromadlar
Bank nomi Jami foizli daromad
Jami foizsiz daromadlar
Qimmatli
qog'ozlar
bilan
operatsiyal
ar bo'yicha
Kredit
va
lizing
operatsiyala
ri bo'yicha
Boshqa
foizli
daromadla
r
Investitsiyada
n
olingan
foyda
va
dividendlar
Xorijiy
valyutada
gi foyda
Boshqa
foizsiz
daromadla
r
Hamkorban
k
326
846
558,0
3 842 046
613,0
184 772
839,0
26 297 164,0 6 155 438
451,0
1 405 560
454,0
Aloqabank
2 249,0 mlrd so'm
1 866,0 mlrd so'm
Kapitalban
k
543
389
168,0
5 859 213
972,0
3 312 898
997,0
3 103 955,0
1 345 543
503,0
1 916 085
016,0
Asakabank 82
573
237,0
4 323 976
760,0
2 686 972
050,0
23 959 498,0 312 072
953,0
1 457 056
210,0
Agrobank
(2024-yil 3-
chorak)
39
476
461,0
5 769 158
997,0
4 417 868
632,0
2 367 534,0
661 154
417,0
2 231 755
680,0
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
234
banklar umumiy daromadining o’rtacha 5 % gacha qismini tashkil qiladi. Masalan “Asakabank”
ATBning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalaridan olingan daromad umumiy bank
daromadining 0,69%ini tashkil qilsa, bu ko’rsatkich “Kapitalbank” ATBda 4,55% ni tashkil
qiladi.
O‘zbekistonda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini rivojlantirish
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda muhim strategik rol o‘ynaydi. Qimmatli qog’ozlar (ayniqsa,
markaziy bank obligatsiyalari) yordamida pul massasi nazorat qilinadi. Qimmatli qog‘ozlar,
xususan, davlat obligatsiyalari chiqarilishi orqali investorlar pul mablag‘larini obligatsiyalarga
yo‘naltiradilar. Bu pulning aylanishdan chiqishi degani, ya’ni, ortiqcha pul iste’moldan ko‘ra
jamg‘armaga ketadi va buning natijasida inflyatsiya bosimi kamayadi. Moliyaviy bozorlarda
barqaror va ommabop qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lsa, bu kapitalning ichki bozorda
qolishiga ham sabab bo‘ladi.
Davlat yoki bank katta miqdorda qimmatli qog‘oz chiqarib, bu orqali investorlar pullarini jalb
qilishi, pul aylanishini, Iste’mol darajasini pasaytiradi hamda narxlar o‘sishi sekinlashib bu
bevosita inflyatsiya darajasini pasaytirishga xizmat qiladi.
4 XULOSA
Iqtisodiy o‘sishda banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarining eng muhim yutug‘i
bu kapitalni samarali taqsimlash, moliyaviy bozorlarni chuqurlashtirish, davlatning fiskal
barqarorligini ta’minlash va xususiy sektorni rivojlantirishdir. Bu omillar birgalikda ish
o‘rinlari yaratish, korporativ investitsiyalar va bozor ishtirokchilari o‘rtasida oson kapital
aylanishini ta'minlaydi, bu esa iqtisodiy o‘sishning barqarorligini oshiradi.
O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirish va banklarning bundagi rolini oshirish mamlakat
iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan deb qarashimiz mumkin. Buning uchun:
Banklarning investitsiya bo‘limlarini kuchaytirish lozim. Banklar o‘zlarining
sarmoyaviy faoliyatiga ko‘proq e’tibor qaratib, bu borada yuqori bilim va ko’nikmaga ega
bo’lgan xodimlar salmog’ini oshirish, moliyaviy tahlilchilar va treyderlarni tayyorlashi yoki
jalb qilishi lozim.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini erkinlashtirish ya’ni xususiy sektorga chiqarilgan
qimmatli qog‘ozlar savdosini rag‘batlantirish, IPO va SPO larni qo‘llab-quvvatlash zarur.
O‘zbekiston Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Markaziy bank banklar va
investorlar uchun qulay huquqiy maydon yaratishi kerak.
Ammo bu yo‘nalishda yutuqlarga erishish uchun infratuzilma, qonunchilik, inson kapitali va
ishonch darajalarini birgalikda oshirish zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. J.M.Keyns – “The General Theory of Employment, Interest and Money” marxists.org 2002,
- bet 472.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvarda qabul qilingan “2022 —
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
235
3. X.O.Gulmurodov. “Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini
rivojlantirish yo’llari”, Fundamental tadqiqotlar jurnali -2 (2025),-bet 241-248
4. Гитман Л.Дж., Джонк Майкл Д.Основы инвестирования. –М.: Издательство “Дело”,
1997.-С.41-44. 8
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.