INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
24
AZAMAT QO‘CHQAROV RAMZIY ASARLARINING SUFIZM BILAN ALOQASI
Olimjonova Maftuna Farhodjon qizi
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Namangan viloyati yosh avlod rassomlaridan biri bo’lgan
Azamat Qo’chqarovning ijodiy asarlari tahlil qilinadi. Maqolada dastlabki yillarda yaratilgan
realistik hamda keyingi yillardagi sufiylik falsafasi mujassam bo’lgan kartinalari o’rganilgan.
Kalit so’zlar:
Azamat Qo’chqarov, realizm, sufizm, kartina, “Chorvoq manzarasi”, “Between
hope and fear”, “Bride”, “Layli va majnun”, “Yosh Kamoliddin Behzod”.
Annotation:
This article analyzes the creative works of Azamat Kuchkarov, one of the young
generation of artists of the Namangan region. The article studies his realistic paintings created
in the early years and his later paintings emdiving the philosophy of Sufism.
Keywords:
Azamat Kuchkarov, realism, Sufism, painting, “Chorvoq manzarasi”, “Between
hope and fear”, “Bride”, “Layli and Majnun”, “Yosh Kamoliddin Behzod”.
Kirish.
Mustaqillik yillarida Namangangan viloyati yangi avlod rassomlari ijodida o’ziga xos
milliylikni izlash tamoyillari kuzatildi. Bu tamoyillar dastgohli rangtasvirda romantik realizm,
qishloq hayoti va maishiy manzaralar, simvolik-falsafiy izlanishlar, mahalliy motivlarda
o’zkasini topdi. Ular orasida Azamat Qo’chqarov ijodi o’ziga xos falsafiy qarashlari bilan
ajralib turadi.
Asosiy qism.
Yangi avlod rassomlari ichida dastgohli rangtasvir san’atida sermaxsul ijod qilib kelayotgan
Azamat Qo’chqarov
ijodining dastlabki yillarida milliy me’moriy meros, tabiat manzaralari,
natyurmort va gul tasvirlari bir butun badiiy konsepsiya sifatida namoyon bo‘ldi. Bu davrda u,
realizm an’anasini zamonaviy estetik qarashlar bilan uyg‘unlashtiradi (“Sen ham ishon” turkum
asarlari, “Olmalar”).
Azamat Qo‘chqarov ijodida realizm asosiy yo‘nalish bo‘lsa-da, u milliy an’analar, tarixiy
obidalar va tabiat manzaralarini o‘ziga xos badiiy til bilan ifodalaydi. Rassom yorug‘lik va soya
o‘yinlariga katta e’tibor berib, ranglarni tabiiy, lekin badiiy kuchaytirish orqali tomoshabinda
hissiy javob uyg‘otadi. Uning asarlarida nafaqat tasviriy mukammallik, balki ruhiy ta’sirchanlik
ham muhim o‘rin tutadi (“Al Buxoriy maqbarasi” (2016), “Buxoro”(2016), “Pionlar” (2018),
“Chorvoq manzarasi”).
Rassom qalamiga mansub “Chorvoq manzarasi” (2017) asarida bahoriy yashillik, gullagan
daraxtlar va tog‘lar fonida joylashgan suv havzasi uyg‘unlikda tasvirlangan. Rassom pastel va
yorqin ranglarni uyg‘un ishlatib, osoyishtalik va tabiat go‘zalligini aks ettiradi. Kompozitsiya
chuqurligi tomoshabinga manzara ichiga kirib borayotgandek taassurot uyg‘otadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
25
“Chorvoq manzarasi”
“Natyurmort”
kartinasida milliy bezakli gilam va kulolchilik buyumlari bilan kompozitsiya
yaratilgan. Rassom bu asarda o‘zbek xonadonining milliy ruhini va farovon hayot falsafasini
ifoda etadi. Ranglarning to‘yinganligi va naqshlar bilan mevalar uyg‘unligi dekorativlik va
realizmni birlashtiradi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
26
“Natyurmort”
Azamat Qo‘chqarov dastlabki asarlarida milliylik va zamonaviy realizm uyg‘unligining yorqin
namunasi sifatida o‘zbek me’morchiligi, tabiat manzaralari va milliy madaniyat unsurlarini
badiiy yuksaklikda tasvirlab, tomoshabinga estetik zavq va ruhiy yuksalish bag‘ishlaydi.
Keyingi yillarda esa u o’z ijod yo’lini sufizm falsafasining asosiy g‘oyalari — ichki poklanish,
ilohiy ishq, ruhiy erkinlik va tabiat
bilan uyg‘unlik konsepsiyalari bilan
chambarchas bog‘langan (“Between
Hope and Fear”, “Bride”, “Layli va
Majnun” diptixi, “On the Terrace”).
Azamat Qo‘chqarovning “Between
Hope and Fear” asarida inson figurasi
qorong‘i va yorug‘ ranglarning keskin
kontrasti ichida tasvirlangan. Yopiq
ko‘zlar,
yuz
ifodalaridagi
ichki
taranglik
ruhiy iztirob va orzu-
umid
ning dialektikasini ochadi.
Bu holat sufiylikdagi
“mujahada” —
nafs bilan kurash
jarayonini eslatadi.
Akbar Hakimov ta’riflaganidek, “sufiy
“Between Hope and Fear”
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
27
estetikasi zulmatni yengib, ilohiy nur sari intilish jarayonini badiiy timsollar orqali
ifodalaydi”.1 Asarda alohida ahamiyatga ega detallar —
qushlar obrazi
, ayniqsa hudhud
timsolidir. Qur’oni Karimning Naml surasida hudhud qushi Sulaymon payg‘ambarga yo‘l
ko‘rsatuvchi sifatida tilga olinadi.2 Shuningdek, Farididdin Attorning mashhur “Mantiq ut-tayr”
asarida hudhud barcha qushlarga pir va yo‘lboshchi sifatida talqin qilinadi.3 Qo‘chqarovning
asaridagi hudhud ham insonni zulmatdan nurga eltuvchi ruhiy sayohat ramzi sifatida ishlatilgan.
Bu ramzni sufiyona talqinda izohlash uchun Annemarie Schimmelning fikri ham muhim: u
“hudhud qushi islomiy tasavvufda donishmandlik va ruhiy yo‘l ko‘rsatish timsolidir” deya qayd
etadi.4 William Chittick ham hudhudni “qalbni ilohiy haqiqat sari yetaklovchi ichki ovoz”
sifatida talqin qiladi.5
Shunday qilib,
“Between Hope and Fear”
— nafaqat insonning ruhiy iztiroblari, balki qush
(hudhud) obrazi orqali
yo‘l ko‘rsatish, haqiqat sari sayr, umid va qo‘rquvning tasavvufiy
birligi
ni, insonning ruhiy yo‘lini va izlanish jarayonini ifodalaydi.
Ramziy portretlarda (xususan, “Between Hope and Fear”, “Layli va Majnun” diptixida) ko‘zlari
yumuq obrazlar taslim bo‘lish, dunyoviy chalg‘itkichlardan voz kechish va ichki dunyoga
sho‘ng‘ish holatini aks ettiradi. Bu sufiylarning zikr va tafakkur amaliyotlarida uchraydigan
ruhiy holatlarni eslatadi, bunda inson ko‘zlarini yummoq orqali tashqi olamdan uzilib, qalbni
ilohiy nurga ochadi.
Qo‘chqarovning “Layli va Majnun” asari Sharq mumtoz adabiyotining eng mashhur ishqiy
rivoyatiga tayanadi. Ammo rassom uni oddiy romantik hikoya sifatida emas, balki
sufiyona
ishq falsafasi
sifatida talqin qiladi.
Sufiy adabiyotida Layli va Majnun voqeasi ilohiy ishqning ramzi sifatida keng talqin qilinadi.
Majnun obrazi insonning Alloh ishqida dunyodan uzilishi, Layli esa ilohiy jamol timsoli.
Qo‘chqarov bu diptixida ularni ruhiy uyg‘unlikda, lekin iztirob va poklanish jarayonida aks
ettiradi.
Layli va Majnun obrazlari asarda bir-biriga intiluvchi, ammo yetolmaydigan ikki ruh sifatida
tasvirlangan. Bu, Hakimovning ta’rificha, “tasavvufiy estetika uchun xos bo‘lgan paradoks —
yaqinlik va uzoqlik, vasl va hijron o‘rtasidagi dialektika”.6
Tasavvufda “ishq” tushunchasi ikki qismga bo‘linadi:
Ishqi majoziy
– insonlar o‘rtasidagi sevgi;
Ishqi haqiqiy
– Allohga bo‘lgan ilohiy muhabbat.
Qo‘chqarov “Layli va Majnun”da majoziy ishq orqali haqiqiy ishqni ramziy tarzda ko‘rsatadi.
Bu Attorning “Mantiq ut-tayr” asaridagi qushlarning sayohati kabi: ular majoziy sayr orqali
Haqiqatga yetadilar. Navoiy ham “Lison ut-Tayr”da bu g‘oyani davom ettiradi.
1 Hakimov, A.
Islom san’ati O‘zbekistonda: falsafa va poetika
. Toshkent: Zilol buloq, 2022. – 145-bet
2 Qur’oni Karim,
Naml
surasi, 27:20–28.
3 Farididdin Attor.
Mantiq ut-tayr
. Tehron, 2011. – 57–63-betlar
4 Schimmel, A.
Mystical Dimensions of Islam
. Chapel Hill: University of North Carolina Press, 1975. – p. 302
5 Chittick, W.
Sufism: A Short Introduction
. Oxford: Oneworld, 2000. – p. 55.
6 Hakimov, A.
Islom san’ati O‘zbekistonda: falsafa va poetika
. Toshkent: Zilol buloq, 2022. –275-bet.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
28
“Layli va majnun”
Uzum shodasi va barglar sufiylikda hayot sharobining ramzi bo‘lib, bu jismoniy mastlik emas,
balki ilohiy ishq mastligini bildiradi. Qo‘chqarov “Bride” va “Layli va Majnun” asarlarida
uzum yaproqlari bilan o‘ralgan boshlar orqali insonning ilohiy muhabbat girdobiga tushishini,
ruhiy yangilanishini tasvirlaydi.
Sharq tasavvufida uzum va undan olinadigan sharob
ilohiy ishq
ramzi sifatida keng ishlatiladi.
Rumiyning “Masnaviy”sida, shuningdek, Hofiz va Jomiy g‘azallarida sharob – Allohning ilohiy
muhabbatidan mast bo‘lish ramzi sifatida talqin qilinadi.
Annemarie Schimmel yozadi: “Sufiyona adabiyotda sharob ichish — bu tashqi mastlik emas,
balki Haqiqatning zavqidan mast bo‘lish, ilohiy ishqning kuchini his etishdir”.7
Qo‘chqarovning fonida berilgan
uzum shodasi
— Layli va Majnun orasidagi muhabbatning
ilohiy bosqichga ko‘tarilganidan
dalolat beradi. Agar Layli va Majnunning o‘zlari insoniy
sevgi (ishqi majoziy)ni bildirsa, uzum esa bu sevgi
ishqi haqiqiyga — ilohiy muhabbatga
aylanganining
ramzidir. Hakimov ham “islomiy san’atda meva obrazlari ko‘pincha hayotiylik
va baraka timsoli bo‘lsa, tasavvufiy talqinda ular ilohiy haqiqatning botiniy ifodasiga aylanadi”
deya qayd etadi.8
Demak,
“Layli va Majnun”
diptiхidagi
uzum tasviri
oddiy tabiat detali emas, balki
ilohiy
mastlik
ramzi hamda ishqiy munosabatning insoniy darajadan
sufiyona darajaga
ko‘tarilganini ko‘rsatadi. Asarning ichki ma’nosini yanada chuqurlashtirib, uni sof romantik
hikoyadan falsafiy-mistik darajaga olib chiqadi.
Azamat Qo‘chqarovning ramziy asarlarida sufiylik falsafasi sezilarli darajada mujassam:
hudhud va qush obrazlari yo‘l ko‘rsatish va ruhiy sayohatni, yopiq ko‘zlar ichki tafakkurni,
uzum va barglar ilohiy ishqni, Layli va Majnun esa poklanish va jamol ishqini ifodalaydi.
Rassom bu ramzlarni milliy san’at an’analari bilan uyg‘unlashtirib, o‘ziga xos zamonaviy
sufiyona badiiy til yaratgan.
Azamat Qo‘chqarovning “Bride” (“Kelin”) asari uning ijodidagi ramziy-estetik qatlamni yorqin
ko‘rsatib beruvchi namunalardan biridir. Bu asar, bir tomondan,
milliylikni izlash tamoyillari
,
ikkinchi tomondan esa
sufiyona va ramziy poetika
ni mujassamlashtiradi.
7 Schimmel, A.
Mystical Dimensions of Islam
. Chapel Hill: UNC Press, 1975. – p. 291.
8 Hakimov, A.
Islom san’ati O‘zbekistonda: falsafa va poetika
. Toshkent: Zilol buloq, 2022. – 223-bet.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
29
Markazda tasvirlangan kelin obrazida rassom milliy o‘ziga xoslikni alohida ta’kidlagan: u
o‘zbek milliy libosi
va zargarlik buyumlari bilan bezatilgan. Libosning dekorativ naqshlari fon
bilan uyg‘unlashib, obrazni umumlashtirilgan, ramziy darajaga ko‘taradi. Kelin obrazining
jiddiy va sokin nigohi esa sharqona an’anadagi kelinchak timsolini ramziy va ruhiy yuksaklikda
ko‘rsatadi.
Fonida tasvirlangan
uzum shoxlari va mevalari
asarning asosiy ramziy qatlamini tashkil etadi.
Qo‘chqarov asarda
dekorativ-ramziy uslub
ga murojaat qiladi:
Rang palitrasi sokin, ammo chuqur semantik qatlamni ochib beradi. Ko‘k va yashil
tuslar sof poklik va hayotiylikni anglatadi.
Kompozitsiya markazida turgan kelin figuraning monumental berilishi esa
romantik
realizm
ning milliy talqini sifatida baholanishi mumkin.
“Bride” asarida rassom milliylikni ikki qatlamda izlaydi:
1.
Material qatlam
— milliy libos, milliy zargarlik an’analari va naqshlar orqali.
2.
Ramziy qatlam
— uzum timsoli, sharqona kelinchak obrazining ilohiylashtirilishi
orqali.
Bu ikki qatlam uyg‘unlashib, Qo‘chqarov ijodida milliylikni faqat tashqi atributlarda emas,
balki
falsafiy va ramziy qatlamlarda ham izlash
tamoyiliga asoslanadi.
Azamat Qo‘chqarovning “Bride” asari oddiy kelinchak tasviri emas, balki
milliy libos, uzum
ramzi va ruhiy yuksaklik
uyg‘unligida milliy qadriyatlarni ilohiy va ramziy darajaga
ko‘taruvchi falsafiy talqindir. Bu bilan rassom milliy san’atni zamonaviy ramziy-estetik
oqimlar bilan uyg‘unlashtirgan holda, o‘z ijodida
milliylikni izlashning yangi bosqichi
ni
yaratgan.
“On the Terrace”
asarida arxitektura elementi insoniyat yaratgan moddiy madaniyatni,
qaldirg’och esa ruhiy erkinlik va osmon bilan aloqa ramzini bildiradi. Bu sufiylikdagi zohir
(tashqi) va botin (ichki) dunyolar o‘rtasidagi muvozanat g‘oyasini eslatadi.
“Yosh Kamoliddin Behzod”
asarida yosh Kamoliddin Behzod ijodiy izlanishlar davridagi
holatda tasvirlangan. Rassomning yonida turgan ayol obrazi esa ilhom manbai, ramziy “Ilhom
parisi” sifatida talqin qilinadi. Bu uyg‘unlik, bir tomondan, Behzodning insoniy va ruhiy
dunyosini ko‘rsatadi, ikkinchi tomondan, san’at va go‘zallikning abadiy hamrohligini
ifodalaydi. Behzod qo‘lida mo‘yqalam bilan tasvirlangan — bu uning ijodkor sifatidagi asosiy
qurolini ko‘rsatadi.
Asar dekorativlik va lirizm uyg‘unligida ishlangan. Rassomning asarlaridagi umumiy jihati
bo’lgan ko‘k va yashil tuslar Behzodning
ruhiy pokligi
va ijodiy olamining yuksakligini
anglatadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
30
“Bride”
Sariq fon esa
ilohiy nur va ilhom
manbai sifatida tasvirlangan. Figuradagi yumshoq chiziqlar
va yuz ifodalari romantik-estetik kayfiyatni beradi.
Ayol obrazi orqali rassom
san’atga ilhom baxsh etuvchi timsolni
kiritadi. Bu, Sharq
miniatyura an’analarida uchraydigan “go‘zallik va ilhom” konsepsiyasining zamonaviy talqini
sifatida ko‘rilishi mumkin. Shuningdek, bu obraz “ilhom parisi” yoki san’atkor uchun zaruriy
ma’naviy kuch manbai sifatida ham talqin qilinadi.9
“Yosh Kamoliddin Behzod”
9 Schimmel, A.
Mystical Dimensions of Islam
. Chapel Hill: UNC Press, 1975. – 112–118-betlar.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
31
Xulosa.
Azamat Qo’chqarovning so’nggi yillarda yaratilgan asarlarida o’ziga xos umumiyliklar mavjud:
Dekorativ-ramziy uslub
— rassom fonni oddiy fon sifatida emas, balki ramziy
qatlamni ochuvchi semantik makon sifatida qo‘llaydi. Masalan, “Bride” fonidagi uzum yoki
“Between Hope and Fear”dagi qushlar.
Romantik realizm
— obrazlar realistik tarzda ishlansa-da, ular ruhiy yuksaklik, ideal
go‘zallik yoki ilohiylashtirilgan kayfiyat bilan beriladi. Masalan, “Layli va Majnun”da sevgi
ramziy va ruhiy darajaga ko‘tarilgan.
Sharqona ramzlar tizimi
— uzum, qush, yorug‘lik, an’anaviy liboslar orqali rassom
Sharq falsafasi va sufiyona tasavvufiy qarashlarni tasviriy san’at tili bilan ifodalaydi.
Ranglar falsafasi
— ko‘k, yashil, sariq ranglar asosiy ustunlikka ega bo‘lib, ular poklik,
hayotiylik va ilohiy nur ramzidir. Bu rang uyg‘unligi asarlarga ruhiy balandlik baxsh etadi.
Azamat Qo‘chqarovning ramziy asarlarida sufiylik falsafasi sezilarli darajada mujassam:
hudhud va qush obrazlari yo‘l ko‘rsatish va ruhiy sayohatni, yopiq ko‘zlar ichki tafakkurni,
uzum va barglar ilohiy ishqni, Layli va Majnun esa poklanish va jamol ishqini ifodalaydi.
Rassom bu ramzlarni milliy san’at an’analari bilan uyg‘unlashtirib, o‘ziga xos zamonaviy
sufiyona badiiy til yaratgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Хакимов, А. Исламское искусство Узбекистана: философия и поэтика. Ташкент: Zilol
buloq, 2022.
2. Qur’oni Karim, Naml surasi
3. Farididdin Attor. Mantiq ut-tayr. Tehron, 2011.
4. Schimmel, A. Mystical Dimensions of Islam. Chapel Hill: University of North Carolina
Press, 1975.
5. Chittick, W. Sufism: A Short Introduction. Oxford: Oneworld, 2000.
6. M. Olimjonova. XX ASR NAMANGAN TASVIRIY SAN’ATI. "Oriental Art and
Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz Volume 5 Issue 5 / October
2024.
