O’ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANISHIDA MILLIY QADRIYATLARNING O’RNI

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda milliy qadriyatlarning o‘rni tahlil qilingan. Xususan, Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlarining betakror madaniy merosi, tarixiy obidalari, xalqona urf-odatlari va hunarmandchiligi orqali turizmning barqaror rivojlanishi yoritib berilgan. Maqolada milliy qadriyatlarni turizm bilan uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, statistik ma’lumotlar va amaliy misollar asosida turizm infratuzilmasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
32-35

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Meliboyeva, . M. (2025). O’ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANISHIDA MILLIY QADRIYATLARNING O’RNI. Международный журнал научных исследователей, 12(1), 32–35. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/136651
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda milliy qadriyatlarning o‘rni tahlil qilingan. Xususan, Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlarining betakror madaniy merosi, tarixiy obidalari, xalqona urf-odatlari va hunarmandchiligi orqali turizmning barqaror rivojlanishi yoritib berilgan. Maqolada milliy qadriyatlarni turizm bilan uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, statistik ma’lumotlar va amaliy misollar asosida turizm infratuzilmasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham ko‘rsatib o‘tilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 13, issue 2, September 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

32

O’ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANISHIDA MILLIY

QADRIYATLARNING O’RNI

Meliboyeva Ma’mura O’rinboyevna

Jizzax viloyati SAMBHRAM UNIVERSITETI o’qituvchisi

meliboyevamamura8@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda milliy

qadriyatlarning o‘rni tahlil qilingan. Xususan, Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlarining

betakror madaniy merosi, tarixiy obidalari, xalqona urf-odatlari va hunarmandchiligi orqali

turizmning barqaror rivojlanishi yoritib berilgan. Maqolada milliy qadriyatlarni turizm bilan

uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy merosni asrab-avaylash va uni

kelajak avlodlarga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, statistik

ma’lumotlar va amaliy misollar asosida turizm infratuzilmasida amalga oshirilayotgan

islohotlar ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Turizm, milliy qadriyatlar, Samarqand, Xiva, Jizzax, madaniy meros, iqtisodiy

barqarorlik, hunarmandchilik, ekoturizm, turizm infratuzilmasi.

Kirish

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ulardan

iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan turizmda foydalanish davlat siyosatining

ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraldi. Xususan, Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlari

o‘zining betakror madaniy merosi, xalqona qadriyatlari va boy tarixiy obidalari bilan dunyo

bo‘ylab sayyohlarni jalb etib kelmoqda. Mazkur hududlarda turizm sohasini rivojlantirish milliy

qadriyatlarni saqlash, ularga yangi mazmun berish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda

muhim rol o‘ynamoqda. Shu o’rinda, Turizm infratuzilmasi va sanoati turizmga qo'shni

tarmoqlarni o'ziga yanada ko'proq tortib, ko'plab kishilarni ish bilan ta'minlanayotganligi

e’tirofga loyiq.. Turizm sohasiga ko'proq ishchilar jalb qilinmoqda, natijada ko'p sonli ish

joylari paydo bo'lishiga olib kelmoqda, bu esa juda muhim masala bo'lib, jamiyatga foydali

bo'lgan hollar ichida birinchi o'rinda turadi.
Turizm davlatlarning ijtimoiy, madaniy va ta'lim sohalariga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Xalqaro

aloqalarga hamda alohida shaxslar va butun jamiyatning orzu-umidlarini hurmat qilish va

adolatga asoslangan tinchlikparvarlik doirasida, turizm insonlarning bir-birini o'rganishi va

tushunishining ijobiy va doimiy omili, shuningdek, xalqlar o'rtasidagi hurmat va ishonchning

yanada yuqori darajasiga erishishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Zamonaviy turizm mehnat

ahliga haq to'lanadigan yillik ta'til berilishini nazarda tutuvchi ijtimoiy siyosatning mahsuli

sifatida yuzaga keldi, bu esa ayni paytda dam olishga bo'lgan huquqning e'tirofi hamdir.

Turizm ijtimoiy tenglik, kishilar va xalqlar o'rtasidagi hamjihatlik va shaxs kamolotining

omiliga aylandi. Uning madaniy va ma'naviy mazmun-mohiyati ulkandir. Aynan turizm inson

ongi erishgan yutuqlar haqida ma'lumot olish va ular bilan tanishish vositasi bo'Iib, xalqlarning

tarixiy va madaniy qadriyatlaridan bahramand bo'lish imkonini beradi. Arnalda turizmning

ma'naviy mohiyati iqtisodiy va moddiy mezonlardan ustun bo'lishi va inson shaxsining har

tomonlama uyg'un kamol topishiga yordam berishi, ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 13, issue 2, September 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

33

turmush tarzi va hayotini belgilashida teng huquqni ta'minlashi lozim. Bu jarayonni esa uning

qadri va shaxsini hurmat qilish, xalqlaming o'ziga xos madaniyati va axloqiy qadriyatlarini tan

olish, - deb bilish darkor. Shunday qilib, tarixiy, madaniy va diniy qadamjolarni har qanday

vaziyatlarda, ayniqsa, ziddiyatlar vujudga kelganda himoya qilish davlatlar va jahon

hamjamiyatining eng muhim vazifalaridan biri bo'lmog'i lozim.1

Jumladan, O’zbekistonga eng ko’p turistlar tashrif buyuruvchi hududlar sifatida Samarqand,

Xiva va Jizzax viloyatlarini aytishimiz mumkin. Ushbu viloyatlarda sayyohlikni rivojlantirish

jarayonida milliy urf-odatlar, hunarmandchilik mahsulotlari, xalq og‘zaki ijodi, taom

madaniyati va tarixiy obidalar muhim o‘rin tutadi. Jumladan, Samarqanddagi Registon

majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim masjidi xalqimizning o‘tmishdan meros qolgan

madaniy boyligidir. Xivada esa Ichan qal’a tarixiy majmuasi UNESCO Butunjahon merosi

ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, bu maskan nafaqat me’morchilik, balki milliy qadriyatlarni dunyo

miqyosida targ‘ib etuvchi obyekt sifatida xizmat qiladi. Jizzax viloyati esa o‘zining tabiiy

go‘zalliklari, qadimiy dehqonchilik an’analari va mahalliy hunarmandchilik sohalari bilan

ajralib turadi.2

Bugungi kunda turizm infratuzilmasini rivojlantirishda milliy qadriyatlardan foydalanish orqali

yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Samarqand shahrida xalqaro anjumanlar va festivallar

muntazam o‘tkazilib, milliy raqslar, kiyimlar va an’anaviy ovqatlar orqali sayyohlarda katta

qiziqish uyg‘otilmoqda. Xiva shahrida 'Ipak va ziravorlar' festivali xalqaro miqyosda e’tirof

etilgan bo‘lsa, Jizzaxda ekoturizm yo‘nalishida qator yangi maskanlar tashkil etildi.

1-jadval.

Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlariga tashrif buyurgan turistlar soni (2021–2024)

Yil

Samarqand

Xiva

Jizzax

2021

1200000

800000

200000

2022

1500000

950000

250000

2023

1800000

1200000

300000

2024

2200000

1400000

400000

1-diagramma. Turistlar sonini o’sib borishi Samarqand , Xiva va Jizzax viloyatlari

kesimida

1

Turizm asoslari: bakalavriat ta'lim YO'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma/ M.A Mirzayev, M.T. Aliyeva;

mas'ul muharrir ASh. Bekmurodov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.:

O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011. - 288 b.

2

UNWTO (2023, 2025). World Tourism Barometer & Tourism Highlights. Madrid: United Nations World

Tourism Organization.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 13, issue 2, September 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

34

*Stat.uz - turizm statistikasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Shu bilan birga, rivojlanib kelayotgan tarmoqlar qatori turizm ham keng global tarmoq kabi o‘z

funksiyalarini bajarib kelmoqda. Uning rivojlanishi uchun yangi kadrlar va yosh avlod

shakillantirilmoqda. Shuning natijasida turizm ko‘rsatkichlari yildan-yilga o‘smoqda.
2-diagramma. Turizm sohasidan olingan daromad (mlrd. so‘m)

*Ma’lumotlar uzbektourism.uz / tourismcommittee.uz saytidan olindi.

Xulosa

O‘zbekistonning turizm sohasini rivojlantirishda milliy qadriyatlar eng muhim omillardan biri

bo‘lib qolmoqda. Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat

iqtisodiy o‘sishni ta’minlamoqda, balki xalqimizning madaniy merosini asrab-avaylash va

kelajak avlodlarga yetkazishda ham katta rol o‘ynamoqda. Milliy qadriyatlarni turizm bilan

uyg‘unlashtirish orqali mamlakatimizda barqaror va raqobatbardosh turizm sanoatini

shakllantirish mumkin.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 13, issue 2, September 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

35

Binobarin, Turizm - aksariyat davlatlar iqtisodiyotining muhim hamda ustuvor tarkibiy qismi

bo'lib, mahalliy aholining ish bilan bandligi, mehmonxonalar, restoran va tomoshagohlaming

to'liq ishlashi, xorij valutasining mamlakatga kirib kelishini ta'minlaydi. Shu bois, ko'plab

mamlakatlar turizm sohasiga katta e'tibor bilan qaraydilar. Masalan, Fransiyada hukumat

yig'ilishlari vaqtida turizm vaziri bosh vaziming o'ng tomonidanjoy oladi. Fransiyaning

Yevropadagi birinchi raqamli turistik hudud ekanligi va Parij shahrini turizm hisobiga yashab,

"Turistik Makka» - deb nom olishi boshqa mamlakatlar havas qilsa arzigulik holdir. Meksika

prezidenti esa yirik xalqaro turistik ko'rgazmalarni shaxsan o'zi ochib beradi. Bunday misollarni

yana ko'plab davom ettirish mumkin.

Turizmning ichki iqtisodiy tabiati shuni ko'zda tutadiki, turist albatta o'z pullarini mazkur

davlatda qoldirishi kerak. Turizm mahalliy turistik resurslarni ekspluatatsiya qilishga va buning

evaziga davlatning foyda olishiga asoslanadi. Shuning uchun turist o'zi kelgan mamlakatdagi

har qanday manbaadan foyda olishga haqli emas. Ishchi kuchi oqimining cheklanishi

muammosi davlat immigratsiya (kirib keluvchilar) xizmatlarini tashvishga solgani bois odatda,

faqat keskin ishchi kuchi yetishmasligi, mahalliy ishchi resurslarining taqchilligi va muayyan

og'ir ishlarni (masalan, o'ta og'ir, zararli, iflos va shu kabi) bajara oladigan kerakli malakali

mutaxassislarga talab bo'lgandagina chetdan ishchilarni yollashga ruxsat beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Turizm asoslari: bakalavriat ta'lim YO'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma/ M.A

Mirzayev, M.T. Aliyeva; mas'ul muharrir ASh. Bekmurodov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va

o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011. -

288 b.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611- son

Farmoniga 1-ilova 2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini

rivojlantirish konsepsiyasi.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmni rivojlantirishga oid 2019– 2025-yillar

strategik hujjatlari (Farmon va qarorlar).

4.

UNWTO (2023, 2025). World Tourism Barometer & Tourism Highlights. Madrid:

United Nations World Tourism Organization.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611- son Farmoni.

6.

Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotlari.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-yanvardagi “2022– 2026-yillarda

turizmni rivojlantirish strategiyasi” PQ-60-sonli qarori.

8.

Stat.uz - Turizm statistikasi.

9.

uzbektourism.uz / tourismcommittee.uz

10.

https://infocom.uz/magazine-article-detail/921

Bibliografik manbalar

Turizm asoslari: bakalavriat ta'lim YO'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma/ M.A Mirzayev, M.T. Aliyeva; mas'ul muharrir ASh. Bekmurodov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011. - 288 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611- son Farmoniga 1-ilova 2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmni rivojlantirishga oid 2019– 2025-yillar strategik hujjatlari (Farmon va qarorlar).

UNWTO (2023, 2025). World Tourism Barometer & Tourism Highlights. Madrid: United Nations World Tourism Organization.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611- son Farmoni.

Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-yanvardagi “2022– 2026-yillarda turizmni rivojlantirish strategiyasi” PQ-60-sonli qarori.

Stat.uz - Turizm statistikasi.

uzbektourism.uz / tourismcommittee.uz

https://infocom.uz/magazine-article-detail/921