INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
36
O’ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANISHIDA MILLIY
QADRIYATLARNING O’RNI
Meliboyeva Ma’mura O’rinboyevna
Jizzax viloyati SAMBHRAM UNIVERSITETI o’qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda milliy
qadriyatlarning o‘rni tahlil qilingan. Xususan, Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlarining
betakror madaniy merosi, tarixiy obidalari, xalqona urf-odatlari va hunarmandchiligi orqali
turizmning barqaror rivojlanishi yoritib berilgan. Maqolada milliy qadriyatlarni turizm bilan
uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy merosni asrab-avaylash va uni
kelajak avlodlarga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, statistik
ma’lumotlar va amaliy misollar asosida turizm infratuzilmasida amalga oshirilayotgan
islohotlar ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar.
Turizm, milliy qadriyatlar, Samarqand, Xiva, Jizzax, madaniy meros, iqtisodiy
barqarorlik, hunarmandchilik, ekoturizm, turizm infratuzilmasi.
Kirish
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ulardan
iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan turizmda foydalanish davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraldi. Xususan, Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlari
o‘zining betakror madaniy merosi, xalqona qadriyatlari va boy tarixiy obidalari bilan dunyo
bo‘ylab sayyohlarni jalb etib kelmoqda. Mazkur hududlarda turizm sohasini rivojlantirish milliy
qadriyatlarni saqlash, ularga yangi mazmun berish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda
muhim rol o‘ynamoqda. Shu o’rinda, Turizm infratuzilmasi va sanoati turizmga qo'shni
tarmoqlarni o'ziga yanada ko'proq tortib, ko'plab kishilarni ish bilan ta'minlanayotganligi
e’tirofga loyiq.. Turizm sohasiga ko'proq ishchilar jalb qilinmoqda, natijada ko'p sonli ish
joylari paydo bo'lishiga olib kelmoqda, bu esa juda muhim masala bo'lib, jamiyatga foydali
bo'lgan hollar ichida birinchi o'rinda turadi.
Turizm davlatlarning ijtimoiy, madaniy va ta'lim sohalariga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Xalqaro aloqalarga hamda alohida shaxslar va butun jamiyatning orzu-umidlarini hurmat qilish
va adolatga asoslangan tinchlikparvarlik doirasida, turizm insonlarning bir-birini o'rganishi va
tushunishining ijobiy va doimiy omili, shuningdek, xalqlar o'rtasidagi hurmat va ishonchning
yanada yuqori darajasiga erishishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Zamonaviy turizm mehnat
ahliga haq to'lanadigan yillik ta'til berilishini nazarda tutuvchi ijtimoiy siyosatning mahsuli
sifatida yuzaga keldi, bu esa ayni paytda dam olishga bo'lgan huquqning e'tirofi hamdir.
Turizm ijtimoiy tenglik, kishilar va xalqlar o'rtasidagi hamjihatlik va shaxs kamolotining
omiliga aylandi. Uning madaniy va ma'naviy mazmun-mohiyati ulkandir. Aynan turizm inson
ongi erishgan yutuqlar haqida ma'lumot olish va ular bilan tanishish vositasi bo'Iib, xalqlarning
tarixiy va madaniy qadriyatlaridan bahramand bo'lish imkonini beradi. Arnalda turizmning
ma'naviy mohiyati iqtisodiy va moddiy mezonlardan ustun bo'lishi va inson shaxsining har
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
37
tomonlama uyg'un kamol topishiga yordam berishi, ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi,
turmush tarzi va hayotini belgilashida teng huquqni ta'minlashi lozim. Bu jarayonni esa uning
qadri va shaxsini hurmat qilish, xalqlaming o'ziga xos madaniyati va axloqiy qadriyatlarini tan
olish, - deb bilish darkor. Shunday qilib, tarixiy, madaniy va diniy qadamjolarni har qanday
vaziyatlarda, ayniqsa, ziddiyatlar vujudga kelganda himoya qilish davlatlar va jahon
hamjamiyatining eng muhim vazifalaridan biri bo'lmog'i lozim.1
Jumladan, O’zbekistonga eng ko’p turistlar tashrif buyuruvchi hududlar sifatida
Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlarini aytishimiz mumkin. Ushbu viloyatlarda sayyohlikni
rivojlantirish jarayonida milliy urf-odatlar, hunarmandchilik mahsulotlari, xalq og‘zaki ijodi,
taom madaniyati va tarixiy obidalar muhim o‘rin tutadi. Jumladan, Samarqanddagi Registon
majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim masjidi xalqimizning o‘tmishdan meros qolgan
madaniy boyligidir. Xivada esa Ichan qal’a tarixiy majmuasi UNESCO Butunjahon merosi
ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, bu maskan nafaqat me’morchilik, balki milliy qadriyatlarni dunyo
miqyosida targ‘ib etuvchi obyekt sifatida xizmat qiladi. Jizzax viloyati esa o‘zining tabiiy
go‘zalliklari, qadimiy dehqonchilik an’analari va mahalliy hunarmandchilik sohalari bilan
ajralib turadi.2
Bugungi kunda turizm infratuzilmasini rivojlantirishda milliy qadriyatlardan foydalanish
orqali yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Samarqand shahrida xalqaro anjumanlar va
festivallar muntazam o‘tkazilib, milliy raqslar, kiyimlar va an’anaviy ovqatlar orqali
sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otilmoqda. Xiva shahrida 'Ipak va ziravorlar' festivali xalqaro
miqyosda e’tirof etilgan bo‘lsa, Jizzaxda ekoturizm yo‘nalishida qator yangi maskanlar tashkil
etildi.
1-jadval.
Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlariga tashrif buyurgan turistlar soni (2021–2024)
Yil
Samarqand
Xiva
Jizzax
2021
1200000
800000
200000
2022
1500000
950000
250000
2023
1800000
1200000
300000
2024
2200000
1400000
400000
1-diagramma. Turistlar sonini o’sib borishi Samarqand , Xiva va Jizzax viloyatlari
kesimida
1
Turizm asoslari: bakalavriat ta'lim YO'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma/ M.A Mirzayev, M.T. Aliyeva;
mas'ul muharrir ASh. Bekmurodov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.:
O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011. - 288 b.
2
UNWTO (2023, 2025). World Tourism Barometer & Tourism Highlights. Madrid: United Nations World
Tourism Organization.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
38
*Stat.uz - turizm statistikasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Shu bilan birga, rivojlanib kelayotgan tarmoqlar qatori turizm ham keng global tarmoq
kabi o‘z funksiyalarini bajarib kelmoqda. Uning rivojlanishi uchun yangi kadrlar va yosh avlod
shakillantirilmoqda. Shuning natijasida turizm ko‘rsatkichlari yildan-yilga o‘smoqda.
2-diagramma. Turizm sohasidan olingan daromad (mlrd. so‘m)
*Ma’lumotlar uzbektourism.uz / tourismcommittee.uz saytidan olindi.
Xulosa
O‘zbekistonning turizm sohasini rivojlantirishda milliy qadriyatlar eng muhim omillardan
biri bo‘lib qolmoqda. Samarqand, Xiva va Jizzax viloyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar
nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlamoqda, balki xalqimizning madaniy merosini asrab-avaylash
va kelajak avlodlarga yetkazishda ham katta rol o‘ynamoqda. Milliy qadriyatlarni turizm bilan
uyg‘unlashtirish orqali mamlakatimizda barqaror va raqobatbardosh turizm sanoatini
shakllantirish mumkin.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 13, issue 2, September 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
39
Binobarin, Turizm - aksariyat davlatlar iqtisodiyotining muhim hamda ustuvor tarkibiy
qismi bo'lib, mahalliy aholining ish bilan bandligi, mehmonxonalar, restoran va
tomoshagohlaming to'liq ishlashi, xorij valutasining mamlakatga kirib kelishini ta'minlaydi. Shu
bois, ko'plab mamlakatlar turizm sohasiga katta e'tibor bilan qaraydilar. Masalan, Fransiyada
hukumat yig'ilishlari vaqtida turizm vaziri bosh vaziming o'ng tomonidanjoy oladi.
Fransiyaning Yevropadagi birinchi raqamli turistik hudud ekanligi va Parij shahrini turizm
hisobiga yashab, "Turistik Makka» - deb nom olishi boshqa mamlakatlar havas qilsa arzigulik
holdir. Meksika prezidenti esa yirik xalqaro turistik ko'rgazmalarni shaxsan o'zi ochib beradi.
Bunday misollarni yana ko'plab davom ettirish mumkin.
Turizmning ichki iqtisodiy tabiati shuni ko'zda tutadiki, turist albatta o'z pullarini mazkur
davlatda qoldirishi kerak. Turizm mahalliy turistik resurslarni ekspluatatsiya qilishga va buning
evaziga davlatning foyda olishiga asoslanadi. Shuning uchun turist o'zi kelgan mamlakatdagi
har qanday manbaadan foyda olishga haqli emas. Ishchi kuchi oqimining cheklanishi
muammosi davlat immigratsiya (kirib keluvchilar) xizmatlarini tashvishga solgani bois odatda,
faqat keskin ishchi kuchi yetishmasligi, mahalliy ishchi resurslarining taqchilligi va muayyan
og'ir ishlarni (masalan, o'ta og'ir, zararli, iflos va shu kabi) bajara oladigan kerakli malakali
mutaxassislarga talab bo'lgandagina chetdan ishchilarni yollashga ruxsat beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Turizm asoslari: bakalavriat ta'lim YO'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma/ M.A
Mirzayev, M.T. Aliyeva; mas'ul muharrir ASh. Bekmurodov; O'zbekiston Respublikasi
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti,
2011. - 288 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611- son Farmoniga 1-
ilova 2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish
konsepsiyasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmni rivojlantirishga oid 2019– 2025-yillar
strategik hujjatlari (Farmon va qarorlar).
4. UNWTO (2023, 2025). World Tourism Barometer & Tourism Highlights. Madrid: United
Nations World Tourism Organization.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611- son Farmoni.
6. Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotlari.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-yanvardagi “2022– 2026-yillarda
turizmni rivojlantirish strategiyasi” PQ-60-sonli qarori.
8. Stat.uz - Turizm statistikasi.
9.
uzbektourism.uz / tourismcommittee.uz
