MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK SIMFONIK MUSIQASINING TARAQQIYOTI VA MILLIYLIK TAMOYILLARI

Annotasiya

Mazkur maqolada O'zbekiston mustaqilligi yillarida milliy kompozitorlik maktabining shakllanishi va rivojlanishi, simfonik musiqa, janrida yaratilgan yirik asarlar hamda ularning badiiy va estetik ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy va yevropa musiqiy an'analari uyg'unligi, zamonaviy orkestrning akustik imkoniyatlarini o'zlashtirish yo'lidagi izlanishlar, yosh kompozitorlarning jodiy izlanishlari hamda xalqaro miqyosda olib borilgan faoliyati yoritiladi. Maqolada mustaqillik davri o'zbek simfonik ijodiyotining o'ziga xosliklari ochib berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
  • V.Uspenskiy nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi “Musiqa adabiyoti” bo’limi katta o’qituvchisi
f
40-42

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Kadirova , D. (2025). MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK SIMFONIK MUSIQASINING TARAQQIYOTI VA MILLIYLIK TAMOYILLARI. Международный журнал научных исследователей, 12(1), 40–42. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/136679
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada O'zbekiston mustaqilligi yillarida milliy kompozitorlik maktabining shakllanishi va rivojlanishi, simfonik musiqa, janrida yaratilgan yirik asarlar hamda ularning badiiy va estetik ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy va yevropa musiqiy an'analari uyg'unligi, zamonaviy orkestrning akustik imkoniyatlarini o'zlashtirish yo'lidagi izlanishlar, yosh kompozitorlarning jodiy izlanishlari hamda xalqaro miqyosda olib borilgan faoliyati yoritiladi. Maqolada mustaqillik davri o'zbek simfonik ijodiyotining o'ziga xosliklari ochib berilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 13, issue 2, September 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

40

MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK SIMFONIK MUSIQASINING TARAQQIYOTI VA

MILLIYLIK TAMOYILLARI

Kadirova Dilshodaxon Ibrogimovna

V.Uspenskiy nomidagi Respublika

Ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi

“Musiqa adabiyoti” bo’limi katta o’qituvchisi

Annotatsiya

: Mazkur maqolada O'zbekiston mustaqilligi yillarida milliy kompozitorlik

maktabining shakllanishi va rivojlanishi, simfonik musiqa, janrida yaratilgan yirik asarlar

hamda ularning badiiy va estetik ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy va yevropa

musiqiy an'analari uyg'unligi, zamonaviy orkestrning akustik imkoniyatlarini o'zlashtirish

yo'lidagi izlanishlar, yosh kompozitorlarning jodiy izlanishlari hamda xalqaro miqyosda olib

borilgan faoliyati yoritiladi. Maqolada mustaqillik davri o'zbek simfonik ijodiyotining o'ziga

xosliklari ochib berilgan.

Kalit so'zlar

: simfonik musiqa, milliy kompozitorlik maktabi, orkestr, maqom, rapsodiya,

xalqaro festival, “Serial”, “Aleatorika”, “Puantilizm”, “Sonorizm”, “Elektron musiqa”.

0'zbekiston mustagilligi milliy madaniyat va san'atning yangi bosqichini boshlab berdi.

Ayniqsa, musiqiy san'atda milliy qadriyatlar va jahon musiqa madaniyati an'analari

uyg'unlashib, yangicha yo'nalishlar shakllana boshladi. Shu jarayonda milliy kompozitorlik

maktabi namoyondalari o'zbek simfonik musiqasini yuksaltirish, uni xalqaro maydonda tanitish

va o'zining milliy ruhini asrab qolish borasida katta ijodiy faoliyat olib bordilar.

Mustagillikning dastlabki yillaridanoq simfonik asarlar milliy ohanglar, maqom ladlari

va Yevropa simfonizmi uslublarini o'zida mujassam etgan holda yaratilmoqda. Bu jarayon

o'zbek musiqasining global madaniyatga qo'shilgan hissasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa XX asrd insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyoti

yangidan-yangi falsafiy- estetik tamoyillar kashf eta boshladi. Musiqa san’atida realizmning

turlanishi boshlandi. Romantik ideallar, abstrakt umumlashmalar, impressionizm,

ekspressionizm kabi ijodiy oqimlar, ma’lum estetik tamoyil va yo‘nalish bo‘yicha turlanish

jarayoni avj oldi. Bulardan tashqari: “Serial”, “Aleatorika”, “Puantilizm”, “Sonorizm”,

“Elektron musiqa” kabi avangard atalmish oqimlar ham avj oldi. Natijada bu davrga kelib

“Tonallik va notonallik” texnika egallandi. Ijodiy tafakkur maydonida qaysi uslubiy yo‘lni

tanlash yoki qaysi birisini qo‘llash kompozitoming o‘ziga havola bo‘lib qoldi.[2]

Ma’lumki, yuqori saviyali, badiiy-simfoniya yaratish mushkul jarayondir. Chunki bu abstraktli

musiqiy obraz bilan davr voqealari, xilma-xil, rang-barang murakkab hayotni, tabiatni aks

ettirish ijodkordan chuqur nazariy-musiqiy bilimni, ijodiy mahoratni, falsafiy dunyoqarashni,

milliy musiqiy an’analami mukammal ravishda idroklash va talqin eta olishni talab etadi.

Shuning uchun kompozitoming birgina kasbiy mahorati bilan chegaralanib qolmaydi. Uning

asosiy mezoni yorqin, milliy ruh bilan sug‘orilgan, yuqori saviyali, badiiy-estetik, ta’sirchan

asar yaratishdadir.

O‘zbekistonda ikkinchi jahon urushi yillari yuqorida

ilk bor G.Mushel S.Vasilenko,

A.Kozlovskiy, M.Ashrafiylar bir qator simfonik asarlari bilan musiqa ijodiyotida o‘zlarini

namoyon etdilar. Urushdan keyin, so‘nggi yillardagi janr ijodiyoti xususida musiqashunos

N.S.Yanov-Yanovskaya o‘zining “O‘zbek simfonik musiqasi” kitobida alohida tahlil qilib

bergan.[3]


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 13, issue 2, September 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

41

G‘arb musiqa madaniyatida paydo bo‘lib rivoj topgan bu janr, o‘zbek kompozitorlari ijodiga

XIX – arsning oxirlarida kirib keldi. Simfonik musiqaning O‘zbekistonda shallanish hamda

rivojlanish jarayoni o‘ziga xos uchta ijodiy jarayonlardan iboratdir:

1.

Birinchi bosqich

– bu simfonik janr, ijrochilik me’zonlarining O‘zbekiston xududiga

kirib kelishi hamda rus kompozitorlarining o‘zbek milliy ohanglari asosida asarlarni yaratishi.

2.

Ikkinchi bosqich

– milliy kompozitorlik maktabi namoyondalari ijodida simfonik

asarlarning yaratilishi.

3.

Uchinchi bosqich

– o‘zbek – simfonist kompozitorlarining shakllanishi va yetuk

simfonik asarlarini jaxon talabiga mos ravishda yaratilishi.

Bundan tashqari O‘zbekiston milliy simfonik musiqa janrlari ilk davrlardan boshlab serko‘lam

va quyidagi ijodiy uslublarga asoslanib yaratildi:

1.

Xalq kuyini o‘zgartirmagan holda uni garmoniyalashtirish va cholg‘ulashtirish.

2.

Xalq kuyini qayta ishlash, ya’ni ayrim o‘zgartirishlar tufayli mavzuni riqojlantirish.

3.

Xalq kuyini iqtibos sifatida qo‘llash va rivojlantirish.

4.

Xalq musiqasining intonatsiya, usul, tebranish xususiyatlaridan mukammal foydalanish

orqali asar yaratish.

5.

Mustaqil ravishda, milliy ruxda, mualliflik-orginal mavzu asosida simfonik asarlar

yaratish [1]

XX asrning 20-40- yillarida V.Uspenskiy, A. Kozlovskiy, G. Mushel, R. M. Glier kabi

kompozitorlar o‘zbek musiqasi tarixida yangi saxifa ochib berdilar. Keyinchalik M. Ashrafiy,

M. Burxonov, T. Sodiqov, M. Liviev, S. Yudakov, S. Boboev kabi kompozitorlar xam asta-

sekin o‘zlarining ijod namunalarini birin-ketin namoyish eta boshladilar.

50 -60 yillarda esa, ikrom Akbarov, Fattox Nazarov, Doni Zokirov, To‘lqin Qurbonov, Enmark

Salixov, Sovet Varelas, Sayfi Jalil, Feliks Yanov-Yanovskiy kabi kompozitorlar o‘z asarlarini

yarata boshladilar.

80-90 yillardan boshlab bo‘lsa, keyingi yosh avlod kompozitorlari Mirsodiq Tojiev, Mirxalil

Maxmudov, Ulug‘bek Musaev, Rustam Abdullaev, Mustafo Bafoev, Anvar Ergashev,

Xabibulla Raximov, Dilorom Omonullaeva kabilar o‘zbek kompozitorlik maktabining gullab

yashnashiga xizmat qilib kelmoqdalar.

50 -60 yillarda esa, ikrom Akbarov, Fattox Nazarov, Doni Zokirov, To‘lqin Qurbonov, Enmark

Salixov, Sovet Varelas, Sayfi Jalil, Feliks Yanov-Yanovskiy kabi kompozitorlar o‘z asarlarini

yarata boshladilar.

80-90 yillardan boshlab bo‘lsa, keyingi yosh avlod kompozitorlari Mirsodiq Tojiev, Mirxalil

Maxmudov, Ulug‘bek Musaev, Rustam Abdullaev, Mustafo Bafoev, Anvar Ergashev,

Xabibulla Raximov, Dilorom Omonullaeva kabilar o‘zbek kompozitorlik maktabining gullab

yashnashiga xizmat qilib kelmoqdalar.

Simfonik musiqaning dastlabki yaratilish jarayonlarida ham tarixiy shaxslarni ifodalovchi

maqzudagi asarlar paydo bo‘la boshladi. Avvaligi kichik xajmli simfonik asarlardan boshlab

keyinchalik yirk xajmli simfonik musiqalar yaratildi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq milliy kompozitorlik maktabimizning yirik

namoyondalari tomonidan birin-ketin milliylik ruhida sug’orilgan hamda barcha yevropa

an’analari asosida sug’orilgan simfonik asarlar yaratila boshlandi.

Kompozitorlar milliy va yevropa cholgʻu asboblari tembrlarini uygʻunlashtirgan zamonaviy

simfonik orkestrning yangi akustik imkoniyatlarini oʻzlashtirish yoʻllarini izlab topmoqdalar.

Ijodiy erkinlik va yangilikka intilish zamonaviy kompozitorlarning o'ziga xosligidir.

Bu davrda turli janrlarda qiziqarli simfonik asarlar: N. G‘iyosov maqom simfoniyalari, M.

Tojiev simfoniyalari (15-“Gulag arxipelagi”, 16-“Ruxlar nidosi”, 17-“Somon yo‘li”, 19-


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 13, issue 2, September 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

42

“Qahramonlik”, simfoniyalar) yaratildi. -T.Qurbonovning “Askia” rapsodiyasi, I.Akbarovning

simfonik epitafi, M.Bafoyev, X.Rahimov, A.Mansurovning simfonik sheʼrlari va simfoniyalari.

Yosh mualliflarimiz o‘z asarlarini xalqaro festival va tanlovlarda namoyish etmoqda.

Respublikamizda bir necha yillar davomida “Ilhom XX” xalqaro zamonaviy musiqa va

simfonik musiqa festivallari oʻtkazilib, ularda kompozitorlar D.Yanov-Yanovskiy, N.Gʻiyosov,

D.Varelas, P.Medyulyanova va boshqalarning asarlari ijro etildi.

Mustagillik davri o'zbek simfonik musiqasi taraqqiyoti milliy va jahon musiqiy

merosining uyg'unlashuvi, ijodiy erkinlik, yangilikka intilish va xalqaro hamkorlikning yuksak

namunasi sifatida namoyon bo'ldi. Bu davrda yaratilgan simfonik asarlar nafaqat milliy musiqiy

tafakkurni boyitdi, balki o'zbek musiqasining xalqaro miqyosda tanilishiga zamin yaratdi. Shu

jihatdan,mustaqillik yillarida yaratilgan simfonik asarlar O'zbekistonning madaniy taraqqiyoti

va musiqiy merosida alohida bosqichni tashkil etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A. Jabborov “O‘zbek musiqa tarixi” T.:2018 [1]

2. Jo'rayev M. O’zbek musiqa madaniyati tarixi. - Toshkent: O'zbekiston, 2015.

3. Yanov-Yanovskaya N. S. “Istoriya uzbekskoy soveskoy muzыki” III tom. T., “G‘afur

G‘ulom”, 1991.
4. Tojiyev M. Simfonik asarlar tahlili. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot, 2019.
5. Abdullaev.R “Opera dramaturgiyasi”. Toshkent., 2007.
6. Bafoev. M “Ruboiyyot va kompozitorlik ijodiyoti”. Toshkent., 2008.

Internet saytlari va elektron maqolalar

:

1.

"

Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020

ISSN 2181-063X

Quvvatov Ilyos Isroilovich “Maqom va o‘zbek simfonizmi”

2.

https://lex

.uz rasmiy sayti

3.

https://www.commus.uz

“O‘zbekiston bastakorlari va kompozitorlari uyushmasi”.

4.

https://www.kultura.uz/view_2_r_11156.html

Bibliografik manbalar

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020 ISSN 2181-063X

Quvvatov Ilyos Isroilovich “Maqom va o‘zbek simfonizmi”

https://lex.uz rasmiy sayti

https://www.commus.uz “O‘zbekiston bastakorlari va kompozitorlari uyushmasi”.

https://www.kultura.uz/view_2_r_11156.html