Авторы

  • Gapparova Vasila Xamdamovna
    Oriental universiteti “Ta’lim menejmenti” yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68785

Ключевые слова:

umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshqaruv inson resurslari menejment mezon tamoyil.

Аннотация

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslaridan samarali foydalanishning asosiy tamoyilari va mezonlari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

 


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

85

Gapparova Vasila Xamdamovna

Oriental universiteti

“Ta’lim menejmenti” yo‘nalishi magistranti

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INSON RESURSLARIDAN SAMARALI

FOYDALANISHNING ASOSIY TAMOYILARI VA MEZONLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inson resurslaridan samarali

foydalanishning asosiy tamoyilari va mezonlari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

umumiy o‘rta ta’lim maktabi, boshqaruv, inson resurslari, menejment, mezon,

tamoyil.

Bugungi kunda Respublikada inson resurslaridan samarali foydalanish uchun asosan

quyidagi uch tamoyilga asoslanish zarur:

ijtimoiy yo‘naltirilgan ish bilan bandlikni vujudga keltirish (qishloq xo‘jaligidagi ortiqcha

inson resurslarini iqtisodiyotning boshqa sohalariga, sanoatga va xizmat ko‘rsatish sohalariga

yo‘naltirish);

inson resurslarining sifat jihatlarini - kasbiy tayyorgarligi, ma’lumoti, malakasini oshirish;

hududlarda inson resurslarining sifat jihatlarini oshirishga qaratilgan “maxsus dasturlar” ishlab

chiqish;

inson resurslarini boshqarishni to‘g’ri yo‘lga qo‘yish, boshqarish tarkibini

takomillashtirish lozim.

Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashtirilayotgan paytda

O‘zbekiston uchun inson resurslaridan foydalanishning asosiy yo‘li iqtisodiyotning tarkibiy

tuzilishini keskin o‘zgartirish orqali mehnatkashlarning mehnatda band bo‘lish tarkibini

takomillashtirishdan iboratdir.

Inson resurslaridan oqilona foydalanish uchun, bugungi kunning dolzarb vazifasi bo‘lgan

inson resurslarini milliy iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida intensiv ravishda qaytadan taqsimlash,

mehnatda bandlik tarkibini, tuzilishini xizmat ko‘rsatuvchi sohalar hisobiga o‘zgartirishga

qaratilgan ishlarni jadallashtirish kerak.

Inson resurslaridan samarali foydalanishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:

tarmoqlar, hududlar bo‘yicha inson resurslarining qanday joylashganligi;

ijtimoiy mehnat unumdorligi;

mehnat qaytimi va hokazolar.

Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi bilan ishga

layoqatli odamlarni moddiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish sohasi o‘rtasida qayta

taqsimlash yuz beradi.

Bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohalarida

ishlayotganlar ulushi iqtisodiyotda band aholining 55-70 foizini tashkil etadi. Bizda ham ishchi

kuchlarining bir qismini milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ko‘chirish, qishloqlardagi

yashirin ishsizlikni tugatish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Qishloq xo‘jaligidan

bo‘shatib olingan ortiqcha ishchi kuchlarini mashinasozlik, avtomobilsozlik, neft-gaz sanoati,

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan industrial sohalarga

sarfarbar etish kerak. Shuningdek, qishloqda butunlay yangi hisoblangan ishlab chiqarish va

ijtimoiy infratuzilma, kommunikatsiya, zamonaviy ishlab chiqarish va maishiy xizmatlar

tarmoqlarini vujudga keitirish lozim.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

86

Rivojlangan davlatlarda bozor munosabatlarining shakllanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki,

inson resurslaridan oqilona foydalanish ko‘p jihatdan ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida

fan-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan, davlat iqtisodiy strategiyasini, xo‘jalikni

boshqarish amaliyotiga joriy etishga qodir mutaxassislar, ishchi kadrlarga bog‘liq.Bu esa o‘z

navbatida boshqaruv va ishlab chiqarish tizimini bilimdon, yuqori malakali, bozor sharoitida ish

yuritishning o‘ziga xos jihatlarini yaxshi biladigan kadrlar bilan mustahkamlashni taqazo etadi.

Hozirgi davrda inson omili rolining ortib borishi fan-texnika taraqqiyotining, bozor

iqtisodiyotining ham muhim xususiyati bo‘lib, yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqish va

undan foydalanish xodimlarga, ularning ma’lumot darajasiga, bilim doirasining kengligiga,

malakasiga, yangilikni idrok etish hamda amalda o‘zgartirish mahoratiga bog’liq.

Inson resurslaridan foydalanish samaradorligi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan son va sifat

ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi.

Son ko‘rsatkichlari resurslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb qilinganligi darajasini

aks ettirib, iqtisodiyotda bandlar soni bilan aniqlanadi. Iqtisodiyotda bandlarning inson

resurslarining umumiy soniga nisbati mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ijtimoiy mehnat

faolligini tavsiflaydi. Ushbu nisbat ijtimoiy- foydali mehnat bilan bandlik darajasini belgilaydi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan bandlik muammosi nazariy ham amaliy jihatlarda

yangicha ma’no kasb etadi. Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol o‘rin

egallaydi. Mehnat bozorida asosiy milliy resurs - ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar,

tarmoqlar va mintaqalar bo‘yicha taqsimlanadi. Ish bilan bandlikni ishchi kuchiga talabni

kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va harakatlar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin. Bu

borada “to‘liq” va “samarali” bandlik farqlanadi.

Kasbiy mehnat bilan band bo‘lish darajasi xodimlar umumiy sonining inson resurslari

soniga nisbati bilan ta’minlanadi hamda mehnat unumdorligi va jamiyat rivojlanishi ijtimoiy

samaradorligi sohasida erishilgan yutuqlarni aks ettiradi. Buning ma’nosi shuki, ish bilan

bandlikdagi mazkur mutanosiblik ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manfaatlariga, uni

jadallashtirish natijalariga, fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligini oshirish manfaatlariga

to‘liq mos kelsa, shuningdek sog‘lom avlodni yetishtirishga, yuqori malakali, yaxshi ta’lim olgan

serharakat xodimlarni tarbiyalashga qulay sharoit yaratib bersa, bunday bandlik proporsiyasi eng

optimal deb hisoblanadi.

Inson resurslaridan foydalanishning sifat ko‘rsatkichlari ijtimoiy mehnat unumdorligi

o‘zgarishi orqali bevosita yalpi daromadga ta’sir ko‘rsatishi bilan ifodalanadi. Ijtimoiy mehnat

unumdorligi darajasi ko‘rsatkichi yalpi daromadni iqtisodiyotdagi bandlarga o‘rtacha qanchadan

to‘g‘ri kelishi bilan aniqlanadi.

Mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlariga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Bu omillar

ma’lum darajada bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi va doimo o‘zgarib mehnatni tejalish darajasi oshib

boradi. Barcha omillarni o‘z ichki mazmuni va mohiyatiga ko‘ra uchta asosiy guruhga: moddiy-

texnik, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy guruhlarga bo‘lish mumkin. Mehnat unumdorligini

oshirishning moddiy asosi fan -texnika va texnologiyani rivojlantirish, ularning yutuqlarini

ishlab chiqarishga joriy etishdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida inson resurslaridan samarali foydalanish uchun inson

resurslarini boshqarish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak. Buning uchun bozor talablariga mos

keluvchi, yangi boshqaruv tizimini yaratish kerak. Jamiyatda inson resurslarini boshqarish

mehnat resurslari, ish haqi, mehnatni normalash, mehnat sharoitlari, mehnat tarbiyasi kabi

alohida bo‘g‘inlarni, shuningdek, ijtimoiy mehnat taqsimoti, mehnat xarakterini boshqarish,

demakdir.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

87

Inson resurslarini boshqarish tizim sifatida bir qator bo‘g‘inlardan iborat. Bunda ishchi

kuchlarini taqsimlash va qayta taqsimlashni boshqarish jarayoni muhim o‘rin tutadi. Inson

resurslarini boshqarish obyekti - ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, taqsimlash, undan

foydalanish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, inson resurslarini boshqarish quyidagi vazifalarni hal qilish orqali amalga

oshiriladi:

turli xildagi kasb-malaka va ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan

ishchilar soni bilan ish joylari tarkibi o‘rtasidagi muvofiqlikni yuqori darajada

ta’minlash;

ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonini mukammallashtirish;

mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ta’sirchan

tizimini yaratishdan iborat.

Boshqaruv – jarayonning xususiyatlarini yaxshilash va natijalarga erishish uchun jarayon

ishtirokchilariga ta’sir ko‘rsatish, rejalashtirish, prognozlash, tashkil etish, motivatsiya,

muvofiqlashtirish va nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.

Boshqaruv – tanlash, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.

Korxonani boshqarishning mohiyati bir kishining yoki kishilar guruhining

(boshqaruvchilar, menejerlar) boshqa kishilarga (xodimlarga) maqsadga yo‘naltirilgan

harakatlarini uyg‘otish uchun ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Keng ma’noda, bu yerda insonlarning

o‘zaro kompleks munosabatlari doirasida qarorlarni shakllantirish, ularning harakatlanishi va

bajarilishini ta’minlash faoliyatiga xizmat qiluvchi ko‘rsatmalar, jarayonlar va instrumentlar

yig‘indisi nazarda tutiladi.

Muassasani boshqarish quyidagi uch aspektni o‘z ichiga oladi:

1. “Kim kimni” boshqaradi? (institutsional aspekt). Bu aspekt boshqarish masalalari

ijrochilarini, xususan, menejerlar va boshqaruv organlarini xarakterlaydi. Boshqa tomondan, shu

tarzda kim boshqarishini, xususan, qarorlar bilan bog‘liq shaxslar va boshqa xodimlarni

aniqlaydi.

2. Boshqaruv “qanday” amalga oshiriladi va boshqaruvchilarga “qanday” ta’sir ko‘rsatadi

(funksional aspekt). Bu aspekt, birinchidan, menejerlar va boshqaruv organlari faoliyati va

shakllanishini xarakterlaydi. Bu yerda boshqaruvning funksiyalari va shuningdek, menejerlar

faoliyatining maxsus xarakteristikalarini (boshqaruv uslublarini) ko‘rib chiqish mumkin. Boshqa

tomondan, menenjerning boshqariluvchilarga ta’sir etish munosabatlari xarakterlanadi.

3. Boshqaruv “nimalar” bilan amalga oshiriladi? (instrumental aspekt). Bu aspekt

menejerlar o‘z vazifalarini amalga oshirishda ishlatadigan instrumentlari (boshqaruv

instrumentlari)ga taalluqli.

Inson resurslarini boshqarish - turli xil operatsion vazifalar va majburiyatlarni bajarish

uchun inson resurslaridan, ya’ni ishchi kuchidan foydalanish jarayoni.

Inson resurslarini boshqarish - samarali ishchi kuchini jalb qilish, rivojlantirish va

qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar majmui.

Ta’limda inson resurslarini boshqarish - maktab o‘z maqsadiga erishishi, belgilangan

rejalarni amalga oshirishi uchun maktabda o‘qituvchilar tarkibini birlashtirish va ushlab turish

amaliyoti va usullari to‘plami (2-chizma).

Inson resurslari (personal)ni boshqarish modeli


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

88

2-chizma. Inson resurslari (personal)ni boshqarish modeli.

Ta’limda inson resurslarini boshqarish - maktab o‘qituvchilarining faoliyati va sa’y-

harakatlarini rag‘batlantirish hamda muvofiqlashtirish, ularning mehnatidan maksimal natijaga,

ya’ni ta’lim maqsadlariga erishish.

Jahon iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘sib borar ekan, davlatlar o‘zlarining asosiy

boyliklari o‘z odamlari ekanligini, davlatlar raqobatbardosh bo‘lishi yuqori malakali ishchi

kuchining rivojlanishiga bog‘liqligini tushunib yetmoqda. Bu esa, tajribali o‘qituvchilarni, lekin,

ular o‘z navbatida yuqori samarali direktorlarning, menejderlarning yordamiga muhtoj.

Ta’lim xizmatining barcha darajadagi boshqaruvining vazifasi o‘qituvchilar uchun qulay

sharoit va muhit yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlashdir.

Ta’lim tizimida inson resurslarini boshqarish quyidagi 3 ta muhim masala bilan bog‘liq

(3-chizma).

muassasada xodimga bo‘lgan ehtiyojni baholash;

mavjud kadrlarning ehtiyojlarini qondirish;

xodimlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va ularni qo‘llab-quvvatlash.

3-chizma. Ta’lim tizimida inson resurslarini boshqarishdagi muhim yo‘nalishlar.

Pedagogik rag‘batlantirish - bu motivlar, ichki munosabatlar bilan o‘zaro ta’sir qiladigan,

shaxsning real va potensial imkoniyatlarini amalga oshirish, qulay axloqiy-psixologik muhitda

subyektivlikni rivojlantirish uchun zo‘ravonliksiz rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat

qiladigan tashqi omillarni (rag‘batlantirishni) maqsadli qo‘llash jarayoni.

Motivatsiya o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan ichki istak, rag‘batlantirish esa tashqi

ta’sir. Biz motivatsiyaga bevosita ta’sir qila olmaymiz, lekin biz rag‘batlarga ta’sir qilishimiz

Ta’lim tizimida inson resurslarini boshqarish


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

89

mumkin. Shuning uchun kadrlar bilan ishlashda to‘g‘ri rag‘batlantirishni yaratish uchun

ehtiyojlarni tushunish muhimdir.

Rag‘batlar ma’lum motivlarning harakatiga sabab bo‘ladigan ta’sir etuvchi yoki “tirnash

xususiyati” rolini o‘ynaydi.

Motivatsiya – bu insonni maqsadga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir. Motiv –

bu insonning ma’lum bir harakatlarga undaydigan, uning ichki va tashqi harakatlantiruvchi

kuchlaridir.

Motivatsiya - inson xatti-harakatlarini boshqaradigan, uning yo‘nalishini, tashkiliyligini,

faolligini va barqarorligini belgilovchi dinamik fiziologik va psixologik jarayon.

Motivatsiya jarayonini to‘rtta asosiy bosqichga ajratish mumkin:

ehtiyojning paydo bo‘lishi (ochlik, chanqoqlik, boshqa insonga intilish, bilim olish istagi

va h.k.);

ehtiyojlarni qondirish strategiyasini ishlab chiqish va yo‘llarini qidirish (qiziqib qolgan

inson bilan tanishish, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish yoki mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanish);

faoliyat taktikasini belgilash va harakatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish (tez yoki

sekin harakatlanish, vositalar topish, harakat yo‘llarini belgilash, imkoniyatlarni baholash,

qarorni tanlash va h.k.);

ehtiyojning qondirilishi va moddiy yoki ma’naviy mukofot olish.

Direktorning vazifasi o‘z jamoasini diqqat bilan kuzatish va rag‘batlantirish, u yoki bu

o‘qituvchini qanday ehtiyojlar boshqarayotganini bilishdir. Jamoani boshqarish va mehnatni

rag‘batlantirish tizimini birlashtirish nuqtai nazaridan o‘qituvchi o‘zini namoyon qilish

zarurligiga ega bo‘lishi uchun fiziologik, ijtimoiy va xavfsizlik ehtiyojlarini qondirishning zarur

darajasiga erishish muhimdir. O‘qituvchining ehtiyojlari va motivatsiyasi uning hatti-

harakatlarini faollashtiradi, qo‘llab-quvvatlaydi va boshqaradi.

O‘qituvchilarning motivatsiyasi tashkilotdagi muvaffaqiyatli faoliyatning eng muhim

elementidir. Ko‘pgina hollarda menejerlar o‘qituvchini pul bilan rag‘batlantirish kifoya qiladi va

u to‘liq fidoyilik bilan ishlaydi, deb hisoblashadi. Menejer shuni tushunishi kerakki, yaxshi ish

“ular ko‘p pul to‘laydigan joyda” emas, balki zavq keltiradigan ishdir.

Har qanday faoliyatni tanlayotganda, odam o‘z maqsadiga erishishga yordam beradigan

ma’lum motivlarga amal qilishi kerak. Motiv - bu insonning tashqi va ichki ko‘plab omillari

ta'siri ostida yuzaga keladigan inson xatti-harakatlarining rag‘batlantiruvchi sababidir. Har bir

inson hayoti davomida shakllanadigan o‘ziga xos motivlarga ega.

Ba’zan harakat qilish va oldinga siljish juda qiyin bo‘ladi, chunki hamma odamlar

motivatsiyaga ega emas va hamma ham mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. Ba’zi odamlarga

ko‘p vaqt kerak bo‘lsa, boshqalari o‘z muammolarini yaqinlari bilan muhokama qilishni afzal

ko‘radi. Ba’zida odam faqat uni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltiradigan va hayotimizda hamma narsa

mumkinligiga ishontiradigan psixolog bilan gaplashishi kerak.

Ko‘p odamlar divandan tushishga va ishlashga majbur qiladigan motivatsiyaga muhtoj.

Motivatsiya nima? E. A. Utkinning ta’kidlashicha, “motivatsiya - bu muayyan vaziyatda

shaxsning faollik darajasi va harakatlarining yo‘nalishini belgilaydigan shaxsning holati”.

Xaynts Xekxauzen ta’kidlaganidek, “motivatsiya shaxsiyat va individual farqlarni tavsiflash va

chuqurroq tushunish uchun kalit yoki haqiqiy hatti-harakatni va faqat qisman bog‘liq bo‘lgan

individual farqlarni tushuntiruvchi jarayon sifatida talqin etiladi.

Motivatsiya istak bilan bir xil emas, chunki ularning orasidagi farq orzu va maqsad

o‘rtasidagi farqga o‘xshaydi: istak uchqun, u o‘tkinchi va ancha mavhum. Ammo motivatsiya -

bu boshlash uchun aniq sabab, uzoq muddatli ta’sir bilan “nima uchun” degan savolga javob.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

90

Ichki motivatsiya - bu birinchi navbatda nomoddiy qiymatga ega bo‘lgan narsani

o‘rganish yoki olish istagi. Masalan, yangi vakolatlar, o‘ziga ishonch, erishilgan natijalardan

qoniqish, o‘z-o‘zini anglash va shunchaki qilayotgan ishingdan hayajonlanish va behuda

emasligingni his qilish.

Jamoaning ichki motivatsiyasini nima oshirishi mumkin?

ajoyib loyihada ishtirok etish ;

jamoada qulay psixologik muhit ;

xodimlarning huquqlarini hurmat qilish ;

shaxsiy hayot va makonga hurmat ;

ish jadvaliga rioya qilish va ortiqcha ishlamaslik;

vazifalarni tanlash va qaror qabul qilishda erkinlik ;

loyihadagi mas’uliyat sohasini mustaqil ravishda aniqlash qobiliyati .

Tashqi motivatsiya tashqi omillar va sharoitlar bilan belgilanadi - pul ishlash, bonus,

mukofot olish, nufuzli kompaniyada ishlash, e’tirof olish. Ko‘pincha bu moddiy omillar, lekin

ular psixologik bo‘lishi mumkin: masalan, qo‘shnidan ko‘ra boyroq bo‘lish yoki ota-onaning

roziligini olish.

Jamoaning tashqi motivatsiyasini nima oshiradi?

bonus yoki ish haqini oshirish;

qo‘shimcha dam olish (qisqaroq ish haftasi yoki ko‘proq moslashuvchan jadval);

muassasada qulay sharoitlar (sport zali, o‘yin xonasi);

tibbiy sug‘urta ;

masofaviy ishlash imkoniyati ;

muassasa hisobidan o‘qish imkoniyati.

Tashqi va ichki motivatsiyaning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

tashqi motivatsiya bajarilgan ish hajmini oshirishga yordam beradi, ichki

motivatsiya esa bu ish sifatini oshirishga yordam beradi;

agar siz tashqi motivatsiyani olib tashlasangiz, vazifaga samimiy qiziqish bilan

ichki motivatsiya yuqori bo‘lib qoladi;

va aksincha, agar ichki motivatsiya bilan tashqi motivatsiya ham mavjud bo‘lsa,

birinchisi, qoida tariqasida, kamayadi;

o‘ziga ishonch ichki motivatsiyani oshiradi;

ichki motivatsiyaning asosiy yordami - bu jarayondan ilhom va quvonch;

tashqi motivatsiya bilan asosiy quvonch jarayondan emas, balki natijadan kelib

chiqadi.

Ichki va tashqi motivatsiya bir xil natijaga ega, ammo bajarilgan ishning sifati boshqacha.

Shuning uchun ham ichki motivatsiya ijodiy faoliyatda, tashqi motivatsiya esa muntazam,

mexanik va monoton harakatlarda yaxshiroq ishlaydi - u ichki motivatsiyani oziqlantiradi va

ko‘proq ishlarni bajarishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

М.Шарифхўжаев, Ё.Абдуллаев. Менежмент. Тошкент. “Ўқитувчи” 2001. 73-78 б.

2.

N.J.Narziqulov, B.Ch.Murtozayev, I.A.Bakiyeva. Inson resurslari iqtisodiyoti. o‘quv

qo‘llanma /. -Т.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti.

2005, 9-17, 72-76 betlar.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

91

3. Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”,

2006.

4. А.B.Хаyitоv. Inson resurslarini boshqarish. Tоshkеnt – 2019. 58-60 b.

Библиографические ссылки

М.Шарифхўжаев, Ё.Абдуллаев. Менежмент. Тошкент. “Ўқитувчи” 2001. 73-78 б.

N.J.Narziqulov, B.Ch.Murtozayev, I.A.Bakiyeva. Inson resurslari iqtisodiyoti. o‘quv qo‘llanma /. -Т.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2005, 9-17, 72-76 betlar.

Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006.

А.B.Хаyitоv. Inson resurslarini boshqarish. Tоshkеnt – 2019. 58-60 b.