Авторы

  • Ortiqov Sarvar Sattaraliyevich,Xolmuminov Samandar Xakimjon o‘g‘li
    “Transport logistikasi” kafedrasi t.f.f.d., (PhD) katta o‘qituvchi Andijon mashinasozlik instituti,“Transport logistikasi” yoʻnalishi K-102-21-guruh talabasi. Andijon mashinasozlik instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68786

Ключевые слова:

raqamli transformatsiya raqamli texnologiyalar innovatsion yondashuv blokcheyn sun’iy intellekt raqamli iqtisod raqamli logistika.

Аннотация

Maqolada raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali logistikada samaradorlikni oshirish masalalari koʻrib chiqiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida umumiy tendentsiya boʻlib, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarbligi hisoblanadi, raqamli texnologiyalarning misoli sifatida blokcheyn, internet va sun’iy intellekt hisoblanadi. Logistika kompaniyalariga raqamli texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash, amalga oshirishdagi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar, shuningdek, ushbu texnologiyalarni oʻz faoliyatida muvaffaqiyatli ishlatadigan kompaniyalar oʻrganildi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

81

Ortiqov Sarvar Sattaraliyevich

“Transport logistikasi” kafedrasi t.f.f.d., (PhD) katta o‘qituvchi

Andijon mashinasozlik instituti

Xolmuminov Samandar Xakimjon o‘g‘li

“Transport logistikasi” yoʻnalishi K-102-21-guruh talabasi.

Andijon mashinasozlik instituti

IKKILAMCHI RESUSLAR AYLANMASINI LOGISTIK YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL

ETISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Annotatsiya

:Maqolada raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali logistikada samaradorlikni

oshirish masalalari koʻrib chiqiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida umumiy tendentsiya boʻlib,

zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarbligi hisoblanadi, raqamli

texnologiyalarning misoli sifatida blokcheyn, internet va sun’iy intellekt hisoblanadi. Logistika

kompaniyalariga raqamli texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash,

amalga oshirishdagi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar, shuningdek, ushbu texnologiyalarni oʻz

faoliyatida muvaffaqiyatli ishlatadigan kompaniyalar oʻrganildi.

Kalit soʻzlar:

raqamli transformatsiya, raqamli texnologiyalar, innovatsion yondashuv,

blokcheyn, sun’iy intellekt, raqamli iqtisod, raqamli logistika.

Ayni paytda Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyotga oʻtish bosqichida. Unga koʻra,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “RAQAMLI OʻZBEKISTON-2030” strategiyasini

tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi” da 2020-yil 5-oktabrfagi,

PF-6079-sonli farmoni yurtimizda raqamli iqtisodiyotga oʻtish siyosatida yangi sahifa ochdi [1].

Strategiya Oʻzbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni

rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari hamda oʻrta va uzoq muddatli

istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va

Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib,

raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot

texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida

IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni koʻzda tutuvchi

220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.

Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni

ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini

yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy

qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.

Logistikaning biznes uchun ahamiyati.

Jarayonni optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish

Logistikada jarayonlarni

optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish - kompaniya samaradorligini oshirish va moliyaviy

natijalarini yaxshilashga yordam beradigan ikkita asosiy omil hisoblanadi.

Logistikada jarayonlarni optimallashtirishning muhim usullaridan biri bu inventarizatsiya

va ombor logistika jarayonlarini avtomatlashtirish va takomillashtirish uchun texnologiya va

dasturiy ta’minotdan foydalanishdir. Bu yuklarni yetkazib berish uchun inventarizatsiyani

boshqarish tizimlari, avtomatlashtirilgan saqlash va qidirish tizimlari va uchuvchisiz havo

vositalaridan foydalanishni o‘z ichiga olishi mumkin.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

82

Jarayonni optimallashtirishning yana bir usuli - yuklarni tashish sxemasini

takomillashtirishdir. Bunga marshrutlash, yukni optimallashtirish va multimodal transport

yechimlaridan foydalanish kabi turli texnologiyalar va yondashuvlarni qo‘llash orqali erishish

mumkin [2].

Xarid qilish va inventarizatsiyani boshqarish -  ishlab chiqarishning uzluksizligini va

mijozlar ehtiyojini qondirishni ta’minlaydigan muhim logistika funktsiyalari hisoblanadi.

Masalan, kompaniya mashhur ichimlik ishlab chiqaradi va sotadi, lekin buning uchun

shakar, suv va boshqa ingredientlarni sotib olishi kerak. Inventarizatsiyani samarali boshqarish

uchun kompaniya ushbu ichimlikka bo‘lgan talabni tushunishi, uni prognozlashi va sotib olish

uchun kerakli miqdordagi ingrediyentlarni aniqlashi kerak.

Inventarizatsiyani yanada samarali boshqarish uchun kompaniya inventar darajasini

kuzatish, talabni bashorat qilish, inventarizatsiya darajasini optimallashtirish va inventar

xarajatlarini kamaytirish imkonini beruvchi xaridlar va inventarizatsiyani boshqarishni

avtomatlashtirish tizimidan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, yetkazib beruvchilarni tanlash va tovarlar va materiallar sifatini nazorat

qilish inventarizatsiyani boshqarishning muhim jihatlari hisoblanadi. Buning uchun korxonada

nafaqat narx, balki tovarlar sifati, yetkazib berish muddatlari, to‘lov shartlari va boshqa omillarni

ham hisobga oladigan yetkazib beruvchilarni baholash va tanlash tizimi bo‘lishi kerak.

Tovarlarning yaroqlilik muddatini nazorat qilish va ularni to‘g‘ri saqlash sifatini

yo‘qotmaslik va tovarlarga zarar yetkazmaslik uchun ham muhimdir. Misol uchun, kompaniya

ingrediyentlarni mukammal holatda saqlash uchun to‘g‘ri harorat va namlikni ta’minlaydigan

maxsus saqlash joylaridan foydalanishi mumkin.

Umuman olganda, inventarizatsiyani samarali boshqarish tovarlarni sotib olish va saqlash

xarajatlarini kamaytirishi, ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashi va mijozlarning to‘g‘ri

tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi mumkin.

Logistika har qanday biznesning muhim elementidir. U tashkilotning samaradorligi va

unumdorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ko‘plab turli jihatlarni qamrab oladi.

Keling, logistikaning asosiy turlarini batafsil ko‘rib chiqaylik.

Ikkinchi darajali resurslar aylanishini tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan

foydalanish ekologik xavfsizlikni ta’minlash, resurslarni samarali qayta ishlash va tashish

jarayonlarini optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy texnologiyalar nafaqat

iqtisodiy samaradorlikni oshirishga, balki atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga ham

yordam beradi. Quyida bunday texnologiyalarning ba’zi misollarini ko‘rib chiqamiz:

IoT (Internet of Things) va Sensorlar.

Bu texnologiyalar yordamida resurslar va

materiallar harakatini real vaqtda kuzatish mumkin. Sensorlar va aqlli metkalar (smart tags)

materiallarni qayta ishlash, yig‘ish va tashish jarayonida aniq va samarali monitoringni

ta’minlaydi [3].

Blokcheyn texnologiyasi.

Blockchain texnologiyasi yordamida materiallarning kelib

chiqishini va ularning qayta ishlash jarayonini to‘liq kuzatib borish mumkin. Bu texnologiya

barcha operatsiyalarni o‘zgarmas va xavfsiz tarzda qayd etadi, bu esa resurslarni samarali qayta

ishlash va chiqindilarni boshqarish uchun shaffof tizim yaratadi [4].

Blockcheyn quyidagi asosiy xususiyatlarga ega.

1. Markazlashmagan

. Ma’lumotlar biror markaziy muassasa yoki serverga emas, balki

tarmoqning bir nechta uzatgichlari orqali tarqatiladi.

2. O‘zgarmas

. Bir marta yozilgan ma’lumotni o‘zgartirish yoki o‘chirish juda qiyin, bu

esa tizimni xavfsiz qiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

83

3. Shifrlash

. Har bir ma’lumot blokka shifrlash qo‘llaniladi, bu esa ma’lumotlarning

xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, blockchain texnologiyasi ko‘plab boshqa sohalarda, masalan, ta’minot

zanjirlarini boshqarish, ovoz berish tizimlari, va shartnomalarni avtomatlashtirish (smart

contracts) kabi yerda ham qo‘llanilmoqda.

Asosiy xususiyatlari

.

-

blockchain tarmog‘i markaziy serverga yoki biror boshqaruvchi tashkilotga

bog‘lanmagan. Ma’lumotlar bir nechta kompyuterlar (nodlar) orasida tarqatiladi va barcha nodlar

bir xil ma’lumotga ega bo‘ladi.

-

bir marta ma’lumot blockchainga yozilganda, uni o‘zgartirish yoki o‘chirish deyarli

imkonsiz. Bu ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlaydi.

-

blockchaindagi har bir blokda shifrlangan ma’lumotlar bo‘lib, bu tizimni himoya qiladi

va soxta ma’lumot kiritish imkoniyatini kamaytiradi.

-

blockchain tarmog‘ida barcha operatsiyalar va tranzaksiyalar barcha ishtirokchilar

uchun ko‘rinib turadi (lekin shaxsiy ma’lumotlar himoyalangan holda).

-

smart contract (aqlli shartnomalar) orqali shartnomalar va bitimlar avtomatik ravishda

bajarilishi mumkin, ya’ni inson aralashuvi minimal bo‘ladi.

Blockchain texnologiyasi ta’minot zanjiri, ovoz berish tizimlari, sog‘liqni saqlash,

logistika va boshqa ko‘plab sohalarda ham qo‘llanilmoqda. Bu texnologiya, asosan, ishonchni

yaratish, shaffoflikni ta’minlash va xarajatlarni kamaytirish uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.

Avtomatlashtirilgan shartnomalar (smart contracts).

Blokcheyn asosida aqlli

shartnomalar yaratish orqali qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish mumkin. Misol uchun,

material qayta ishlanganidan so‘ng, shartnoma avtomatik ravishda to‘lovni amalga oshirishi

mumkin [5-6].

Sun’iy intellekt (AI).

Sun’iy intellekt yordamida materiallarni tasniflash va qayta ishlash

jarayonlari avtomatlashtirilishi mumkin. AI algoritmlari turli materiallarni tezda aniqlash va

ajratish uchun ishlatiladi, bu esa qayta ishlash samaradorligini oshiradi.

3D Printerni ishlatish (Additiv ishlab chiqarish).

3D printerlar yordamida qayta

ishlangan materiallardan yangi mahsulotlar yaratish mumkin. Bu texnologiya plastik va metall

kabi materiallardan yangi buyumlar yaratish jarayonini osonlashtiradi va chiqindilarni

kamaytiradi.

Avtomatlashtirilgan va robototexnik tizimlar.

Robototexnik tizimlar, ayniqsa, qayta

ishlash zavodlarida resurslarni ajratish va qayta ishlash jarayonlarini tezlashtiradi.

Avtomatlashtirilgan robotlar materiallarni tasniflash, ularni qayta ishlash uchun saralash va

tashish ishlarini amalga oshirishi mumkin [7].

Chiqindilarni kamaytirish.

Robototexnika yordamida chiqindilarni aniq va samarali

ravishda saralash orqali, qayta ishlashga yaroqli materiallar ajratilib, atrof-muhitga zarar etkazish

kamayadi.

Xulosa.

Ikkinchi darajali resurslarni tashlashda logistika yondashuvi faqat ularni

transport qilishdan iborat emas, balki materiallarning ajratilishi, saqlanishi, qayta ishlanishi va

atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qayta ishlanishi kerak. Bu jarayonlarning samarali tashkil

etilishi iqtisodiy jihatdan ham, ekologik nuqtai nazardan ham muhimdir.

Adabiyotlar:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “RAQAMLI OʻZBEKISTON - 2030”

strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi” dagi

2020-yil 5-oktabr, PF-6079-sonli farmoni.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

84

2.

Sarvarbek Rasuljonovich Abduazizov (2021). Davlat moliyaviy nazoratining nazariy va

huquqiy asoslari. Scientific progress, 2 (8), 250-256.

3.

Abduraximov, Boburjon Umarjon Oʻgʻli, Qudbiyev, Nodir Tohirovich, & Mominov,

Ikromjon Luxmonjon Oʻgʻli (2021). Aylanma mablagʻlarni boshqarish tijorat korxonasi

muvaffaqiyatining asosi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences, 1 (10), 724-733.

4.

Qudbiyev, N. T. (2021). Xalqaro moliyaviy hisob standartlariga oʻtish dolzarbligi-

Relevance of the transition to international financial accounting standards. SJ international

journal of theoretical and practical research, 1(2), 56-64.

5.

Durdona Adashboy Qizi Razzaqova (2021). Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya

hisobini avtomatlashtirishning roli va ahamiyati. Scientific progress, 2 (8), 243-249.

6.

Mahsulot tannarxi hisobiga olishda boshqaruv hisobini takomillashtirish masalalari.

Scientific progress, (2021). 2 (8), 603-60.

7. Шодмонов, С. A., Ортиқов, С. С., & Abdiraxmonov, R. A. (2021). International jurnal for

innovative Enjineering and Management Research Хиндистон Hyderabad 2021 THE

RESULTS OF LOBORATORY STUDIES CONDUCTED TO DEVELOP THE

TECHNOLOGIY OF RESTOROTION OF SHAFTS March-2021. Volume, 10, 402-404.

8. Ортиқов, С. С., & Джумабаев, А. Б. (2022). НОРМИРОВАНИЕ РАБОТЫ СЛЕСАРЯ

НА

ПРЕДПРИЯТИЯХ

АВТОСЕРВИСА.

O'ZBEKISTONDA

FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 682-692.

9. Ортиқов, С. С., & Негматов, Б. Б. Ў. (2021). АНАЛИЗ ОТКАЗОВ БЕНЗОНАСОСОВ

АВТОМОБИЛЕЙ ПРОИЗВОДСТВА АК «УЗАВТО МОТОРС». Universum:

технические науки, (6-1 (87)), 51-54.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “RAQAMLI OʻZBEKISTON - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi” dagi 2020-yil 5-oktabr, PF-6079-sonli farmoni.

Sarvarbek Rasuljonovich Abduazizov (2021). Davlat moliyaviy nazoratining nazariy va huquqiy asoslari. Scientific progress, 2 (8), 250-256.

Abduraximov, Boburjon Umarjon Oʻgʻli, Qudbiyev, Nodir Tohirovich, & Mominov, Ikromjon Luxmonjon Oʻgʻli (2021). Aylanma mablagʻlarni boshqarish tijorat korxonasi muvaffaqiyatining asosi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 724-733.

Qudbiyev, N. T. (2021). Xalqaro moliyaviy hisob standartlariga oʻtish dolzarbligi- Relevance of the transition to international financial accounting standards. SJ international journal of theoretical and practical research, 1(2), 56-64.

Durdona Adashboy Qizi Razzaqova (2021). Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning roli va ahamiyati. Scientific progress, 2 (8), 243-249.

Mahsulot tannarxi hisobiga olishda boshqaruv hisobini takomillashtirish masalalari. Scientific progress, (2021). 2 (8), 603-60.

Шодмонов, С. A., Ортиқов, С. С., & Abdiraxmonov, R. A. (2021). International jurnal for innovative Enjineering and Management Research Хиндистон Hyderabad 2021 THE RESULTS OF LOBORATORY STUDIES CONDUCTED TO DEVELOP THE TECHNOLOGIY OF RESTOROTION OF SHAFTS March-2021. Volume, 10, 402-404.

Ортиқов, С. С., & Джумабаев, А. Б. (2022). НОРМИРОВАНИЕ РАБОТЫ СЛЕСАРЯ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ АВТОСЕРВИСА. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 682-692.

Ортиқов, С. С., & Негматов, Б. Б. Ў. (2021). АНАЛИЗ ОТКАЗОВ БЕНЗОНАСОСОВ АВТОМОБИЛЕЙ ПРОИЗВОДСТВА АК «УЗАВТО МОТОРС». Universum: технические науки, (6-1 (87)), 51-54.