Авторы

  • Aliyeva Orzigul
    Termiz davlat universiteti erkin tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68789

Ключевые слова:

sheriyat his-tuyg‘u kamolot quvonch qayg‘u ijodkor badiiy so‘z.

Аннотация

Abdulla Oripovning ilk ijodidan tortib, to umrining oxirigacha yaratgan she’rlarini kuzatsak, ularda shoir shaxsi, ma’naviy-ma’rifiy takomili yilma yil mukammallik kasb etib borganligini ko‘ramiz. Shoirning butun ijodi doimo adabiyotshunoslar, she’rxonlar nigohida bo‘lib keldi.Abdulla Oripovning butun ijodi inson zakosi, uning mo‘jizalarga to‘la iqlimi, ruhiyati, qalbi, yuksakligi va tubanligi qarshisida lol qotgan hayrat talqinlaridir.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

69

Aliyeva Orzigul

Termiz davlat universiteti erkin tadqiqotchisi

ABDULLA ORIPOV VA SHAVKAT RAHMON IJODINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Annotatsiya:

Abdulla Oripovning ilk ijodidan tortib, to umrining oxirigacha yaratgan she’rlarini

kuzatsak, ularda shoir shaxsi, ma’naviy-ma’rifiy takomili yilma yil mukammallik kasb etib

borganligini ko‘ramiz. Shoirning butun ijodi doimo adabiyotshunoslar, she’rxonlar nigohida

bo‘lib keldi.Abdulla Oripovning butun ijodi inson zakosi, uning mo‘jizalarga to‘la iqlimi,

ruhiyati, qalbi, yuksakligi va tubanligi qarshisida lol qotgan hayrat talqinlaridir.

Kalit so‘zlar:

sheriyat, his-tuyg‘u, kamolot, quvonch, qayg‘u, ijodkor, badiiy so‘z.

Inson jamiyatda yashar ekan, o‘sha jamiyatning muammolaridan chetda tura olmaydi.

Qachonki, o‘zgalarning g‘amini, quvonchini o‘ziniki deb his qila olsagina u jamiyatning

to‘laqonli a’zosiga aylanadi. Yashash mobaynida inson juda ko‘p narsalarga duch keladi.

Boshidan ancha-muncha og‘ir-yengil kunlar o‘tadi. Suv yuvgan sayin daryoning toshi qanchalik

yarqiragani sari, odamning ham boshidan qanchalik ko‘p siru-sinoatlar o‘tsa, tosh

yanlig‘ bardoshini ko‘rsatib, tafakkuri teranlashib, shuuri tiniqlasha boradi. Buyuk Alisher

Navoiy yilning to‘rt fаsligа qiyos qilib umrini to‘rt bоsqichgа: yoshlik, yigitlik, o‘rtа yoshlik vа

kеksаlikkа bo‘lgan edi. Hаmdа bu bоsqichlаrning chеgаrаsini bеlgilаgan: tufuliyat (yoshlik) 7-8

yoshdаn 20 yoshgаchа, shаbоb (yigitlik) - 20 yoshdаn 35 yoshgаchа, kuhuliyat (o‘rtа yoshlik) -

35 yoshdаn 45 yoshgаchа vа kеksаlik 45 yoshdаn 60 yoshgаchа. Nаvоiyning “Xаzоyin ul-

mаоniy” tаrkibigа kiruvchi “Fаvоyid ul-kibаr” to‘rtinchi dеvоn bo‘lib, u insоn umrining qаrilik

bоsqichidа vа uning qish fаsligа qiyosаn аtаlgаndir. Qаrilik yillаri dаvri tushunchаsini shоir

mаxsus izоhlаb shundаy dеydi: “...Vа qirq bеshdin оltmish yaqingаchаkim, tа’yin qilsа

bo‘lg‘аykim-bu fusul (fаsl) ning qishidurkim, kishining xаm (egik) qаd bilаn аdаm (yo‘qlik)

yo‘ligа kirib, zаmоn аhli bilа xаyrbоd qilishidir. Аning duоsidа “Fаvоyid ul-kibаr” bilа

nihоyatgа yеtkurdim”. Ulug‘ Navoiy belgilagan umr fasllarining barcha bosqichlarida inson

ma’naviy-ruhiy jihatdan turli darajada bo‘ladi. Abdulla Oripovning ilk ijodidan tortib, to

umrining oxirigacha yaratgan she’rlarini kuzatsak, ularda shoir shaxsi, ma’naviy-ma’rifiy

takomili yilma yil mukammallik kasb etib borganligini ko‘ramiz. Shoirning butun ijodi doimo

adabiyotshunoslar, she’rxonlar nigohida bo‘lib keldi. Hali yigitlik yoshidanoq o‘zining shoh

asarlarini bitgan Abdulla Oripovning ijodiy shiddati zarracha bo‘lsa ham pasaymadi. Abdulla

Oripovning butun ijodi inson zakosi, uning mo‘jizalarga to‘la iqlimi, ruhiyati, qalbi, yuksakligi

va tubanligi qarshisida lol qotgan hayrat talqinlaridir. Agar shoirning ilk lirikasi namunalarida

sevgi, vatan, ona, tabiat, insoniy fazilatlar va qusurlar yonib, jo‘shqin ifodalangan bo‘lsa,

she’rdan she’rga, yildan yilga uning donishmandlik sari yuz tutganligini, tafakkuri yanada

teranlashganligi ko‘rish mumkin. Bu davrda qator turkum she’rlari yaratildi. Bular: “Uyg‘onish

fasli”, “Haj daftari”, “Hikmat sadolari”, “Aylayin qalbimni tortiq, O‘zbekistonim, senga”,

“Jeneva daftari”, “Istqiqlol, ketma yurt peshonasidan”, “Yapon ohanglari”, “Jeneva daftari”dan,

“Shoirlar va yulduzlar”, “Italiya daftari”dan, “Umr zinalari”, “Turkiya daftari”dan, “G‘azallar”,

“Istiqlol manzaralari” (doston), “Ummon orti ilhomlari” kabi turkumlardir. Shavkat Rahmonning

butun ijodini kuzatsak, ortiqcha jimjimadorlik, qarsakbozlik, xushomadgo‘ylik, shaklbozlik,

so‘zbozlikni uchratmaymiz. Uning ijodida ona tabiatning sehrli tasviri, tabiat hodisalaridan inson

kayfiyatiga monandlik sifatlarini topishga intilish, inson va tabiat uyg‘unligini tasvirlash ustunlik

qilganligini anglaymiz. Har bir she’rida insoniy qalb tebranishlari, millatini jondan ortiq ko‘rish,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

70

sevish tuyg‘usining ustuvorligi, shaxs va jamiyat fojialarining sabab va oqibatlarini anglashga

intilishni his qilamiz. Uning ijodining o‘q tomiri shaxs erki va vatan ozodligi masalasidir.

Shoirning xoh tabiat manzarasi haqidagi, xoh shaxs erki, qismati haqidagi, xoh millat tarixi

haqidagi she’ri bo‘lsin, har biri o‘ziga xos qiymatga ega. Chaqin bo‘lma, Bo‘lma guldirak,

Yerdan ko‘pam uzoqlab ketma. Ovozingni yirtmagin bekor, Yerni quchma-quloching yetmas.

Agar Abdulla Oripov “Quvaning anoricha” deya ta’riflagan yerdan uzoqlashgan odam

maqsadiga yetolmaydi, degan bo‘lsa, Shavkat Rahmon odamga qarata: shoshma, o‘tib ketadigan

narsalar uchun osmon qadar kekkaymagin, ovozingni baland qo‘yma shamolga qarab qichqirma

demoqchi. Mansab, boylik, shon-shuhrat izidan quvmaslik kerakligini uqtirmoqchi. Tabiat

hodisalari insonni ogohlikka chorlaydi, xulosa chiqarishga undaydi. Momaqaldiroq, chaqmoq

shovqin solib olamga vahima solsa ham olamga biron bir naf keltira olmaydi, quruqdan quruq

yo‘qlikka yuz tutadi. Tabiat hodisalari insonlarda fikr qo‘zg‘atadi. Chunki inson tabiatning bir

bo‘lagi. Shu paytgacha, inson tabiatning ustidan hukmronlik qiladigan zot deb qarab kelingan

bo‘lsa, ushbu fikr haqiqat emasligi ayon bo‘lib qoldi. Tabiat kuchlari oldida odamzod ojizligini

anglab qoldi. Yaralish bor, tugash bor. Boshlanish bor, oxir bor. Hech narsa abadiy emas. Vaqt –

oliy hakam. Agar insonning faoliyati birovga foydasi tegmasa, u ham xuddi chaqmoq kabi yarq

etadi-yu, o‘sha lahzadayoq o‘chadi. Shuning uchun, inson zoti zaminga oyog‘ini mahkam

qo‘yishi, o‘tmishidan, ona tarixidan, ajdodlari xotirasidan, urf-odatlaridan, suv ichgan

daryolaridan, momolarining qadim qo‘shiqlari ohanglaridan, onasining jonday allalaridan,

ildizlaridan sira uzoqlashmasligi kerak, degan fikrlarni uqamiz she’r misralaridan. Abdulla

Oripov inson umrining qisqaligi, o‘rkinchiligi, hayot va o‘lim yonma-yon yurishi, qo‘yayotgan

har bir qadam o‘lim sari boriladigan yo‘lni qisqartira borishi haqida shunday yozadi: Jajji go‘dak,

sen tug‘ilding, sen uchun Kim belanchak yasab turar shu damda. Kimdir senga uchqur tulpor

egarlar, Kimdir senga hassa yo‘nar shu damda. 1 Shavkat Rahmon hali yigit yoshida bu dunyoni

tark etib ketgan bo‘lsa-da, o‘lim haqida o‘ylagan, umr yakunida “lahza’ borligi haqida chuqur

o‘yga toladi va bir kuni tugash, yakun borligini, butun umr ana shu yakunga tayyorgarlik

ekanligini anglaydi: Butun umrim tayyorgarlikdir, Hali ko‘pdir bitmagan ishim, Anglanmadi

hozircha ko‘p sir, Hali vujud ichida ishqim. Yildirimday lahza suvratin Yashirincha asrar xotira.

Meni bor ham yo‘q qiladigan Lahza porlab turar oldinda. 2 Shavkat Rahmon she’rlarida inson va

tabiat uyg‘unligi teran anglanadi. Inson hayoti bilan uyg‘un holatlar tabiat obrazlari vositasida

aks ettiriladi. Quyidagi she’rini kuzataylik:

Tog‘ xo‘rsinib yubordi og‘ir

Vodiylarga yugurdi shamol.

Yuzlarini yashirdi hilol.

Tog‘ xo‘rsinib yubordi og‘ir

Teran xobdan uyg‘ondi yurak,

Tog‘lar kabi xo‘rsinmoq kerak.

3 Tog‘ – tabiatning ulug‘vor, salobatli yaratig‘i. U metindek bardoshning ramzi. Tog‘ni

uncha-muncha narsa bezovta qilolmaydi. U ulug‘vorligi, serviqorligi, bardoshliligi bilan

hayratomuzdir. Xo‘rsinish insonga xos harakat. Ammo ana shu xo‘rsinish tog‘ga nisbatan

qo‘llanilishi nimadan dalolat beradi? Shoirning maqsadi nima? Ma’lumki, muazzam tabiatning

sirli hodisalari, o‘ziga xos xislatlari mavjud. Masalan, har bahor kelishidan avval, uning

darakchilari keladi. Ana shu darakchilardan biri mayin shamollar esishidir. Odamlar mayin

shamollar esa boshlasa “Ana, bahor ham kelyapti’ deydilar. Ushbu bahor haqidagi she’rda

tog‘ning xo‘rsinishi bahorning kelishidan oldingi shamol hodisasiga nisbatan qo‘llanyapti. Shoir

dala-dashtlarni, bog-rog‘larni uyg‘otuvchi shamolning uyg‘otuvchi kuchiga urg‘u bermoqda.

Hilol deb yangi chiqqan oyga nisbatan qo‘llaniladi. She’r misralaridan bahor fasli tarovati sezilib


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

71

turibdi. Musaffo havo, ko‘kdagi go‘zal hilol, mayin shamol bularning barchasi kishi ruhiyatini

toza hislarga oshno qiladi. She’rdan chiqadigan ma’no: xo‘rsinsang, xuddi tog‘lardek

xo‘rsinsang, sening xo‘rsinig‘ingdan olam uyg‘onsa, odamlarning ruhiyatida o‘zgarish yuz bersa.

Hayot va insondagi yangilanish va hissiy kechinmalar shoir qalbida sintezlashadi. Ijodkor shaxs

har bir voqelik, hayot haqiqatiga o‘zining dunyoqarashi bilan yondashib, undan o‘zgacha

mazmun, original obraz yaratadi. Tabiatning uyg‘onishi kabi millat ham uyg‘onsa. Shoirning

orzusi, aslida, mana shu. Millat shoirlarining asriy orzu-umidlari ushalib, millatning uyg‘onishi,

xalq ongining o‘zgarishi natijasida mustaqillikka erishildi. Abdulla Oripovning “Adolat oftobi”

nomli she’ri mustaqillikning dastlabki kunlarida yaratildi: Safga tizil, nabiram, otajonim, tur endi,

Mustaqillik nash’asin, haqqing bordir, sur endi. Qo‘lni berib qo‘llarga bir tan bo‘lib yur endi,

Yelkamizga oftobning tekkanligi rost bo‘lsin, O‘zbekning o‘z niholin ekkanligi rost bo‘lsin. 4

Vatan ozodligini ko‘rish, his etish, bundan faxr hissini tuyish haqiqiy insonga xosdir. Shoir bu

davrda yozgan she’rlarida nima qilib bo‘lsa ham, yurt mustaqilligini asrab qolish, qadriga

yetishga xalqni da’vat qildi. Uning istiqlol yillarida yaratgan she’rlarida vatan mavzusi yuqori

pardalarda kuylandi, fidoyi insonlar obrazi yaratildi. Istiqlolning qadriga yetish, Vatanni asrab-

avaylash, tarix saboqlaridan to‘g‘ri xulosa olish, dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga

intilish, O‘zbekistonning kelajagi buyuk bo‘lishiga erishish kabi his-tuyg‘ular ifodalandi.

Sev Vatanni, sevgin borini,

Tog‘larining qorigacha sev.

Hukm deb bil ixtiyorini,

Cheksiz, tubsiz g‘origacha sev.

Shoir Abdulla Oripov Vatanni boricha sevishni, qabul qilishni istaydi. Vatanni umri qadar

sevishini izhor qiladi. Shavkat Rahmon ham tug‘ilgan yurtini jon qadar sevadi. U Vatanini ozod

va hur ko‘rishni istaydi.

Joylashgansan shunchalar chuqur…

O‘z tubiga yashirgan yurak.

Senga yetib bormaklik uchun

Uzun umrim yetmasa kerak.

2 Shoir o‘z vatanini qalbining tub-tubiga berkitgan. Matndagi “chuqur” so‘zida mustahkam,

mahkam o‘rin egallaganligi aks etgan. Inson eng aziz, noyob narsasini dil tubiga yashiradi.

Vatanning visoliga yetish, uning tabarruk bag‘rida erkalanib yashash har bir insonning istagi,

orzusi. Shoir butun hayotini, ijodini ana shu vatan ozodligi, hurligi, ravnaqi, kelajagi

yuksaltirishga bag‘ishladi. Uning mashhur “Turkiylar” she’rida shoirning bezovta ruhi bor bo‘y-

basti bilan namoyon bo‘ladi: Turkda bosh qolmadi…

Qolmadi dovlar…

…Tug‘ildi, Tug‘ildi, Tug‘ildi qullar.

3 O‘zbek degan shonli millatning avlodlari shunchalik zabunlashganligini ko‘tara olmayotgan

shoirning zardalari, o‘ylari asosli. Yurt mustamlakachilar zanjiri bilan bog‘langan, erki

cheklangan, qadr-qimmati yerga urilayotgan zamonda shoir tinch, xotirjam yashay olmasligi

aniq. Bunday holda hech bir vijdonli odam xotirjam bo‘la olmaydi. Turkiylarning birlasha

olmaganligi, “bir yaqo, bir yeng” (Turdi Farog‘iy) bo‘la olmayotganliklari, bo‘laklarga

bo‘linganligi, zaiflashganligi shoirni qiynaydi. Istiqlol orzusi, yurtni mustaqil ko‘rish istagi

ustunlik qiladi. Millat fidoyilari kutgan istiqlolga erishilgandan so‘ng ulkan yangiliklar ro‘y

berdi. Istiqlol tufayli diniy bilimlarni o‘rganishga keng yo‘l ochildi. “Lomakonsan, endi qaydan

izlagaydurman” degan misradayoq yosh shoirning о‘zga о‘lchamli olam borligini e’tirof etganini,

uning uchun borliq, avvalo, makon va lomakondan iborat bо‘lganini kо‘ramiz” .


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

72

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 Абдулла Орипов. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2019. – Б. 21.

2 Шавкат Раҳмон. Абадият оралаб. Шеърлар. – Тошкент, 2012. – Б. 144

3 Шавкат Раҳмон. Абадият оралаб. Шеърлар. – Тошкент, 2012. – Б. 119.

4 Абдулла Орипов. Танланган асарлар. – Тошент: Шарқ, 2019. – Б. 317.

Библиографические ссылки

Абдулла Орипов. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2019. – Б. 21.

Шавкат Раҳмон. Абадият оралаб. Шеърлар. – Тошкент, 2012. – Б. 144

Шавкат Раҳмон. Абадият оралаб. Шеърлар. – Тошкент, 2012. – Б. 119.

Абдулла Орипов. Танланган асарлар. – Тошент: Шарқ, 2019. – Б. 317.