Авторы

  • Tolametov Abdujalil Abdujaparovich,Amonov Asqar Nomozboyevich
    Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professori ,Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68799

Ключевые слова:

axbort axborot texnologiyalar elektron darsliklar kompyuterli telekommunikatsiyalar kompyuter savodxonligi.

Аннотация

Maqolada “Jismoniy tarbiya fani o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash” ta’lim yo‘nalishida elektron darsliklardan foydalanish samaradorligi nimalardan iborat ekanligi bayon qilingan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

144

Tolametov Abdujalil Abdujaparovich

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash

va malakasini oshirish instituti “Sport psixologiyasi,

ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professori

e-mail:

a.tolametov@sportedu.uz

Amonov Asqar Nomozboyevich

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash

va malakasini oshirish instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, dotsenti

e-mail:

amanov@sportedu.uz

“JISMONIY TARBIYA FANI O‘QITISH HUQUQINI BERISH BO‘YICHA KASBIY

QAYTA TAYYORLASH” YO‘NALISHIDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN

FOYDALANISH MASALALARI

Annotatsiya

:Maqolada “Jismoniy tarbiya fani o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta

tayyorlash” ta’lim yo‘nalishida elektron darsliklardan foydalanish samaradorligi nimalardan

iborat ekanligi bayon qilingan.

Kalit

so‘zlar

:axbort,

axborot

texnologiyalar,

elektron

darsliklar,

kompyuterli

telekommunikatsiyalar, kompyuter savodxonligi.

Mavzuning dolzarbligi va zarurati.

Zamonaviy dunyoda axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari (AKT) ta’sirida tez sur’atda o‘zgarmoqda. Ushbu o‘zgarishlar hayotning deyarli

barcha sohalariga, jumladan, jismoniy tarbiya va sportga ham ta’sir qiladi. Fan va texnikaning

jadal rivojlanishi sharoitida sport mutaxassislarni qayta tayyorlashda kompyuterlar, smartfonlar,

har xil turdagi gadjetlar ta’lim tizim jarayonining ajralmas instrumenti bo‘lib, ular uchun

mo‘ljallangan elektron darsliklardan foydalanish masalasi dolzarbdir.

Ishning maqsadi

– Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va

malakasini oshirish instituti “Jismoniy tarbiya fani o‘qitish huquqini berish kasbiy qayta

tayyorlash” yo‘nalishining o‘quv jarayonida elektron darsliklardan foydalanishning bo‘yicha

dolzarb muammolarni aniqlash.

Tadqiqot usullari

– mavjud ilmiy-uslubiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish va

umumlashtirish, pedagogik kuzatuv, sohaning yetakchi mutaxassislari o‘rtasida anketa-so‘rov va

suhbat o‘tkazish, ilg‘or tajribani o‘rganish va umumlashtirish.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

Bunugi kunda O‘zbekiston va jahon ta’limi

jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini, jumladan, elektron darsliklar

va masofaviy ta’limga tizimlarini joriy etish tobora ommalashib bormoqda. Shu munosabat

bilan elekton darsliklardan foydalanish samaradorligini o‘rganish sohasida ilmiy izlanishlar

faollashmoqda [2,5,6,8].

Shu bilan birga, Respublikamiz va ko‘plab xorijiy mualliflarning fikriga ko‘ra, ta’lim

oluvchi va beruvchilar ananaviy darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa ta’lim resurslariga


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

145

nisbatan raqamli elektron darsliklarni afzal ko‘rishadi. Bunday ta’lim resurslarda taqdim

etilgan ma’lumotlar yaxshiroq eslab qolish bilan izohlashadi [3,4,7,8].

Mavjud ilmiy-uslubiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish va umumlashtirish

natijasida bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra elektron darsliklar quyidagi talablarga

javob berishi kerak:

- o‘quv materiallarining mazmuni davlat ta’lim standartlariga mos kelishi;
- ma’lumotlarning turli shakllarda (matn, rasm, video, audio) taqdim etilishi;
- tayanch tushunchalar yetarli darajada yoritilishi;
- kompyuterlar, mobil telefonlar va planshetlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan

bo‘lishi;

- interaktiv elementlar, testlar, animatsiyalar va videolar bo‘lishi;
- interfeys intuitiv bo‘lishi, oson navigatsiya va funksiyalar bilan ta’minlanishi;
- internetsiz ham foydalanish imkoni bo‘lishi;
- doimiy ravishda yangilanib turishi va zamonaviy ma’lumotlar bilan ta’minlanishi;
- tinglovchilarning darajasiga mos materiallar va nazorat testlar bo‘lishi;
- o‘qituvchilar va tinglovchilar o‘rtasida fikr almashish imkoni bo‘lishi;
- videolar, audiolar va grafikalarni o‘z ichiga olish;
- tinglovchilar uchun aniq ko‘rsatmalar va yordam mo‘ljallangan bo‘lishi;
- tinglovchilarning bilimini baholash uchun testlar va baholash mexanizmlari bo‘lishi

kerak [2, 5,6,7,8].

Elektron darsliklar ushbu talablarga javob bersa, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini

“Jismoniy tarbiya va sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” moduli bo‘yicha

malakasini oshirda samaradorligi va tinglovchilar uchun foydali bo‘lishi ta’minlanadi. Bu,

zamonaviy kasbiy malaka oshirish jarayonini yaxshilashga yordam beradi.

Tadqiqotning natijalari va muhokamasi

.

Bugungi kunda jismoniy tarbiya fani o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta

tayyorlashda elektron darsliklarni yaratish zamonaviy ta’limning dolzarb masalasidir. Shu bois,

hozirgi vaqtda elektron darsliklar yaratish malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yangi sifat

bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda “Jismoniy tarbiya o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash”

yo‘nalishi tinglovchilarni “Jismoniy tarbiyada axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan

foydalanish usullari” moduli bo‘yichasi qayta tayyorlashda elektron darsliklardan foydalanish

ta’lim uslublarining samaradorligini oshirishga va takomillashtirishga samarali ta’sir etib kelmoqda.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

146

Bizning fikrimizcha, o‘qituvchi o‘qitish metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi

kerakki, tinlovchilar nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlariga, balki bilimlarni turli manbalardan

izlash, mustaqil egallash, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi

egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imkoniyati yaratilishi kerak. Elektron

darslik o‘quv jarayonidagi mavzu ma’lumotlarni ovozli, harakatli, videoli, tasvirli, grafikli va

hokazo ko‘rinishlarda bayon qilinishi yangi mavzuni o‘rganish uchun ketadigan vaqtni tejash bilan

birga yangi axborotlarni qabul qilish ehtiyojini qondiradi, hamda ularni o‘rganayotgan modullarga

bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Shuningdek, elektron darsliklarda ma’lumotlarni yangilash tezligi muhim ahamiyatga ega.

An’anaviy bosma darsliklarda eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi ehtimoli yuqori, bu esa tahlil va ta’lim

jarayonida moslashuvchanlikni kamaytiradi. Elektron o‘quv vositalari, o‘z navbatida, zamonaviy

voqelikka moslashish imkonini beradi, axborotni o‘z vaqtida yangilashni ta’minlaydi. Elektron

darsliklardan foydalanadigan tinglovchilar o‘zlarining ob’ektiv va tipik sub’ektiv kamchiliklarini

bartaraf etishi mumkin. Bu esa o‘quv jarayonini jadallashtirish, uning samaradorligi va sifatini

oshirish maqsadida elektron darsliklardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda

malaka oshirish jarayonida elektron o‘quv qo‘llanmalar eng jadal rivojlanayotgan darsliklar turiga

kiradi.

Elektron darslik – bu ma’ruzalar, ilmiy va amaliy bilimlarni tizimli tarzda o‘z ichiga olgan,

didaktik, uslubiy va interaktiv dasturiy tizimdir. U ma’lumotlarni taqdim etishning zarur shakllarini,

shu jumladan, o‘quv materialining murakkab holatlarini multimediya texnologiyalari orqali

ko‘rsatish imkonini beradi, ya’ni

- ushbu modul kurslari uchun nazariy va amaliy mavzularning materiallarni izchil va

moslashuvchi mavzularni taqdim etish orqali tinglovchilarga yetarli bilim beruvchi strukturani

mavjudligi;

- nazariy va amaliy mavzularni vizual tarzda taqdim etish;
- o‘quv materialini interaktiv elementlarni vizual tarzda taqdim etish;
- multimediya yordamida ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish, aniqlashtirish va o‘rganish

jarayonini qiziqarli qilish mumkin;

- mavzularni o‘zlashtirishini tekshirish (nazorat testlari yordamida);
- ilmiy va amaliy bilim materiallarni amaliy kontekstda taqdim etish orqali tinglovchilarning

tushunishini osonlashtiradi.

Tinglovchilarini elektron darslikdan foydalanish orqali mustaqil ravishda sport sohasiga oid

ma’lumotlarni bilan ishlash, savollarga javob topish va o‘z bilimlarini tekshirish imkoniyatiga ega

bo‘ladilar. Bu, o‘z navbatida, tinglovchilarning qayta tayyorlash tizimida bilim sifati va

samaradorligini yaxshilaydi. Elektron darsliklardan foydalanish, tinglovchilarning bilimini

mustahkamlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va zamonaviy talablarga moslashish

imkoniyatlarini ta’minlaydi.

Jumladan, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini sifati va samardorligini

oshirishda

zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamon

talablariga javob beradigan yangi elektron o‘quv qo‘llanmalardan foydalanishni talab


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

147

etmoqda. So‘nggi yillarda kompyuter va mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan o‘quv

dasturlaridan foydalanishga katta qiziqish mavjudligiga qaramasdan, ularni yaratish va

amalga oshirish masalalari muammoligicha qolmoqda.

Bu, bir tomondan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi holati bilan

va ikkinchi tomondan, ta’lim tizimini shu jumladan sport sohasini zamon talablariga va

ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga moslashtirishi bilan bog‘liqdir.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini qayta tayyorlash

kursi tinglovchilari bilan elektron darsliklar bo‘yicha muammolarni o‘rganish yuzasidan

o‘tkazilgan suhbat, onlayn va offlayn tarzda anketa-so‘rovnomalarda 2024 yil fevral oyidan

2024 yil noyabr oyigacha ushbu kursda malaka oshirgan tinglovchilar ishtirok etishdi.

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya o‘qituvchilar bilan

o‘tkazilgan so‘rovnomada “Jismoniy tarbiyada axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan

foydalanish usullari” modul bo‘yicha qo‘shimcha va yangi bilimlarni chuqurroq o‘rganishda

qanday ta’lim resurslarini afzal ko‘rasiz? degan savolga respondentlar 14,02% qog‘oz

shaklidagi o‘quv adabiyotlar (darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqalar) muhim o‘rin tutishini,

Respondentlarning 85,9% elektron darsliklar tinglovchini yangi axborotlarni tasavvur qilish,

mavzularni yengil va mustahkam tushunishiga imkoniyat yaratishini ta’kidlashgan (1-jadval).

1-jadval

1-rasm. “Jismoniy tarbiyada axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

usullari” modul bo‘yicha qo‘shimcha va yangi bilimlarni chuqurroq o‘rganishda qanday

ta’lim resurslarini afzal ko‘rasiz?

Bugungi kunda mobil telefonlar zamonaviy hayotda keng foydalanishga ega, bu esa

ularning turli sohalardagi ahamiyatini va ta’sirini ko‘rsatadi. Mobil telefonlarning keng

foydalanish, odamlarning bir-biri bilan tez va oson aloqa o‘rnatishi, internetda ma’lumot

izlash quylayligi va eng asosisi mobilligidir. Bu esa mobil telefonlar uchun elektron darsliklar


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

148

ta’lim jarayonini yengillashtiradi, bilim olishni samarali qiladi va ta’limni har qanday vaqtda

va joyda olish imkonini beradi.

Buni, respondentlarni “Kasbiy faoliyatingizda asosan qanday texnik qurilmalardan

foydalanasiz?”degan savolga respondentlarning 75,5% – o‘z kasbiy faoliyatida mobil

telefondan, 22,4% – kompyuterdan va 2,1% – planshetlardan foydalanayotganligini

ta’kidlashgan (2-rasm).

2-rasm. Respondentlarni kasbiy faoliyatda zamonaviy texnik qurilmalardan foydalanishi

ko‘rsatkichlari

Shuning uchun elektron darslik nafaqat kompterlar balki veb-brauzerlarda, Android,

iOS, Windows mobil ilovalarida ham ishlashi kerak. Shuningdek, mobil qurilmalar uchun

qulay interfeysga, o‘zlashtirish, belgilash, yozuvlar kiritish va materiallarni saqlash imkoniyatiga

ega bo‘lishi kerak.

Bizning fikrimizcha, o‘qituvchi o‘qitish usullari va texnologiyalarini shunday tanlashi

kerakki, tinglovchilar nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlariga, balki bilimlarni turli

manbalardan izlash, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va kengaytirishga imkon berish, o‘zlarida

shaxsiy nuqtai nazarni shakllanishi, uni asoslashi mumkin bo‘lsin, shu bilan birga, yangi bilimlarni

egallashda oldingi o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalanish imkoniyati yaratilishi kerak.

Respondentlar “Jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli elektron axborotlarni qaysi

manbalaridan foydalanasiz?” degan savolga, axborotni asosan O‘zbekiston davlat

domenlaridan- 70,6%, Rossiya davlat domenlaridan- 20,8%, Yevropa davlatlari domenlaridan

-2,4%, Osiyo davlatlar domenlaridan 6,2% olishlarini bildirishgan (3-rasmga qarang).


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

149

3–rasm. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini sportga tegishli elektron

manbalarni davlat domenlaridan foydalanishining qiyosiy tahlili

Hozirgi vaqtda, sport soha mutaxassislarini malaka oshirish tizimiga axborot

kommunikatsiya texnologiyalarini keng kirib borishi, o‘quv jarayonini sifati va samardorligini

oshirishda zamonaviy texnik taraqqiyot texnologiyalari imkoniyatlaridan, zamonaviy

qurilmalardagi dasturiy mahsulotlardan faol foydalanishni talab etmoqda. Jumladan, so‘nggi

yillarda, sport sohasiga mo‘ljallangan resurslardan foydalanishda mobil telefonlar,

kompyuterlar, planshet vositalarini qo‘llash, bugungi kun talabiga aylangan. Bu, sport

sohasida yangi shakl va usullardan foydalanish va an’anaviy usullarga qo‘shimcha ravishda

yangi shaklni yaratish uchun omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuni alohida takidlash kerakki vaqt o‘tishi bilan elektron darsliklar orqali o‘quv

jarayonida va mustaqil bilim olishda keng imkoniyatlar, hamda ular o‘quv jarayonida qog‘ozli

darsliklarning to‘liq o‘rnini bosadi. Qog‘ozli darslik tanish va o‘qilishi osonroq bo‘lishiga

qaramay, elektron darsliklar, ular taqdim etadigan keng imkoniyatlar tufayli, har yili tobora

ommalashib bormoqda.

Xulosa sifatida

shuni ta’kidlash mumkin-ki, “Jismoniy tarbiya o‘qitish huquqini berish

bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash” yo‘nalishi tinglovchilari elektron darsliklardan unumli

foydalanish jismoniy tarbiya va sport ta’lim jarayoni rivojining muhim va ustuvor

yo‘nalishlaridan biri. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda axborot kommunikatsiya

texnologiyalari va vositalaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilgan hamda ta’lim olish

jarayoniga chuqur kirib bormoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan

yangi ta’lim texnologiyalarida elektron darsliklar tinglovchilarga mustaqil ravishda bilim olish

va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir.

Shuningdek, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida olingan bilim

uzoq vaqt xotirada qoladi va keyinchalik ularni amaliyotda qo‘llash uchun qisqa vaqt ichida

takrorlash bilan tiklash mumkin. Bunda, ish faoliyatida axborotlardan xabardorligi va

axborotlardan samarali foydalanish quydagilarga bog‘liq bo‘ladi. Birinchidan, zamonaviy sport

mutaxassisi

axborot

oqimlarida

erkin

yo‘nalish

olishi

uchun

kompyuterlar,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

150

telekommunikatsiya va axborotning boshqa vositalari yordamida axborotlarni olishni, qayta

ishlashni va ulardan foydalanishni bilishi lozim. Ikkinchidan, mutaxassisning zarur bo‘lgan

axborot madaniyati darajasini ta’minlash, faqatgina bitta o‘quv moduli maqsadi bo‘lib

qolmasligi lozim. Uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini barcha o‘quv modullariga

tatbiq etish lozim va bu holat, ma’lum bir kasbiy tayyorgarlikni, axborot texnologiyalarini

imkoniyati bilan tanishganlikni, ushbu imkoniyatlardan o‘zining ilmiy va amaliy faoliyatida

foydalana olishini talab qiladi. Ushbu holat juda dolzarb va pedagogik jihatdan ahamiyatli

hisoblanadi, chunki qo‘shimcha va yangi bilimlarni chuqurroq o‘rganishda elektron

darsliklarining imkoniyatlari va ustunliklarini o‘zlarida sinab ko‘rishadi.

Foydalanilgan manbalar:

1.

Tolametov A.A. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash

va

malakasini

oshirish

tizimida

axborot-kommunikatsion

texnologiyalaridan

foydalanishning ilmiy-pedagogik masalalari/ Инноватсии в педагогике и психологии 4

(7).

2.

Tolametov A.A. Jismoniy tarbiya va sport ta’limida axborot kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari// “Fan sportga” ilmiy-nazariy

jurnal, № 4, 2021, 59-62 betlar.

3.

Tolametov A.A. The role of information and communication technologies in

additional independent training of practitioners in sports educational institutions in addition

to coaching// Eurasian Journal of Sport Science 2022; 2(1): 185-189.

4.

Блеер А.Н. Анализ тенденций совершенствования учебных программ

дополнительного профессионального образования в сфере физической культуры и

спорта. Актуальные проблемы дополнительного профессионального образования в

сфере физической культуры, спорта и туризма: Материалы науч.-практ. конф.

/РГАФК. - М., 2001. - Ч. 1. - с. 7-10.

5.

Гаврилов, М.В., Климов В.А. Информатика и информационные технологии:

Учебник для бакалавров/- М.: Юрайт, 2013. - 378 c.

6.

Гурьев С. В. “Современные информационные технологии в физической культуре

и

спорте”/

Монография,

Российский

государственный

профессионально-

педагогический университет, Екатеринбург, 2014.

7.

Иванов В.Л. Электронный учебник : системы контроля знаний / B.JI.

Иванов//Информатика и образование. 2002.—№ 1. С. 71-81.

Красильникова В.А. Информационные и коммуникационные технологии в

образовании//Учебное пособие. М.: ООО «Дом педагогики», 2006. – 231 с.

8.

Файзиев Я.З., Джумаева М. Электрон дарсликлардан масофавий ўқитишда

самарали фойдаланиш//“Учёный XXI века” научный журнал № 3-1(38), 2018, 15-16

стр.

Библиографические ссылки

Tolametov A.A. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik masalalari/ Инноватсии в педагогике и психологии 4 (7).

Tolametov A.A. Jismoniy tarbiya va sport ta’limida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari// “Fan sportga” ilmiy-nazariy jurnal, № 4, 2021, 59-62 betlar.

Tolametov A.A. The role of information and communication technologies in additional independent training of practitioners in sports educational institutions in addition to coaching// Eurasian Journal of Sport Science 2022; 2(1): 185-189.

Блеер А.Н. Анализ тенденций совершенствования учебных программ дополнительного профессионального образования в сфере физической культуры и спорта. Актуальные проблемы дополнительного профессионального образования в сфере физической культуры, спорта и туризма: Материалы науч.-практ. конф. /РГАФК. - М., 2001. - Ч. 1. - с. 7-10.

Гаврилов, М.В., Климов В.А. Информатика и информационные технологии: Учебник для бакалавров/- М.: Юрайт, 2013. - 378 c.

Гурьев С. В. “Современные информационные технологии в физической культуре и спорте”/ Монография, Российский государственный профессионально-педагогический университет, Екатеринбург, 2014.

Иванов В.Л. Электронный учебник : системы контроля знаний / B.JI. Иванов//Информатика и образование. 2002.—№ 1. С. 71-81.

Красильникова В.А. Информационные и коммуникационные технологии в образовании//Учебное пособие. М.: ООО «Дом педагогики», 2006. – 231 с.

Файзиев Я.З., Джумаева М. Электрон дарсликлардан масофавий ўқитишда самарали фойдаланиш//“Учёный XXI века” научный журнал № 3-1(38), 2018, 15-16 стр.