INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
138
Sobirov Zuhriddin Najmiddin o‘g‘li
Oriental universiteti, “Tarix” kafedrasi o‘qituvchisi
JADIDCHILIKNING ISLOMIY MAʼRIFATPARVARLIK BILAN BOG‘LANISHI
Annotatsiya:
Ushbu maqola jadidchilik harakatining islomiy maʼrifatparvarlik bilan
bogʻlanishini tahlil qiladi. Jadidlar ta'lim va diniy islohotlar orqali musulmon jamiyatlarini
yuksaltirishga, ilm-fan va zamonaviy bilimlarni keng joriy qilishga intildilar. Ular eski
madrasalardagi ta'lim tizimini yangilab, yangi usuldagi maktablarni tashkil etish orqali milliy
uyg‘onishni jadallashtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Jadidlarning islomiy maʼrifatparvarlik bilan
bog‘liq g‘oyalari bugungi zamonaviy jamiyatlar uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Kalit so‘zlar:
Jadidchilik, Islomiy maʼrifatparvarlik, Oʻrta Osiyo islohoti, Milliy uyg‘onish,
Taʼlim islohotlari, Zamonaviylik va islom, Madaniy yangilanish, Yangi usul maktablari, Diniy
va dunyoviy bilimlar, Ilm-fan taraqqiyoti.
Annotation:
This article analyzes the connection between the Jadid movement and Islamic
enlightenment. The Jadids aimed to elevate Muslim societies through educational and religious
reforms, promoting the integration of modern science and knowledge. They modernized the
traditional madrasa system and established new schools, accelerating national awakening. The
ideas of the Jadids related to Islamic enlightenment remain relevant for contemporary societies
today.
Key words:
Jadidism, Islamic Enlightenment, Central Asian Reform, National Awakening,
Educational Reforms, Modernity and Islam, Cultural Renewal, New-Method Schools, Religious
and Secular Knowledge, Scientific Progress.
Аннотация:
Данная статья анализирует связь между джадидским движением и исламским
просвещением. Джадиды стремились поднять мусульманские общества через
образовательные и религиозные реформы, продвигая интеграцию современного научного
знания. Они модернизировали систему традиционных медресе и основали новые школы,
ускоряя национальное пробуждение. Идеи джадидов, связанные с исламским
просвещением, остаются актуальными и в наши дни.
Ключевые слова:
Джадидизм, Исламское просвещение, Реформа в Центральной Азии,
Национальное пробуждение, Образовательные реформы, Современность и ислам,
Культурное обновление, Новометодные школы, Религиозные и светские знания, Научный
прогресс
Jadidchilik harakati XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston va O‘rta Osiyoda
shakllangan, yangicha ta’lim va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan harakatdir. Bu davrda
O‘rta Osiyoda xalqning ma’naviy va iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lib, bu holat yangi tafakkur
egalarini ta’lim sohasida chuqur islohotlar qilishga undadi. Jadidlar ko‘hna ta’lim tizimini qayta
ko‘rib chiqib, milliy va diniy qadriyatlarni saqlagan holda zamonaviy ta’lim tizimini yaratishga
intildilar.
Jadidchilik islomiy maʼrifatparvarlik bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, bu harakatning
asosiy maqsadi xalqni savodsizlikdan, johillikdan va islomni noto‘g‘ri talqin qilishdan qutqarish
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
139
edi. Jadidlarning maqsadi islomning ilmga, maʼrifatga va taraqqiyotga bo‘lgan musbat taʼsirini
ommaviylash va kengroq yoyish edi. Ular diniy va dunyoviy ta'limni uyg‘unlashtirib, xalqning
intellektual yuksalishiga erishmoqchi edilar. Islomdagi ma’rifatparvarlik yondashuvining tarixiy
ildizlari Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar davridan kelib chiqqan bo‘lib, Qur’on va hadislarda
ilmning yuqori o‘rni ta'kidlangan.
Amerikalik olim A. Xolid fikricha “O‘rta Osiyo jadidchiligi bevosita musulmon
musulmon modernizimi doiralaridan tashqariga chimagan… Uning ritorik tuzilishi ildizlari O‘rta
Osiyoning musulmoncha an’analariga borib taqaladi, shu bois jadidlar o‘z an’analarida islomga
tayanganlar…Zamonaviylik islomning asl mazmuniga bog‘lamgan va faqat asrlar davomida
paydo bo‘lgan illatlardan tozalangan islom islom musulmonlarning faravonligini ta’minlashi
mumkin edi. Jadidlar olamga yangicha nazar bilan qarashga, islomni yangicha tushunishga,
musulmon bo‘lish nimani anglatishini uqishga erishganlar”.
Jadidlarning jamiyatni yangilash nazariyasida taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgan
Yevropa bilan yaqinlashish, uning eng yaxshi yutuqlarini o‘zlashtirish masalasi muhim o‘rin
tutgan. Turkistonning mustamlaka holati tufayli yuzaga kelgan inqirozdan chiqish, avvalambor,
Yevropa tajribasidan foydalanib madaniy islohotlar o‘tkazishda ko‘ringan. Buning uchun,
birinchi navbatda, islom bilan taraqqiyotni qonuniylashtirish nazariyasini va islomning inson va
jamiyatning uyg‘un rivoji masalasiga munosabati haqida musulmon ommaga tushunarli
konsepsiyani ishlab chiqish zarur edi. Shu tariqa, jadidlar o‘z harakatini diniy ma’rifat bilan
bog‘lash orqali islomning zamonaviy taraqqiyot yo‘lidagi o‘rnini qayta talqin qildilar. Bu esa
Oʻrta Osiyoning jamiyat va taʼlim tizimiga ulkan taʼsir ko‘rsatdi.
Jadidchilik harakatining ildizlari chuqur diniy asoslarga borib taqaladi. Islomiy
maʼrifatparvarlik tamoyillari islom dinida o‘zining muhim o‘rniga ega. Qurʼonda ko‘plab
joylarda ilmga bo‘lgan hurmat va ilm olishning zarurligi haqida gapiriladi. Muhammad (s.a.v.)
payg‘ambar: “Ilm olish har bir musulmonga farzdir”, degan hadisida ham bu masalaga katta
eʼtibor berilgan. Islomda maʼrifatparvarlik — ilmlarni rivojlantirish, aqlni ishlatish va dinni
to‘g‘ri tushunishga asoslangan yondashuv sifatida ko‘riladi.
Jadidchilik harakatining asosiy maqsadi ham shu ilmlarga asoslangan dunyoviy va diniy
ta’limni birlashtirish edi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida musulmon jamiyatlarida dinning
ayrim sohalarda noto‘g‘ri talqin qilinishi sababli rivojlanish sekinlashgan, bu esa savodsizlikka,
ilm-fanning pasayishiga olib kelgan edi. Jadidlar aynan shu nuqtaga eʼtibor qaratib, islomning
asl maqsadlarini tiklash, ilm-fan va taʼlim orqali taraqqiyotni ta’minlashga intildilar.
Islom dini ilm-fanga katta ahamiyat berganligi sababli, jadidlar bu asosga tayanib, diniy
va dunyoviy bilimlarni yangicha shaklda ommalashtirishga harakat qildilar. Ular islom dinining
qoidalari va anʼanalarini zamonaviy taʼlim bilan uyg‘unlashtirib, madrasalarda o‘qitiladigan
anʼanaviy taʼlim tizimini isloh qilishni taklif etdilar. Bu islohotlar orqali ular madaniy
yangilanish va intellektual rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida
ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surdilar.
1
Khalid Adeeb
. The politics of Muslim Cultural Reform. Jadidism in Central Asia. Berkley-Los-Angeles-London,
1988. P. 113.
2
D. Alimova. Jadidchilik fenomeni. – Toshkent: Akademnashr, 2022. B. 79.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
140
Jadidlarning fikricha, islom dini faqat diniy amallar bilan chegaralanmasdan, jamiyatni
ilm, texnika va madaniyat sohalarida ham rivojlantirishi kerak edi. Ularning bu qarashlari
qadimgi musulmon olimlari tomonidan yaratilgan boy ilmiy merosga asoslangan edi.
Shuningdek, ular Qur’on va hadislarda ilmlarning rivojlanishi haqida berilgan taʼlimotlarni
ommalashtirish orqali islom va zamonaviy dunyoqarashlar o‘rtasida muvozanatni saqlashni
maqsad qilishgan.
Jadidlar islomiy maʼrifatparvarlikni milliy uygʻonish va zamonaviy taʼlimning asosi
sifatida ko‘rdilar. Ularning yondashuvi asosan diniy va dunyoviy bilimlarning birligini
taʼminlashga qaratilgan edi. Ular islomni faqat ibodat va diniy amallar bilan chegaralab
qoʻymasdan, uni inson hayotining barcha sohalarida rivojlantiruvchi, yuksaltiruvchi kuch sifatida
qabul qilish kerak, deb hisoblardilar. Bu maqsadda ular Qurʼon va hadislar bilan zamonaviy
ilmiy bilimlarni uyg‘unlashtirishga intilishdi.
Jadidlarning fikricha, dinni noto‘g‘ri tushunish va ilmsizlik musulmon dunyosining
orqada qolishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardandir. Shu sababli, ular ta'lim sohasida
islohotlarni amalga oshirishni zarur deb bildilar. Bu islohotlar o‘rta asrlardagi madrasalarda
o‘qitiladigan diniy taʼlimni zamonaviy ilm-fan bilan boyitishni nazarda tutardi. Ular dinni ilm va
maʼrifat orqali talqin qilish orqali musulmon dunyosini madaniy va intellektual jihatdan
rivojlantirishga chaqirdilar.
Jadidlar dinning ilmiy tamoyillarini kuchaytirishga urgʻu berdilar. Jumladan, ular islomda
ilm olish farz ekanini, bu ilm nafaqat diniy, balki dunyoviy fanlar bilan ham bog‘liq bo‘lishi
kerakligini ta’kidlashdi. Yangi bilimlar, jumladan, matematika, geografiya, tibbiyot va
texnologiyalarni ham o‘rganish zarurligini aytib o‘tdilar. Ular islomning asl mohiyati va
ahamiyatini tushuntirish bilan bir qatorda, musulmonlar zamon talablariga mos ravishda harakat
qilishlari kerakligini uqtirdilar.
Turkiston milliy taraqqiyparvarlari diniy bag‘rikeng likning haqqoniy ifodachilari
bo‘lganlar. Ular o‘zlarining diniy ta’limi, dunyoqarashi va intilishlari bilan bunga tamomila haqli
edilar. Ularning eng atoqli namoyandalari nafaqat madrasani tugatganlar, balki diniy mansabga
ham ega bo‘lganlar. Masalan, Mahmudxo‘ja Behbudiy ota-bobolari kabi muftiy bo‘lgan va o‘z
davrida Samarqand viloyatida shu mansabni egallab turgan. Munavvar qori ham madrasa
tahsilidan so‘ng Toshkentdagi Darhon masjidida imom bo‘lib ishlagan, Isxokxon Ibrat esa
To‘raqo‘rg‘onda qozi vazifasini bajargan. Jadidlarning Yevropa va Sharq mamlakatlariga
sayohat qilish, shuningdek, rivojlangan musulmon davlatlarining sanoat va madaniy yutuqlari
bilan, ziyoli insonlar va turli ijtimoiy harakatlar namoyandalari bilan tanishish imkoniyatiga ega
bo‘lganliklari tufayli ular Turkistondagi hayotni bunga qiyoslab, uning taraqqiyotda naqadar
orqada qolganini yaxshi anglaganlar va O‘rta Osiyoning musulmoncha madaniy an’analarini
yangilash tarafdori bo‘lganlar. Ular o‘z islohotla rini islom ta’limotini anglashdan boshlaganlar.
Jadidlar yangi maktablar tashkil etib, bu maktablarda ilm-fan, til va san’at fanlari bilan
bir qatorda diniy bilimlarni ham o‘rgatishni maqsad qildilar. Ular ta’limni xalq orasida keng
targ‘ib qilish va har bir musulmonning zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat qozonishi uchun
3
D. Alimova. Jadidchilik fenomeni. – Toshkent: Akademnashr, 2022. B. 78.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
141
bilimga ega bo‘lishini ta’minlashni istadilar. Bu orqali jadidlar islomiy maʼrifatparvarlikning
jamiyatni rivojlantiruvchi kuch ekanligini ko‘rsatib berdilar.
Jadidchilik harakati faqat ta’lim sohasida emas, balki dinni ijtimoiy hayotda ham
yangicha talqin qilishni qo‘llab-quvvatladi. Ular islomning asosiy tamoyillarini saqlagan holda,
ijtimoiy adolat, erkinlik va milliy uyg‘onish masalalarini ko‘tarishdi. Ular jamiyatning har bir
qatlami ilm olish va maʼrifat bilan shug‘ullanishi kerakligini, bu orqali millatning maʼnaviy va
iqtisodiy rivojlanishi ta’minlanishi mumkinligini ilgari surdilar.
Jadidlar Oʻrta Osiyoda kechayotgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishda
asosiy yoʻl sifatida taʼlimni ko'rdilar va bu borada modernizatsiyaga katta e’tibor berdilar.
Ularning asosiy sa’y-harakatlari taʼlim tizimining yangilanishiga, eski madrasalardagi ta’lim
tizimining isloh qilinishiga qaratilgan edi. Jadidlarning fikricha, taʼlimning eskirgan tizimi
musulmon jamiyatlarida intellektual rivojlanish va ijtimoiy taraqqiyotga toʻsiq bo'layotgan edi.
Ular yangi va zamonaviy taʼlim tizimini joriy qilish orqali bu muammolarni bartaraf etishga
intildilar.
Madrasalar va yangi maktablar o‘rtasidagi farqlar
Jadidlar faoliyatining markazida
turardi. Eski madrasalarda faqat diniy fanlar o‘rgatilgan bo‘lsa, yangi maktablarda dunyoviy
fanlar ham o‘qitila boshladi. Yangi usuldagi maktablar —
usuli jadid
maktablari deb atalib, u
yerda zamonaviy fanlar (matematika, geografiya, tarix, tabiiy fanlar) bilan bir qatorda, diniy
bilimlar ham o‘qitilardi. Bu maktablar jadidlarning yangicha fikrlash va ilm olishni barcha uchun
ochiq qilish istagini ifodalaydi.
Jadidlar maktablarda ko‘proq ilmiy bilim berishga urgʻu berishdi. Ular taʼlim jarayonini
takomillashtirish orqali xalqning madaniy va intellektual yuksalishiga hissa qo‘shishni o‘z
oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Madrasalarda o‘qitiladigan eski uslubdagi taʼlimda faqat diniy
fanlar ustuvor bo‘lgan bo‘lsa, jadidlar yangi maktablarda bu yondashuvni yangiladi. Yangi
maktablarda ilm-fan va texnologiyalar bilan bir qatorda, islomning maʼrifiy tamoyillari ham
targ‘ib qilindi. Bu orqali ular o‘sha davr musulmon jamiyatida zamonaviy tafakkurni
rivojlantirishga urindilar.
Jadidlar taʼlimni modernizatsiya qilish orqali diniy bilimlarni zamonaviy ilm-fan bilan
uyg‘unlashtirishga intildilar. Ularning fikricha, ilm-fan va texnika sohasidagi taraqqiyot
musulmon dunyosining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Bu qarash, ayniqsa, texnikaviy, tibbiy
va gumanitar fanlar sohasidagi bilimlarni o‘rganishni jadallashtirdi. Shunday qilib, jadidlar
zamonaviy taʼlimni joriy etish orqali islomiy bilimlarni chuqurroq va kengroq o‘rganishga
erishish mumkin, deb hisobladilar.
Shuningdek, jadidlar yangi maktablarning o‘quv dasturlarida zamonaviy fanlar bilan bir
qatorda islom dinining maʼnaviy qadriyatlarini ham o‘rgatishni maqsad qilishdi. Ular milliy va
diniy anʼanalarni saqlab qolish bilan birga, zamonaviy dunyoqarashlar va ilm-fan yutuqlaridan
foydalanish orqali jamiyatni intellektual rivojlantirishga harakat qildilar. Bu yondashuv Oʻrta
Osiyoda milliy uyg‘onish jarayonini tezlashtirdi va ijtimoiy o‘zgarishlarning asosi bo‘lib xizmat
qildi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
142
Jadidchilik harakati islomiy maʼrifatparvarlik g‘oyalarini zamonaviylik bilan
birlashtirganligi sababli, jamiyatga va islom olamiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Jadidlarning ta'lim va
madaniyatdagi islohotlari, ularning diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirishga intilishi,
islomning taraqqiyotga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Bu yondashuv
musulmon jamiyatlarida zamonaviy tafakkur va ilm-fanni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam
bo‘ldi.
Islomiy ma’rifatparvarlik va jadidchilikning uyg‘unligi
jadidlarning asosiy e’tibor
qaratgan jihatlaridan biri edi. Ular islomning asosiy maqsadi sifatida ilmu-ma’rifatni tarbiyalash,
jamiyatni yuksaltirish va yangilanishni ko‘rdilar. Bu harakat Oʻrta Osiyo musulmon jamiyatida
maʼrifatparvarlikni rivojlantirish orqali ilmiy va madaniy yangilanish jarayonlarini boshladi.
Jadidlar o‘z harakatlari orqali o‘tmishdagi buyuk musulmon olimlari yaratgan ilmiy merosni
zamonaviy sharoitda qayta tiklashga intildilar.
Jadidlarning islomiy maʼrifatparvarlik bilan bog‘langan g‘oyalari nafaqat taʼlim, balki
jamiyatning boshqa sohalariga ham ta'sir ko‘rsatdi. Ular millatning madaniy yuksalishi, adolatli
va teng huquqli jamiyat qurish yo‘lida taʼlimning rolini juda muhim deb bildilar. Xalqni ilmli,
ma’rifatli qilish orqali ijtimoiy tenglik, iqtisodiy farovonlik va milliy uyg‘onish jarayonlarini
boshlash mumkin edi. Shuningdek, ular din va jamiyatning ilg‘or g‘oyalari o‘rtasidagi
integratsiyaga alohida ahamiyat berib, har ikki sohani rivojlantirishga intildilar.
Jadidchilikning zamonaviy taʼsiri
bugungi kunda ham sezilarli darajada saqlanib
qolmoqda. Jadidlarning ilmga, ta’limga va madaniy yangilanishga bo‘lgan e’tibori Oʻrta
Osiyodagi milliy uyg‘onish jarayonlarining asosi bo‘ldi. Ularning yangi maktablar orqali joriy
qilgan islohotlari, diniy va dunyoviy taʼlimning uyg‘unligi jamiyatda intellektual rivojlanishni
jadallashtirdi. Bugungi kunda ham, jadidlar tomonidan qo‘yilgan bu tamoyillar zamonaviy
musulmon jamiyatlarida ilmiy va maʼrifiy taraqqiyotning asosi sifatida namoyon bo‘lib turibdi.
Ayniqsa, XXI asrda jadidchilik harakatining islomiy maʼrifatparvarlik bilan bog‘lanishi
milliy identifikatsiya va madaniy merosni saqlab qolish hamda zamonaviy dunyo bilan
raqobatlasha olish masalalarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Jadidlarning ilmiy-ta’limiy
tamoyillari hamon dolzarb bo‘lib, zamonaviy taʼlim tizimlari va milliy taraqqiyot dasturlari
uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu sababli, jadidchilik harakati faqat tarixiy hodisa emas, balki hozirgi zamon uchun
ham katta ahamiyatga ega. Islomiy maʼrifatparvarlikning jadidchilik bilan uyg‘unligi musulmon
dunyosida modernizatsiyaga bo‘lgan zaruratni ko‘rsatgan va hozirgi kunda ham dolzarb bo‘lgan
mavzudir.
Jadidchilik harakati XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoda ilm-fan, taʼlim
va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan yangicha tafakkur mahsuli bo‘lib, uning asosida
islomiy maʼrifatparvarlik tamoyillari yotadi. Jadidlar xalqni savodsizlikdan, johillikdan xalos
qilishni, ilm-fan va zamonaviy bilimlar orqali taraqqiyotga erishishni maqsad qilgan edilar. Ular
islomning zamonaviy dunyodagi o‘rnini qayta ko‘rib chiqib, din va dunyoviy bilimlarni
uyg‘unlashtirish orqali musulmon jamiyatlarini yuksaltirishga intildilar.
4
D. Alimova. Jadidchilik fenomeni. – Toshkent: Akademnashr, 2022. B. 80.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
143
Islomiy maʼrifatparvarlik jadidchilikning asosiy tamoyillaridan biri sifatida milliy va
madaniy yangilanishning poydevoriga aylandi. Ularning islomni zamonaviy ilm-fan bilan
birlashtirishga bo‘lgan intilishi o‘z davrida katta ijtimoiy va madaniy yuksalishlarni boshlab
berdi. Jadidlar islom dini taʼlimotlarini ilm-fan bilan uyg‘unlashtirish orqali jamiyatni
modernizatsiya qilish va milliy uyg‘onishni jadallashtirish yo‘lini tanladilar. Bu harakat nafaqat
diniy islohotlar, balki ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarning ham manbai bo‘ldi.
Jadidlar tomonidan joriy etilgan taʼlim islohotlari hozirgi zamonaviy taʼlim tizimlarining
shakllanishiga zamin yaratdi. Yangi usuldagi maktablar orqali millatni ilm-fan bilan boyitish,
xalqning madaniy va intellektual rivojlanishiga erishish o‘z davrida katta yutuq hisoblangan edi.
Bugungi kunda ham, jadidchilik harakatining tamoyillari, ilm-fan va islomiy maʼrifatni
birlashtirish yondashuvi ko‘plab jamiyatlar uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.
Shunday qilib, jadidchilikning islomiy maʼrifatparvarlik bilan bog‘lanishi Oʻrta Osiyoda
milliy uyg‘onish, madaniy yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lib xizmat qildi. Bu
harakat orqali nafaqat o‘sha davrdagi musulmon jamiyatlari yangilandi, balki bugungi kunda
ham milliy o‘zlikni saqlab qolish va zamonaviy dunyo bilan hamohang bo‘lish uchun muhim
o‘rnak bo‘lib qolmoqda. Jadidlarning ilmi va maʼrifatparvarlik tamoyillari zamonaviy musulmon
jamiyatlari uchun yo‘lboshchi bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D. Alimova. Jadidchilik fenomeni. – Toshkent: Akademnashr, 2022.
2. G‘ulomov Mirzohid. O‘rta Osiyoda jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish. – Toshkent:
Yangi asr avlodi, 2003.
3. A. Erkinov. Jadidchilik va o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Yozuvchi, 2007.
4. A. Donish. Navodirul vaqoe (Nodir voqealar) – Toshkent: Fan. 1994.
5. Khalid Adeeb. The politics of Muslim Cultural Reform. Jadidism in Central Asia. Berkley-
Los-Angeles-London, 1988.