Авторы

  • K.M.Tadjiyev,Y.U.Usmonov,M.B.Xolboyev
    Termez muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68804

Ключевые слова:

no‘xat o‘suv davri no‘xat ildizlari no‘xat nigritum navi ekish me’yori

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligining muhim vazifalaridan biri, aholini oziq-ovqat maxsulotlarga bo’lgan talabini to’liq qondirishdan iboratdir. Bu maqsadga erishishda don va dukkakli-don ekinlarini yetishtirish, ularni xilma-xilligi, xosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash jiddiy ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada no’xatning  navining ekish usullari va ularning o‘sishiga, rivojlanishiga va hosildorligiga ta’siri haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari maqolada no‘xatning ko‘plab navlari to‘g‘risida kerakli va qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu maqolada no‘xat o‘simligining nav va namunalarida don soni, don og‘irligi, 1000 ta don vazni kabi hosildorlik belgilari va 1 m2 don hosili (g.) ko‘rsatkichlari aniqlandi va qiyosiy tahlil qilindi, Tahlil natijalariga asoslanib no‘xatning nav va namunalari orasidan don soni, don og‘irligi va 1 m2 don hosilining eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgani  seleksion tadqiqotlar uchun tanlab olindi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

125

K.M.Tadjiyev

Termez muhandislik va agrotexnologiyakar universiteti

Agrobiologiya fakulteti «Agronomiya, seleksiya va urug‘chilik kafedrasi

q.x.f doktori ( DSc), katta ilmiy xodimi.

Y.U.Usmonov

Termez muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Agrobiologiya fakulteti «O‘simlikshunoslik» yo‘nalishi tayanch doktoranti

M.B.Xolboyev

Termez muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Agrobiologiya fakulteti «O‘simlikshunoslik» yo‘nalishi tayanch doktoranti

NO’XAT (CICER ARIETINUM L.) O’SIMLIGI NAVLARINING EKILISHI,

HOSILDORLIK BELGILARI VA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI

Annotatsiya

. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligining muhim vazifalaridan biri, aholini

oziq-ovqat maxsulotlarga bo’lgan talabini to’liq qondirishdan iboratdir. Bu maqsadga erishishda

don va dukkakli-don ekinlarini yetishtirish, ularni xilma-xilligi, xosildorligini oshirish, sifatini

yaxshilash jiddiy ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada no’xatning navining ekish usullari va

ularning o‘sishiga, rivojlanishiga va hosildorligiga ta’siri haqida ma’lumot berilgan. Bundan

tashqari maqolada no‘xatning ko‘plab navlari to‘g‘risida kerakli va qisqacha ma’lumotlar

keltirilgan. Ushbu maqolada no‘xat o‘simligining nav va namunalarida don soni, don og‘irligi,

1000 ta don vazni kabi hosildorlik belgilari va 1 m2 don hosili (g.) ko‘rsatkichlari aniqlandi va

qiyosiy tahlil qilindi, Tahlil natijalariga asoslanib no‘xatning nav va namunalari orasidan don

soni, don og‘irligi va 1 m2 don hosilining eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgani seleksion

tadqiqotlar uchun tanlab olindi.

Kalit so’zlari:

no‘xat, o‘suv davri, no‘xat ildizlari, no‘xat nigritum navi, ekish me’yori,

Asosiy qism.

No‘xat hozirgi kundagi insoniyatning eng zarur oziqa manbaidir. No‘xat poyasidan

yem xashak sifatida qishloq xopjalikda eng sermahsul ekin sifatida foydalaniladi. Ayniqsa

o‘zbek olimlari tomonida sug‘oriladigan ekin maydonlarda ekilib tuproqning strukturasi va

unumdorligi yaxshilanyapti. Hozirgi kunda global iqlim o‘zgarishi dunyoning ko‘plab

hududlarida suv tanqisligining kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlarda suv

tanqisligiga chidamli bo‘lgan ekin turlarini ko‘paytirish talab etiladi. Bunday ekin turlaridan biri

no‘xat o‘simligi hisoblanadi [1,2]. No‘xat o‘simligi quruq iqlim sharoitli 55 dan ortiq

mamalakatlarda yetishtiriladi. Aholi o‘sishi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda (Hindiston, Pokistan,

Meksika, Efiopiya) no‘xat asosiy oziq-ovqat mahsuloti sifatida ovqat ratsioniga kiritilgan [4].

No‘xat doni tarkibida o‘rtacha 25% oqsil, 4,5% moy, 46% gacha kraxmal, B1 vitamini, turli

mineral tuzlar va ovqat hazm qilishga yordam beradigan eng muhim aminokislotalar bor. No‘xat

mevasi dorivorlik hususiyatlari bilan ham alohida ajralib turadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

126

No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik turkumi;

dukkakli don ekini. Vatani Osiyo. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli,

balandligi 30-70 sm. Bargi murakkab, patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi

dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta don bo‘ladi. Don rangi oq, pushti, to‘q-sariq, issiqsevar va

yorug‘sevar, bahorgi ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg‘oqchilik va sho‘rga

chidamli, urug‘i 2-5°C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o‘sadi. Maysasi bahorgi -6-

8°C gacha qorasovuqlarga chidaydi. Namlik meʼyordan ortiq bo‘lsa kasallanadi, shona va guli

to‘kiladi. O‘zidan changlanadi. O‘suv davri 70-190 kun. Don tarkibida 19-33% oqsil, 4-7% moy,

0,2-4,0% kul, 48-61% azotsiz ekstrativ moddalar, 2-12% klechatka, vitaminlar hamda

aminokislotalar mavjud. Bir mavsumda bir gektar yerda no‘xat ildizlari 50-70 kg sof modda

hisobida azot to‘playdi. Keng qatorlab (qator orasi 45-60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator

orasi 15 sm), baʼzan sepma usulida 5-10 sm chuqurlikda ekiladi. O‘zbekistonda aksariyat lalmi

yerlarda ekiladi. Gullash davrida suvni kam meʼyorda berish yaxshi natija beradi, to‘liq

pishganda guli to‘kiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi, hosili don kombaynlarida yig‘ib

olinadi.So‘ngi yillarda iqlimni glabal o‘zgarishi, haroratni keskin ko‘tarilishi, lalmi xududlarni

cho‘lashishi bir davrda, axolini don va dukkakli - don ekinlariga bo‘lgan talabini qondirish

maqsadida no‘xat ekinini sug‘oriladigan yerlarda yetishtirish samara bermoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda no‘xatning 11 navi yetishtiriladi.Shuningdek, navlar pishib etish

jihatidan farq qiladi. Erta pishgan turlarni birinchi kurtaklar paydo bo'lganidan 1-2 oy o'tgach

iste'mol qilish mumkin. No'xatning o'rta pishib etish davri 2-2,5 oy. Kech turlarni 2,5-3 oydan

keyin yig'ib olish mumkin.No‘xat nigritum avlodiga mansub oqsilga boy bir yillik o’simlik

hisoblanadi. No’xat o’simligining ozuqaviyligi yuqori bo’lib doni tarkibida o’rtacha 19-30%

oqsil, 4-7% moy, 47-60% azotsiz ekstraktov moddalar, 2,4-12,8% kletchatka, 0,2-4,0% kul va

shuningdek, V1 vitamini hamda mineral tuzlar mavjud.Bu navda bir tonna urug‘ va tegishli barg

– poya yetishtirish uchun 45-60 kg sof modda hisobida azot, 16-20 kg fosfor, 30 kg kaliy, 25-30

kg kalsiy, 8-13 kg magniy sarflanadi. Erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatini nazarda tutib

gektariga 20-30 kg azot, 60-80 kg fosfor va 30-40 kg kaliy sof modda hisobida solish tavsiya

qilinadi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar yer haydashdan oldin solinadi, azotli o‘g‘it ekishdan oldin va

o‘suv davrida solinadi.Sifati bo‘yicha 1 sinfga javob beradigan urug‘ ekish (tozaligi 99%,

unuvchanligi 95%) maqsadga muvofiqdir. Nigritum navi erta ko‘klamda bahorgi don ekinlari

bilan bir vaqtda ekiladi. Gektariga 0,8-1,4 mln. Dona miqdorida urug‘ ekiladi. Yirik donli navlar

gektariga 240-300 kg ekiladi, mayda donli navlar 150-200 kg miqdorida ekiladi. Bu miqdorlar

suvli yerlarda yoppasiga qator-lab ekish uchun tavsiya qilingan. Lalmi yerlarda ko‘k no‘xat keng

qatorlab ekiladi, qator orasi 45 sm, ekish me’yori 60 kg.Poyasi egiladigan navlar poyasi tik

o‘sadigan ekinlar bilan qo‘shib ekiladi, bo‘lmasa hosilni yig‘ib olish juda qiyin. Aksariyat xolda

arpa yoki suli qo‘shib ekiladi. Ekish me’yori asosiy ekish me’yoridan 15-20 % ekiladi.O‘suv

davrida jo‘yaklar olinib (orasi 60-70 sm), 1-3 marta sug‘oriladi. Maysalanish davrida qatqaloqqa

qarshi boronalanadi. Maysalanish davrida begona o‘tlarga qarshi 48% li bazargan 2-3 litr

qo‘llanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

: Xulosa qilib aytganda sug‘oriladigan yerlarda no‘xat bahorda

ekilganga nisbatankuzgi muddatlarda ekilsa yuqori samara beradi. Sug‘oriladigan yerlarda

no‘xat kuzdahar xil muddat va ekish chuqurliklarida ekib iqtisodiy samaradorligiga tasiri

bo‘yichao‘tkazilgan tajribalarning natijalarini tahlil qilish, maqbul ekish muddatlar va

ekishchuqurliklarini

qo‘llash

no‘xatni

yetishtirishning

iqtisodiy

samaradorligi

ko‘rsatgichlariyuqori bo‘lishini ko‘rsatadi.Demak, tahlillar natijasidan ma’lum bo‘lishicha navlar


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

127

orasidan eng yuqori soffoyda va rentabellik darajasi Nopxat navlarida noyabr oyining uchinchi

dekadasi (30.11)da6-9 sm chuqurlikda ekilgan variantlari aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekistonda tadqiqotchilar tomonidan dukkakli ekinlarning seleksiyasi, genetikasi,

yetishtirish texnologiyasi hamda fiziologik-biokimyoviy xususiyatlariga oid bir qator

tadqiqotlar olib borilmoqda. O.Rasulova va boshqalar tomonidan dukkakli ekinlar no‘xat

(Cicer arietinum L.), ko‘k no‘xat (Pisum sativum L.), mosh (Vigna radiata L.), yasmiq (Lens

culinaris), loviya (Phaseolus vulgaris), soya (Glycine max), yeryong‘oq (Arachis hypogaeae

L.) larning don tarkibi, organizm uchun foydali xususiyatlari, oziq-ovqat xavfsizligida

ahamiyati haqida ma’lumotlar yoritilgan .

2. D.Qulmamatova va boshqalar tadqiqotlarida no‘xat o‘simligida zambrug‘li kasalliklarda

hosildorlik belgilari va fiziologik jarayonlarning o‘zgarishi [11], no‘xat namunalaridagi

hosildorlik belgilarining korrelyatsion va regression analiziga [5] doir tadqiqotlar olib

borilgan.

3. Aliqulov

G‘.N.

Lalmikor

to‘q

tusli

bo‘z

tuproqlar

sharoitida

bug‘doy

hosildorligigao‘tmishdosh no‘xatning ta’siri (Qashqadaryo viloyati misolida). Avtoref.

Q.x.f.n. –Tashkent.: 2010. 20-b.

4. Bobokulov Z.R, Bobomurodov Z.S. Productivity Of Chikpea Varieties And The Effect Of

Different Planting Times And Depths On Grain Quality Indicators. NVEONATURAL

VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO, 7524-7532

5. Bobomuradov

Z.S,

Bobokulov

Z.R.

NO‘XAT

EKININING

O‘ZIGA

XOSXUSUSIYaTLARI (Fermerlarga kichik maslaxat). EVELOPMENT ISSUES OF

INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR, 989-992

6. Bobokulov Z.R. VLIYaNIYe SROKOV POSEVA NA ROST, RAZVITIYe

IUROJAYNOST SORTOV sovremennoy nauki, 2018.OZIMOGO NUTA. – Aktualnыye

problemы

7. Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root Growth Changes in the Winter Planting of Young

‘Miyabi Fuji’Apple Trees. International Journal of Horticultural Science and Technology,

8(3), 227-233. https://doi.org/10.22059/ijhst.2021.315746.428

8. Atabayeva X.N.-Soya-T. Milliy ensiklopediya, 2004.
9. Bo’riyev X.Ch., Atabayeva X.N. «Qand lavlagi urug’chiligi» (tavsiyanoma), 2009.
10. A.R.Bo’riyev.X.Ch.Gafurova L.A., Nurbekov A.-Bir boshoq don, -T. 2004

Библиографические ссылки

O‘zbekistonda tadqiqotchilar tomonidan dukkakli ekinlarning seleksiyasi, genetikasi, yetishtirish texnologiyasi hamda fiziologik-biokimyoviy xususiyatlariga oid bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda. O.Rasulova va boshqalar tomonidan dukkakli ekinlar no‘xat (Cicer arietinum L.), ko‘k no‘xat (Pisum sativum L.), mosh (Vigna radiata L.), yasmiq (Lens culinaris), loviya (Phaseolus vulgaris), soya (Glycine max), yeryong‘oq (Arachis hypogaeae L.) larning don tarkibi, organizm uchun foydali xususiyatlari, oziq-ovqat xavfsizligida ahamiyati haqida ma’lumotlar yoritilgan .

D.Qulmamatova va boshqalar tadqiqotlarida no‘xat o‘simligida zambrug‘li kasalliklarda hosildorlik belgilari va fiziologik jarayonlarning o‘zgarishi [11], no‘xat namunalaridagi hosildorlik belgilarining korrelyatsion va regression analiziga [5] doir tadqiqotlar olib borilgan.

Aliqulov G‘.N. Lalmikor to‘q tusli bo‘z tuproqlar sharoitida bug‘doy hosildorligigao‘tmishdosh no‘xatning ta’siri (Qashqadaryo viloyati misolida). Avtoref. Q.x.f.n. –Tashkent.: 2010. 20-b.

Bobokulov Z.R, Bobomurodov Z.S. Productivity Of Chikpea Varieties And The Effect Of Different Planting Times And Depths On Grain Quality Indicators. NVEONATURAL VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO, 7524-7532

Bobomuradov Z.S, Bobokulov Z.R. NO‘XAT EKININING O‘ZIGA XOSXUSUSIYaTLARI (Fermerlarga kichik maslaxat). EVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR, 989-992

Bobokulov Z.R. VLIYaNIYe SROKOV POSEVA NA ROST, RAZVITIYe IUROJAYNOST SORTOV sovremennoy nauki, 2018.OZIMOGO NUTA. – Aktualnыye problemы

Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root Growth Changes in the Winter Planting of Young ‘Miyabi Fuji’Apple Trees. International Journal of Horticultural Science and Technology, 8(3), 227-233. https://doi.org/10.22059/ijhst.2021.315746.428

Atabayeva X.N.-Soya-T. Milliy ensiklopediya, 2004.

Bo’riyev X.Ch., Atabayeva X.N. «Qand lavlagi urug’chiligi» (tavsiyanoma), 2009.

A.R.Bo’riyev.X.Ch.Gafurova L.A., Nurbekov A.-Bir boshoq don, -T. 2004