INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
108
Ibragimova Maftuna Mamirjanovna
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “
Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi Farg‘ona viloyati filiali psixologi
UZOQ MUDDAT DAVOLANAYOTGAN BOLALARGA PSIXOLOGIK XIZMAT
KO‘RSATISHNING AHAMIYATI VA O‘RNI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada gospital ta’lim tizimida psixologik xizmat, psixolog
faoliyatining o‘rni va psixologik metodlardan foydalanishning ahamiyati haqida, turli xildagi
metodlar va ularning tasniflari keltirib o‘tilgan. Bolalar hayotidagi psixologiyaning ahamiyati,
ulardagi surunkali charchoq va stress, stressing alomatlari, sabab va oqibatlari, uni bartaraf etish
uchun psixologik maslahat va tavsiyalari keltirilgan. Gospital ta’limdagi maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda yuqori sinf
o‘quvchilari bilan
psixologik korreksion ishlar, trening va metodikalardan foydalanish haqida tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
ruhiy tushkunlik, stress, depressiya, motivatsiya, korreksiya, asab tizimi, charchoq,
hissiy charchoq, maslahat, tavsiya, emotsiya.
KIRISH
Bugungi kunda onkologik va gematologik kasalliklar, ayniqsa bolalar orasida, jiddiy
muammo sifatida ko‘rilmoqda. Ushbu kasalliklar nafaqat jismoniy sog‘liqni, balki bolalarning
psixologik va ijtimoiy rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Onkologik va gematologik
kasalliklar bilan davolanayotgan o‘quvchilarning ta'lim jarayonida duch keladigan
qiyinchiliklari, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi, ijtimoiy izolyatsiya va ruhiy
holatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
“Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasida boshqa ta’lim muassasalari kabi darslar
o‘quvchilar yoshi, sinfi, dunyoqarashiga qarab va maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining
yosh hususiyatiga qarab tashkil etiladi. Bunday ta’lim muassasalarida bolalarga ta’limni sifatli
va mukammal ravishda yetkazib berishda psixologik xizmatning ahamiyati juda katta.
Psixologlar uzoq muddat davolanayotgan bolalar bilan ishlashda ular bilan do‘stona
munosabatta bo‘lib, emotsional holatlarini o‘rganib, suhbatlar olib boradilar, kuzatadilar,
bolalarning fe’l-atvori, kognitiv jarayonlarini
o‘rganib, holatlarini hisobga olgan holda
psixologik o‘zgarishlarni korreksiya qiladilar. Bolalar bilan alohida va guruhiy korreksion
mashg‘ulotlar olib boradilar.
Ba’zan shunday holatlar bo‘ladiki, o‘quvchilarda agressiv hususiyat, stress va tushkunlik
holatlari kuzatiladi. Bunday paytlarda o‘quvchilar dars va mashg‘ulotlarni rad etishi, o‘z
qobig‘iga o‘ralib olishi holatlari kuzatiladi. Mazkur vaziyatda maktab psixologi yordami juda
zarur va samarali hisoblanadi. O‘quvchilarning ruhiy holati, kechinmalarini diagnostik taxlil
qilish bilan korreksion mashg‘ulotlarni olib borishi, kayfiyati va qiziqishlarini o‘rgangan holda
psixologik yondashishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilarning emotsional va ruhiy holatlarini o‘rganishda yozuvli testlar va eng ko‘p
samara bera oladigan rasmli testlar qo‘l keladi. Bunda:
1. Kognitiv-xulqiy terapiya
Mualliflar: Aaron T. Beck, Albert Ellis
Metod: Salbiy fikrlashni aniqlash va uni ijobiy fikrlarga almashtirish orqali stress va
tushkunlikni kamaytirish.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
109
2. Mindfulness va meditatsiya
Mualliflar: Jon Kabat-Zinn
Metod: Hozirgi onga e'tibor qaratish, chuqur nafas olish va meditatsiya orqali stressni
kamaytirish.
3. Fiziologik yondashuvlar
Mualliflar: Herbert Benson (Relaxation Response), Wim Hof
Metod: Chuqur nafas olish, jismoniy mashqlar orqali stress gormonlarini kamaytirish.
4. Pozitiv psixologiya
Mualliflar: Martin Seligman
Metod: Minnatdorchilik kundaligi yuritish, ijobiy fikrlash va hayotdan maqsad topish
orqali stress va tushkunlikni yengish.
5. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Mualliflar: Brené Brown
Metod: Do‘stlar va yaqinlar bilan muloqot qilish, hissiyotlarni ochiq ifoda etish orqali
ruhiy barqarorlikka erishish.
6. Eksperimental metod – inson psixikasini turli sharoitlarda tadqiq qilish uchun
qo‘llaniladi.
Kuzatish metodi – inson xatti-harakatlarini tabiiy sharoitda o‘rganish uchun ishlatiladi.
Test metodlari – shaxsiy sifatlar va intellektual qobiliyatlarni aniqlash uchun
mo‘ljallangan.
So‘rov va intervyu metodlari – insonning fikrlari, hissiyotlari va xulq-atvorini aniqlash
uchun ishlatiladi.
Muallif: R.S.Nemov
Shuningdek “Tarqqiyot darajasini aniqlash”, “Temperamentni aniqlash”, “Bezovtalikni
aniqlash darajasi” va proyektiv metodikalar samara beradi.
Gospital ta'limda psixologik xizmatni samarali tashkil etish va ruhiy barkamollikni
shakllantirishda psixologik treninglar muhim ahamiyatga ega. Treninglar yordamida
o‘quvchilarning hissiy barqarorligini oshirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklash va ijtimoiy
moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin.
Psixologik treninglarning maqsadlari:
1. O‘quvchilarda stress, xavotir va depressiyani kamaytirish.
2. Ruhiy barqarorlik va ijobiy fikrlashni rivojlantirish.
3. O‘z-o‘zini boshqarish va hissiy-intellektual rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash.
4. Ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Asosiy psixologik treninglar va ularning shakllari:
1. Stressni boshqarish va dam olish treninglari
Mashqlar:
Nafas olish texnikalari: chuqur nafas olish va tanaffus mashqlari.
Vizualizatsiya: tinchlantiruvchi joyni tasavvur qilish mashqlari.
Maqsad: Stress va tashvishni kamaytirish, jismoniy va ruhiy dam olishni ta'minlash.
2. Hissiy barqarorlikni rivojlantirish treninglari
Mashqlar:
"Hissiy kundalik" yuritish: o‘z his-tuyg‘ularini yozib borish.
Rassomlik yoki musiqa orqali hissiy ifodani rivojlantirish.
Maqsad: Hissiy holatni anglash va uni boshqarishni o‘rgatish.
3. O‘z-o‘zini qadrlash va o‘ziga ishonchni oshirish treninglari
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
110
Mashqlar:
"Men qandayman?" o‘yinlari: o‘z kuchli tomonlarini sanash va ularni
rivojlantirish.
Motivatsion hikoyalar tinglash va muhokama qilish.
Maqsad: O‘quvchilarni o‘z imkoniyatlarini qadrlashga va o‘ziga ishonchni
shakllantirishga o‘rgatish.
4. Ijtimoiy moslashuv va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish treninglari
Mashqlar:
Rol o‘ynash mashqlari: ijtimoiy vaziyatlarni namoyish qilish va ularga yechim topish.
Jamoaviy o‘yinlar: sheriklar bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Maqsad: Muloqotga kirishish, ijtimoiy muhitga moslashish va o‘z fikrlarini aniq
ifodalash.
5. Motivatsion treninglar
Mashqlar:
Maqsadlar xaritasi: o‘quvchilar o‘z kelajak maqsadlarini chizib beradi.
"Orzular devori": o‘z orzularini ifoda etuvchi plakat tayyorlash.
Maqsad: Kelajakka ishonchni oshirish va hayotiy maqsadlarni aniq belgilash.
6. Ijodiy rivojlanish treninglari
Mashqlar:
Art-terapiya: rasm chizish, qurish-yasash yoki qo‘l mehnati.
Hikoya tuzish yoki yozish mashqlari.
Maqsad: Ruhiy yengillikni ta’minlash va ijodkorlik orqali o‘zini ifodalash.
Treninglarni o‘tkazish bosqichlari:
1. Tayyorlov bosqichi:
O‘quvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularga mos treninglarni tanlash.
Sharoitga mos keladigan material va vositalarni tayyorlash.
2. Asosiy bosqich:
Trening jarayonini bolalarning faolligini oshiradigan shaklda tashkil qilish.
Har bir ishtirokchini faol jalb qilish va ularga qulay muhit yaratish.
3. Natijalarni tahlil qilish:
Trening so‘ngida fikr-mulohazalarni o‘rganish.
Keyingi treninglar uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Treninglar uchun qo‘shimcha tavsiyalar:
Treninglar davomiyligi bolalarning sog‘lig‘i va qulayliklarini hisobga olgan holda
rejalashtirilishi lozim.
Mashqlar oson va ijodiy bo‘lishi, o‘quvchilarning qiziqishini qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Trening davomida o‘quvchilarni rag‘batlantirish va ijobiy fikr bildirish muhim.
Psixologik treninglar yordamida o‘quvchilarni nafaqat ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash,
balki ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va jamiyatga moslashuvchanligini ta’minlash
mumkin.
XULOSA
Bir so‘z bilan aytganda gospital taʼlimda psixologik xizmatning ahamiyati katta bo‘lib, u
kasallikdan aziyat chekayotgan bolalar va o‘smirlarning ruhiy holatini barqarorlashtirish,
psixologik muammolarni bartaraf etish, shuningdek, taʼlim jarayoniga bo‘lgan qiziqishni
oshirishga qaratilgan. Mazkur xizmat individual va guruhiy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi, bu
esa o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos yechimlarni taʼminlash imkonini beradi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
111
Gospital muhitida amalga oshiriladigan psixologik xizmat nafaqat bilim olish jarayonini
qo‘llab-quvvatlaydi, balki o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi va hissiy farovonligini ham
oshiradi. Shu sababli, sog‘liqni saqlash va taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni
kuchaytirish, psixologik xizmatni takomillashtirish va innovatsion usullardan foydalanish
dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu jarayon o‘quvchilarning nafaqat akademik
muvaffaqiyatlariga, balki ularning umumiy rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. S.Xolmirzayeva “Onkologik xastaliklarga chalingan bolalar: psixologik yondashuvlar”
2. Jon Kabat-Zinn “The healing power of mindfulness” (Mindfulnessning Shifobaxsh kuchlari)
3. David.D.Burns “Feeling good: the new mood” (Yaxshi his qilish: yangi kayfiyat terapiyasi)
4. Martin Seligman “Authentic happiness” (Haqiqiy baxt)
5. G.Neil Martin “Experimental psychology” (Eksperimental psixoloya)
6. Michael W.Eysenk “Cognitive psychology: A Student’s handbook”