INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
219
Nasullayev Dilshod Zuhriddin o’g’li
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro munosabatlar yo’nalishi 2-bosqich
El pochta:
PSIXOLOGIYANING INSON OMILIGA TA’SIRI
Kirish:
Inson o’zining kimligini anglashga intilishdan, o’z ichki dunyosini va o’zgalar ruhiyatini
bilish istagi paydo bo’lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini tushunishga ehtiyoj sezishdan, tarix,
hozirgi zamon, kelajak haqida qayg’ urganidan e'tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana
boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o’tmish tarixga ega bo’lsa-da, lekin u fan sifatida
falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishga
o’sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar sabab
bo’ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya'ni
psixika mohiyatini tushunish maqsadida o’sha davrda eksperimental ilmiy psixologik
laboratoriyalar vujudga kela boshladi. Ilk psixologik tadqiqotlar laboratoriyasi nemis olimi
V.Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig universitetida tashkil qilindi. Xuddi shu laboratoriya
andozasi boyicha boshqa mamlakatlarda bir qancha mustaqil laboratoriyalar ochildi. XIX asrning
oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to’g’risidagi ilmiy tushunchalarda keskin
o’zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta'siri natijasida psixologiyaning tadqiqot ob'ekti sifatida
insonga muhitning ta'siri, uning xulqatvorini o’rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda
psixologiya fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shgan psixologiya maktablari vujudga keldi,
jumladan Amerika (AQSh) psixologiyasining asosiy yo’nalishlaridan bo’lgan bixeviorizm,
Germaniyada geshtaltpsixologiya maktabi, Venada Z.Freydning psixoanalizi va boshqalar. Shu
maktablarning hammasi o’zining nuqtai nazariga asoslanib, psixologiya fanining tarkibiy
qismlarini o’rganishga harakat qildi. Psixologik konseptsiyalarning turli mazmundaligi sababli
va fan-texnikaning rivojlanishi ta'siri bilan psixologiya o’zining tadqiqot ob'ektlariga ega bo’lgan
ko’plab sohalarga bo’lina boshlandi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va amaliy yutuqlari
atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng qirralariga tatbiq qilinmoqda. Psixologiya fanini
muayyan sohalarga bo’lishda aniq, yaqqol faoliyatining psixologik tomoni, insonning jamiyatga
nisbatan psixologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan.
Mukoma va natijalar
Inson psixologiyasi bilan o’ta yiqori darajada tashkil topgan hayvon psixologiyasi orasida
katta farqqa ega bo’lgan ijtimoiy voqelik hukm suradi. Hayvon o’z to’dasidagi a'zolariga yaqqol
holat bilan bog’liq bo’lgan, bevosita favquloddagi vaziyat bilan cheklangan hodisalar yuzasidan
"o’zining tili"da xabar uzatishi odatiy hodisa. Odam undan farqli o’laroq nutq vositasida o’z
qabiladoshlariga tarix, Hozirgi davr va kelajak to’g’risida ma'lumot (axborot) berish hamda
ijtimoiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyotida til tufayli aks ettirish imkoniyatlari qayta qurildi, natijada odam miyasida atrof-
muhit timsollari, xususiyatlari aniqroq aks eta boshladi. Buning natijasida bir shaxs kishilik
dunyosi tomonidan orttirilgan tajribadan bahramand bo’lib bordi, shuningdek, uning uchun
noma'lum hisoblangan borliq hodisalari, holatlari, qonuniyatlari to’g’risidagi bilimlarga egalik
qila boshladi. His-tuyg’ular, ichki kechinmalar, taassurotlar, shayajonga soluvchi nafosat
timsollar yuzasidan zavqlanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga keldi, ularning mazmuni,
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
220
ma'nosi, mohiyati bo’yicha o’ziga o’zi hisobat berish, ijobiy yoki salbiy ta'sir etishini baholash
muammolarini keltirib chiqardi. Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi
orasidagi farqi tafakkurda ham o’z aksini topadi. Chunki har qanday psixik funksiya boshqa
turdagi, shakldagi, mazmundagi funksiyalar qobig’ida namoyon bo’ladi va muayyan shart-
haroitlar vujudga kelganida rivojlanadi. Biologik nuqtai nazardan yuksak taraqqiy etgan
hayvonlarda amaliy tafakkur mavjud bo’lib, chamalash orqali mo’ljal olishga, favquloddagi
vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga yo’naltirilgandir. Hayvonlar, aniqrog’i maymunlar
ayrim shollarda "qurol" yasash va undan muayyan masala shal etishda foydalanish hodisalari
tajribalarda kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavshum tarzda amaliyotga tatbiq eta
bilmagan. Holbuki shunday ekan, hayvonlar idrok qilish ko’lamidan tashqariga chiqish
imkoniyatiga ega emas, binobarin, u yaqqollikdan mavhumlikka o’ta olmaydi, shatto bunday
vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo’q. Hayvon aniqlik, bevosita idrok qilishni quli bo’lsa,
aksincha inson mavhum fikrlashning gultojisidir. Inson bilan hayvon o’rtasidagi bu boradagi
tafovut quyidagilarda mujassamlashadi:
1. shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavhum holatga o’tish imkoniyatiga ega.
2. favquloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga kelishi eshtimol oqibatni oldindan payqash
layoqati mavjud.
3. qiyinchiliklar uchrasa, ularni engish uchun qo’shimcha vositalar qo’llash, o’zgartirishlar
kiritish bilan ajralib turadi.
Shuning uchun avtomobil ishdan chiqsa, inson uni sozlaydi, yomg’ir yog’sa, narsalarni
panaga oladi, ayb ish qilib qo’ysa, himoyalanish yo’l-yo’riqlarini o’ylaydi, muammo yechimini
qidiradi va hokazo. Shaxs favquloddagi vaziyatning quliga aylanmaydi, aksincha u kelajakni
ko’ra bilishga qodir, aql-farosat esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Faoliyat mashsulini
oldidan payqash, fe'l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan inson ustuvorlik
qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol vaziyatdan bevosita ta'sirotga bo’ysunishni
taqozo etadi. Shaxsni mavhum fikrlashga nisbatan qobiliyati muayyan vaziyatga bevosita
bog’liqlikdan uni xalos etadi. Inson bevosita muhim ta'siriga javob berish bilan qanoatlanib
qolmasdan, balki uni kutayotgan ta'sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Odam psixilogiyasi
bilan hayvon psixologiyasi o’rtasidagi birinchi farq shaxsning o’zi anglagan qadriyatga binoan
ongli xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir. Shaxsning shayvondan ikkinchi farqi uning
mehnat qurollarini yaratish va saqlashga layoqatli ekanligi bo’lib, oldindan ishlab chiqilgan reja
bo’yicha ularni yasaydi va ulardan muayyan maqsadni amalga oshirishda foydalanadi hamda
keyinchalik qo’llash niyatida asrab olib qo’yadi.
Psixologiya insonning xulq-atvori, fikrlash jarayonlari va hissiy holatlarini o‘rganadigan
fandir. U insonni faqat biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy va ma’naviy jihatlarini
ham tahlil qilishga qaratilgan. Inson omili esa insonning turli sohalardagi faoliyatini belgilovchi
psixologik, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisidir. Bu hodisalarni albatta, tarixiy faktlar
asosida isbotlangan. Misol uchun psixologiya qadim zamonlardan beri odamlarni qiziqtirib
kelayotgan hodisa sifatida qaraladi. Yunon faylasufi Aristotel “Ruh haqida” asarida insonning
ruhiy va hissiy holatlarini tahlil qilib, ular ong va tananing birligi bilan bog‘liq deb hisoblagan.
Keyinchalik, XVII asrda Rene Dekartning dualizm nazariyasi ong va tananing alohida mustaqil
tizim ekanini ta’kidlagan.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
221
XIX asrning oxirlarida psixologiya mustaqil fan sifatida shakllandi. 1879 yilda Vilgelm
Vundt Germaniyada psixologiya bo‘yicha birinchi laboratoriyani tashkil qildi. Bu hodisa
zamonaviy psixologiyaning boshlanishi sifatida tan olinadi. Shu davrdan boshlab psixologiya
inson omiliga faol ta’sir o‘tkazadigan fan sifatida rivojlandi. Masalan, Sigmund Freydning
psixoanaliz nazariyasi shaxsning bolalikdagi tajribalari uning butun hayotiga ta’sir qilishini
ko‘rsatib berdi. XX asrda inson omiliga qaratilgan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi. Masalan,
huquq-tartibot organlari uchun psixologik testlar ishlab chiqildi, ta’lim sohasida esa talabalar
motivatsiyasini oshirish yo‘llari o‘rganildi. Bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda.
Psixologiya inson xulq-atvori shakllanishida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Chunonchi,
inson ta’lim-tarbiyasi, ilm olishi, jamoaviy integratsiya qilishi shubhasiz, psixologiya orqali
shakllanadi. Xususan psixologiya ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, o‘qitish va
o‘rganishni chuqurroq tushunish uchun nazariy va amaliy asos yaratadi. U o‘quvchilarni shaxs
sifatida rivojlantirish, motivatsiya oshirish, stressni boshqarish, va ijtimoiy ko‘nikmalarni
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Psixologik yondashuvlar yordamida o‘quvchilarning
individual xususiyatlari aniqlanadi va ularga mos yondashuvlar ishlab chiqiladi. Shuningdek,
o‘qituvchilar samarali muloqot, baholash va tarbiya usullarini qo‘llash orqali ta’lim sifatini
oshiradi.
Zamonaviy ta’limda psixologiyaning hissasi katta: maxsus ehtiyojli o‘quvchilar bilan
ishlash, interaktiv ta’lim texnologiyalarini joriy etish va ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarni
mustahkamlash psixologiyaning ta’lim sohasidagi amaliy qo‘llanilishining yorqin namunalari
hisoblanadi. Shu sababli, psixologik bilimlarni ta’lim tizimida qo‘llash o‘quvchilarning nafaqat
intellektual rivojlanishiga, balki ularning shaxsiy va ijtimoiy muvaffaqiyatiga ham zamin
yaratadi.