Авторы

  • Manzura Xo‘jamberdiyeva
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68819

Ключевые слова:

maʼnaviy-gʻoyaviy mafkuraviy oqimlar jadidchilar islohotchilar bedilchilar mashrabxonlar maʼrifiy taʼlimotlar nazariyalar oʻzga millat davlatlarning tarixi madaniyati

Аннотация

XIX asrning ikkinchi yarmidan ilgʻor maʼrifatparvarlar davlat mustaqilligini yoʻqotilishiga asosiy sabab, Oʻrta Osiyo jamiyatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy qoloqligi ekanini juda yaxshi tushunib yetgan. Ular turli ijtimoiy qatlamlarning orasidan chiqqan va eng asosiysi zakovatli boʻlib, ilgʻor ziyolilarning birinchi avlodi boʻldi. Ana shu negizdan keyinchalik jadidlar yetishib chiqib ularning gʻoyalarini rivojlantirdi va maʼrifatdan siyosatga qarab yoʻl oldi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

207

Manzura Xo‘jamberdiyeva

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi

JADIDCHILIK VA JADIDLARNING MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARI

Annotatsiya:

XIX asrning ikkinchi yarmidan ilgʻor maʼrifatparvarlar davlat mustaqilligini

yoʻqotilishiga asosiy sabab, Oʻrta Osiyo jamiyatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy

qoloqligi ekanini juda yaxshi tushunib yetgan. Ular turli ijtimoiy qatlamlarning orasidan chiqqan

va eng asosiysi zakovatli boʻlib, ilgʻor ziyolilarning birinchi avlodi boʻldi. Ana shu negizdan

keyinchalik jadidlar yetishib chiqib ularning gʻoyalarini rivojlantirdi va maʼrifatdan siyosatga

qarab yoʻl oldi.

Kalit so‘zlar:

maʼnaviy-gʻoyaviy, mafkuraviy oqimlar, jadidchilar, islohotchilar, bedilchilar,

mashrabxonlar, maʼrifiy taʼlimotlar, nazariyalar, oʻzga millat, davlatlarning tarixi, madaniyati,

Аннотация:

со второй половины XIX века прогрессивные просветители прекрасно

понимали, что основной причиной потери государственной независимости является

политическая, социально-экономическая и культурная отсталость среднеазиатского

общества. Они происходили из разных социальных слоев и, прежде всего, были

интеллигентными и стали первым поколением прогрессивной интеллигенции. Именно на

этой основе джадиды выросли, развили свои идеи и перешли от просветительства к

политике.

Ключевые слова:

духовно-идеологические, идеологические течения, модернисты,

реформаторы, бедилисты, машрабханы, просвещённые учения, теории, чужая нация,

история, культура государств,

Abstract:

from the second half of the 19th century, progressive enlighteners understood very

well that the main reason for the loss of state independence is the political, socio-economic and

cultural backwardness of the Central Asian society. They came from different social strata and

most of all they were intelligent and became the first generation of progressive intellectuals. It

was on this basis that Jadids grew up and developed their ideas and moved from enlightenment

to politics.

Key words:

spiritual-ideological, ideological currents, modernists, reformers, Bedilists,

Mashrabkhans, enlightened teachings, theories, foreign nation, history, culture of states,

Jadidchilik dastlab XX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida

qrim tatarlar oʻrtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini

taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar

kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada

qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik

mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash

davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin.

Aslida «jadid» so‘zining ma’nosi «yangi» demakdir. Lekin u shunchaki «yangi», «yangilik

tarafdori» degani emas, balki «yangi tafakkur», «yangi inson, «yangi avlod» singari keng


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

208

ma’nolarni o‘zida mujassam etgan. Jadidchilik – davlat, tuzum, boshqaruvni isloh etish va millatni

rivojlantirish orqali, umuman, jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib

qo‘ygan hamda aniq amaliy tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyalar tizimi. Bu tizim jahon

sivilizatsiyasida nihoyatda katta ro‘l o‘ynagan Turkistondek bir tarixiy o‘lkada sharqona hayot

tarzini saqlagan holda uni G‘arb va Yevropa taraqqiyoti natijalari bilan boyitishni ko‘zlagan.

Jadidlik Turkistonda XIX asrning oxirida maydonga kelgan, XX asrning boshida shakllanib,

qisqa muddatda oʻzining choʻqqisiga koʻtarilgan. Jadidlik 1917-yilgi bolsheviklar toʻntarishidan

keyin ham sotsialistik diktatura oʻrnatilgunga qadar oʻz mavqe va yoʻnalishini saqlab qola olgan

ijtimoiy harakatdir. Baʼzi manbalarda jadidlik oqim deb atalsa, baʼzisida harakat deb aytiladi.

Jadidlik oqim emas, harakat deb taʼkidlaydi B.Qosimov [3:61]. Ijtimoiy, siyosiy, maʼrifiy

harakat yaqingacha ham ataylab faqat maʼrifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad jadidlikning

doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab

olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Jadidshunos olim

B.Qosimov jadidlik harakatining xarakter va muddaosini 3 turga boʻlib izohlaydi:

Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uygʻonish mafkurasi boʻlib xizmat qildi.

Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning gʻayrat va tashabbusi bilan dunyo koʻrgan

Turkiston muxtoriyati bu yoʻldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi.

Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi.

Bu xarakter va yoʻnalishni qator olimlar eʼtirof etdi. Bugungi kunda jadidlarni olib borgan ishlari

keng jamoatchilik oʻrtasida turli xil bahslarning vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda. Aslida

jadidlar harakati faqat Turkistonda vujudga kelmadi.

Turkistonda jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Rusiya musulmonlari, xususan, Kavkaz va

Volga boʻyida yoyilgan shu nomdagi taraqqiyparvarlik harakatining bevosita taʼsiri va samarasi

sifatida dunyoga keldi. Bunda Ismoil Gaspiralining “Tarjimon” gazetasi (1883) va u asos solgan

“usuli jadid” (ikkinchi nomi “usuli savtiya”) maktabi (1884) muhim rol oʻynadi. Bu harakatning

jadid deb atalishi haqida Abdulla Avloniy “Shul zamonda (1894-1904 yillar) yerli xalqlar

orasida eskilik-yangilik (qadim-jadid) janjali boshlandi. Gʻazit oʻqigʻuvchilarni mullalar

“jadidchi” nom bilan atar edi” [3:61], degan fikrni keltiradi.

Jadidlikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktablarining tashkil qilinishi edi. Hamonki,

maqsad jamiyatni yangilash ekan, uni yangi avlodgina qilishi mumkin edi. Buning uchun esa

zamon talabiga mos yoshlarni tarbiyalash masalasi jadid allomalarining oldiga qoʻyilgan bosh

masala boʻldi. 1900-1925 yillar “jadidchilik” tushunchasining paydo boʻlishi oʻz davrining eng

peshqadam, tashabbuslar davridir [3:10].

Oʻzbek falsafasining ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotida

“XIX asrning soʻnggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri gʻoyaviy-nazariy va mafkuraviy

shakllanishining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Turkistonda oʻsha paytda turli maʼnaviy-

gʻoyaviy va mafkuraviy oqimlar – qadimchilar, jadidchilar, islohotchilar, bedilchilar,

mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli boʻlgan

tafakkurning turli shakllari hamda ijtimoiy-falsafiy mazmun va yoʻnalishga ega boʻlgan

“Chigʻatoy gurungi” kabi ancha yetuk yigʻinlar, ular ilgari surgan maʼrifiy taʼlimotlar,

nazariyalar mavjud edi”[1: 155]. Demak, bu davrda nafaqat jadidlar harakati, balki boshqa

harakatlar ham shakllangan.

XIX asrning ikkinchi yarmidan ilgʻor maʼrifatparvarlar davlat mustaqilligini yoʻqotilishiga

asosiy sabab, Oʻrta Osiyo jamiyatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy qoloqligi ekanini

juda yaxshi tushunib yetgan. Ular turli ijtimoiy qatlamlarning orasidan chiqqan va eng asosiysi

zakovatli boʻlib, ilgʻor ziyolilarning birinchi avlodi boʻldi. Ana shu negizdan keyinchalik

jadidlar yetishib chiqib ularning gʻoyalarini rivojlantirdi va maʼrifatdan siyosatga qarab yoʻl oldi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

209

Yangi ziyolilarning qarashlarida eng avvalo, aholining barcha ijtimoiy qatlamlari orasida hukm

surgan savodsizlikni tugatish, eski taʼlim tizimini isloh qilish, qoloq, eski va behuda odatlarga

chek qoʻyish singari maqsadlar ilgari surildi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra ular, ayniqsa diniy

mutaassiblik, behuda sarf-xarajatlarga olib keluvchi anʼanaviy odatlarga tanqidiy yondashgan.

Agar bunday qarashlar debochasini Ahmad Donish kabi maʼrifatparvarlar boshlab bergan boʻlsa,

ularning gʻoya va qarashlarini Sadriddin Ayniy, Abdulvohid Munzim, Mirkomil Burxonov,

Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjaev, Xolidxoji Mehri, Mulla Vafo, Abdurauf Fitrat rivojlantirdi.

Aslida jadidlik rasman XIX asrning oxirida oʻz amaliy faoliyatini boshlagan boʻlsa-da,

ularning gʻoyalari shu asrning boshidayoq (oʻn toʻqqizinchi asrning boshida) oʻz taʼsirini

namoyon qilayotgan edi [4:99]. “Turkistonda ilk bor Ovrupa texnikasini oʻrganish kerakligi

masalasini Qoʻqon xoni Sayid Muhammad Hakimxon (Olimxonning ukasi) Rossiya, Turkiya,

Eron va boshqa mamlakatlarga sayohat qilib qaytgach, 1843 yilda birinchi boʻlib oʻrtaga

qoʻygan ”[5:39]. Tashqi olam bilan tanishish Turkistonliklarning orasida falsafiy mushohadasi

taraqqiy qilayotgan yoshlarni tarbiyalay boshladi. Bundan koʻrinadiki, tashqi olam bilan

tanishish, oʻzga millat va davlatlarning tarixi, madaniyati, Turkiston yoshlarining tafakkurini

oʻzgartirgan ilk sabablardan biridir. Tarixdan maʼlumki, hamma vaqt globallashuv jarayoni

mavjud boʻlgan, faqat oʻzini sekinlik bilan namoyon etgan. Mana shunday jarayonlarning

natijasi oʻlaroq jadidlik taʼlimoti oʻzini turli yoʻllar bilan namoyon qila boshladi. Turkistonda

jadidlik gʻoyalari va harakatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy zamini XIX asrning

oxirgi choragiga kelib toʻliq yetildi.

Turkiston oʻlkasida ashaddiy milliy ozodlik harakatining targʻibotchisi Munavvar Qori

Abdurashidxonov edi. 1878 yilda Toshkentda mudarris oilasida dunyoga kelgan Munavvar Qori

avvaliga Toshkentdagi “Yunusxon” va keyinchalik Buxorodagi oliy madrasada tahsil olib,

Ismoilbek Gaspirali ta’siri ostida yangi usul maktablari barpo qilish yoʻlida ish boshlaydi. Shu

munosabat bilan 1907 yilda u yangi usuldagi maktab ochib, shu maktabda 5 yillik boshlangʻich

ta’limni 3 yildayoq amalga oshiradi. Munavvar Qori ham boshqa oʻzbek ziyolilari qatori yangi

usul maktabi uchun darsliklar yaratadi. Uning bunday darsliklari jumlasiga “Adabi avval” va

“Adabi soniy” kitoblarini kiritish mumkin. Munavvar Qori oʻz siyosiy qarashlarini jadid Ismoil

Obid bilan hamkorlikda 1906 yilda chiqara boshlagan “Taraqqiy” gazetasida hamda

“Taraqqiyparvar” firqasi faoliyatida ifoda etadi.

XX asrning boshlarida oʻzbek pedagogikasi taraqqiyotiga salomqli hissa qoʻshgan

pedagoglarimizdan biri Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari turli xil gʻoyalar oʻrtasida

kurashlar bilan oʻtadi. Dastlabki jadidchilik oqimining koʻzga koʻringan namoyondalaridan

hisoblangan A.Avloniy zamon zayliga qarab ish koʻrib, oktyabr inqilobi tarafdorlari tomoniga

oʻtib ketadi. Shunday boʻlsa – da, u oʻzbek pedagogikasida muhim oʻrin egallaydi.

A.Avloniy 1906-yildayoq Mirobid mahallasida yangi usuldagi maktab ochadi.

Uning bu maktabida diniy bilimlar bilan bir qatorda bir qator Amaliy fanlardan ham

saboq berilardi. A.Avloniy bolalarning axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor beradi va shu

sababdan oʻz maktabida “axloq” darsini oʻta boshlaydi. Avloniy Turkiston maktablarida axloq –

odob toʻgʻrisidagi bilimlar berilishi lozimligini quyidagicha tushuntiradi: “… Turkiston

maktablarida oʻz shevamizda yozilishi mukammal “axloq” kitobining yoʻqligi ofrodi millatining

shunday bir asarga tashna va muhtoj ekanligi oʻzim muallimlar jumlasidan boʻlganligimdan

manga ham ochiq ma’lum boʻldi. Shuning uchun koʻp vaqtlar tajriba soʻngidan adibi muhtaram

shayx Sa’diy usulida yozmoqni, garchi ogʻir ish boʻlsa – da oʻzimga muqaddas bir vazifa ado

qilaroq va bu kamchilikni orodin koʻtarmakni munosib koʻrdim”.

1

Pedagog maktablarda “axloq” darslarini tashkil qilishni oʻz zimmasiga olgan holda, 1913

yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli ta’lim – tarbiya masalalarini chuqur bayon qiluvchi


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

210

asar yaratadi. Uning bu asarida xulqiga qarab kishilarning ikkiga boʻlinishlari (“yaxshi xulq” va

“yomon xulq”), tarbiya turlari, tarbiyani toʻgʻri tashkil etish va boshqa qimmatbaho fikrlar

berilgan. Jumladan, A.Avloniy tarbiya sarlavhasi ostida tarbiya turlariga alohida toʻxtalib,

tarbiyani toʻrt turga boʻladi: tarbiyaning zamoni; badan tarbiyasi; fikr tarbiyasi (aqliy tarbiya);

axloq tarbiyasi.

Abdulla Avloniy tomonidan tarbiyanin yuqoridagi tartibda aniqlanishi uni bolalarga xos

xususiyatlardan chuqur xabardor ekanligidan darak beradi. U “Tarbiyaning zamoni”

mavzusidagi bolalarga tugʻilgan kunidan boshlab tarbiya berish zarurligini hamda tarbiyani

toʻgʻri tashkil qilish uchun tarbiyachi, ota – ona, muallimlarning oʻzlari ham tarbiyalangan

kishilar boʻlishi lozimligini qayd qilib oʻtadi. “Badan tarbiyasi” mavzusida insonning salomat

boʻlishi uchun hamisha badan tarbiyasi zarurligini koʻrsatib, “… oʻqimoq, oʻqitmoq va

oʻrganmoq uchun insonga kuchlik kasalsiz jasad lozimdur”, – deydi. Qolgan ikki – aqliy va

axloqiy tarbiya mavzularida esa A.Avloniy oʻqitishda ta’lim – tarbiyaning birligiga, tarbiyada

esa oʻqituvchilarning ibrat – namunasiga ahamiyat berish shartligini ta’kidlab oʻtadi.

2

A.Avloniy ham oʻsha davriy faoliyat koʻrsatgan boshqa ziyolilar qatori tashkil qilgan

maktablari uchun darsliklar ham yozadi. Uning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim” kabi

darsliklari shular jumlasidandir. Bundan tashqari A.Avloniy oʻz zamondoshlari orasida

pedagogika fanini birinchi boʻlib tilga olgan va oʻzining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida

pedagogika “Pedagogiya” – bola tarbiyasining fani demakdir, deb toʻgʻri ta’rif bera olgan buyuk

pedagog hamdir. Shu jihatdan ham uni oʻzbek pedagogikasi taraqqiyotini yuqori bosqichga

koʻtargan olimlar qatoriga kiritsa boʻladi.

Jadidlar orasida dastlabki paytlarda sovet hokimiyatiga hayrihoh boʻlib, lekin tez orada

oʻzlarining bu hokimiyat toʻgʻriidagi fikrlari xatoligiga iqror boʻlishib, toʻgʻri yoʻlga kirib olgan

ziyolilar ham mavjud edi. Bunday ziyolilarga Xoʻja Xoniy, Hasan Qori, Salimxon Tillaxoniy,

Mir Geydilarni kiritish mumkin.

Oʻzbek jadidlarining atoqli namoyondalaridan biri boʻlgan Mahmudjgʻxoʻja Behbudiy

oʻzining “Usuli jadid chigune ast?” nomli maqolasida yangi usul maktabidagi ta’lim mazmunini

quyidagicha ta’rilaydi: “Usuli jadid maktabi bolalarga boshqa usuldagi ta’lim beradi. Bu usulni

janob Ismoilbek Rusiya musulmonlari orasiga tarqatdi. Bu usuldagi maktab savtiya, ya’ni yangi

usuldagi boshlangʻich maktabdir. Bu maktabning natijasi bolalar zudlik bilan oʻqish va yozishni

oʻrganadilar, ular nimaiki oʻqisalar, uning ma’nosini tushnadilar. Oʻquvchilar oʻqiganlaridan

lazzatlanadilar”. (M.Behbudiy “Usuli jadid chigune ast?” Buxoroi sharif, № 139, 1912 y., 28-

noyabr.)

Jadidlarning yana bir muhim fazilati shundaki, ularning koʻpchiligi ta’lim mazmuniga

yangicha yondashgan holda oʻzbek tilida darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratishgan va ushbu

asarlari orqali oʻz uylarida maktablar ochib, bolalarga ta’lim-tarbiya berishgan.

Shu o‘rinda

ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbaachilaridan biri

Ibratning yangi maktablar ochish, o‘qituvchilar tayyorlash, ayollarni ilm-ma’rifatli qilish ishlarida

faol qatnashganini, o‘z she’rlarida mahalliy va chor amaldorlari kirdikorlarini fosh etganini,

xalqning ilmli, ma’rifatli bo‘lishi yo‘lida amalga oshirgan ishlarini esga olish kifoya. Mutaassiblik

va nodonlik hukm surgan davr muhitida mana shunday ishlarni amalga oshira olishning o‘zi

bo‘lmasdi. Buning uchun kishida millat uchun uradigan katta yurak bilan birga, vatanparvarlik,

fidoyilik kabi xislatlar, fazilatlar bo‘lishi lozim edi. Shu sabab ham hech ikkilanmay aytish

mumkinki, Ibrat domla singari bobolarimizning o‘sha davrda el-yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi

fidokorona xizmatlari chinakam ma’naviy jasorat edi.

O‘rni kelganda aytish lozimki, bugungi imkoniyatlar, ilm-ma’rifatga xayrixoh hukumat jadidlar

zamonida bo‘lganida edi, Uchinchi Renessansga allaqachon erishgan bo‘lardik.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

211

Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Zamona ilmu fanidan bebahra millat o‘zgalarga poymol bo‘lur»,

Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo

falokat masalasidir», degan so‘zlari bugun ham millatni uyg‘otuvchi da’vatdek jaranglab turibdi.

Jahon intellektual merosi taraqqiyoti tarixida jadid ma’rifatparvarligining ijtimoiy-iqtisodiy,

falsafiy g‘oyalarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan o‘rganish yoshlar milliy-ma’naviy

qiyofasini shakllantirishda, ularni axloqiy yuksaltirishda, turli xil yot g‘oyalardan saqlashda, ular

ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Karimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so`zi”

gazetasi

, 7 aprel,

2000 yil.

2. Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”, T.”Sharq”, 1998.

3. Karimov I. “Ozod

va obod Vatan

, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” “Ishonch”

gazetasi, 25 yanvar 2000 yil.

4. O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T. ”Sharq”, 2000.

5. O`zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.

6. O`zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Ma`ruzalar matni), T., “Universitet”, 1999.

7.

www.ziyonet.uz

8.

www.pedagog.uz

Библиографические ссылки

Karimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so`zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.

Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”, T.”Sharq”, 1998.

Karimov I. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” “Ishonch” gazetasi, 25 yanvar 2000 yil.

O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T. ”Sharq”, 2000.

O`zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.

O`zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Ma`ruzalar matni), T., “Universitet”, 1999.

www.ziyonet.uz

www.pedagog.uz