INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
181
Odilova Xolidaxon Muzaffar qizi
ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakulteti
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
yo‘nalishi 2-kurs magistranti
odilovaxolidaxon28@gmail.com +998950749499
F.f.d., Prof.
Zohidov RashidFozilovich
“MALIKAYI DILOROM” DOSTONINING TOSHBOSMA NUSXALARI TAVSIFI
VA QIYOSIY TAHLILI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
Qo‘qon adabiy muhiti namoyondalaridan biri Saodat
Mushtariy qalamiga mansub “Malikayi Dilorom” dostonining toshbosmalariga tavsif
berilib, ayrim nusxalari o‘zaro solishtirilib mushtarak va farqli jihatlari o‘rganilib, ilm
ahllarining e’tiboriga havola etilgan.
Kalit so‘zlar:“
Malikayi Dilorom”, mullo Mir A’zam, mullo Said Xo‘ja eshon, Zafar
Oxundbek, Mirzo Ahmad sahhof, Orifjonov matbaasi.
Аннотация:
В данной статье описаны литографии эпоса «Маликайи Дилором»,
написанного Саодатом Муштари, одним из представителей литературной среды
Коканда, сравниваются некоторые экземпляры, изучаются и доводятся до сведения
ученых их общие и различные стороны.
Ключевые слова:
«Маликайи Дилором», мулла Мир Азам, мулла Саид Ходжа Эшон,
Зафар Охундбек, Мирзо Ахмад cаххоф, типография Арифджонова.
Annotation:
This article describes the lithographs of the epic “Malikayi Dilorom” written by
Saodat Mushtari, one of the representatives of the Kokan literary environment, some copies
are compared, common and different changes are studied, and brought to the attention of
scholars.
Keywords:
“Malikayi Dilorom”, mulla Mir Azam, mulla Said Khoja eshon, Zafar Okhundbek,
Mirzo Ahmad Sahhof, Arifjonov printing house.
XVIII-XIX asr Movarounnahr hududida adabiyot va san’at sohasida juda ko‘plab shoir
va shoiralar ijod etganliklari hech kimga sir emas. Bu turkiy tilli hududning madaniy rivojida
Qo‘qon adabiy muhitining ahamiyati beqiyosdir. Muslihabegim Miskin, Saodat Mushtariy va
boshqa shoiralarning o‘quvchilar ommasiga kam ma’lum bo‘lgan, hatto noma’lum bo‘lib
kelayotgan asarlarining ham mavjudligi tadqiqotchilar uchun muhim yangilik bo‘lishi mumkin.
Qo‘qon adabiy muhiti rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri XIX asrning ikkinchi
yarmida yashab ijod etgan shoiralardan biri Saodat Mushtariy (tavalludi 1810-1811–yillar
orasida, vafoti haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas) lirik asarlari bilan bir qatorda liro-
epik janrda ham ijod etgan. Shoira o‘zi haqida shunday yozadi:
Olti yoshda Mushtar maktab kirdi biling…
O‘n yoshida davot, qalam oldi, biling [Qodirova, 1977, 164].
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
182
Yana boshqa bir o‘rinda: “To‘qqiz yoshda qalamni tutdi Mushtar”,- deb aytadiki, bu hol
Saodatning 9-10 yoshlaridayoq savodini chiqarib, yaxshigina yoza bilish iqtidoriga ega
ekanligidan dalolat beradi. Qo‘lyozmaning 55-56-varaqlarida “Mushtariy Saodat” deb o‘zining
ismi Saodat bo‘lganligiga ham ishora bor. Qo‘lyozmaning juda ko‘p varaqlarida va hikoyaning
oxiriga “Mushtar”, “Mushtariy” taxallus qo‘yilishiga ko‘ra, Saodat asarlarini Mushtariy
taxallusida yozgan. Qo‘lyozmning 104b varag‘ida “Mushtar qalamkash bir so‘z ayg‘oni turur
yor -do‘stlarig‘a”,- deb sarlavha qo‘yilgan. “Bo‘lmasa” radifi bilan yozilgan bir g‘azalda uning
otasi Qozi Mirrahim ekanligini bayon etadi. Demak, Saodatning otasi Qo‘qon xonlari davrida
qozi o‘tgan. Endi “Malikayi Dilorom” dostonining umumiy mazmuniga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, bu asarda yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodi an’analari uyg‘unlashib ketadi.
Shunga ko‘ra, u ham mazmun, ham shakl jihatidan o‘ziga xos bir ko‘rinishni kasb etadi.
“Malikayi Dilorom” dostoni hajm jihatidan uncha katta emas. Shunga qaramay, unda hikoya
qilingan voqealar sertarmoq, konfliktlar ko‘p, xarakterlar, personajlar rang- barang qiyofalarga
egadir.
Shoira bevosita o‘z dostoniga zamin bo‘lgan manba haqida aniq ma’lumot
qoldirmagan. Shunga qaramay, biz shoiraning “Malikayi Dilorom” asariga yaqin “Orzigul”
dostoni kabi xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan ham tanishligi haqida to‘la asos bilan gapira
olamiz[5]. Quyida toshbosmalar tavsifiga to‘xtalamiz.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Saodat Mushtariy
qalamiga mansub “Malikayi Dilorom” dostonining 10 ta toshbosma nusxasi hamda 2
nusxadagi qo‘lyozmalari saqlanmoqda[2].
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
183
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
184
Endi jadvalda berilgan ayrim bosma nusxalar va qo‘lyozmalarga tavsif beramiz.
№461 inventar raqamli nusxaning muqovasi yashil rangda, gulli naqsh bilan bezatilgan.
1-sahifa 3 qatorli jadvaldan iborat. Ramkaning tashqarisi gullar bilan bezatilgan, ichki qismi turli
naqshlar chizilgan. 1-qatorda hech qanday yozuv yo‘q, faqat naqshlar, ikkinchi qatorda Malikayi
Dilorom deb yozilgan. 3-qatorda mullo Mirzo Ahmad sahhof, litografiya G‘ulom Hasan
Arifjonov kabi ma’lumotlar berilgan. Dostonning asosiy qismi hamma nusxalarida bir xil. Ota
Diloromga bergan taklifni qizi bir necha bor rad etadi. Agar qabul qilmasa, pora-pora qilurman,
deydi. Qiz otasini rad etgach, otasi oyog‘idan daraxtga osinglar, dedi. Keyin malikani Xudoga
munojoti boshlangan. 3-betda jallod malikani oyog‘idan bog‘lab daraxtga osgani hamda
malikaning ota va onasi uni tomosha qilgani tasvirlangan, 5- betda malika Diloromni xizmatkor
qo‘l -oyog‘ini bog‘lab, sherning qafasiga tashlagani chizilgan. 6-betda malikani sherning
qafasiga bog‘lab tashlangani, otasi uni kuzatib turgani tasvirlangan, 8-betda malikani bog‘lab
tandirga tashlangani va mardum uni tomosha qilayotgani chizilgan, 9-betda malika qafas ichida
otasi unga gapirayotgan holati yoritilgan, 18-betda malika, qassob va savdogarlar chizilgan, 21-
betda Kan’on podshohi va malika tasvirlangan, 28-betda cho‘l-u biyobonda qassob-nobakor
malika bechoraning qo‘lini kesgan holati aks etgan, 39-betda malika va sayyodning ov jarayoni
ko‘rsatilgan,41-betda malika va kiyik rasmlari chizilgan. Kitob 48 sahifadan iborat. 48-betda
malika hammani kechirib, Kan’on podshoga turmushga chiqqani yozilgan. “Iloho hamma ummat
hazrat Muhammad(s.a.v)ni ham murodlariga yetkurg‘oysan omin”, – deb tugatilgan[2]. Kotib
kamina mullo ibn Rasul Muhammad Toshkandiy tomonidan 1332 – yilda ko‘chirilgan.
Kitob qora siyoh bilan yozilgan, ozgina mog‘orlaganini hisobga olmasa, yaxshi saqlangan.
№462 inventar raqamli bosma nusxaning muqovasi yashil rangli naqshlar bilan
bezatilgan. 1-betda kotib Abdulhamid qori Jalol Ibodiy ekanligi haqida yozilgan. Malikayi
Dilorom botasvir, 1328 kabi yozuvlar 1-sahifadan o‘rin olgan. Toshkent shahrida ko‘chirilgan.
Qizil siyohda chetlari gullar bilan bezatilgan, 6 qatorli jadvaldan foydalanilgan. Yashi, qizil,
ko‘k siyohlar ishlatilgan. Boshi bir xil. 3, 5, 6, 8, 9, 18, 21, , 28, 39, 41-betlarda rasmlar
chizilgan. 48 betdan iborat. Oxiri bir xil tugatilgan. Abdulhamid qori Jalolobodiy tomonidan
1328-yilda shavval oyida madrasayi Ko‘kaldoshda yozildi[2]. Sahifalar shikastlangan, yirtilgan.
№8908 raqamli bosma nashr ham 48 sahifadan iborat. Kitobning muqovasi och ko‘k rangda,
naqshlar bilan bezatilgan. Muqovaning ichki qismiga “Ismi Saodat taxallusi Mushtariy.
Saodatning otasi Umarxon davrida Ho‘qand qozisi bo‘lgan ekan. Saodat esa xon saroyida 40
yilcha kotiblik qilgan, dedilar. Saodat “Dahmayi shohon” bilan ibratnoma kabi asarlarni
forsiydan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Va Malikayi Dilorom nomli qissani yozgan. Fan va
turmush jurnali 1967, son 4 , sahifa 34. Qodirova maqolasi . 25.VII -72”, deb yozilgan.Ramka
ichida: “Toshkand shahrin mullomiz A’zam mir Sulton marhum o‘g‘li ihtimomlari ilm sabab
olindi”-deb qayd qilingan[2]. Doston matni quyidagicha boshlangan: Ammo roviyon axbori
noqilon osori muhaddison rivoyat qilibdurlarkim, Bag‘dod shahrida bir podshoh bor erdi.
Ammo u kofir erdi. Oni bir qizi bor edi. Bisyor sohibjamol edi. Qorong‘u uyni nur jamoli bilan
ravshan va munavvar qilar edi. Oti Dilorom erdi. Bir kecha tushida onhazrat( s.a.v) ni ko‘rub,
musulmon bo‘lub, iymon kelturgan erdi. Ammo bir kun otasi ko‘rib, o‘zining qizini olmoqg‘a
mayl qildi. Malika rad etgach, sochidin bog‘lab, daraxtga osinglar, dedi. Xudo taologa munojot
qildi. Malika oxirida hammani kechiradi, otasi ham musulmon bo‘ladi. Malika Kan’on
podshohga turmushga chiqdi. Murodlariga yetdi. Sahifalar raqamlangan. Qora siyohda yozilgan.
Sahifalarda dog‘ bor. 1-sahifa yirtilgan, yaxshi saqlanmagan.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
185
Toshbosma va qo‘lyozmalarning farqi.
Asosiy farqi toshbosmalarda qizini oyog‘idan daraxtga osadi. 9922- qo‘lyozmada
sochidin dorga osilsin, deb she’riy shaklda keladi:
رلاگنیس
نیدنچای یگمیزق یدید
رلاگنیس بتلیس
ینس
هگرسد
اگی
Tabdili: “Dedi: qizimni sochidin osinglar, Yana dorga oni eltib osinglar”[2].
№8845 qo‘lyozmada Sochidin dorga osing, degan farmon nasriy shaklda kelgan[4].
مکح بید رلاگیس نیدچای
ین هدیرپ وسنگ وب منکیدلوب بضغرد بتشیس یگبسوج وب روفاک لوس
.یدلنق
Mazmuni: “Ul kofir bu javobni eshitib, darg‘azab bo‘ldikim bu gisu paridani sochdin osinglar”,
deb hukm qildi.
Toshbosmalarda esa
“Oyog‘idan daraxtga osinglar”, degan buyruq nasriy shaklda berilgan.
ین هدیرپ وسنگ لوس مک یدرویوب بولوب بضغغرد
بنشنتیس یگبسوج
لوب ملاظ هاشداپ لوس هصّقلس
.یدید رلکگنیس ااتخرد نیدنغایس
Tabdili: “Alqissa, ul podshoh zolim bul javobni eshitib, darg‘azab bo‘lub, buyurdikim, ul gisu
paridani oyog‘idin daraxtga osinglar”, dedi
№8908 da sochidin daraxtga osinglar degan farmon bor. 461-toshbosmada esa oyog‘idan
daraxtga osinglar, deydi. Faqatgina №8908 toshbosmada sochidin daraxtga osinglar , deb
nasriy shaklda berilgan.
Toshbosmalarda malikani osinglar, degandan keyinoq Xudo Taologa munojoti berilgan.
:یدوقوس ین تاجاگم لوب بلغی رسز اغنهاگرد ین یلاعت یسدخ هکنلم هدنس
نمحر ای ناکلیس راب یگم نیدقوی
لنگلیس سود مشنمشوت هگدرد ره
№8845 qo‘lyozmada esa munojotni 40 kecha -kunduz osilib turgandan keyin qilgan, deb
beriladi[4].
هچنک رب .یدروت بنلنیس
نیدچای هکنلم زودنوک هچنک قرق ات .رلیدیس نید چای ین هکنلم لوس
:روروت
وب مسرلد هکنلم تاجاگم یتقو رحی یلاعت یسدخ هکنلم
نامحر ای ناکلیس راب یگم نیدقوی
ننگلیس سود مشنمشوت هگدرد رب
Qo‘lyozma va toshbosmalarda ba’zi so‘zlarda ham farq bor. Yuqoridagi misrada aylagil
va aylagin so‘zlari 2 xil yozilgan. 8845 raqamli qo‘lyozmada munojotning deyarli barcha
misrasida aylagin tarzida yozilgan. Toshbosmalarda esa aylagil tarzida berilgan.
Quyida farqlarni jadval asosida ko‘rib chiqamiz:
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
186
N
462.Toshbosma
8845 Qo‘lyozma
1
Mani bu mushkulim
Mening bu mushkulim
2
Shikastayi nochorim
Shikastam nochorim
3
Qumri kibi
Qumridayin
4
Man zorim
Bedorim
5
Kecha bo‘lsa yulduz kabi bedorim
Kecha bo‘lsa kunduz kabi bedorim
6
Yerga kiray desam yo‘qtur najotim
Yerga kirsam yo‘qtur g‘amdin
najotim
Toshbosmalarda bitta sahifaga 16 qatordan yozilgan. Qo‘lyozmalarda esa bir sahifaga 11 qator
matn yozilgan.
Asosiy farqlardan yana biri - Diloromning tushiga Muhammad ( s.a.v) kiradi, deb
toshbosmaning barcha nusxalarida berilgan . 8845 raqamli qo‘lyozmada esa Fotima (r.a)
Diloromning tushiga
kirgan, deb ma’lumot beriladi. 9922 raqamli qo‘lyozmada
ham
Diloromning tushiga Muhammad (s.a.v) kirganliklari haqidagi ma’lumot she’riy shaklda
berilgan[3].
Diloromni piri rasuli Xudo,
Kanizim degaylar, Fotimayi Zahro.
Ummatim, degaylar rasuli Xudo,
Tushumda man ko‘rdim Rasulullohni.
Kalima aytib anda toptim iymonni
Ummatlaridurman Rasulullohni.
San alarni manga fano aylagil,
Musulmon bo‘lg‘ayman rasul oldida
Ummatim degaylar Mahshar kunida.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
187
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek mumtoz adabiyoti shakllanishida Qo‘qon adabiy
muhitining ta’siri katta. Qo‘qon xonligida madaniy hayotning taraqqiy topishida nafaqat
shoir va yozuvchilar, balki, shoiralarning ham o‘rni beqiyos bo‘lgan. Shunday ijodkorlardan
biri Saodat Mushtariyning boy mazmunga ega bo‘lgan she’rlari kishilarni yaxshilik,
kamtarlik, poklik va adolatga chaqirgani diqqatga sazovordir. Dostonning toshbosma
nusxalari va qo‘lyozmasi o‘rtasida farqlar ko‘pchilikning e’tiborini tortadi, ko‘proq izlanishga
turtki bo‘ladi. Yangi tadqiqotlar uchun asos bo‘ladi. Insoniy tuyg‘ular ulug‘langan ijod
mahsullarini o‘rganish hamda tadqiqot olib borish maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Fayzullayev B. Qo‘qon adabiy muhitida tatabbunavislik. “Qo‘qon adabiy muhiti va uchinchi
renessans” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Farg‘ona. 2022.
2.
Mushtariy toshbosma. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti . Asosiy
fond.
3. Mushtariy.
(inv.N 9922) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti .
Asosiy fond.
4. Mushtariy.
(inv.N 8845) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti .
Asosiy fond.
5. Qayumov A. “Qo‘qon adabiy muhiti(XVII-XIX asrlar)”,T.: “Mumtoz so‘z”, 2010.5
6.
Qodirova M “XIX asr o‘zbek shoiralari ijodida inson va xalq taqdiri”.Toshkent, O‘zSSR
“Fan” nashriyoti, 1977-yil, 184 bet.
7. www.googlescholar.uz
8.
Ziyouz. com. https:// www. Ziyouz. com>xarita.