INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
270
Axmadjonova Mahliyo
O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM
Annotatsiya:
Mazkur maqola hozirgi kunda alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalarni sog‘lom
bolalar qatoriga qo‘shib, alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalarni ruhiy, ma’naviy ongini
rivojlantirish va ko‘nikma hosil qilish, bolani dunyoqarashini kengaytirish, bolani holatidan
chiqib kelib maktab bog‘chalarda shart-sharoitlar yaratish. Mazkur qo‘llanmadan oliy o‘quv
yurtida, maktab, bog‘chalarda foydalanish mumkin.
Kalit so‘zlar:
inklyuziv, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar, prezident qarori, ekslyuziya,
integratsiya , inklyuziya, inklyuziv ta’limning joriy holati,
Inklyuziv ta’lim nimani anglatadi?
O‘zbekiston respublikasining qaroriga asosan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga
ta’lim-tarbiya berish tizimini yana takomillashtirish chora tadbirlari qarori asosida: Inklyuziv
ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning
farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni
ta’minlashdir”.
Inklyuziv ta’lim bu maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan
va sharoitga qarab o‘zgaruvchan, g‘amxo‘rlik bilan yondasha oladigan ta’lim tizimidir. Ushbu
ishlar oddiy, me’yorda rivojlangan bolalar o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Buni
amalga oshirish uchun har bir bolaga indi vidual yondashish, nuqsonidan kelib chiqqan holda
ma’lum, u uchun qulay sharoit yaratish, kerak bo‘lsa, dastur va rejani qisman o‘zgartirish lozim.
Maxsus tarbiyaga muhtoj bola uyiga yaqin, o‘ziga qulay ommaviy bog‘cha yoki maktabga
qatnaydi. U yerda asosiy ishni maxsus pedagog, tarbiyachi yoki sinf rahbari amalga oshiradi.
“Inklyuziv ta’lim” o‘z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator quyidagi vazifalarni hal
etadi:
- inklyuziv va integrasiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish;
-inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;
-inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o‘rganish va bu muammolarni xal
etish yo‘llarini izlab topish;
-inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashnig asoslarini o‘rganish;
-inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini taxlil qilish;
-ish tajribalarini taxlil qilish kabilardan iborat
Inklyuziya –
nogronligi bo’lgan bolalar boshqa bolalar bilan umumta’lim maktabida ta’lim
olishi
Integratsiya –
nogironligi bor bolalar uchun umumta’lim maktablaridagi maxsus sinf
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
271
Eksklyuziya -
ta’limdan tashqarida bo’lgan nogronligi bor bolalar.
Inklyuziv taʼlim — davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni
bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar
yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga,o’z o’rniga ega
bo’lishga yoʻnaltirilgan
umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir.
"Inklyuziv taʻlim" atamasi fransuzcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga
oladi“ deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni
sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv taʼlimning
mazmun mohiyati toʻgʻrisidagi bilim va maʼlumotlar hali jamiyatda yetarli emas.
Inklyuziv ta’limning afzalliklari:
1. Teng imkoniyatlar – barcha bolalar bir xil sharoitlarda o‘qib, jamiyatning faol a’zosiga
aylanishi mumkin.
2. Ijtimoiy integratsiya – nogironligi bor bolalar va oddiy bolalar birga ta’lim olishi natijasida
ular o‘zaro do‘stlashadi va jamiyatga moslashadi.
3. Mehribonlik va bag‘rikenglikni oshirish – inklyuziv muhitda o‘sgan bolalar boshqalarga
nisbatan ko‘proq hurmat va tushunish bilan munosabatda bo‘ladilar.
4. Shaxsiy rivojlanish – inklyuziv ta’lim nogiron bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi
va ularga jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.
Inklyuziv ta'lim – O‘zbekistonda rivojlanish: So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham
inklyuziv ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Maxsus maktablar ochilib, pedagoglar
tayyorlanmoqda. Har bir bolaning ta'lim olish huquqini ta’minlaydigan zamonaviy ta’lim
modelidir. Barcha bolalar birgalikda ta'lim olishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit
yaratish jamiyatning muhim vazifalaridan biridir. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun
o‘qituvchilarni tayyorlash, maktab infratuzilmasini yaxshilash va jamiyatni ushbu tizimga
moslashtirish lozim.
Xulosa
Xususan, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi inklyuziv taʼlim
boʻyicha yangi yoʻriqnomalar, standartlar va mexanizmlar sinovdan oʻtkaziladigan inklyuziv
maktablarni modellashtirishni boshladilar. Bu inklyuziv ta'lim sifatini yanada yuqori
standartlarga ko'tarishga qaratilgan yangi qonunchilik va siyosatni ishlab chiqish uchun ma'lumot
beradi. O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha boshqa tashabbuslarni to‘ldirgan holda
bunday maktablarning ilg‘or tajribalari o‘rganiladi va tadbiq etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil 23-sentyabr.O‘RQ-
637-son
2. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son Qarori.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
272
3. O’zbekiston Respublikasin Vazirlar Mahkamasining 2021yil 12 oktyabrda «Alohida ta’lim
ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
toʻgʻrisida»gi 638-son qarori.