Авторы

  • Mirzobek Abdullayev Norbek o‘g‘li
    O‘ZDJTU Xalqaro Jurnalistika fakulteti siyosatshunoslik yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68831

Ключевые слова:

Aristokratiya seysmograf impuls Xinayana sekta nirvana Dharma sangha missioner mantra reinkarnatsiya.

Аннотация

Xitoy tarixan shakllanib kelgan eng qadimiy davlatlardan biri hisoblanadi. Boy tarixga ega bo‘lgan ushbu davlatda birinchilardan bo‘lib din rivojlangan. Shuningdek, hozirgi kunga qadar o‘z ta’sirini o‘tkazib kelayotgan falsafiy g‘oyalar ham mavjud. Bu ta’limotlarning vujudga kelishi Qadimgi Xitoy faylasuflari Konfutsiy hamda Daosizm asoschisi Lao Szi nomlari bilan bog‘liq. Aynan ushbu ta’limotlar hozirgi zamonaviy Xitoyda dinning bir yo‘nalishi sifatida ko‘riladi. Shu bilan birgalikda, buddizm ham Xitoyda keng tarqalgan bo‘lib, uning paydo bo‘lishi ham uzoq tarix bilan bog‘liq. Shunga qaramasdan, Qadimiy Xitoy falsafasi va diniy an’analarining hozirgi kunda ham ahamiyati va ularning global madaniyatga ta’siri yuqori hisoblanadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

265

Mirzobek Abdullayev Norbek o‘g‘li

O‘ZDJTU Xalqaro Jurnalistika fakulteti

siyosatshunoslik yo‘nalishi talabasi

QADIMGI XTOY: FALSAFA, DINIY AN’ANALAR VA TA'SIRI

Annotatsiya:

Xitoy tarixan shakllanib kelgan eng qadimiy davlatlardan biri hisoblanadi. Boy

tarixga ega bo‘lgan ushbu davlatda birinchilardan bo‘lib din rivojlangan. Shuningdek, hozirgi

kunga qadar o‘z ta’sirini o‘tkazib kelayotgan falsafiy g‘oyalar ham mavjud. Bu ta’limotlarning

vujudga kelishi Qadimgi Xitoy faylasuflari Konfutsiy hamda Daosizm asoschisi Lao Szi nomlari

bilan bog‘liq. Aynan ushbu ta’limotlar hozirgi zamonaviy Xitoyda dinning bir yo‘nalishi sifatida

ko‘riladi. Shu bilan birgalikda, buddizm ham Xitoyda keng tarqalgan bo‘lib, uning paydo

bo‘lishi ham uzoq tarix bilan bog‘liq. Shunga qaramasdan, Qadimiy Xitoy falsafasi va diniy

an’analarining hozirgi kunda ham ahamiyati va ularning global madaniyatga ta’siri yuqori

hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

Aristokratiya, seysmograf, impuls, Xinayana, sekta, nirvana, Dharma, sangha,

missioner, mantra, reinkarnatsiya.

Qadimgi Xitoy ming yillik tarixga ega bo‘lib, uning madaniyati, falsafasi va

texnologiyalari dunyo tarixida katta ahamiyatga ega. Xitoyda qadimgi sivilizatsiyalar Xuanxe va

Yantszi deb atalgan katta daryolar bo‘ylarida miloddan avvalgi 3-ming yillikning oxirlarida

vujudga kelgan va Qadimgi Xitoy hududidagi ilk davlat ham aynan o‘sha daryolar bo‘ylarida

vujudga kelgan. Shundan so‘ng, davrlar osha bir qancha qadimiy davlatlar o‘z hukmronligini

o‘rnatgan va tanazzulga yuz tutgan. Ushbu davr davlatlarning madaniy shakllanishi bilan

xarakterlanadi.

Qadimgi Xitoy falsafasi dunyo va inson haqida o‘ziga xos tushunchalar yaratgan. Xitoy

falsafiy tafakkurining ibtidosi ham, xuddi keyinchalik qadimgi Yunonistonda bo‘lgani kabi asotir

tafakkurga borib taqaladi. Xitoy afsonaviy fikrida ham osmon, yer va tabiatdagi barcha narsalar

ilohiylashtiriladi. Ilohiylashtirilgan muhitdan eng oliy qoida keltirib chiqariladi-ki, u dunyoni

boshqarib, ashyolarga mavjudlik baxsh etadi. Ushbu qoidaga gohida shaxsiyat bag‘ishlanib, eng

oliy hukmdor (shan-di) sifatida tushunilsa ham ko‘pincha “osmon” (tyan) so‘zi bilan ifodalanadi.

Shu bilan birgalikda, Xitoydagi falsafiy qarashlar jamiyatda qulchilik tizimining shakllanishi va

sodda tabiiy bilimlarning rivojlanishi bilan o‘zoro bog‘liqdir. . Masalan, Xitoy falsafasida

metodologik jihatdan tabiiy fanlarga xos bo‘lgan ilmiy tushunchalar u yoki bu darajada o‘z

ifodasini topmagan. Ana shu ma’noda ayrim ma’lumotlarda qadimgi Xitoy falsafasining tabiiy

fanlardan ajratilganligi va mantiqqa oid masalalarning ishlanmaganligi, Xitoyda falsafiy

tushunchalar shakllanishining sekin kechganligining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan edi.

Qadimgi Xitoyda yuksak falsafiy g‘oyaga ega bo‘lgan bir qancha ta’limotlar mavjud

bo‘lgan. Ular orasida eng katta ta’sir konfutsiylik, daosizm va monizmda bor edi. Ular nafaqat

falsafiy g‘oyaga ega edilar, balki jamiyatda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish yo‘llarini

izlayotgani uchun ham amaliy ahamiyatga ega edi. Qadimgi Xitoyda ilk falsafiy qarashlar o‘ziga


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

266

xos xususiyatlarga ega bo‘lib, dastlabkisiga Konfutsiy (Kun-Fu-Szi – mil.avv 551-479 yillarda

yashagan. Konfutsiy nomi “Kun” va “Futsizm” so‘zlari asosida vujudga kelgan. Konfusiychilik

yagona, bir butun ta’limot emas edi. U muayyan jamiyat tashkilotining nazariyasi sifatida

axloqiy qoidalar, ijtimoiy me’yorlar va boshqaruvni takomillashtirishga diqqat e’tibor bergan va

bu sohada muhofazakorona mavqeda turgan g‘oya edi. Konfusiy o‘zi haqida: “eskini bayon

etaman va yangini barpo etmayman” degan edi. U va uning izdoshlari jamiyatning axloqiy

tanazzulidan xavotirlanib, inson tarbiyasiga asosiy e’tibor qaratib, jamiyatda bir-birini kechirish

muhitni barqaror etishga harakat qildilar. Xitoyning keyingi taraqqiyoti uchun ham g‘oyatda

ahamiyatli bo‘lgan Konfutsiychilik falsafiy-axloqiy va siyosiy ta’limoti dinning o‘ziga xos

muqobil vazifasini o‘tagan. Konfutsiy xitoyliklarni ajdodlaridan qolgan buyuk madaniy-

ma'naviy meros uch buyuk kitobda: "Ashulalar kitobi", "O‘zgarish kitobi", "Tarix kitobi"da

bayon qilingan qoidalarga amal qilishga chorlagan. O‘sha kitoblarda bayon qilingan qoidalarni

o‘tmish bilan bugunni, ajdodlar bilan avlodlarni, inson bilan osmonni bog‘lovchi yirik ruhiy-

ma'naviy qudrat, deb hisoblagan. Shuning uchun ham xitoylik mutafakkir: "Men faqat uzataman,

lekin bunyod etmayman; men o‘tmishga ishonaman va uni sevaman"

1

, deb aytgan edi. Konfutsiy

ham o‘z o‘tmishdoshlarining olam va odam to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini davom ettirib,

osmon - bu tabiat, xudo va insondir, deb tushuntirdi. Osmon ularga kuch va aql ato etgan.

Shuning uchun ham inson o‘z ixtiyori bilan harakat qilolmaydi, o‘zini-o‘zi yarata olmaydi.

Chinakam inson o‘z faoliyatining osmon bilan bog‘liqligi uchun o‘z taqdiridan hamisha

minnatdor bo‘lmog‘i kerak. Konfutsiyning fikriga ko‘ra, osmon va yerda tug‘ilganlar ichida eng

qudratlisi insondir. Inson o‘z mohiyatiga ko‘ra yaxlit, bir butundir. Shuning uchun ham odamlar

o‘z tabiatiga ko‘ra bir-birlariga yaqindirlar. Lekin o‘zlarining xulq-atvorlari, urf-odatlariga ko‘ra

bir-birlaridan yiroqdirlar. Inson o‘zining ichki mohiyatiga ko‘ra boshqalarga yaxshilik qilishga,

ezgulikka moyilligi bor. Xususan, boshqalarga xayrixohlik (jen), adolatparvarlik, samimiyat (sin),

urug‘-aymoq, qavm-qarindoshlarga hurmat (syao), hukmdorga sadoqat (chjun) shular

jumlasidandir. Lekin bunday olijanoblikiar insonning amaliy faoliyatida birdan namoyon bo‘ladi,

deb bo‘lmaydi. Hamma ham bunday olijanobliklardan huzur-halovat oladi, deb ham bo‘lmaydi.

Yaxshi odam o‘zining olijanob ishlarida yuksak axloqiy prinsiplarga asoslanadi. O‘sha axloqiy

prinsiplar asta-sekin insonning tashqi qiyofasida, amaliy faoliyatida namoyon bo‘la boshlaydi.

Turli urf-odatlar, rasm-rusumlar va udumlar axloqiy prinsiplarning ro‘yobga chiqishi uchun ichki

impuls beradi. Konfutsiy falsafasidagi insonparvarlik bilan yaxshilik orasidagi uyg‘unlik

insonning insoniyligini ifodalovchi olijanoblik ko‘rinishlarini yagona bir butunga birlashtiradi va

qudratli ijtimoiy tartib-intizom tizimining vujudga kelishi uchun asos yaratdi. Konfutsiy shu

asnosida "tartib-intizom xalqni yaxshilaydi, lekin uni to‘g‘ri tarbiya qilish kerak" deb aytib

o‘tgan

2

. O‘z navbatida, bunday tartib-intizom insonning ezgulikka qaratilgan xayrli ishlarida

namoyon bo‘lish ham bir sababdir. Agar o‘sha xayrli ishlar davlat tomonidan boshqarilsa kishilar

tarbiyasida tub burilish sodir bo‘ladi. Konfutsiy Xitoy falsafasi tarixida birinchilardan bo‘lib,

odamning inson darajasiga ko‘tarilishida jamiyat, davlat, ijtimoiy muhitning ta'siri bo‘ladi, degan

g‘oyani ilgari suradi. O‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyatda, fuqarolarning to‘q va farovon

yashashlari uchun zarur bo‘lgan siyosiy, ma'naviy-axloqiy prinsiplarni ishlab chiqishga harakat

qiladi. Qadimgi Xitoy faylasufi Konfutsiyning jamiyatni boshqarish haqidagi fikr-

mulohazalarining markazida "Hikmatli zot" turadi. "Hikmatli zot" hukmron tabaqaning ideal

namoyandasidir. Bunday davlat arbobi o‘zida fuqarolar farovonligini ta'minlay oladigan barcha

olijanob fazilatlarni mujassamlashtirmog‘i lozim. Bundan tashqari, Daosizm asoschisi

1

Anvar Choriyev Inson falsafasi O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti TOSHKENT 2007., 20-b

2

The Analects (Lun Yu)., English translation: James Legge., Source: www.ctext.org ,. Edited by Cambridge Chinese Classics www.camcc.org ., 5-

21, 13-b


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

267

hisiblangan Lao Szi ham Xitoy falsafasini rivivojlanishiga ulkan hissa qo‘'shgan. Qadimgi

Xitoyda inson to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar doirasi uzluksiz kengaya boshladi. Chunonchi,

qadimgi daosizm ta'limotida odamning inson darajasiga ko‘tarilish jarayoni, insonning

insoniyligini ifodalovchi prinsiplar, ularning farovon turmushi, baxt-saodati haqida bir qator

yangi fikr-mulohazalar bayon etilgan. Daosizm ta'limotiga eramizdan avvalgi VI-V asrlarda

yashagan Lao Tszi asos solgan. Daosizm ta'limotiga ko‘ra, Dao -olamda rnavjud bo‘lgan barcha

mavjudotlaming ibtidosi. Uning mavjudligini ta'minlovchi asosiy prinsipdir. Dao olamdagi

barcha hodisa va voqealami, narsalami narsa qiladigan qudratdir. Dao kosmik jon bo‘lib, hamma

tomondan oqib turadi, u o‘ngda ham, so‘lda ham bo‘lishi mumkin. Uning sharofati bilan butun

mavjudot tug‘iladi va doimiy o‘sishdan to‘xtamaydi. Hamma mavjudot ertami-kechmi unga

qaytadi. Xitoyda siyosiy tizim va siyosiy boshqaruv ma'naviy qadriyatlar va adolat prinsiplari

asosida bo‘lishi shart ekanligini ilgari surgan mutafakkir Lao Szi (er.avv. VI asr) edi. U falsafiy

va ijtimoiy-siyosiy oqim - daosizm asoschisi bo‘lib, unga binoan an'anaga aylanib ketgan - dao

"osmoniy (ilohiy) iroda"ni namoyon bo‘lishidir, degan qarashlarga zid ravishda dao osmoniy

irodadan holi bo‘lgan mustaqil va tabiiy qonuniyat sifatida talqin etiladi. Barcha notabiiyliklar

(madaniyat, boshqaruv sohasidagi sun'iy-insoniy ko‘rsatmalar, qonunchilik va boshqalar)

daosizmga binoan bu daosizmdan og‘ish va yanglish yo‘ldir.Daosizm ta'limotiga muvofiq,

insonning insoniyligi ishonch, umid prinsipiga rioya qilishiga qarab belgilanadi. Umidga esa

istakni, orzuni cheklash vositasi yordamida erishiladi. Istak, orzuni cheklay olmaslik insonda

xudbinlik, ichiqoralik kabi illatlaming paydo bo‘lishiga turtki beradi. Kishilaming xudbinligi

nafaqat odamni, hatto olamni ham deformatsiyaga giriftor qiladi. Bunday holat olamning asosi

bo‘lgan daoning garmonik tabiatiga, ya'ni «Har bir kishi hamma narsa uchun» qoidasiga mos

tushmaydi. Daosizm ta'limotiga ko‘ra, insonning baxt-iqboli, farovon turmushi hukmdor

(imperator) faoliyati bilan bog‘liq. Hukmdor fuqarolarning orzu-istaklarini ezgulik tomon

boshqarishi lozim. Shuning uchun ham hukmdor faoliyatining asosida xalq daosi bilan osmon

daosining aralashuvi yotmog‘i darkor. Osmon daosi tabiat qo‘ynida yashovchi oddiy

odamlaming ideal jamiyatini bunyod etishga harakat qiladi. Donishmand imperator osmon daosi

muddaosini, ya'ni ideal jamiyat qurish istagini turli amaldorlar yordamida bajaradi. O‘sha

amaldorlar ideal jamiyat qurish jarayonida vujudga kelgan turli nifoqlami oqilona bartaraf

etmoqlari lozim. Shunday qilib, daosizm ta'limotida ijtimoiy ideal, har tomonlama rivojlangan

inson osmon daosi siymosida namoyon bo‘ladi.

Din jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o‘zini ruhan va

jismonan poklash, atrofdagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy xislatlarni

shakllantiradi. Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Dunyo

xaritasidagi deyarli har bir mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e’tiqod qiladi, uning o‘z

urf-odat va an’analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari,

e’tiqodlari va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Sizlarning

yaxshilaringiz dunyo ishini deb oxirat ishini, oxiratni deb dunyo ishini tark qilmaydigan va

odamlarga malolligini tushirmaydiganlardir. Xitoyda eng keng tarqalgan din bu buddizmdir.

Buddizm tarixi 2500-yildan ortiq davrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni

taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida buddizm kuchli

mustaqil din sifatida shakllandi. Muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan buddizm Hindistonda

inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini hinduizm toʻliq egalladi.

Ammo buddizm Shri Lanka, Janubiy Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya,

Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Janubiy Sharqiy Osiyoning materik

qismida buddizm txeravadasi (qadimiy anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va

Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. XV asrda Osiyo qitʼasida paydo


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

268

boʻlgan yevropaliklar buddizm bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari buddizmga kirgach, Angliya,

Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500

mln.dan ortiq. Buddizm muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada,

deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga

juda katta taʼsir koʻrsatgan. Buddizmda 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana.

Shuningdek, u juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi. Boshqa dinlardan farqli ravishda

buddizmda hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto Xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat

on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi.

Buddizm taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab

boʻladi. Zero u, befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat

qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish

darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan

oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), „bodxi“, yaʼni

„xotirjamlik“ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga

yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi

mumkin. Buddizm zaminida 3 narsa – Budda (Muqaddaslangan zot), Dharma (taʼlimot) va

Sangxa (rohiblar jamoasi)ga eʼtiqod qilish yotadi. Taʼlimot qisqacha bayoni :
1 – azob uqubat mavjud
2 – azob uqubat sababi – istak mavjud
3 – azob uqubat tugashi – nirvana mavjud
4 – azob uqubat tugashiga olib keluvchi 8 bosqichli yoʻl mavjud.
Budizmning Xitoyga tarqalishi miloddan avvalgi 1-asrga borib taqaladi. Xitoyda budizmning

kirib kelishi o‘ziga xos tarixiy jarayon bo‘lib, bir necha bosqichda yuz berdi.
● Erta davr (Miloddan avvalgi 1-asr — Milodning 1-asri): Budizm dastlab Hindistondan Xitoyga

Kichik Osiyo, Markaziy Osiyo va Farg‘ona vodiysi orqali kirib kelgan. Budizmning Xitoyga

tarqalishi Xitoyning g‘arbiy chegaralari orqali amalga oshdi, ayniqsa, Sog‘dlik savdogarlar va

monxlar yordamida. Birinchi xabarlar miloddan avvalgi 1-asrda Xitoyning G‘arbiy tomonlarida

joylashgan Xinjiang (Sinkian) mintaqasida paydo bo‘lgan.
● Han sulolasi (Milodning 1-2-asrlari): Budizmning Xitoyga yanada keng tarqalishi Han

sulolasining hukmronligi davrida yuz berdi. 1-asrning oxirlarida, Xitoyning Shimoliy G‘arbiy

qismlarida budizmga oid birinchi yozma manbalar paydo bo‘ldi. Xitoyga budistlikning kirib

kelishida, ayniqsa, "Xitoydagi budist missionerlari" deb atalgan diniy rahbarlar va o‘qituvchilar

muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, Qi'in va Vang Xuanqi kabi savdogarlar budist falsafasini va

diniy o‘gitlarni Xitoyga olib keldilar.

Xulosa qilib aytganda, budizmning Xitoyga ta'siri juda chuqur va ko‘p qirrali bo‘ldi.

Tarixiy jihatdan, budizm Xitoyga kirib kelishi bilan, nafaqat diniy, balki falsafiy va madaniy

an'analarga ham katta o‘zgartirish kiritdi. Xitoyda budizm o‘zining ahamiyatli o‘rnini topib,

diniy hamda madaniy sohalarga o‘z ta'sirini o‘tkazdi va jozirgi kungacha budizm Xitoyda

o‘zining madaniy va diniy ta'sirini saqlab kelmoqda. Ayniqsa, Xitoyda budizmning Zen (Chan)

maktabi va boshqa oqimlari hozirda o‘z ta'sirini davom ettirmoqda. Garchi kommunistik davrda

dinni cheklash siyosati mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda budizm Xitoyda yana


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

269

ommalashmoqda, yangi buddist ibodatxonalari qurilmoqda, va buddist falsafasi yangidan-yangi

avlodlar tomonidan o‘rganilmoqda. Xitoyda diniy erkinlik cheklangan bo‘lsa-da, budizm

madaniy va falsafiy an'analar orqali xalq hayotida o‘z o‘rnini topib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Anvar Choriyev inson falsafasi O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti

TOSHKENT -2007

2. Dunyo dinlar tarixi Z.Islomov, D.Rahimjonov, J.Najmiddinov Toshkent "Yangiyo‘l Poligraf

Servis" 2017

3. Qadimgi dunyo tarixi 6-sinf A.S.Sagdullayev, V.A.Kostetskiy Toshkent "Yangiyo‘l Poligraf

Servis" 2017

4. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent Davlat

Sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi - qadimgi dunyo falsafasida ontological bilimalar

transformatsiyasi fanidan ma'ruza matni -Toshkent 2011

5. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Buddizm

6. https://tarix.sinaps.uz/hodisa/xitoyda-buddizmning-vujudga-kelishi/

7. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xitoyda_dinlar

Библиографические ссылки

Anvar Choriyev inson falsafasi O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti TOSHKENT -2007

Dunyo dinlar tarixi Z.Islomov, D.Rahimjonov, J.Najmiddinov Toshkent "Yangiyo‘l Poligraf Servis" 2017

Qadimgi dunyo tarixi 6-sinf A.S.Sagdullayev, V.A.Kostetskiy Toshkent "Yangiyo‘l Poligraf Servis" 2017

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi - qadimgi dunyo falsafasida ontological bilimalar transformatsiyasi fanidan ma'ruza matni -Toshkent 2011