Авторы

  • Shodmonbekova Shahnoza Sherzodbek qizi ,Axunov Muqumjon Muhammadaminovich
    Andijon davlat chet tillari instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68832

Ключевые слова:

Vaqt astronomik xulosalar fizik taxminlar matematik hisoblar geografik o'lchovlar fazoviy vaqt fasllarning almashinuvi hodisalar obyektiv borliq leksik ma'no payt holi frazeologizmlar idiomalar cheklangan vaqt.

Аннотация

Ushbu maqolada atrofimizda bo'layotgan uzluksiz harakatlar va rivojlanishlari ko'rsatiladi.Bu o'zgarishlar ma'lum bir vaqtda sodir bo'lishi, uning yana bir boshqa fazosi haqida so'z yuritiladi.Aslini olganda, kishilar vaqtni o'lchash uchun tabiatda kun bilan tun, oy shakllari va yil fasllarining almashinuvi kabi uzluksiz takrorlanib turadigan hodisalarni topganlardir.Vaqtni ifodalovchi so'zlarning lug'at tarkibidagi ishlatilishi va maʼnolariga qarab bo'lishi mumkin.Vaqt kishilar tomonidan o'ylab topilmagan va uni o'zgartirish ham mutlaqo mumkin emas.Shuningdek vaqt so'zining gaplarda payt holi vazifasidsa ishlatilishini ham ko'rish mumkin.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

261

Andijon davlat chet tillari instituti

Shodmonbekova Shahnoza Sherzodbek qizi

Ilmiy rahbar:

Axunov Muqumjon Muhammadaminovich

(PhD) Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori,dotsent.

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA “VAQT” MAʼNOSINI IFODALOVCHI

BIRLIKLARNING QIYOSIY TADQIQI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada atrofimizda bo'layotgan uzluksiz harakatlar va rivojlanishlari

ko'rsatiladi.Bu o'zgarishlar ma'lum bir vaqtda sodir bo'lishi, uning yana bir boshqa fazosi haqida

so'z yuritiladi.Aslini olganda, kishilar vaqtni o'lchash uchun tabiatda kun bilan tun, oy shakllari

va yil fasllarining almashinuvi kabi uzluksiz takrorlanib turadigan hodisalarni

topganlardir.Vaqtni ifodalovchi so'zlarning lug'at tarkibidagi ishlatilishi va maʼnolariga qarab

bo'lishi mumkin.Vaqt kishilar tomonidan o'ylab topilmagan va uni o'zgartirish ham mutlaqo

mumkin emas.Shuningdek vaqt so'zining gaplarda payt holi vazifasidsa ishlatilishini ham ko'rish

mumkin.

Kalit so'zlar:

Vaqt, astronomik xulosalar, fizik taxminlar, matematik hisoblar, geografik

o'lchovlar, fazoviy vaqt, fasllarning almashinuvi, hodisalar, obyektiv borliq,leksik ma'no, payt

holi, frazeologizmlar, idiomalar, cheklangan vaqt.

Abstract:

This article shows the continuous movements and developments that are happening

around us. It talks about the fact that these changes occur at a certain time, and another

dimension of it. In fact, people have found continuously recurring phenomena in nature, such as

the change of day and night, the shapes of the moon, and the seasons, to measure time. The use

and meanings of words that express time in the dictionary can be seen. Time was not invented by

people and it is absolutely impossible to change it. It can also be seen that the word time is used

as a tense in sentences.

Keywords:

Time, astronomical conclusions, physical assumptions, mathematical calculations,

geographical measurements, spatial time, change of seasons, phenomena, objective existence,

lexical meaning, tense, phraseological units, idioms, limited time.

Аннотация:

В этой статье постоянные усилия и развитие вокруг нас будут показаны в

одно и то же время, когда другое пространство верно, люди - это день в природе, чтобы

измерить время, когда невозможно повторить слова ночи и Форма непрерывных

повторных инцидентов, таких как ночь, формы луны и обмен, и невозможно изменить

время слов, которое можно использовать в словаре, и изменения в значениях, задача.

Ключевые

слова:

время,

астрономические

выводы,

математические

расчеты,

географические измерения, обмены, случаи, объективный смысл, лексиологи, состояние,

идолы, идиомы, ограниченное время.
Atrofimizdagi barcha narsalar – obyektiv borliq uzluksiz harakatda va rivojlanishdadir. Dunyo

mutlaqo oʻzgarmas va abadiy hech narsa yoʻqdir, undagi narsalarning hammasi doimiy ravishda

oʻzgarib, harakatlanib turadi. Bu oʻzgarish va harakat esa albatta maʼlum bir vaqtda sodir boʻladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

262

Demak, vaqt materiyaning (borliqning) yashash shakllaridan biridir. Uning yana boshqa bir

asosiy shakli esa fazo hisoblanadi.
Vaqt nima oʻzi? Uni koʻrganmisiz yoki eshitganmisiz? Vaqtni koʻrish, eshitish yoki tutish

mumkin emas boʻlsa-da, u bor narsa: u hech qachon toʻxtamay, ovozsiz va betinim doimo

harakat qiladi. Vaqtning eng muhim xususiyati – orqaga qaytmaslik va toʻxtamaslikdir. U doimo

bir yoʻnalishda – oʻtmishdan kelajak tomon yuradi va harakat qiladi.
Vaqtni tabiatning oʻzi tartibga tushirib va boshqarib boradi, yaʼni vaqt kun bilan tunning hamda

yil, fasllarining birin-ketin almashuvi natijasida boshqariladi. Asosiy vaqt oʻlchovlarini ham

bizga tabiatning oʻzi bergan. Kishilar vaqtni oʻlchash uchun tabiatda kun bilan tun, oy shakllari

va yil fasllarining almashuvi kabi uzluksiz takrorlanib turadigan hodisalarni topganlar. Vaqtning

bunday tabiiy oʻlchovlari kishilarning xohish-istagiga, idorasiga bogʻliq emasdir. Vaqt kishilar

tomonidan oʻylab topilmagan va uni oʻzgartirish ham mutlaqo mumkin emasdir. Insoniyat

oʻzining butun hayoti davomida vaqt toʻgʻrisida qancha-qancha falsafiy nazariyalar va qarashlar,

astronomik xulosalar, fizik taxminlar, matematik hisoblar, geografik oʻlchovlar yaratmagan

deysiz.
Vaqtni ifodalovchi soʻzlarning lugʻat tarkibidagi ishlatilishi va maʼnolariga qarab turlarga

boʻlish mumkin:
Fazoviy vaqt. Vaqt soʻzi insonlar turli xil tushunchalarga egadirlar. Vaqt obyektiv borliqda

mavjud boʻlgan zamonning asr, yil, soat, minut, sekundlar, kunlar, haftalar, oylard, fasllar bilan

oʻlchanadigan boʻlagi; shu zamon boʻlagining oʻlchovi yoki oʻlchov tizimi. Masalan: Quyosh

vaqti bilan. Mahalliy vaqti bilan.
Yana vaqt tushunchasi fursat, zamon maʼnosida ham qoʻllaniladi. Koʻp vaqt Toshkentda yashadi.

Kun, oy, yil va shu kabilarning belgi payti maʼnosida ishlatilishi: Qish vaqti edi. Davr, zamon:

Tiklanish vaqti. Faslni ifodalaganda.
Obyektiv borliqning, materiyaning harakati bilan uzviy bogʻlangan holda uzluksiz va izchil

davom etadigan yashash shakli, zamon.
Vaqt son tarzida qoʻllanish holati: marta, marotaba, safar – time-consuming (adjective) – Koʻp

vaqt talab qiladigan.
Time-lag (n) = LAG – vaqt kechikishi.
Time-limit – Cheklangan (chegaralangan) vaqt.
Timetable – Solnoma.
Idioms (iboralar):
At the same time – Bir vaqtning oʻzida.

There is time for everything – Har narsaning oʻz vaqti bor.
Have a good time – Vaqtini chogʻ qilmoq.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

263

Just the time (to, for) – Aynan hozirgi vaqt.
Time forbids, there is no time – Vaqt ziq.
From time to time; (every) now and then; sometimes; at times; now and again – Vaqti-vaqti bilan.
Lost time is never found again – Vaqting ketdi, naqding ketdi.
Once upon a time – Bir vaqtlar.
One’s (the) time is up – Vaqti oʻtdi.
Time and tide wait for no man – Vaqt kutib turmaydi.
Time is money – Vaqt – omad (pul).
Time hangs heavily (heavy) – Vaqt imillab oʻtyabdi.
The time is ripe – Vaqt boʻldi.
Time works wonders – Vaqt moʻjizalar yaratadi.

Time cures all things – Vaqt – buyuk tabib.
Time flies – Vaqt uchganday oʻtib ketmoqda.
Play (stall) for time – Vaqtdan yutishga harakat qilmoq.
Have the time of one’s life – Vaqtni koʻngilli oʻtkazmoq.
(It is) about time – Vaqt boʻlib qoldi.
Against time – Qisqa vaqt davomida.
At this time of today – Hozirgi vaqtda.
Kill time – Vaqt oʻtkazish.
Misol:
Poezd joʻnashigacha vaqt oʻtkazish uchun biz kinoga ketdik. – To kill time before the train left,

we went to a movie.
Vaqt soʻziga qoʻshimcha qoʻshish orqali turli maʼnolarda kelishi ham mumkin. Be- inkor maʼno

yasovchi qoʻshimcha qoʻshish bilan ham ifodalanib keladi:

Bebaqt (ravish) – Kutilmaganda, belgilangan vaqtdan ilgari yoki keyin, vaqti-soati yetmasdan,

qoʻqqisdan.
Bebaqt oʻlim. Taʼtildan bevaqt qaytdi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

264

Vaqt-soatida – Oʻz vaqtida emas; bemavrid.
Bevaqt aytilgan soʻz. Bevaqt boshlangan qurilish.
Vaqtli
1. Erta, barvaqt. Vaqtli eksang, erta oʻrasan. (Maqol).
2. Oʻtkinchi, vaqtincha, muvaqqat. Bu qiyinchiliklar vaqtli narsalar.
3. Doimiy, maʼlum bir vaqtda chiqiladigan. Vaqtli matbuot.
Vaqtning gaplarda payt holi vazifasida ishlatilishi:
Ingliz tilida ham bunday leksik maʼnolarda ishlatilinadi. Masalan:
Usually – odatda
Often – tez-tez
Seldom – goh-gohida
Sometimes – baʼzan
Every day – har kun (week, month, year)
Now – hozir
At the moment – hozirgi daqiqada
At that time – oʻsha vaqtda
Just – hozirgina

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Abdulazizov A.A. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 1981.
2.Abdulhamid Nurmonov. Tanlangan asarlar III jild. Toshkent, 2012.
3.Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 2009.
4.Oʻtkir Hoshimov. Ikki eshik orası. Toshkent, 2017.
5.www.ziyouz.com kutubxonasi
6.Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
6.Arnold I.V. Leksikologiya sovremennoqo angliyskogo yazyka. M. 1959.
7.Buranov J., Muminov O. Practical Course in Modern English Lexicology. T. 1990.

Библиографические ссылки

Abdulazizov A.A. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 1981.

Abdulhamid Nurmonov. Tanlangan asarlar III jild. Toshkent, 2012.

Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 2009.

Oʻtkir Hoshimov. Ikki eshik orası. Toshkent, 2017.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

Arnold I.V. Leksikologiya sovremennoqo angliyskogo yazyka. M. 1959.

Buranov J., Muminov O. Practical Course in Modern English Lexicology. T. 1990.