Авторы

  • M.E.Tovosharov
    Samarqand veterinariya medisinasi instituti "Xorijiy tillar" kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68836

Ключевые слова:

islohotlar fuqarolik jamiyati uzviylik uzluksizlik izchillik tasavvurlar kompetensiyalar ta’lim texnologiyalari raqobat ilmiy izlanishlar.

Аннотация

Ushbu maqolada yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni  tarbiyalash,  oliy  ta’lim  muassasalarida  kompetentli  ilmiy pedagogik  kadrlar  zahirasini  yaratish, demokratik  tamoyillar  asosidagi  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish jaraѐnida  oliy  ta’lim  tizimida  talabalarning  mutaxassisligi  bo‘yicha kasbiy  tayѐrgarlik  sifatini  oshirishda  pedagoglarning  kasbiy kompetensiyalarini  yanada  takomillashtirish haqida so‘z yuritiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

246

M.E.Tovosharov

Samarqand veterinariya medisinasi instituti

"Xorijiy tillar" kafedrasi o‘qituvchisi

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KASBIY KOMPETENSIYALARINI

TAKOMILLASHTIRISH USULLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash,

oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zahirasini yaratish,

demokratik tamoyillar asosidagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jaraѐnida oliy ta’lim

tizimida talabalarning mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy tayѐrgarlik sifatini oshirishda

pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini yanada takomillashtirish haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

islohotlar, fuqarolik jamiyati, uzviylik, uzluksizlik, izchillik, tasavvurlar,

kompetensiyalar, ta’lim texnologiyalari, ta’lim texnologiyalari, raqobat, ilmiy izlanishlar.

Abstract:

This article deals with the education of a highly educated and intellectually developed

generation, the creation of a pool of competent scientific and pedagogical staff in higher

education, further improving the professional competencies of teachers in improving the quality

of professional training of students in higher education in the process of developing civil society

based on democratic principles.

Keywords:

reforms, civil society, membership, continuity, consistency, vision, competencies,

educational technology, educational technology, competition, scientific research.

Annotatsiya:

V statye rassmatrivayutsya voprosы vospitaniya vыsokoobrazovannogo i

intellektualno razvitogo pokoleniya, sozdaniya pula kompetentnыx nauchno-pedagogicheskix

kadrov v vыsshey shkole, dalneyshego povыsheniya professionalnыx kompetensiy

prepodavateley v povыshenii kachestva professionalnoy podgotovki studentov vыsshix

uchebnыx zavedeniy v prosess razvitiya grajdanskogo obщyestva, osnovannogo na

demokraticheskix prinsipax.

Klyuchevыye slova:

reformы, grajdanskoye obщyestvo, chlenstvo, preyemstvennost,

posledovatelnost, videniye, kompetensii, obrazovatelnыye texnologii, obrazovatelnыye

texnologii, konkurensiya, nauchnыye issledovaniya.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi yutuqlardan kelib

chiqqan holda yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim

muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zahirasini yaratish” vazifasi belgilab

o‘tilgan

1

. Shu bilan birga mamlakatimizda amalga oshirilaѐtgan ko‘plab islohotlarda ham

demokratik tamoyillar asosidagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jaraѐnida oliy ta’lim

tizimida talabalarning mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy tayѐrgarlik sifatini oshirishda

pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini yanada takomillashtirish zarurati ta’kidlab

o‘tilgan.

Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga

bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil

ravishda oshirib borish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim

kontekstida ko‘p bosqichli uzviylik, uzluksizlik va izchillik tamoyillariga asoslangan

1

Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси

Президентининг ПФ-4947-сон Фармони. 2017 йил 7 февраль.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

247

samarali innovasion modellarni yaratish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini

rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Globallashuv va xalqaro integratsiyaning rivojlanishi,

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning kengayishi bilan bog‘liq holda kasbiy kompetensiyalar

bo‘yicha axborotlarning ham tezkor almashish imkonini beradigan mexanizmlar zarur

bo‘lmoqda va bu masalalar mazkur mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Pedagogika

sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual salohiyatini

oshirish, dunѐqarashlarini boyitishda ularni innovasion ta’lim texnologiyalari, o‘qitishning

yangi, innovasion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, pedagoglarda kasbiy

kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyat mohiyati bilan yaqindan tanishtirish muhim

ahamiyatga ega. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar

natijasida kirib kelgan. Vazirlar Maqkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan

tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning Davlat Ta’lim Standartida kompetensiya tushunchasiga

mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati sifatida

ta’rif berilgan

2

.

Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan holatlarda

mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga

kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni

bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va

murakkab jaraѐnlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib

chiqqan holda kompetentlik bu insoninng mavjud bilim va haѐtiy tajribalarga tayangan

holda ma’lum bir muammoni hal etishga doir iqtidori degan xulosaga kelish mumkin. Oliy

ta’lim

muassasalaridagi

o‘quv

jaraѐniga

innovatsiyalarni

tatbiq etishdagi muhim

komponentlardan biri – o‘qituvchining kasbiy kompetentligi va innovasion faolligi

hisoblanadi. Kasbiy kompetentlik tushunchasiga nisbatan ilmiy doirada turli munosabatlar

ilgari suriladi. U mehnat sub’yektiga nisbatan aniq faoliyat talablari ѐki aynan,

sub’yektning aniq faoliyatning o‘ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi

xususiyat sifatida qo‘llaniladi. Masalan, tadqiqotchi olim E.F.Zeyer kasbiy kompetentlikning

funksional taraqqiѐtini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog‘ida kompetentlikning

turli ko‘rinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari bilan

aloqasi kuchayib borishini ko‘rsatadi. Xususan, kasbiy kompetentlikning asosiy darajalariga

kasbiy tayѐrgarlik va tajriba, o‘zini-o‘zi anglash, o‘z kuchiga ishonish, o‘zga insonlar

tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘ri qabul qilish va shu kabi boshqa kasbiy

kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlarini kiritadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarni

tahlili pedagogning kasbiy kompetentligini shaxsiy, ijtimoiy, kreativ, metodik kompetentlik

kabi qator o‘ziga xos xususiyatlar majmuasi sifatida to‘liq izohlanishiga imkon beradi.

Kasbiy kompetentlikda mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur

bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada

qo‘llay olinishi nazarda tutiladi. Bu tushuncha bo‘yicha turlicha ta’rif va ѐndashuvlar mavjud.

N.M.Muslimovning fikriga ko‘ra, “kompetentlik” (ingl. “competence” – “qobiliyat”) –

faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat

va iqtidorni namoѐn eta olishni ifodalaydi.

V.I.Andreyevning fikricha, kompetensiya ma’lum o‘quv, kasbiy va boshqa

majmuaviy masalalarni hal qilishda namoyon bo‘luvchi, rivojlanib boruvchi integral

ko‘rsatkichlar bo‘lib, u shaxsning ijobiy motivatsiya, bilim, mahorat, iqtidor va ijodiy faoliyat

tajribasini

o‘z

ichiga

oluvchi

tayѐrgarlik darajasidir. N.V.Tarasova

kompetensiya

2

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим

стандартларини тасдиқлаш тўғрисида”ги 187-сонли қарори, 2017 йил 6 апрель.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

248

tushunchasini muammoni hal etishga qaratilgan bilim va vaziyat, bilim va harakat

o‘rtasida aloqadorlikni ta’minlash imkonini beruvchi bilim, qadriyatlar va idrokka

asoslangan umumiy qobiliyat sifatida talqin etadi.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas,

balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning

o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo

boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi

ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo

etadi. Kasbiy kompetentlik murakkab jaraѐnlarda, noaniq vazifalarni bajarishda, bir-biriga zid

ma’lumotlardan foydalanishda, kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda va

boshqa shu kabi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Kasbiy-pedagogik kompetentlik esa

o‘zining kasbiy mahoratini

mukammal rivojlantirgan, dars jaraѐnini samarali loyihalashtiradigan, uni boshqara oladigan,

ta’lim islohotlarini, zamon talablarini, innovasion paradigmalarni ilg‘agan holda ularni dars

jaraѐnida muvafaqqiyatli qo‘llay oladigan mutaxassislarga nisbatan bildiriladi. Demak bo‘lajak

o‘qituvchi o‘z kasbiy-pedagogik bilimlarini izchil boyitish, yangi axborotlarni o‘zlashtirish,

davr talablarini chuqur anglagan holda yangi bilimlarni izlab topish, ularni qayta ishlash

va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llay olish orqali kasbiy kompetentlikka erishadi.

Aytib o‘tish kerakki, pedagogik kasbiy kompetentlik negizida bir qator sifatlar mavjud

bo‘lib, ularning mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin.

1. Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma,

malakalariga egalik, kasbiy-pedagogik faoliyatda sub’yektlar bilan kommunikativ muloqotga

kirisha olish.

2. Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga

tayѐrlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real

baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida ruhiy

(psixologik), uslubiy, axborot (informasion), kreativ

(nostandart),

innovasion

va

kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

- psixologik kompetentlik – pedagogik jaraѐnda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish,

ta’lim oluvchilar va ta’lim jaraѐnining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil

etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

- uslubiy kompetentlik – pedagogik jaraѐnni uslubiy jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim ѐki

tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, usul va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay

olish, ularni samarali qo‘llay olish;

- informasion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni

izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan tezkor, maqsadli va samarali foydalanish;

- kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy ѐndoshish,

o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish, muammolarga nisbatan keng

qamrovli turli hil yechimlarni topa olish;

- innovasion kompetentlik – pedagogik jaraѐnni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash,

tarbiya jaraѐnining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni

amaliѐtga muvaffaqiyatli tatbiq etish;

- kommunikativ kompetentlik – ta’lim jaraѐnining barcha ishtirokchilari bilan samimiy

muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.

- shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib

borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

249

- texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni

o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish;

- ekstremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jaraѐn ishdan

chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri

harakatlanish malakasiga egalik va hokazo. Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos

kasbiy kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar

sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish

mumkin. O‘z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi

tarkibiy asoslardan iborat ekanligini qayd etadi:

- maxsus ѐki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada

tashkil etish);

- shaxsiy kompetentlik (o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini namoѐn etish);

- ijtimoiy kompetentlik (qo‘shimcha faoliyatni hamkorlikda tashkil

etish);

- individual kompetentlik (o‘z-o‘zini boshqarish, kasbiy rivojlanish

va yangiliklar yaratish).

O‘zbekiston sharoitida ham pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning o‘ziga xos jihatlari

o‘rganilgan bo‘lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o‘ziga xos

ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik

negizini quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi:

- maxsus ѐki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish);

- ijtimoiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkiletish, ijtimoiy mas’ullik);

- autokompetentlik (o‘zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish);

- ekstremal kasbiy kompetentlik (kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish).

Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini

rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini

rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish baholash orqali

aniqlanadi. O‘z ustida ishlash bu mutaxassis tomonidan o‘zini ijtimoiy hamda kasbiy jihatdan

rivojlantirish, kamolotga erishish yo‘lida maqsadli, izchil, tizimli harakatlarning tashkil etishi

tushuniladi.

REFERENCES:

1.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi

to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son Farmoni. 2017 yil 7 fevral.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-

hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori, 2017 yil 6

aprel.

3. R.Ishmuhamedov, M.Mirsoliyeva. O‘quv jaraѐnida innovasion ta’lim texnologiyalari. –T.:

“Fan va texnologiya”, 2014

4. Muslimov N.M. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari.

5. Markova A.K. Psixologiya professionalizma. – M.: Znaniye, 1996.

6. Toshtemirova S. A. (2020). Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo

sifatida // Uzluksiz ta'lim. № 1 (86).

7. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance

of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in

Educational Sciences, 8(4)


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

250

8. Jummagul Nomozovna Abduraxmanova, Saodat Abdurashidovna Toshtemirova.(2020).

Innovasion texnologiyalar va axborot madaniyatini shakllantirish pedagogikaning dolzarb

masalalaridan biri. Science and Education.1(7).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son Farmoni. 2017 yil 7 fevral.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori, 2017 yil 6 aprel.

R.Ishmuhamedov, M.Mirsoliyeva. O‘quv jaraѐnida innovasion ta’lim

texnologiyalari. –T.: “Fan va texnologiya”, 2014

Muslimov N.M. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari.

Markova A.K. Psixologiya professionalizma. – M.: Znaniye, 1996.

Toshtemirova S. A. (2020). Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim. № 1 (86).

Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4)

Jummagul Nomozovna Abduraxmanova, Saodat Abdurashidovna

Toshtemirova.(2020). Innovasion texnologiyalar va axborot madaniyatini

shakllantirish pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri. Science and

Education.1(7).