Авторы

  • Gulasal Kurbanova Dilshodbek qizi
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Filologiya va san'at fakulteti 3 - bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68837

Ключевые слова:

Barmoq vazni g'oya va mazmun jadid jadidchilik hurlik misra bayt band turoq irsoli masal nido shahid tatalitar tuzum SESSR davri sovetlar.

Аннотация

Mazkur maqolada O'zbekiston Xalq shoiri Shavkat Rahmonning ijodiy yo‘li, shoirning so‘z qo‘llashdagi o‘ziga xos badiiy mahorati, she'rlarida jadidchilik go'yalarining ilgari surilganligi, vatanni uyg'otishga bo'lgan da'vat. She'rlaridagi o'ziga xos shakl va mazmun. She’riyatida qo‘llanilgan she’riy san’atlar va ijodkorning o‘ziga xos qarashlari bayon qilinadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

243

Gulasal Kurbanova Dilshodbek qizi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining

Filologiya va san'at fakulteti 3 - bosqich talabasi

SHAVKAT RAHMON IJODIDA JADIDCHILIK G‘OYALARI

Annotatsiya

:Mazkur maqolada O'zbekiston Xalq shoiri Shavkat Rahmonning ijodiy yo‘li,

shoirning so‘z qo‘llashdagi o‘ziga xos badiiy mahorati, she'rlarida jadidchilik go'yalarining ilgari

surilganligi, vatanni uyg'otishga bo'lgan da'vat. She'rlaridagi o'ziga xos shakl va mazmun.

She’riyatida qo‘llanilgan she’riy san’atlar va ijodkorning o‘ziga xos qarashlari bayon qilinadi.

Kalit so'zlar

:Barmoq vazni, g'oya va mazmun, jadid, jadidchilik, hurlik, misra, bayt, band, turoq,

irsoli masal, nido, shahid, tatalitar tuzum, SESSR davri, sovetlar.

Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetuk vakillaridan biri Shavkat Rahmondir. XX asr

o’zbek adabiyotini o’zining jo’shqin va betakror she’rlari bilan bezagan millatparvar shoir

Shavkat Rahmon hayoti qisqa davom etgan bo’lsada, o’zbek she’riyatida o’chmas iz qoldira oldi.

Shavkat Rahmon qalamiga mansub she’rlarni o’qir ekansiz, uning chuqur dard ila bitgan har bir

misrasida millat hayoti va davr qiyinchiliklari tasvirlanganini guvohi bo’lasiz. Shavkat

Rahmonning yuragida ulkan azob, mehr, og‘riq, sevgi va dard yotadi. Buning dalilini esa uning

she’rlarida ko‘rishimiz mumkin. Zero, Shavkat Rahmonning ham o‘z hayoti, o‘z armonlari va

quvonchlari bo‘lgan. Garchi shunga qaramasdan ijodkor Vatan dardi bilan yashagan. Vatan

ravnaqi uchun, xalqni uyg'otish uchun qo'lidan kelganicha o'z she'rlari ila doimo olg'a borgan. U

saksoninchi yillarda yashab, ijod qilgan. Bu davr, “bir tomondan, sho‘ro mamlakatida yangi

ijtimoiy yangilanish zaruratining sezilishi, ikkinchi tomondan, o‘zbek adabiyotiga shu sezgi

bilan ulg‘ayish yo‘liga kirgan yangi avlodning kirib kelishi milliy-badiiy tafakkurning

yangilanishiga imkon yaratadi. Shu ma’noda saksoninchi yillar o‘zbek she’riyatining peshqadam

vakillaridan biri — Shavkat Rahmon ijodini o‘rganish nafaqat individual shaxs sifatida, balki

XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos davri bo‘lgan yetmishinchi-saksoninchi yillar avlodi

ijodining mavzu mundarijasi, uslubiy-shakliy izlanishlari borasida ham nazariy xulosalar

chiqarishga imkon beradi”.[1:24-25 ]Shavkat Rahmon 20-asrning 70-yillar oxiri o'zbek

she'riyatiga o'z she'rlari bilan kirib keldi. Uning she'rlarida zamon bilan nomutanosiblik, o'z

davriga isyon, qarshilik kabi g'oyalar namoyon bo'ladi. Sh.Rahoman sokin shoir emas, aksincha,

zamonasi bilan murosa qila olmagan, olov va otash kabi bir ijodkordir. Sh.Rahmon ijodida

xuddiki yigirmanchi asrimizning jadidlariga xususan, Munavvarqori, Cho'lpon, Fitrat,

Qodiriylarga xos bo'lgan, hurlik, erk va ozodlik g'oyalari ko'zga tashlanadi. Chunki Sh.Rahmon

yashagan davr tatalitar tuzum davri(tatalitar-savetlar davri)edi. Uning daslabki she'riy to‘plami–

“Rangin lahzalar”(1977).“Yurak qirralari”(1981), “Ochiq kunlar”(1984), “Gullayotgan

tosh”(1985), “Uyg‘oq tog‘lar”(1986), “Hulvo”(1988), “Saylanma’(1997) singari she'riy kitoblari

e'lon qilingan. ”[2] Sh.Rahmon to'plamlaridagi she'rlarini o'qib, kuzatib, tahlil qilarkanmiz XX

asr boshidagi jadidlarning g'oyalari ilgari surilganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Masalan,

Abdulla Qodiriy "Keling yoshlar, ziyolilar bu kun g'ayrat qiling. Uxlaganlarni agar qodir esak

uyg'otamiz", degan bo'lsa, Munavvarqori Abdurashidxonov esa "Qo'zg'olingiz, ey o'rtoqlar!

Keldi bizga ishlash chog'i, Biz barchamiz yosh ishchimiz, ishxonamiz—maktab bog'i", deydi.

[8:18] Abdurauf Fitrat esa quyidagi she'rni aytadi:

Og'ir yigit, sening go'zal, nurli ko'zingda


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

244

Bu millatning saodatin, baxtin o'qudim.
O'ylashingda, turishingda hamda o'zungda
Bu yurt uchun qutulishning borlig'in ko'rdim.
Turma–yugur, tinma–tirush, bukikma–yuksal,
Hurkma–kirish, qo'rqma–yopish, yo'rilma–qo'zg'al. [7:39]

Bundan ko'rinib turibdiki, boshqa jadidlar ham yuqoridagi xitoblari ila xalqni, millatni

uyg'onishga, qo'zg'alishga, o'z erk-u ozodligiga erishishga da'vat qilishgan. Demakki,

Sh.Rahmonni ham jadid deb aytish mumkin. Bilmizki, 70-yillarda she’riyatimizga yangicha ruh,

ohang bilan, chin ma’nodagi hurlikni madh qilib chiqqan shoirlardan biri Shavkat Rahmon edi.

Garchi u paytda hali SESSR davri bo‘lgan, boshimizda hali sovetlar turgan bo‘lsa ham ijodkor

chin ma’nodagi, ichki bir tug‘yon bilan erkni tarranum qila olgan. Demakki, shunday bir qaltis

davrda Sh.Rahmon o‘zining yangi ovozi bilan kirib keladi. Shuning o'zi ham uni xalq uchun

kurashgan jadidlar timsoliga mengzash uchun yetarlidir. Endi esa biz Sh.Rahmon ijodida

jadidchilik g'oyalari qanday ilgari surilgani, o'zi jadid va jadidchilik so'zlari nimani anglatishi

haqida to'xtalib o'tamiz. "Jadid (arabcha–yangi, boyagi, oxirgi ) atamasi yangilik tarafdori,

jadidchilik harakatining qatnashchisi ma'nolarini anglatadi. Jadidizm — jadidchilik. Jadidizm

tarafdorlari. Jadidchilik — davlat, tuzum, boshqaruvini isloh etish va millatni rivojlantirishni

taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qo'ygan hamda aniq amaliy tadbirlarni o'zida

mujassamlashtirgan g'oyalar tizimidir".[3:612] Demakki, Shavkat Rahmon yurtni uyg'onishga

chorlagan ijodkor desak mubolag'a bo'lmaydi. U she'rlarida kommunistik g'oyalarni ilgari suradi.

Ya'nikim, butun xalqqa tegishli g'oyalar. Zero uning maqsadi butun bir o'zbek millatini uyg'otish

edi. Buning dalilini Sh.Rahmonning "Turkiylar" she'rida ham ko'rishimiz mumkin:

Bormi er yigitlar, bormi er qizlar,
Bormi gul bag'ringda jo'mard nolalar,
Bormi bul dunyoda o'zligini izlab,
Osmonu falakka yetgan bolalar.
Bor bo'lsa alarga yetkarib qo'ying,
Bir boshga bir o'lim demagan ermas,
Shahidlar o'lmaydi, bir qarab tuying:
Yovga ters qaragan musulmon emas! [5:190-191]

Bu yerdagi g'oya millatni uyg'otish, ularni o'z erk-u ozodligi, hurligi uchun kurashga

chaqirishdan iboratdir. Chunonchi Sh.Rahmon ham jadidlar singari o'z vatandoshlarini

uyg'onishga chorlagan jonkuyar shaxsdir. Uning bu bandlari 6+5=11 shaklida turoqqa ajratiladi.

Ushbu misralarda shoir irsoli masal san'ati ya'ni maqol keltirishdan foydalanadi. Bu esa "bir

boshga bir o'lim" misrasida o'z aksini topgan. Bu she'r ham uning uslubiga mos ravishda barmoq

vaznida bitilgan. Ushbu misralarda "shahid" so'ziga ko'zimiz tusharkan, bu so'zning "din yo'lida

halok bo'lgan shaxs", ma'nosini eslaymiz. Basharti, Vatan uchun jon bergan har bir inson


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

245

shahiddir. Demakki, bu yerda shoir ona yurtga bo'lgan muhabbatni shakllantirishga, uni asrab-

avaylashga undamoqda hamda vatani uchun kerak bo'lsa o'zdan-da kechish lozimligini aytmoqda.

Darhaqiqat, Vatanga bo'lgan ishq ham qalb bilan bog'liq, qalb esa Allohga bog'liq! Shu o'rinda

shoirning yuqoridagi she'rining birinchi misralarini esga olsak:

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
Bosildi tulporlar, tig'lar suroni,
Urxoga o'rgangan tillarda oyat,
Turkiylar tanidi komil Xudoni. [5:190-191]

Bunda Shavkat Rahmon el tepasida turganlar–beklar qilichni tashlashi-yu tig'lar bosilishi

hamda urxoga o'rgangan tillarda endi oyat jaranglashi va turkiylar nihoyat komil, har narsaga

qodir, buyuk Allohni taniganini bayon qilmoqda. Zero biz bilgan jadidchilik harakati a'zolari:

Qodiriy, Munavvarqori, Cho'lpon, Ibratlar ham avvalo Allohni tanishgan, qori bo'lishgan va

natijada ularning qalbida boshqa bir sevgi–vatanga bo'lgan sevgi jo'sh urgan! Shavkat

Rahmonning yuqoridagi baytlari ham 6+5=11 shaklida turoqlangan bo'lib, qofiyasi a,b,a,b

shaklidadir. Aytib o'tilganidek, jadidlar va Shavkat Rahmon bir masalani–xalqni uyg'otishni

maqsad qilishgan. Garchi davr boshqa bo'lsa-da ko'nggillar birdir. Biz buni jadid bobmiz

Cho'lponning ushbu she'rida ham ko'rishimiz mumkin:

Ey, tog'lari ko'klarga salom bergan zo'r o'lka,

Nima uchun boshingda qora bulut ko'lanka? [4:90]

Bu o'rinda shoir nido san'atini qo'llaydi. U o'zi uchun emas, o'z yurti, vatandoshlari uchun

g'am chekmoqda, ularning kelajagini o'ylab qayg'urmoqda. Millatiga esa bu holining sababini

so'rab murojaat qilmoqda, ularni uyg'onishga chorlamoqda. Albatta, bu o'rindagi misralar

Shavkat Rahmonning she'rlaridagi misralar mazunini eslatadi. Chuni millat bir, dard bir, ijod bir!

Xuddi shuning uchun ham jadidlar kabi Sh.Rahmon ham qalbimizdan joy olgan. Zero xalqim

deb yashaganlarni xalqi hech qachon esdan chiqarmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ra'no Mullaxo‘jayeva "Tafakkur yangilanishi" . Muharrir nashriyoti. Toshkent—2019. Bet:

24-25.
2. Internet saytlari: Arboblar.uz.
3. Begmatov E. "O'zbek tilining izohli lug'ati" ikkinchi jild. Toshkent—2022. Bet:612.
4. Jadidlar. Abdulhamid Cho'lpon. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent—2022. Bet:90.
5. Shavkat Rahmon. Saylanma. "Sharq" nashriyoti. Toshkent—1997. Bet: 190-191.
6. Shavkat Rahmon. Yurak qirralari. G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti.

Toshkent—1981.
7. Abdurauf Fitrat. Najot yo'li. Ma'naviyat. Toshkent—2022.

Библиографические ссылки

Ra'no Mullaxo‘jayeva "Tafakkur yangilanishi" . Muharrir nashriyoti. Toshkent—2019. Bet: 24-25.

Internet saytlari: Arboblar.uz.

Begmatov E. "O'zbek tilining izohli lug'ati" ikkinchi jild. Toshkent—2022. Bet:612.

Jadidlar. Abdulhamid Cho'lpon. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent—2022. Bet:90.

Shavkat Rahmon. Saylanma. "Sharq" nashriyoti. Toshkent—1997. Bet: 190-191.

Shavkat Rahmon. Yurak qirralari. G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent—1981.

Abdurauf Fitrat. Najot yo'li. Ma'naviyat. Toshkent—2022.

Munavvarqori Abdurashidxonov. Xitobnoma. Ma'naviyat. Toshkent—2022.