Авторы

  • Majidova Husniya
    O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xorijiy til va adabiyoti 2-fakulteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68841

Ключевые слова:

Tarjimon she’riyat madaniy meros O‘zbekfilm rus va o‘zbek adabiy aloqalari Yoshlik

Аннотация

Ushbu maqolada taniqli  rusiyzabon shoir, tarjimon va ssenariynavis Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodi keng yoritilgan. Faynberg o‘zining betakror she’rlari, adabiy tarjimalari va kino sohasidagi faoliyati bilan o‘zbek va rus madaniy aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. U ko‘plab o‘zbek shoirlarining asarlarini rus tiliga tarjima qilgan, shu orqali o‘zbek adabiyotini jahon sahnasida tanitishga yordam bergan. Shoirning ijodiy yo‘li, asarlari va ularning mazmun-mohiyati, shuningdek, uning ssenariylari asosida yaratilgan filmlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, maqolada Faynbergning olgan mukofotlari, ijodiy merosi va uning bugungi adabiyot va san’atdagi o‘rni haqida fikr yuritiladi. Ushbu tadqiqot Faynberg ijodining ahamiyatini chuqurroq anglash va uning madaniy merosini baholashga xizmat qiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

338

Majidova Husniya

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xorijiy til va adabiyoti 2-fakulteti 2-bosqich talabasi

ALEKSANDR FAYNBERG-QALBI O’ZBEK SHOIR

Annotatsiya:

Ushbu maqolada taniqli rusiyzabon shoir, tarjimon va ssenariynavis Aleksandr

Faynbergning hayoti va ijodi keng yoritilgan. Faynberg o‘zining betakror she’rlari, adabiy

tarjimalari va kino sohasidagi faoliyati bilan o‘zbek va rus madaniy aloqalarini rivojlantirishga

katta hissa qo‘shgan. U ko‘plab o‘zbek shoirlarining asarlarini rus tiliga tarjima qilgan, shu

orqali o‘zbek adabiyotini jahon sahnasida tanitishga yordam bergan. Shoirning ijodiy yo‘li,

asarlari va ularning mazmun-mohiyati, shuningdek, uning ssenariylari asosida yaratilgan filmlar

haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, maqolada Faynbergning olgan mukofotlari,

ijodiy merosi va uning bugungi adabiyot va san’atdagi o‘rni haqida fikr yuritiladi. Ushbu

tadqiqot Faynberg ijodining ahamiyatini chuqurroq anglash va uning madaniy merosini

baholashga xizmat qiladi.

Kalit soʻzlar:

Tarjimon, she’riyat, madaniy meros, O‘zbekfilm, rus va o‘zbek adabiy

aloqalari, ,,Yoshlik ","Oʻzgarish","Yangi volga", Pushkin medali, "Velosiped yo‘lakchasi"

she'riy toʻplami,adabiy meros.

Abstract:

This article provides a comprehensive analysis of the life and work of Aleksandr

Faynberg, a prominent Russian-speaking poet, translator, and screenwriter. Faynberg made a

significant contribution to the development of Uzbek-Russian cultural relations through his

exceptional poetry, literary translations, and work in the film industry. He translated numerous

works of Uzbek poets into Russian, helping to introduce Uzbek literature to the international

stage. The article explores his creative path, major works, and their thematic depth, as well as the

films based on his scripts. Additionally, it examines the awards he received, his literary legacy,

and his role in contemporary literature and art. This study aims to deepen the understanding of

Faynberg’s contributions and assess his cultural heritage.

Keywords:

Translator, poetry, cultural heritage, Uzbek film,Russian and Uzbek literary relations,

"Yoshlik", "Oʻzgarish", "Yangi Volga", Pushkin Medal, "Velosiped yo’lakchasi’’ ,poetry

collection, literary heritage, contemporary Uzbek literature.
Aleksandr Faynberg rus tilida ijod qilgam bo’lsa ham,uning ijodi o’zbek adabiyotida muhim

o’rin tutadi. Uning ijodi juda ko‘p qirrali. Aleksandr Arkadyevich Faynberg 1939-yil 2-

noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Faynberg

maktabni bitirgach, Toshkent

topografiya texnikumiga o’qishga kirgan. 1965-yil Toshkent universitetini tugatgach, talabalar

gazetasida ishlagan. Uning otasi Arkadiy Lvovich Faynberg va onasi Anastasiya Aleksandrovna

Aleksandr tug’ilishidan ikki yil oldin Nvosibirskdan Toshkentga ko’chib kelishgan. Aleksandr

Faynberg asli rossiyalik bo’lishiga qaramay, umrining asosiy qismini Toshkentda o’tkazgan.

Shuning uchun ham u xalqimiz orasida “Qalbi o’zbek shoir” nomi bilan mashhur. Aleksandr

Faynberg O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo’lgan va o’n beshta she’riy to’plam

yaratgan. Adibning “Smena”, ”Yangi dunyo”, ”Yoshlik” kabi she’rlari “Yangi Volga” jurnalida

va xorijiy mamlakatlarda, shuningdek: AQSh, Kanada va Isroilning turli xildagi nashrlarida


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

339

chop etilgan.Faynberg hayoti davomida ko’plab asarlar muallifiga aylangan va uning ijodlari

dunyo yuzini ko’rgan.’’Etyud’’, ”Soniya”, ”She’rlar”, ”Olis ko’riklar”, ”Ijobat”, ”Qisqa

to’lqin”, ”Yoyma to’r”, “Erkin sonetlar” she’riy to’plam muallifi hisoblanadi. U o’zining

asarlarida xalqlar o’rtasidagi hamjihatlik, milliy g’oya, millatlar farovonligi doirasida fikr

yuritgan. Uning she’riy ijodida rus va Yevropa shoirlarining eng yaxshi badiiy tajribalari

namoyon bo’lgan. Nafaqat rus yoki Yevropa, balki sharq mumtoz she’riyati an’analari bilan ham

mashg’ul bo’lgan.
Aleksandr Faynberg ijodining asosiy qismini badiiy tarjima tashlik qiladi va uning tarjima

asarlari hozirgi zamon avlodlari uchun ham qo’l kelmoqda. U o’zbek milliy adabiyotining

namoyondalari bo’lmish Alisher Navoiy g’azallarini, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon

Matjon shoirlarining she’r va dostonlarini mukammal tarzda rus tiliga tarjima qilgan. Uning

yordami bilan o’zbek shoirlaring ajib bir asarlari dunyo yuzini ko’rdi. U nafaqat tarjimonlik

yoki she’rlar bilan chegaralanib qolmadi, uning mashhur ssenariylari ham mavjud. Shular

jumlasidan: ”Mening akam”, ”Jazirama oftob tagida”, ”Qandahorda toblanganlar”, ”Jinoyatchi

va oqlovchilar” ssenariylari asosida filmlar suratga olingan. Faynberg ssenariysi asosida to’rtta

to’liq metrajli badiiy film hamda yigirmaga yaqin multifilmlar yaratilgan. Faynberg 1961-yilda

Inna Glebovna Koval bilan turmush qurgan.
2009-yil 14-oktabrda Aleksandr Faynberg Toshkent shahrida vafot etgan. Toshkentdagi Botkin

qabristonining bo’limiga dafn etilgan. Faynberg yetmish yillik hayoti davomida salmoqli tarzda

ijod qildi va ko’plab ijodkor yoshlar qalbidan joy olgan. Shoirning vafotidan keyin ham uning

ijodi yuksalib boraverdi.G.V.Malixinaning “Aleksandr Faynberg lirikasidagi badiiy obrazlar va

tematik

dominantlar tuzilishi"magistrlik dissertatsiyasi Faynberg ijodini o’rganishga

bag’ishlangan. Arkadiy 2008-yilda Aleksandr Sergeyevich Pushkin medali, 2004- yilda

O’zbekiston xalq shoiri va 1999-yilda O’zbekiston xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi

unvonlari bilan taqdirlangan. Aleksandr Faynbergning she’rlarida juda ham ko’p ajoyib va

yorqin hazil bor. ”Rubayat torlari” she’rida u o’zbek choyxonasini o’zgarmas palov bilan

shunday zavq va shavq bilan tasvirlaganki, har bir o’quvchining yuzida tabassum paydo bo’ladi

hamda kayfiyati ko’tariladi. Faynberg, nafaqat, Rossiyada, balki O’zbekistonda ham hurmat va

ehtiromga sazovor bo’lgan. Toshkent shahrida joylashgan Adiblar xiyobonida barcha o’zbek

shoirlari va ijodkorlari qatorida Aleksandr Faynberg haykali ham qad rostlab turibdi.Bu uning

ijodiy merosiga bildirilgan ehtiromdir. Uning hayoti va ijodini o’rganish maqsadida ko’plab

o’zbek olimlari va adabiyot ihlosmandlari o’rganishlar olib borishmoqda.
Qalbi o’zbek shoir va ijodkor Aleksandr Faynberg o’zining asarlarida millat ruhi va tinchligi,

millatlararo hamjihatlik, mehmondo’stlik haqida fikr yuritish bilan birga, shoir o’z bolaligini va

yoshlik davrlarini ham yoritadi. Uning nodir asarlari-yu tarjimalari yuksak baholanadi. Shoir

xalqimizning ma’naviaytini yuksaltirishda va boshqa davlatlar

bilan hamjihatlikni

mustahkamlagani uchun “O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlandi.

Ijodkor va uning asarlari kitobxonlar qalbida o’chmas iz qoldirdi va chuqur o’rinlarni egalladi.

Aleksandr Faynberg o'zbek she‘riyatining eng koʻzga koʻringan namoyandalaridan

biri.Faynberg she'riyatida tarixiy va hozirgi davrlar,

G'arb va Sharq, millatchilik va

baynalmilallik, G'arb va Sharq esa alohida estetik soha yaratish uchun birlashdi. Aleksandr

Arkadevich O’zbekiston adabiyotiga qo’shgan hissasi bilqn yuksak qadrlanadi. Aleksandr

Faynbergning mumtoz sheʼriyatning eng yaxshi anʼanalari va Oʼzbekiston zaminiga mehr-

muhabbat tuygʼulari singdirilgan beqiyos va noyob asari adabiyotimiz tarixida alohida sahifadir.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

340

Barcha adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi va hurmat qilishadi.Uning she’riyatida milliy va

xalqaro an’analar uyg’unlashgan,bu esa uni o’ziga xos ijodkor sifatida namoyon qiladi.

Foydalanilgan manbalar:

1.

https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasi

2.

https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich

3.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg#cite_ref-2

4.Meliqo‘ziyeva Z. (aprel 2023). O‘zbek va rus yozuvchisi Aleksandr Arkadevich

5.Файнберг А. Ишк; дегани бир карашда туюлар осон... Шеърлар//Алексндр Файнберг.

Библиографические ссылки

Meliqo‘ziyeva Z. (aprel 2023). O‘zbek va rus yozuvchisi Aleksandr Arkadevich

Файнберг А. Ишк; дегани бир карашда туюлар осон... Шеърлар//Алексндр Файнберг.