INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
334
Toshpo‘latova Bibizikriyo Obidjon qizi
Nizomiy nomidagi TDPU
Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo’yicha)
1-bosqich magistranti
SHAXS RIVOJLANISH BOSQICHIDA O’SMIRLIK DAVRINING XUSUSIYATLARI
VA YUNOGOGIKANING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK AHAMIYATI
Annotatsiya
:Insoniyat paydo bo’lganidan to shu davrgacha shaxsni komillikka yetishish
bosqichlari, turli yosh davrlarida shaxs sifatida shakllanishida yuzaga keladigan o’zgarishlar
hamda ularning paydo bo’lishiga olib keluvchi omillar o’rganilib kelingan. Mazkur maqolada
shaxs rivojlanishida o’smirlik davri hamda yunogogika mazmuniga oid asosiy tushunchalar
haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar
:Klassifikatsiya, yunogogika, ilk bolalik, yoshlik, o’smirlik, keksalik,
ijtimoiylashtirish, identifikatsiya, oila, mahalla, ijtimoiy tarbiya, maktab.
Malumki, shaxs rivojlanish bosqichlarini o’rganish inson tabiatini tushunish, shaxs sifatida
kamolga yetishida to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatish, insonlarda turli yosh davrlarida yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan psixologik va ijtimoiy muammolarni oldini olish va ularni hal etish choralarini
aniqlash, jamiyatda muvaffaqiyatli shaxsni shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi
kungacha ilmiy manbalarda shaxs rivojlanish bosqichlari turlicha bosqichlar va davrlarga
ajratilgan holda keltiriladi, Xususan, E.Erikson „Psixosotsial rivojlanish nazariyasi“ orqali yosh
davrlarini 8 bosqichga, Z.Freud „Psixoanalitik nazariyasi“da 5 davrga, J.Piyaje „Kognitiv
rivojlanish nazariyasi“da 4 davrga, L.Vygotskiy „Madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasi“da va
D.B.Elkonin “Bolalik davrlarining psixologik tizimi nazariyasi“da 5 davrga bo’lgan holda ilmiy
asoslashga harakat qilgan. Ko’plab manbalar va nazariyalarni umumlashritgan holda, butun
jahon olimlari tomonidan qabul qilingan shaxs rivojlanishining asosiy bosqichlari sifatida
Xalqaro Fanlar Akademiyasining 1965-yildagi maxsus simpoziumidagi
„Yosh davrlari
klasifikatsiyasi“ quyidagi hisoblanadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
335
Yuqoridagi jadvaldan kelib chiqib, turli yosh davrlarida shaxs rivojlanishidagi xususiyatlarni
quyidagicha ifoda etish mumkin.
Yosh
davrlari
ko‘rsatkichlari
Shaxsiyat rivojlanishidagi xususiyatlar
0-6 yosh
Jismoniy o’sish, motorika ko’nikmalarini rivojlantirish, hissiy va ijtimoiy
aloqalarni o’rnatish
6-12 yosh
Kognitiv ya’ni aqlni rivojlanishi va ijtimoiy o’zgarishlar, o’zini anglash va
guruhga mansublik hissini shakllanishi
12-18 yosh
Jismoniy rivojlanish jadallashishi, jinsiy xususiyatlar, identifikatsiya qilish,
mustaqil bo’lishga intilish, hissiy arqarorlik va qaror qabul qilish qobilyati
shakllanishi.
18-30 yosh
Mustaqil hayotga tayyorgarlik, professional va ijtimoiy yo’nalishlarni
belgilash, o’ziga xos hayotiy yo’lni tanlash, erkin munosabatlarni
shakllanishi.
30-50 yosh
Professional rivojlanish, o’zini namoyon qilish, o’zlikni to’laqonli anglash,
oilaviy, ijtimoiy sharoitda shaxs sifatida mas’ulyatni bajarish
50 yoshdan yuqori
O’z xatolarini tahlil qilish va tan olish, hayotiy bilim va tajribalarni keyingi
avlodga yetkazish, ijtimoiy mas’ulyatini kamayishi, hayotning tugab borishi
va o’lim haqida o’ylash, yashab o’tgan hayotidan qoniqish hosil qilish yoki
afsus va umidsizlikka tushish.
Yuqoridagi yosh davrlari orasida o’smirlik davrining o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z
borar ekan ushbu yosh davrini o’rganuvchi fan sohasi bo’lmish yunogogikaga to’xtalib
o’tishimiz lozim. Yunogogika - o‘smirlik davridagi shaxsga shaxsiy o‘zini o‘zi belgilash va
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
336
uning ijtimoiy yo‘naltirilgan tafakkurini shakllantirish jarayonida pedagogik ta’sirni
o‘rganadigan, shuningdek, o‘g‘il va qizlarning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi jarayonlariga xizmat
qiluvchi pedagogika sohasidir. Yunogogika – pedagogikaning bir bo‘limi bo’lib, pedagogikaning
tarkibida bo‘lgan muhim bir yo‘nalish, ushbu soha dastlab yoshlar ta’limi nomi ostida ko’plab
olimlar tomonidan chuqur o’rganilgan. XX asrning oxirlariga kelib esa bilan “Yunogogika”
nomi ostida alohida fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Shiddat bilan rivojlanib
borayotgan jamiyatda har bir yosh davrida shaxsga nisbatan individual yondashish, har bir
bosqichda duch kelishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini olish hamda bartaraf etishni taqozo
etar ekan yunogogika fani oldida o’smir yosh davrida yoshlarni ijtimoiylashuvini ta’minlashdek
muhim vazifa turadi.
O’smirlik davri xususiyatlarini ko’rib chiqar ekanmiz, Erik Eriksonning nazariyasiga
e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Erikson nazariyasi shuni ko’rsatadiki, shaxs rivojlanishini faqat
bolalik davrida emas, balki butun umri davomida kechadigan jarayondir. Uning har bir
bosqichida inson muayyan psixologik qiyinchiliklarni yengib o’tishi kerak. E.Erikson o’smirlik
davrini 5-bosqich ya’ni, shaxsiy shakllanish yoki rollar chalkashligi deb atagan. Bunda inson
“Men kimman va hayotda qanday o’rin tutaman?” savoliga javob izlaydi. Erikson o’smirlik
davrini shaxsiy identifikatsiyaning shakllanishi uchun eng muhim bosqich deb hisoblaydi.
O’smirlar o’z shaxsiyatlarini aniqlash, jamiyatda tutgan rolini tushunish va kelajak hayot yo’lini
tanlash bilan shug’ullanishadi. Agar o’smirlik bosqichida o’z qiziqishlari, qadryatlari va
maqsadlarini tushunib yetsa va jamiyatda o’z o’rnini topa olsa, aniq shaxsiylik shakllanadi, o’z
kelajagi uchun aniq maqsad va qadryatga ega bo’ladi, o’zining kimligini anglab, hayot yo’lini
mustaqil ravishda ongli tanlaydi, o’ziga bo’lgan ishonchi yuqori bo’lib, mustaqil qarorlar qabul
qila oladi.
Agar o’smir o’zini tushunishda qiynalsa yoki jamiyatdan aniq yo’nalish ola olmasa rollar
chalkashligi yuzaga keladi. Bunda, jamiyatda o’z o’rni belgilashda qiynaladi, qaror qabul
qilishda ikkilanadi, turli rollarni sinab ko’rish orqali o’ziga mos keladiganini izlaydi. Ko’pincha
noto’g’ri yo’llarga kirib qolishi yoki o’z hayotidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Bu davrda
jismoniy va gormonal o’zgarishlarning jadallashishi, o’smirlarning hissiy o’zini-o’zi
boshqarishda qiyinchilikka uchrash, o’zini boshqalar bilan solishtirish, tanqidlarni to’g’ri qabul
qilmaslik va bularning natijasida qiziqqonlik, agressivlik, depressiya va qo’pollik kabi
emotsional ko’rinishlarni namoyon bo’lishiga olib keladi. Aksariyat hollarda aynan mana shu
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
337
bosqichda yoshlarning tamaki mahsulotlarini qabul qilishi, giyohvandlikka berilishi, adekvat
yoki deviant xulqni shakllanishi kuzatiladi.
Aynan mana shu muammolarni yechimini topishda, yunogogikaga murojaat
qilinadi. Yunogogika fanining nazariy va texnologik vazifalari mavjuddir.
Nazariy funksiyalari:
- yoshlar mehnatini tashkil etish tajribasini o‘rganish va yoshlar o‘rtasidagi pedagogik
jarayonlarning holati va natijalarini diagnostika qilish;
- yoshlarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish jarayonida barqaror aloqalar va qonuniyatlarni
aniqlash;
- yoshlar ishlarini tashkil etishda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni prognostik tadqiq qilish.
Texnologik funksiyalari:
-
yoshlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha uslubiy materiallar ishlab chiqish;
-
pedagogika fanining yutuqlarini yoshlar bilan ishlash amaliyotiga joriy etish;
-
ilmiy tadqiqot natijalarining yoshlar bilan ishlashni tashkil etishga ta’sirini baholash va
nazariya va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mos ravishda tuzatish.
O’smirlik davri eng qiyin davr bo’lganligi sababli ota-onalar va pedagoglardan diqqatli va
e’tiborli bo’lish talab etiladi. Yunogogika fani ishlab chiqqan uslubiy materiallar va modellarni
yoshlar bilan ishlashda amaliyotda qo’llashda maktab, oila hamda mahalla kabi ijtimoiy soha
obyektlari faoliyatidan foydalaniladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, o’smir yoshlar bilan ishlash, ularni muammolarini hal
qilishda ilmiy va individual yondashish, faqatgina ularni keyingi hayotga tayyorlash emas, balki
davlat rivoji va taraqqiyoti uchun kichik bo’lsada hissa qo’shishiga erishishdan iborat. Zero,
O’zbekiston kelajagi-yoshlar qo’lida!
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Yuldashev E.S Yunogogika Darslil.–Qo‘qon.: “ART PRESS”, 2024, 262 bet
2. A.SH.Muxsiyeva, K.A.Mamatkulova “Yunogogika” o’quv qo’llanma Toshkent-2024
3. Erik Erikson “Bolalik va jamiyat” 1950 yil
4. D.B.Elkonin “Bolalar psixologiyasi
5. L.Vygotskiy “Bolalik va rivojlanish”
6. J.Piyaje “Bola dunyoqarashi qanday shakllanadi”
7. Z.Freud “Ego va Id”, “Orzular talqini”
8. Inomova N.”Oilada bolalarning ma’naviy -axloqiy tarbiyasi”