INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
313
Ziyoyeva Irodaxon Umidjon qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti
i.
UCHINCHI RENNESSANS POYDEVORINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY
PEDAGOGNING VAZIFALARI
Anotatsiya
: Ushbu maqolada Yangi O'zbekiston rivojlanishida muhim strategik yo'nalish
bo'lgan Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish va bu yo’lda hozirgi zamon pedagoglarining
asosiy maqsadi va vazifalari yoritilgan. Umuman olganda hozirgi sharoit kelajak avlodni
Uchinchi Renessans shakllantiruvchilarini tarbiyalash uchun avvalo bunga tayyor pedagoglarni
yetishtirish muhim sanaladi. Zero o'quvchiga bilim bermoq uchun avvalo ustoz bilimli
bo'lmog'i lozim.
Kalit soʻzlar:
Yangi O'zbekiston, Uchinchi Renessans, poydevor, pedagog.
Abstract: This article discusses the establishment of the foundation of the Third Renaissance,
which is an important strategic direction in the development of New Uzbekistan, and the main
goals and tasks of modern educators on this path. In general, in the current situation, it is
important to first of all train educators who are ready for this in order to educate the future
generation of Third Renaissance shapers. After all, in order to give knowledge to a student, a
teacher must first of all be knowledgeable.
Keywords
: New Uzbekistan, Third Renaissance, foundation, educator.
Аннотация: В данной статье рассматривается создание основ Третьего Возрождения,
являющегося важным стратегическим направлением развития Нового Узбекистана, а
также основные цели и задачи современных просветителей на этом пути. В целом, в
нынешних условиях важно в первую очередь подготовить педагогов, готовых
воспитывать следующее поколение деятелей Третьего Возрождения.
Ведь для того,
чтобы передать знания ученику, учитель должен быть прежде всего знающим.
Ключевые слова:
Новый Узбекистан, Третье Возрождение, фундамент, педагог,
Barcha davrlarda ilm- ma'rifat zulmatni parchalagan ziyo kabi insonlarni yo'lini yoritgan. O'z
navbatida har bir davrda bilim yangilanib sayqallanib bordi. Bugungi raqamli texnologiyalar
davrida esa rivojlanish shiddati tez, ilm chegaralari yuqori sur'atlarda kengayib bormoqda
qolaversa, axborot vositalari taraqqiy etgan davrda ilm ummonidan suv ichmoq juda murakkab
va qaysidir ma'noda kishi yelkasiga ulkan mas'uliyatni yuklaydi. Bugun esa Yangi O‘zbekiston
ilm-fan rivojining ulkan odimlari birgina jumla bilan bog'lanmoqda — «Uchinchi Renessans» .
Bu jumla bugun har tomondan yangrab kishi ong-u shuurini egallamoqda, biroq bu shunchaki bir
so'z emas qaysidir sahifalar yozilgach o'qilmay qolib keladigan. Uning ma'nosi da'vatdir,
fursatdir, kuchdir .Zero, renessans — uyg‘onish demakdir. Ya’ni bu necha asrlik ong va shuurda
qolib ketgan ilmni uyg‘otish, ma’rifatni anglash.Birinchi va Ikkinchi Renessanslar yodga olinsa
Birinchi Renessans Markaziy Osiyoda IX–XII asrlarda ro'y berdi.Bu davrda yashab ijod etgan
allomalarni misol keltirish mumkin. Masalan: Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg'oniylMahmud Koshg'ariy, YUsuf Xos
Hojib, kabi mutafakkirlar, imom Buxoriy, imom Termiziy kabi buyuk muhaddislar tabiiy va aniq
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
314
fanlar doirasida, islom dini osmonida yulduzday charaqladi. Ikkinchi Renessans poydevori
buyuk sarkarda jamoat arbobi Amir Temur nomi bilan bog'liq. Bu davrda esa Qozizoda Rumiy,
Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi, Lutfiy, Sakkokiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy,
SHarafiddin Ali YAzdiy va boshqa olimlar, shoiru fuzalolar bu yurtning shuhratini dunyoga
yoydi.Renessans bu uyg'onmoq, ilm- ma'rifatda izlanib yangi marralarni zabt etmoqdir.
Renessans bu ilm-ma'rifat bilan bog'liq bo'lsa demak uning rivojlanishi uchun eng avvalo maktab
ta'limini rivojlantirish , uni tubdan isloh qilish lozim. Jumladan, xorijiy tillarni o'rganish eng
so'ngi zamonaviy bilimlarni egallash va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish uchun
tilning ahamiyati muhimdir. Har ikki Renessans davrida , olimu fuzalolar, birinchi navbatda,
yoshlar ta'lim-tarbiyasi, aql-idroki, ma'naviyati va ma'rifatiga alohida ahamiyat qratishgan.
Negaki yoshlar hamma davrlarda ham yurt kelajagi bo'lgan. Barcha allomalar asarlarida ta'limni
tarbiya bilan uyg'un olib borish kelajak avlodni komil inson qilib tarbiyalash lozimligi haqidagi
fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, Abu Ali ibn Sino o'z asarlarida ilm va odob-axloq
uyg'unligi, barkamol avlod kamoloti va baxt-saodati, adolat va diyonat, insonlarning o'zaro
do'stligi va hamkorligi, obod turmush to'g'risidagi g'oyalarni ilgari surgan.
Pedagogning vazifasi barcha davrlarda ham bolaga ta'lim-tarbiya berish, ularga diniy va
dunyoviy bilimlarning asosiy yangiliklaridan boxabar etishdan iborat bo'lgan. Uchinchi
renessans poydevorini barpo etish uchun avvalo yoshlar ongini yot g'oyalardan tozalash,
dunyoqarashini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va eng muhimi ularni
zamonaviy ilm fan marralarni zabt etishga ilhomlantira olish lozim. Shubhasiz bu ulkan
mas'uliyat bugungi kun pedagoglarining asosiy maqsadi va vazifasiga aylanmog'i muhimdir.
Buning uchun pedagog shaxsiyatiga ham bir nechta talablar qo'yiladi.
Ilhomlantira olish. Har qanday o'qituvchi ham bilim bera olishi mumkin lekin ilhomlantira
olmaydi. Pedagog avvalo o'quvchilarni ilhomlantira olishi lozim . Hozirgi zamonaviy davr
yoshlari ulkan ma'lumotlar oqimi orasida yashaydi va ularga bilimni berishni o'zi yetmaydi.
Ilhomlantirish esa o'quvchilarni nafaqat o'rganishga balki yaratishga ham undaydi va eng
muhimi olayotgan bilimini amaliyotda qo'llay olishiga ishonadi.
Yaratuvchanlik. Yaratish bu kreativlikka to'g'ri keladi. Yaratuvchanlik kasblar orasida
o'qituvchilik uchun muhim sanaladi. Dars jarayonini shunday tashkil qilish kerakki o'quvchi
boshqa distraktorlar (distractions-chalg'ituvchilar) ni butkul unutishi va faqat darsga mahliyo
bo'lib qolishi kerak. Benjamin Franklinning bir muhim fikri bor : " Menga ayting men unutaman,
menga dars bering men eslab qolaman, meni o'zingizga jalb qiling va men o'rganaman". Shunday
ekan jalb qilish juda muhim.
O'z ustida ishlash. Har dars oldi huddi birinchi marta dars o'tayotgandek tayyorlanishi va
o'tishi lozim. O'z ustida ishlashi va shuningdek o'z fanining so'nggi yillardagi yangiliklaridan,
yutuqlaridan boxabar bo'lib turmog'i shart. Zero, tarixiy manbaalardan foydalanish va shu bilan
birga zamonaviy bilimlarni ham o'z darsida jamlashi zarur. Yaponlarning ajoyib maqoli bor:"
O'rgatish o'rganish demakdir". Shunday ekan o'qituvchi bolalarga o'rgatar ekan , o'z navbatida
o'zi ham o'rganib bilimini , tajribasini sayqallab borgani ma'qul. Va Uchinchi Renessans
poydevorini barpo etish uchun har bir pedagogning o'z vazifasi va hissasi bor zero bu poydevorni
bilimli va malakali , yuragida Vatanga muhabbat hissi egallagan yosh avlod bilan qura olamiz va
bu avlodni faqat bilimli ota-onalar, malakali pedagoglargina tarbiyalay oladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
315
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Shavkat Mirziyoyev Yangi O'zbekiston strategiyasi.-Toshkent:-"O'zbekiston" nashriyoti,
2021. 464 bet
2. . Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-O'zbekiston,1993
3. Abu Rayhon Beruniy. O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar.-T.: 1987
4. Abdulla Avloniy.Turkiy guliston yoxud axloq.-T,:"O'qituvchi". 1992
5. Yaxshilikov J.Ya.,Muhammadiev N.E. Milliy g'oya- taraqqiyot strategiyasi. O'zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti. Toshkent-2017
6. Yaxshilikov J.YA.Muhammadiyev N.E. Falsafa. Darslik. Samarqand-2021.