Авторы

  • G’offorova Malika Panji qizi,Sattorova Mohira Aminqulovna
    ATMU Defektologiya yo’nalishi talabasi/ATMU pedagogika kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68850

Ключевые слова:

Alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanish nuqsonlari sensor qobiliyatlar tug‘ma va orttirilgan nuqsonlar aqliy va jismoniy rivojlanish genetik omillar noqulay muhit tarbiya ta’lim.

Аннотация

Maqolada bolalarning individual rivojlanishi, sensor qobiliyatlarning shakllanishi va aqliy tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklar turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin: tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar, genetik omillar, noqulay oilaviy muhit va noto‘g‘ri tarbiya. Alohida yordamga muhtoj bolalarning toifalari keltirib o‘tilgan bo‘lib, ular maxsus ta’lim va tarbiyaga ehtiyoj sezishi ta’kidlanadi. Shuningdek, bolalarning rivojlanishida ota-onalar, tarbiyachilar va o‘qituvchilarning roli, shuningdek, inklyuziv va ixtisoslashtirilgan ta’lim muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Tug‘ma nuqsonlarning oldini olishda homiladorlik davrida onaning sog‘lig‘iga e’tibor berish zarurligi ham ta’kidlanadi.

 


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

303

G’offorova Malika Panji qizi

ATMU Defektologiya yo’nalishi talabasi

Sattorova Mohira Aminqulovna

ATMU pedagogika kafedrasi dotsenti

ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR TOIFALARI

Annotatsiya:

Maqolada bolalarning individual rivojlanishi, sensor qobiliyatlarning shakllanishi

va aqliy tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklar

turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin: tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar, genetik omillar,

noqulay oilaviy muhit va noto‘g‘ri tarbiya. Alohida yordamga muhtoj bolalarning toifalari

keltirib o‘tilgan bo‘lib, ular maxsus ta’lim va tarbiyaga ehtiyoj sezishi ta’kidlanadi. Shuningdek,

bolalarning rivojlanishida ota-onalar, tarbiyachilar va o‘qituvchilarning roli, shuningdek,

inklyuziv va ixtisoslashtirilgan ta’lim muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Tug‘ma nuqsonlarning oldini

olishda homiladorlik davrida onaning sog‘lig‘iga e’tibor berish zarurligi ham ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar:

Alohida yordamga muhtoj bolalar, rivojlanish nuqsonlari, sensor qobiliyatlar,

tug‘ma va orttirilgan nuqsonlar, aqliy va jismoniy rivojlanish, genetik omillar, noqulay muhit,

tarbiya, ta’lim.

Bolalar bir-biriga o‘xshamaydilar. Bir-biriga o‘xshash bo’lgan bolaning o‘zi mavjud emas.

Bolalarning yoshlari bir xil boisada, ular bir-biridan farq qiladi. Ba’zi bolalar injiq, ba’zilar esa,

aksincha xush-chaqchaq, ba’zilari yaxshi kuylaydi, ba’zilari esa, aksincha ashula ayta olmaydilar.

Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko‘radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og‘riq, issiq,

hid va ta’mni xis etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish, sezish va idrok qilishdan, ya’ni

voqelikdagi narsa va hodisalaming bola ongida aks etishidan boshlanadi. Bolaning idroki

hayotining dastlabki-yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi,

shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo.

Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko‘rish va ko‘zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni

tashqi belgilariga qarab ajratish, ko‘zi ko‘rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish

qobiliyati rivojlanib boradi. Bola turli taassurotlar olib turishi buyumlarni ko‘rishi, ushlab

nimaligi bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlami eshitishi

kerak. Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning o‘z

vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi.

Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy

rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bola nutqining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rivojlanishi aqliy

rivojlanishining asosidir. Nutq ruxiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga,

bolalarning faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar nutqi rivojlana boshlashi bilan kattalar

so‘zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. Bola shaxsining tarkib topishi

hayotining birinchi kunlaridanoq

boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi

kishilarga o‘z munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan

voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati bularning hammasi bola

ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi. Bolaning xoh ona qornida, xoh tug‘ilganidan

keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil

jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlar, kamchiliklar-ga olib kelishi mumkin. Korreksion

pedagogika fanida alohida yordamga muhtoj bolalaming turli xil toifalari ustida ish olib boriladi:


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

304

Ular quyidagilardir:

1) eshitish kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar, kech kar bo‘lib

qolgan bolalar);

2) ko‘rish qobiliyatida kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar (ko‘r, zaif ko‘ruvchi bolalar);

3) aqli zaif bolalar;

4) og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;

5) harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo’lgan bolalar;

6) ruxiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.

7) rivojlanishida murakkab ko’p nuqsonli bolalar;

8) autizm sindromli bolalar.

Alohida yordamga muhtoj bolalar me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida inklyuziv

ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o‘qitilishi kerak.

Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni alohida

yordamga muhtoj bola deb hisoblashga asos bo'lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap

qulog‘i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u maktab

tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u alohida yordamga muhtoj bolalar toifasiga

kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan nuqsonlar ham

ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini alohida yordamga muhtoj deb hisoblash

mumkin emas.

Alohida yordamga muhtoj bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir,

keskin o‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun

bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak,

ya’ni ular maxsus ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarda yoki

me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori va agarda kerak bo’lsa, maxsus dastur

va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarurdir.

Har qanday alohida yordamga muhtoj bolada kuzatiladigan nuqson markaziy yoki periferik

nerv sistemasidagi organik yoki funksional o‘zgarishlarga aloqador bo’lishi mumkin. Bola

rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham

paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o‘qituvchining

bolaga noto'g'ri munosabati va boshqa ko‘pgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir

ko‘rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi o‘quvchilar

orasiga qo‘shilib qolishiga sabab bo‘ladi. Shunday bo'lsada, biz bunday bolani alohida

yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar

organizmdagi qanday bo‘lmasin biror organik yoki funksional patologik o‘zgarishlarga bog‘liq

bo‘lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.

Ota-ona, tarbiyachi va o'qituvchilar bunday bolalarni alohida yordamga muhtoj bolalardan

farqlay oladigan bo’lishlari kerak. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday nuqsonli

rivojlanish tug‘ma yoki turmushda orttirilgan bo‘lishi mumkin.

Tug‘ma nuqsonlar ko‘p jihatdan homilador onaning sog‘lig‘i va yashash sharoitiga bog‘liq. Ona

qornidagi homilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar

ta’sir etishi mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og‘rishi,

o‘zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas iste’mol qilishi, bolaning nuqsonli

bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Bolada kuzatiladigan nuqsonlar markaziy yoki periferik nerv tizimidagi organik yoki

funksional o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, bola rivojlanishidagi

ayrim kamchiliklar noqulay muhit, noto‘g‘ri tarbiya va pedagogik e’tiborsizlik natijasida ham


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

305

yuzaga kelishi mumkin. Ammo bunday holatlar organizmdagi patologik o‘zgarishlar bilan

bog‘liq bo‘lmaganligi sababli, alohida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiritilmaydi.

Shu sababli ota-onalar, tarbiyachilar va o‘qituvchilar bolaning rivojlanishidagi

kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini to‘g‘ri baholay olishi muhimdir. Tug‘ma

nuqsonlarning oldini olish uchun esa homiladorlik davrida onaning sog‘lig‘iga e’tibor berish,

infeksiyalar va noto‘g‘ri dori vositalaridan saqlanish zarur. Bu esa sog‘lom avlodni

shakllantirishga xizmat qiladi.

Tug‘ma nuqsonlar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan

eshitish, ko‘rish analizatori faoliyatining buzilishi, aqliy zaiflikning nasldan bolaga o‘tishi ham

kuzatiladi (fenilketonuriya, Daun sindromi, rezus faktorning mos kelmasligi va boshqalar). Ota-

onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning nuqsonli bo‘lib

tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.

Turmushda orttirilgan nuqsonlar bola organizmiga tug’ilish vaqtida va undan keyingi

davrlarda zararli omillar ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Tug‘ruq vaqtida miya

shikastlanishi, bolaning kindigi o‘ralib, bo‘g‘ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar, ba’zan uning

nuqsonli rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan og‘rishi, masalan, meningit,

meningoensefalit, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari

dardlarni boshidan kechirishi ham nuqson rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sababli, bolada nuqsonlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun ota-onalar va tibbiyot

mutaxassislari homiladorlik, tug‘ruq va erta bolalik davrida uning sog‘lig‘iga alohida e’tibor

berishlari lozim.

Mamlakatimizda bolalarning jismoniy yoki ruxiy rivojlanishidagi nuqsonlarning oldini olish

yuzasidan ko‘pginachoralar ko‘rilmoqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi.

O‘zbekistonda aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina sohasidagi katta

yutuqlar munosabati bilan alohida yordamga muhtoj bolalar soni nisbatan kamaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi”

Toshkent 2016

2. Xasanov, M. A. (2015). Oligofreniya va aqli zaiflik: Teoriya va amaliyot. Toshkent: Fan va

texnologiya nashriyoti.

3. Mirzayeva, D. R. (2017). Maxsus ta’lim va defektologiya. Samarqand: Samarqand davlat

universiteti nashriyoti.

4. Abdullaeva, M. S. (2020). Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarga oid

metodik qo‘llanma. Toshkent: Ma’naviyat va ma’rifat nashriyoti.

5. Ismoilova, G. A. (2018). Defektologiyaning asosiy yo‘nalishlari. Buxoro: Buxoro davlat

pedagogika universiteti nashriyoti.

6. Hoshimov, U. Z. (2016). Aqli zaif bolalar uchun maxsus o‘quv dasturlari. Tashkent: Milliy

universitet nashriyoti.

Библиографические ссылки

D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi” Toshkent 2016

Xasanov, M. A. (2015). Oligofreniya va aqli zaiflik: Teoriya va amaliyot. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.

Mirzayeva, D. R. (2017). Maxsus ta’lim va defektologiya. Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti.

Abdullaeva, M. S. (2020). Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarga oid metodik qo‘llanma. Toshkent: Ma’naviyat va ma’rifat nashriyoti.

Ismoilova, G. A. (2018). Defektologiyaning asosiy yo‘nalishlari. Buxoro: Buxoro davlat pedagogika universiteti nashriyoti.

Hoshimov, U. Z. (2016). Aqli zaif bolalar uchun maxsus o‘quv dasturlari. Tashkent: Milliy universitet nashriyoti.