Авторы

  • Sodiqova Maftuna Baxtiyor qizi
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68856

Ключевые слова:

Sultoniy “Bayozi Sulton” janr g‘azal muxammas musaddas qasida.

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asrda yashab ijod qilgan, shahzoda shoirlardan biri bo‘lmish Sultoniy ijod namunalari o‘rin olgan “Bayozi Sulton” asari haqida ma’lumot beriladi. Asardagi she’rlar janriy va mavzuviy tahlil qilinadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

397

Sodiqova Maftuna Baxtiyor qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

“BAYOZI SULTON” ASARI TAVSIFI VA TASNIFI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada XIX asrda yashab ijod qilgan, shahzoda shoirlardan biri bo‘lmish

Sultoniy ijod namunalari o‘rin olgan “Bayozi Sulton” asari haqida ma’lumot beriladi. Asardagi

she’rlar janriy va mavzuviy tahlil qilinadi.

Tayanch so‘zlar:

Sultoniy, “Bayozi Sulton”, janr, g‘azal, muxammas, musaddas, qasida.

O‘zbek adabiyoti o‘zining boy va qadimiy tarixiga ega. U o‘zidan ko‘plab iste’dodli

ijodkorlarni yetishtirib bera olgan. Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, hamma davrlarda

ham o‘zbek adabiyoti noyob durdona asarlar yarata olgandir. Birgina XIX asr adabiyotini

oladigan bo‘lsak, bu davrda ko‘plab ijodkorlar va ularning asarlari dunyoga keldi. Ushbu asarlar

ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, madaniy-marifiy mavzularga bag‘ishlangan. Biroq bu davrda xalqimiz

juda og‘ir kunlarni boshidan kechirgan. Tinimsiz urushlar, talafotlar xalqning tinkasini

quritibgina qolmasdan, ularning ma’naviy hayotini ham butkul izdan chiqargan. Ayniqsa, nodir

qo‘lyozmalar, ijodkorlarning asarlari: devonlari, tazkiralari, ilmiy asarlarning talon-taroj qilinishi

xalqimiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.

Mustaqillikka erishilgandan so‘ng esa barcha sohalar qatorida qadimiy qo‘lyozma va

toshbosma asarlarni ilmiy tadqiq etish, asrab avaylash, mazkur qo‘lyozmalarni joriy alifboga

ko‘chirib, o‘tmishda yashagan ijodkor va olimlarning ijod namunalaridan bahra olish imkoniyati

yaratilib berildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “...Avvalo

xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosini har tomonlama chuqur

o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-

ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur

va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlar ko‘zda tutilgan

1

, degan so‘zlari dasturulamal

bo‘lib kelmoqda.

Ayni shu maqsadda, yaqin yillarda yurtboshimiz tomonidan qadimiy qo‘lyozmalar, ularning

saqlanishi va o‘rganilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017-yil 24-maydagi PQ-

2995-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori fikrimizni dalillaydi. Hozirgi kunda

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik

instituti qo‘lyozmalar fondida ko‘plab qo‘lyozma va toshbosma asarlar saqlanmoqda. Ularning

ayrimlari yetarlicha o‘rganilgan bo‘lsa, ayrimlari hanuz o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.

Bugungi kunda muzey, kutubxona va fondlarida ko‘plab tarixiy hujjatlar, noyob qo‘lyozma

yodgorliklar mavjud bo‘lib, ular madaniy merosimizning zalvorli qismini tashkil qiladi.

Jumladan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti eng boy qo‘lyozma

1

Мирзиёев Ш.М. Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини

юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир. Президент Ш.Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари

вакиллари билан учрашувдаги маърузаси / Халқ сўзи. –Тошкент, 2017, 4 август.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

398

fondlaridan biri hisoblanadi. Fond bu yerdagi noyob durdonalar soni, mavzu, til va davriy xilma-

xilligi, o‘ziga xos kitob ziynati bilan mashhur. U 2000-yilda YUNESKOning “Jahon xotirasi”

ro‘yxatiga kiritilgan. Bugungi kunda ushbu fondda arab yozuvidagi 26 mingdan ziyod

qo‘lyozma va 40 mingga yaqin bosma kitob va 5000 dan ziyod tarixiy hujjatlar mavjud.

Ular orasida ilmiy va badiiy ahamiyatga molik manbalar ko‘p. Shulardan “Bayozi Sulton”

asari ham badiiy qiymatga egadir. U XIX asr o‘zbek adabiy muhitining nodir qo‘lyozmasi

hisoblanadi. “Bayozi Sulton” Muhammad Rahimxon (Feruz) davrida uning suyukli nabirasi

Sayyid Nosir to‘raning ijod namunalari jamlangan asardir. Asar “ Bayozi g‘azaliyot Sultoniy”

nomi bilan mashhur. U turkiy tilda bitilgan bo‘lib, Sultoniy qalamiga mansub she’rlar

jamlanmasidir. 88 sahifadan iborat, asarda chiziqlar soni 4, ustunlar soni 3ta. Hajmi 21,5x13,

sharqona silliq va qalin qog‘ozdan foydalanilgan. Qog‘oz ranglari: qizil, ko‘k,va tillarang. Asar

hijriy 1323-yil, milodiy 1905(1906)-yilda nasta’liq xatida Mulla Karimbergan devon ibn

Rahimbergan Xorazmiy tomidan ko‘chirilgan. Kitob “Zihi qodirki, sun’idin qilib arz samo paydo,

Jahon bog‘ida qildi yuz tuman nash’u namo paydo” Allohga hamd g‘azal bilan boshlanadi va

“Hazin Sultoniyni ishrat tuni vasl uyqusi eltsa, Navoiydek yotar to subh mahshar tark” baytlari

bilan yakunlanadi. Asar kolofonida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: “kitaba ahqar al’abad ma’

nuqson mullo Karimbergan devon ibn Rahimbergan Xorazmiy G‘afrulloh zanubhamo va

aybuhmo 1323 sana” deb yozilgan. Asarda Sultoniyning g‘azal, musaddas, muxammas, qasida

janridagi she’rlari jamlangan. Asarda “Zihi qodirki, sun’idin qilib arzi samo paydo”, “Dedim

ko‘rgan zamon xurshid ruxsoringga sallamno”, “Ey pari vasling tamannosida afg‘ondur manga”,

“Kirdi ul sarvqadim ag‘yor ila gulzor aro”, “Yuz ochib kelsang bu kun ,ey dilrabo”, “Aylabon

behad manga javru jafo”, “Ko‘nglumda ishqing dardu g‘amidur qilg‘il tarahhum, ey sho‘x

barno”, “Ishqing ichra zor erurman ,ey mah, shirin liqo”, “Jonon qadu ruxsoringa olam gado,

man ham gado”, “Haq senga lutf aylabon behadu bepoyon, ey habib”, “Tuzgil shodliklar ko‘lum

ichra dab badam, yo Rab”, “Bu kun ul dilrabo mehri viqor samin ayon aylab”, “Ey dil seni shod

bu kun sevar yoring kelib”, “Sarv hijlat ichra qoldi qadu ra’nosin ko‘rub”, “Dahr eli hayron

bo‘lur qaddi niholingni ko‘rub”, “Lutf aylab ey bodi sabo arzimni ul dildorimg‘a ayt”, “Aylagach

yuz uzra zulfin g‘ayri afshon ul yigit”, “Boshim uzra kelib ul sarv qomat”, “Hajring g‘amidin

orzudadurman qilg‘il tarahhum, ey sarvu qomat”, “Qoshimg‘a kelsa gar ul sarv qomat”, “Ishq

o‘ti tug‘yon qilib kuydurdi jonim oqibat”, “Lutf aylab, ey bodi sabo arzimni jononimg‘a ayt”,

“Manga rahm aylagil ,ey sarv qomat”, “Mening zor o‘lmoqimg‘a bir pari paykar erur bois”, “Ey

sening dargahinga jumla shohon muhtoj”, “Ko‘ngullar nola aylar gul yuzingni nogahon

ko‘rgach”, “Kuydi jonim ul pari oraz namoyon aylagach”, “Xo‘b erur lutfu muruvvat ko‘rguzub

jonona subh”, “Mani hajr ichra ko‘p zor etti ul sho‘x”, “Qilurman sendin oyru nola bunyod” “Ey

sanam, la’ling ziloli ob hayvondin laziz”, “Gul’uzorimdur manga jondin laziz”, “Yuzing avji

sabohatda mahtobong‘a o‘xshaydur”, “Ey jon, ko ‘ngum mujdakim bu kecha janoning kelur”,

“Gul yuzingni ko‘rgan bo‘lur, ey gul’uzor”, “Samin badan gul pirohan sarv gulandoming kelur”,

“Shahlo ko‘z mushkin qosh ul chashmi bemoring kelur”, “Ajab bir nozanin ko‘rdim qoshi yoy

kirpiki xanjar”, “Ko‘ngul la’ling tamannosin qilib qon o‘lg‘on o‘xshaydur”, “Holima rahm

aylagil, ey sarv qad gul’uzor”, “Husn elining shohisen, ey mah, samin uzor”, “Mujda bergil, ey

sabo, oromi jonim qaydadur”, “Gul yuzing anvorig‘a xurshid raxshon bandadur”, “Lutf aylab, ey

mahzun ko‘ngul, xurshid ruxsoring kelur” singari g‘azallar; “Mehrdek yuzlarining nur ziyosini

ko‘ring” matla’li 5 banddan iborat musaddas; “Shah anjum tavr nechun subhidam chekti”, “Ey

gul, ko‘nglumga bo‘lg‘oli jilvanamo qosh ko‘zing”, “Iso nafas, Yusuf husn xurshid ruxsoring

kelur”, “Niqob olib yuzingdin kelki, mushtoqi zoringman”, “Gulshani husningdin oyirdi gulimiz

xildabarin”, “Gulom jonfizo la’li shakar boringg‘a sallamno”, “Haq sifatin izhor ayladi, ey sho‘xi

barno orazing”, “Firoqing ichra erdim zor giryon”, “Bo‘lub erdim ul oy bazmig‘a duchor”,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

399

“Oytingiz, ey do ‘stlar, sarvi ravonim qaydadur”, “Nafis etti naqqosh azal, ey mahliqo, orazing”,

“Firoqida chekding ko‘p jafo vaslidin, ey dil, bu kun”, “Jahon bog‘i nasimi lutfi haqdin lolazor

o‘lmish”, “Hushimni zoil etar noz ila raxshing surushing”, “Chaman sayrig‘a keldilar yorlar”

kabi muxammaslar va “Bo‘lung xushnud ofoq ahlikim fasli bahor o‘ldi”, “Jahon shahriyori

Skandar qoni” singari qasida janridagi she’rlari kiritilgan. Asarda har bitta she’r qizil siyohda

sarlavhalangan. Ba’zi joylarda kotib tomonidan sarlavha tushib qolishi holatlari kuzatilgan.

She’rlar g‘azal, musaddas, muxammas, qasida, muxammas, g‘azal ketma-ketligida berilgan.

“Bayozi Sulton”da eng ko‘p keltirilgan janr g‘azal hisoblanadi. Asarda 117 ta g‘azal, 1 ta

musaddas, 16 ta muxammas, 2 ta qasida berilgan. G‘azallarning eng ko‘p bayti — 11, eng kami

esa —5 bayt. Ko‘pchilik g‘azallar 7 baytdan tashkil topgan. Qofiyalari esa a-a, b-a, c-a,d-a

shaklida. Ko‘pincha ishqiy, pand- nasihat mavzusidagi g‘azallar keltirilgan. Ayniqsa, ishq-

muhabbat Sultoniy g‘azaliyotining yetakchi mavzusi hisoblanadi. “Bayozi Sulton” asari ham

an’anaviy ravishda Allohga hamd g‘azal bilan boshlanadi:

Zihi qodirki, sun’idin qilib arzi samo paydo,
Jahon bog‘ida qildi yuz tuman nash’u namo paydo.
Ajab soni’ erursan zotinga xayli bashar qilsa,
Tafakkur har necha ne ibtido, ne intiho paydo.
Ko‘tarding dahrdin qudrat bila zulmat qaro shomin,
Qilib xurshid ila oy jismida nur ziyo paydo.
Bori ashyo vujudin aylading mavjud dahr ichra,
Jahon ahlig‘a sun’ing aylabon ibratnamo paydo.

Ilohi ayla Sultoniy tilin bulbul kibi go‘yo,
Onga hamding gulistonida bo‘lsun ko‘p navo paydo.

Shoir ijodining yetakchi g‘oyasi ishq-muhabbatdir. Mansab va martaba tanlamaydigan,

shoh-u gadoga teng bo‘lgan ishq shoir tomonidan ulug‘lanadi

2

:

Oydek yuzing anvoridin ravshan erur, jumla jahon,
Bu husnunga, diydoringa olam gado, man ham gado.
O‘lgan badanga jon berur la’ling aro shirin yuzing,

Aysh sifat guftoringa olam gado, man ham gado. ko‘pincha go‘zal yorning oshiqqa qilgan

jabr- u sitamlari, azoblari yoki ma’shuqa yo‘lida intizor bo‘lgan oshiq iztiroblari tasvirlangan:

Yuz ochib kelsang bu kun , ey dilrabo,

Ko‘zlarimga yetgusi nur ziyo.

2

Iroda Xajiyeva. Sultoniy ijodini pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatish(“Haft shuaro” majmuasi asosida)


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

400

Sen erursen xo‘blarning sarvari,
Men nechuk qilmay senga jonim fido.
Javhari jonim nisor aylar edim,
Bazmima qo‘ysang qadam, ey mahliqo.
Domi zulfingga giriftor o‘lg‘oli,
Muztarib ko‘nglum qushidur hajr aro.
Ayla Sultoniyni bazming ichra shod,

Ko‘rguzub lutfu karam beintiho.

Sultoniy ijodida sodda, xalqona so‘zlardan foydalanadi. U hamisha yorning go‘zalligini

o‘ziga xos sifatlar bilan tavsif etadi. Shoir nazdida uning sevar yori husn elining shohi, uning

tengi butun dunyoda yo‘q. Hattoki yorning go‘zalligini Yusufga qiyos qiladi.

Husn ahlining shohi layli zabonimsen mening,
Jismim ichra kuyar ruh ravonimsen mening.
Husn elining sarvari shirin zabonimsen mening,
Yuz ado birla kelib bazm ichra kirding, ey pari,
Dahr aro bo‘lg‘il salomat nuktadonimsen mening.
Bo‘ldilar barcha parivashlar senga dahr ichra qul,
Olam ichra g o’yo Yusuf nishonimsen mening.
Sensizin olam ichra xo‘blar ne tilasin,
Rahm qilg‘il holima sarv ravonimsen mening.

Hajring ichra haddin oshti intizorim, ey pari,
Furqat ichra qo‘ymag‘il oromi jonimsen mening.
Bir tarahhum etmagan Sultoniyga bazming aro,
Bag‘ritosh ko‘ngli qattiq dostonimsen mening.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Sultoniy she’riyati go‘zal va rang-barangdir. Uning ijodi XIX asr

Xiva adabiy muhiti rivojida katta o‘rin egallaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. “Bayozi Sulton” Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi.

1163-raqamli qo‘lyozma


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

401

2. Hajiyeva Iroda . “Haft shuaro” majmuasining Xorazm muhitidagi o‘rni. – Toshkent: 2008.
3. Komilov Najmiddin . Ma’nolar olamiga safar. – Toshkent :2012.
4. http://xorazmiy.uz
5. www.Student.ru

Библиографические ссылки

“Bayozi Sulton” Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi. 1163-raqamli qo‘lyozma

Hajiyeva Iroda . “Haft shuaro” majmuasining Xorazm muhitidagi o‘rni. – Toshkent: 2008.

Komilov Najmiddin . Ma’nolar olamiga safar. – Toshkent :2012.

www.Student.ru