INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
372
Djamolova Noila Zayniddinovna
O ‘zbekiston Finlandiya pedagogika instituti
Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi
(maktabgacha ta ‘lim) 1 bosqich magistranti
MAKTABGACHA TA’LIMDA LOGOPEDIK O‘QITISHNING
NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedik o‘qitishning
nazariy asoslari tahlil qilinadi. Logopedik ta’lim bolaning nutqiy rivojlanish bosqichlari,
psixolingvistik va pedagogik jihatlari hamda nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish usullari asosida
yondashiladi. Shuningdek, dislaliya, dizartriya, alaliya va duduqlik kabi logopedik muammolar
hamda ularni tuzatish metodlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada logopedik mashg‘ulotlarning
bolaning muloqot qobiliyatini rivojlantirish, psixologik barqarorlikni ta’minlash va maktabga
tayyorgarlik jarayoniga ijobiy ta’siri ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’limda
logopedik yondashuvlarni samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur maqolada maktabgacha taʼlimda logopedik o'qitishning bo'yicha tadqiqotlarga
bag'ishlangan Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning ijtimoiy, emotsional
va aqliy o‘sishida muhim o‘rin tutadi. Ba’zi bolalarda turli nutqiy buzilishlar kuzatilishi mumkin,
bu esa ularning muloqot qilish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli logopedik o‘qitish
maktabgacha ta’lim muassasalarida alohida ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar:
maktabgacha ta’lim, logopedik o‘qitish, nutqiy rivojlanish, nutq nuqsonlari,
dislaliya, dizartriya, alaliya, duduqlik, psixolingvistika, pedagogika, defektologiya, muloqot
qobiliyati, logopedik mashg‘ulotlar, nutq terapiyasi, maktabga tayyorgarlik.
Kirish
. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning kelajakdagi
muvaffaqiyati va ijtimoiy moslashuvi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq bolaning fikrlash,
muloqot qilish va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarini shakllantirish vositasidir. Shu sababli,
maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitish bolalarning to‘g‘ri nutqiy rivojlanishini ta’minlash va
turli nutqiy nuqsonlarni barvaqt aniqlab, ularni tuzatish orqali ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitishning nazariy
asoslarini ishlab chiqishda bir qancha mashhur olimlar muhim hissa qo‘shgan. Ularning
tadqiqotlari nutqiy rivojlanish jarayonlarini tushunish va logopedik ta’lim metodikasini
shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Logopediya va nutq rivojlanishiga hissa qo‘shgan
olimlar: 1. Lev Semyonovich Vygotsky (1896–1934) Bola nutqining psixologik rivojlanishi va
“yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasini yaratgan. Nutq va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligini
o‘rgangan. Aleksandr Romanovich Luriya (1902–1977)Neyropsixologiya asoschilaridan biri
bo‘lib, nutq va miya faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilgan. Logopedik diagnostika va
tuzatish metodlarini ishlab chiqqan. Raisa Evgenyevna Levina (1898–1984 ) Maktabgacha
yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanish xususiyatlarini o‘rgangan. Nutq buzilishlarini tashxislash
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
373
va tuzatish bo‘yicha muhim tadqiqotlar olib borgan. Natalya Sergeyevna Zhukova (XX asr)
Logopedik metodika bo‘yicha ko‘plab amaliy qo‘llanmalar muallifi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning fonematik eshitish va talaffuz qobiliyatlarini rivojlantirish usullarini ishlab
chiqqan.Tatyana Borisovna Filicheva (XX asr) Nutqiy rivojlanish kechikishi va umumiy nutq
buzilishlarini (ОНР) tuzatish bo‘yicha uslubiyat ishlab chiqqan. Maktabgacha yoshdagi bolalar
uchun logopedik dasturlar yaratgan. Margarita Nikolaevna Shishkova (XX asr) Nutq
apparatining fiziologik va psixologik rivojlanishiga oid tadqiqotlar olib borgan. Artikulyatsion
gimnastika va nafas mashqlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar muallifi.
Logopedik o‘qitishning nazariy asoslari psixolingvistika, pedagogika va defektologiya fanlari
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bolaning nutqiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, nutq
buzilishlarining sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish usullarini ishlab chiqishga
yo‘naltirilgan. Maktabgacha yoshda dislaliya, dizartriya, alaliya va duduqlik kabi muammolar
ko‘p uchraydi va ularni vaqtida tuzatish bolaning kelgusidagi ta’lim olishi hamda ijtimoiy
faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedik o‘qitishning nazariy asoslari,
uning asosiy tamoyillari va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Shuningdek, logopedik
mashg‘ulotlarning bola nutqining rivojlanishiga ta’siri va samarali logopedik texnologiyalarni
qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Logopediya – nutq buzilishlarini o‘rganish, oldini olish
va tuzatish bilan shug‘ullanuvchi fan. Uning nazariy asoslari psixolingvistika, neyropsixologiya,
pedagogika va fiziologiyaga tayanadi.
1
. Logopedik o‘qitishning psixolingvistik asosi:
Logopedik o‘qitishning psixolingvistik asosi
nutqning shakllanishi va rivojlanishini psixologik va lingvistik jihatdan o‘rganishga asoslanadi.
Psixolingvistika nutqiy faoliyatni inson psixikasi bilan bog‘liq holda tahlil qiladi va nutqiy
rivojlanishning mexanizmlarini aniqlashga yordam beradi. Psixolingvistika nuqtayi nazaridan,
nutq shakllanishi quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:
Perseptiv bosqich
– bola atrofdagi nutq tovushlarini idrok qiladi va ularni ajrata boshlaydi.
Reproduktiv bosqich
– bola eshitgan tovushlarni takrorlashga harakat qiladi, artikulyatsion
mexanizmlar faollashadi.
Rivojlanish bosqichi
– bola grammatik va leksik tuzilmalarni o‘zlashtirib, to‘liq gaplarni
shakllantira boshlaydi.
Automatizatsiya bosqichi
– bola o‘zlashtirgan nutqiy qoidalarni mustahkamlab, erkin muloqot
qilishga o‘tadi.
Psixolingvistika nuqtayi nazaridan, nutqiy buzilishlar bir qancha omillarga tayanadi:
Neyrofiziologik omillar – markaziy nerv tizimining rivojlanishidagi muammolar, miya
faoliyatining sustligi kiradi.
Kognitiv omillar – bolaning nutqiy eshitish qobiliyati va tafakkur jarayonlarining yetarlicha
shakllanmagan holatlarda yuzaga keladi.
Lingvistik omillar – fonetik va grammatik tizimni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar sabab bo’ladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
374
Ijtimoiy-psixologik omillar – nutqiy muhitning yetishmovchiligi yoki noto‘g‘ri muloqot shakllari
hisoblanadi.
Psixolingvistik yondashuv bolalarda nutqiy buzilishlarni to‘g‘rilashda tamoyillarga asoslanib
faoliyat olib boriladi. Nutqiy idrokni rivojlantirish orqali bolaning eshitish qobiliyatini va
fonematik tafakkurini shakllantiradi. Nutqiy muloqotni rag‘batlantirishda bola bilan interaktiv
suhbat va o‘yin shaklidagi mashg‘ulotlar o‘tkazish mumkin. Fonetik-fonematik rivojlanishni
qo‘llab-quvvatlash
bilan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish va ularni
avtomatlashtirishdan iborat. Semantik va sintaktik rivojlanishni shakllantirish esa bolaga so‘z
boyligini oshirish va grammatik jihatdan to‘g‘ri gap qurishni o‘rgatish ko’maklashadi.
Neyropsixologik asos
Maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitishning neyropsixologik asoslari bolalarning nutqiy
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va ularning individual xususiyatlarini hisobga olishga
qaratilgan. Neyropsixologiya nutq buzilishlarini miyadagi funksional o‘zgarishlar bilan bog‘lab
o‘rganadi va ularni to‘g‘rilashga yordam beradi. Miyaning funktsional asimmetriyasi bolaning
nutqi markaziy asab tizimi bilan bog‘liq. Miya po‘stlog‘ining nutq markazlari (Broka va Vernike
zonalari) yaxshi rivojlanmasa, nutqiy buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Nutq jarayonlari asosan
chap yarimsharda shakllanadi, lekin o‘ng yarimshar ham muhim rol o‘ynaydi. Disleksiya,
disgrafiya kabi muammolar chap yarimsharning zaifligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nutq va
psixik jarayonlarning o‘zaro bog‘liq holda eshitish, sezgi, e’tibor, xotira, harakat va emotsiyalar
nutq rivojlanishiga ta’sir qiladi. Neyropsixologik treninglar (masalan, motorika mashqlari)
nutqni rivojlantirishga yordam beradi. Maktabgacha yoshda miyaning moslashuvchanligi yuqori
bo‘lib, to‘g‘ri yondashuv bilan nutq buzilishlarini samarali tuzatish mumkin. Sensor-motor
o‘yinlar va interaktiv metodlar neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni mustahkamlaydi. Nutq va
harakatlarning o‘zaro bog‘liq bo’lib , kichik motorika rivojlanishi (barmoqlar mashqlari)
nutqning shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Neyropsixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nutq
buzilishlari bo‘lgan bolalarda harakat koordinatsiyasi ham sust rivojlangan bo‘lishi mumkin.
Logopedik trening va neyropsikokorreksiya bilan mashg‘ulotlar bolalarning kognitiv
funksiyalarini rivojlantirish uchun maxsus o‘yinlar va texnikalarni o‘z ichiga oladi. Vizual,
akustik va kinestetik stimullash orqali nutq funksiyalarini yaxshilashga yordam beriladi.
Bolaning sensor va motor tizimini rivojlantirishga yordam beradi. Eshitish, talaffuz va nutq
koordinatsiyasini shakllantirishga qaratiladi.
Pedagogik asosi
Maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitishning pedagogik asoslari bolalarning nutqiy
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, nutq nuqsonlarini bartaraf etish va ularning jamiyatga
moslashuviga yordam berishga qaratilgan. Bu jarayonda pedagogik tamoyillar va maxsus
metodikalar qo‘llaniladi.
Pedagogik tamoyillar:
Bolaning yoshi va psixofiziologik rivojlanish darajasiga qarab mos yondashuv qo‘llaniladi. 3–7
yosh oralig‘idagi bolalarda nutqiy rivojlanish jadalligi va individualligi inobatga olinadi.
Tizimlilik va izchillik
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
375
Logopedik ishlar bosqichma-bosqich olib boriladi (ovoz, tovush talaffuzi, so‘z boyligini oshirish,
gap tuzish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish). Darslar rejalashtirilgan holda muntazam
o‘tkaziladi.
Faollik va interaktiv ta’lim
O‘yin metodlari, sensor-motor mashqlar, rolli o‘yinlar orqali bolalar faol ishtirok etishi
ta’minlanadi.Multimediya va vizual materiallardan foydalaniladi.
Individual yondashuv
Har bir bolaning nutqiy rivojlanish darajasi, ehtiyojlari va qiyinchiliklari inobatga olinadi.
Maxsus mashqlar va individual reabilitatsiya dasturlari ishlab chiqiladi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Ota-onalar logopedik mashg‘ulotlarga jalb qilinadi, ularga maslahatlar beriladi. Uyda
bajariladigan mashqlar orqali natijalar mustahkamlanadi.
Pedagogik metodlar va vositalar
O‘yinli mashg‘ulotlar – didaktik o‘yinlar, dramatizatsiya, harakatli o‘yinlar
Ko‘rgazmali metodlar – suratlar, kartochkalar, interaktiv ta’lim vositalari
Taktil va kinestetik mashqlar – barmoq gimnastikasi, harakatli mashqlar
Nutqni modellashtirish – gap qurish, hikoya tuzish, savol-javob mashqlari
Nutq terapiyasi elementlari – artikulyatsion gimnastika, fonematik eshitishni rivojlantirishdan
iborat. Maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitish bolalarning nutqiy rivojlanishiga pedagogik
yondashuv asosida olib boriladi. Tizimli, interaktiv va individual yondashuvlardan foydalanish
orqali bolalarning nutqiy qobiliyatlari yaxshilanib, ular maktabga tayyor bo‘lishadi. Individual
yondashuv orqali har bir bola uchun alohida mashg‘ulot rejalari tuziladi. Didaktik tamoyillar
bilan o‘yin uslubi, ko‘rgazmalilik va bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida tashkil qilinadi.
O‘qitishning izchilligi bilan oddiy talaffuz mashqlaridan murakkab grammatik strukturalarga
o‘rgatiladi.
Fiziologik asos
Logopedik o‘qitishning fiziologik asoslari bolaning nutq apparati, miya faoliyati va sezgi
organlarining rivojlanishiga bog‘liq. Fiziologik tamoyillarni tushunish logopedik mashg‘ulotlarni
samarali tashkil etishga yordam beradi. Nutqning rivojlanishi asosan quyidagi fiziologik
tizimlarga bog‘liq: Markaziy asab tizimi (MAT) – Nutq markazlari miya po‘stlog‘ida joylashgan
(Broka va Vernike sohalari). Eshitish tizimi – Bolalar nutqni eshitish orqali o‘rganadi, shuning
uchun eshitish analizatori muhim rol o‘ynaydi. Nutq apparati – Til, lablar, tanglay, tomoq
mushaklari tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Nafas olish tizimi – Nutq jarayoni
to‘g‘ri nafas olish bilan bog‘liq. Nafas olish mashqlari nutqni yaxshilashga yordam beradi.
Harakat-motor tizimi – Kichik motorika (barmoqlar, qo‘llar) rivojlanishi bevosita nutq
markazlari bilan bog‘liq.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
376
Nutq rivojlanishining fiziologik bosqichlari
1. Tug‘ilishdan 1 yoshgacha – Ovozlarga javob reaksiyalari, tovush chiqarish reflekslari.
2. 1–3 yosh – So‘z boyligi shakllanishi, oddiy gaplar tuzish.
3. 3–5 yosh – Nutq grammatikasi rivojlanadi, bog‘langan gaplar paydo bo‘ladi.
4. 5–7 yosh – To‘liq shakllangan nutq, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish.
Maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitish bolalarning fiziologik rivojlanishini inobatga olgan
holda olib boriladi. Miya, nutq apparati va eshitish tizimining yetukligi nutq rivojlanishida
muhim rol o‘ynaydi. Nutqning rivojlanishi nafas olish, artikulyatsiya va eshitish qobiliyatiga
bog‘liq. Shuning uchun logopedik mashg‘ulotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Artikulyatsion gimnastika – Til, lab va jag‘ harakatlarini tovushlarni to‘g‘ri aytish qobiliyatini
rivojlantiradi.
Nafas mashqlari – To‘g‘ri nafas olishni shakllantirish va nutq davomiyligini oshirish to‘g‘ri
talaffuz uchun muhim.
Fonematik eshitish rivojlantirish – Eshitish analizatorining sezgirligini oshirish tovushlarni
to‘g‘ri ajratish va eshitib anglash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Xulosa
Maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitishning nazariy asoslari bolalarning nutqiy
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, nutq buzilishlarini bartaraf etish va ularning muloqot
qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan. Bu jarayon tilshunoslik, pedagogika, psixologiya,
fiziologiya va neyropsixologiya fanlarining integratsiyasiga asoslanadi. Logopedik o‘qitishning
asosiy tamoyillari tizimlilik, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish, interaktiv
yondashuv hamda ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Nutq rivojlanishi jarayonida
markaziy asab tizimi, eshitish va artikulyatsiya apparati, nafas olish tizimi kabi fiziologik omillar
muhim rol o‘ynaydi. Nazariy jihatdan logopedik ta’lim bolalar nutqini rivojlantirishda o‘yin
texnologiyalari, ko‘rgazmali metodlar, artikulyatsion gimnastika, fonematik eshitish mashqlari
kabi usullarga tayanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun logopedik mashg‘ulotlar ularning
umumiy psixik rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Shunday qilib, maktabgacha ta’limda
logopedik o‘qitish ilmiy-nazariy asoslar va amaliy metodikalarga tayanib tashkil etilganda,
bolalarning nutqiy qobiliyatlari samarali rivojlanib, ularning maktabga tayyorgarlik darajasi
oshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Арутюнян, Л.Р. (2006). Логопедия: Теория и практика коррекции речи у детей
дошкольного возраста. Москва: Академия.
2. Богомолова, А.Н. (2015). Основы логопедии и логопедическая работа в дошкольном
возрасте. Санкт-Петербург: Речь.
3. Жукова, Н.С. (2018). Логопедическая работа в детском саду: Коррекция речевых
нарушений у дошкольников. Москва: Просвещение.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
377
4. Левина, Р.Е. (2004). Формирование правильной речи у детей дошкольного возраста.
Москва: Владос.
5. Мамедова, И.М. (2017). Педагогические основы логопедического обучения в детском
саду. Казань: Казанский университет.
6.Logopediya darslik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi. M. Ayupova
2019.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi. (2020). Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida logopedik ishlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent.
9. Vygotsky, L.S. (1986). Thought and Language. Cambridge, MA: MIT Press.
10. Чиркина, Г.В. (2010). Современные подходы к коррекционной педагогике и логопедии
в дошкольном образовании. Москва: Национальный институт образования.