INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
355
Qo‘ziboyeva Hilola Hamidbek qizi
Urganch innovatsion universiteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
21/06-guruhi talabasi
ALISHER NAVOIY DOSTONLARIDA FARHOD OBRAZI
(“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONI)
Annotatsiya:
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhod obrazining shakllanishi,
Navoiy asaridagi badiiyatni imkoniyat darajasida saqlagan holda uning mazmunini uyg‘otish,
asarda Farhod va Shirin o‘rtasidagi sevgi hikoyasining hissiy ta’siri
Kalit so‘zlar:
“Farhod va Shirin”, xalq poeziyasi, kirpik ignasi, mo‘jizakor metin, poetik meros,
xalq she’riyati, syujet, tasavvufiy g‘oyalar, xronika, poeziya.
Аннотация:
Формирование образа Фархада в эпосе Алишера Навои “Фархада и Ширин”,
пробуждение его содержания в творчестве Навои с сохранением искусства на уровне
возможностей, эмоциональное воздействие истории любви между Фархадом и Ширин в
произведении.
Ключевые слова:
«Фарход и Ширин», народная поэзия, игла-ресница, чудесный текст,
поэтическое наследие, народная поэзия, сюжет, мистические представления, летопись,
поэзия.
Abstract:
The formation of Farhod's character in Alisher Navoi's epic Farhod and Shirin,
preserving the artistic essence of Navoi's work as much as possible while conveying its meaning,
and the emotional impact of the love story between Farhod and Shirin in the epic.
Key words:
“Farhad and Shirin”, folk poetry, needle, miraculous still, poetic heritage, folk
poetry, plot, mystical ideas, Chronicle, poetry.
Alisher Navoiy o‘zning butun faoliyati, ijodini va iste’dodini umum manfaatiga xizmat
qilishga qaratgan ulug‘ kishilardan biridir. Chunki umum manfaatga xizmat qilgan kishilarni
tarix ulug‘ kishilar deb hisoblaydi. Navoiy shoir, olim, mutafakkir, davlat madaniyati arbobi
sifatida insonning, xalqning va butun bashariyatning baxt-saodatini orzu qildi, shu yo‘lda
kurashdi, ijod etdi. Binobarin, insonparvarlik va xalqparvarlik Navoiy faoliyati hamda ijodining
negizini tashkil etadi. Bu Alisher Navoiyning badiiy ijodiyotiga ham to‘la taaluqlidir. Alisher
Navoiy juda murakkab bir tarixiy sharoitda, o‘sha sharoitning xilma-xil ziddiyatlari bilan birga
yashadi. U ba’zan davrining tor tarixiy chegaralarini yorib o‘tdi, ba’zan esa davrining
muammolari oldida ojiz qoldi, javob istab, yo‘l axtarib turli xil ta’limotlarga, falsafiy qarashlarga
murojaat qildi, biroq, ulardan ham yetarli qanoat hosil qila olmadi. Xalqning ijodkorlik dahosini
ulug‘lagan va e’zozlagan Alisher Navoiy xalq poetik ijodiyotiga yanada ko‘proq e’tibor va
ahamiyat berar edi. Bu tabiiy. Shoir sifatida Alisher Navoiyni hammadan avval xalq poeziysi
qiziqtirar edi. U xalq poetik ijodiyotini nihoyatda sevgan, uni qadrlagan, xalq poeziyasining
rang-barang boyliklari bilan yaqindan tanishgan, undan ijodiy foydalangan, xalq ijodiyotini
mensimagan yoki undan bexabar kishilarni, birinchi navbatda nozimlarni qattiq tanqid qilib
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
356
ko‘rgan, u xalq she’riyatining ayrim tur va xususiyatlarini tadqiq qilgan, ta’rif va tavsif etgan.
Navoiy xalq poetik ijodiyotiga rang-barang gullar jilvalangan bepoyon bo‘ston, durru
gavharlarga kon tubsiz ummon deb qaraydi. Jumladan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”
dostoni Xamsaning to‘rtinchi dostoni bo‘lib, uning romantik va falsafiy mazmuni bilan o‘ziga
xos o‘rin egallaydi. “Farhod va Shirin”ning muqaddimasida salaflarini takrorlamay, xalq
“fasona”si va “tarix” sahifalarini o‘qib-o‘rganib, boshqa kuzatganlar ko‘rmagan va foydalangan
boyliklardan bahramand bo‘lish zaruratini ta’kidlaydi. Bu salaflaridan farq qilish uchungina
emas, balki asarlarining g‘oyaviy-badiiy qiymatini oshirish va o‘z zamonasi, turkiy
kitobxonlarning ehtiyoji-yaqinlashtirish uchun ham kerak edi. Shoir muqaddimaning ushbu 9-
bobini shunday nomlaydi: “Bu iqbol varaqlarining muqobalasi va bu saodat tarxlarinining
mutorahasi va xayol bahrida ma’noiy”. tuxfan savdosi uchun masohiy qilmoq va har fasona
safinasin varaq-varaq, balki har tarix jungin safha-safha axtarib daryozada ajnoskqa rad iligin
urmoq va ma’oniy akmitashi nafoyisin bu latofat hujlasi aroyisi uchun g‘ayb tujjoridin hayot
naqdin berib savdo qilmoq va jon rishtasi va kirpik ignasi bilan libosi namoyish va xil’ati oroyish
tikib bu abkor qadlariga solib jilva bermak. (Hamza, 163-bet, ta’kid bizniki – N.M.) Saralavhada
ta’kidlangan “afsona” va “tarix” sahifalari haqida fikrlar quyidagi misralarda konkretlashtiriladi,
takomillashtiriladi:
Ki chun bu uyda kileung naqsh debo,
Kerak uy tarxi dog‘i, bulsa zebo.
Agarchi nazmi dilkash tushsa masmu’,
Aning afyonasi ham bulsa matbu’.
Burin jam et nekim bulgay tavarih,
Borida ista bu farxunda tarix.
Topilgay shoyad andog bir necha suz,
So‘z aytur elga ul yon tushmagan kiz. ”. [1, 111]
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari o‘zbek adabiyotining eng yirik va eng
mashhur epik asarlaridan biridir. Ushbu asar, o‘zining go‘zal tilidagi she’rlari, insoniy his-
tuyg‘ularni o‘zida aks ettirgan romantik syujeti bilan tanilgan. Bu asar Navoiy tomonidan XV
asrda yozilgan va o‘sha davrning poetik merosi sifatida muhim ahamiyatga ega. “Farhod va
Shirin” – bu sevgi, sadoqat, kurash va tasavvufiy o‘gitlar bilan to‘la bir doston. Asarda Farhod
va Shirin o‘rtasidagi sevgi hikoyasi asosiy syujetni tashkil etadi. Farhod, kuchli va jasur yigit,
Shirin esa go‘zal va aqlli bir ayol. Ular o‘rtasidagi sevgi, to‘siqlar va qarshiliklarga qaramay,
asar davomida nafaqat ikkinchi darajali rollarda bo‘lgan shaxslar bilan, balki tabiat va insoniyat
bilan ham sinovlardan o‘tadi. Asar o‘zining she’riy shakli bilan ajralib turadi va butunlay hikoya
shaklida yozilgan. Farhod, Shirin uchun o‘z jonini, ba’zan esa barcha orzularini qurbon qiladi.
Shu bilan birga, asarda tasvirlangan tasavvufiy elementlar, insonning qalbi, ezgulikka intilishi,
shaxsiy kuch va jasorat kabi masalalar muhim o‘rin tutadi. Sevgi masalasiga chuqur yondashuv,
asar ichida ideal qilingan sevgi tasviri mavjud. “Farhod va Shirin” asarida nafaqat sevgi, balki
tasavvufiy g‘oyalar ham mavjud. Farhodning sevgi uchun qilgan mashaqqatlari va qurbonliklari,
uning ruhiy o‘sishi va ma’naviy tozaligi, tasavvufdagi “ichki sayohat”ning ramzi sifatida
tushuniladi. Bu sevgi nafaqat tashqi olamda, balki ichki dunyoda ham qiyinchiliklar bilan amalga
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
357
oshadi. Navoiy o‘zining dostonlarida yuqori badiiy saviyani saqlab, so‘zlarning chuqur
ma’nolarini ochib beradi. “Farhod va Shirin”da o‘zbek tilining she’riy imkoniyatlaridan
mukammal foydalangan. Undagi metaforalar, tasvirlar va og‘zaki san’at shakllari, asarni o‘qigan
kishida maxsus estetik taassurotlar qoldiradi. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin”ni XV asrda
yozgan bo‘lsa-da, uning mazmuni va shakli o‘zgarmagan holda hozirgi zamonga ham ta’sir
o‘tkazib kelmoqda. Asar o‘zining tafakkur, sevgi va hayot haqidagi fikrlarini zamonlar o‘tishi
bilan ham dolzarbligini saqlab qoldi. “Farhod va Shirin” asari Alisher Navoiy tomonidan
yozilgan eng buyuk dostonlardan biri bo‘lib, insoniy tuyg‘ular, sevgi va ma’naviyatni
yuksaltiruvchi mazmuni bilan dunyo adabiyotida o‘z o‘rniga ega. Asarda ko‘rsatilgan insonning
ichki kurashlari, uning maqsadga erishish yo‘lidagi mashaqqatlari, shuningdek, insoniyatning
ideal yuksalishiga bo‘lgan intilishi, unga o‘quvchi yoki tinglovchi nuqtai nazaridan qaraganda
kattaroq tasavvurlarni ochib beradi. Farhod va Shirin zakidagi qissa nihoyatda qadimiy bo‘lib, u
O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari orasida ancha keng tarqalgan. U yozma adabiyotga kirib
kelmasdan burun ham ko‘p variantlarda xalq og‘zaki ijodidan o‘rin olgan edi. Bu qissaning
markazida mehnat kishisi Farhod turgan, lekin u zolim podshoh Xusravning zulmi va makkorligi
orqasida o‘zining qahramonona mehnati tufayli ham o‘z sevgilisi Shiringa yetisha olmagan va
fojiali ravishda o‘ldirilgan, ayniqsa mehnatkash aholining orasida uni ommalashtirib yuborgan.
Farhod qissasini birinchi marotaba ulug‘ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1203)
o‘zining “Xusrav va Shirin” dostoniga bir epizod sifatida kiritdi. Unda Farhod afsonaviy
qiyofada tasvirlangan bo‘lib, u Shirin uchun insonning qo‘lidan kelishi qiyin bo‘lgan ishlarni
qiladi, bir o‘zi mo‘jizakor metini bilan tagdagi xarsang toshlarni yorib ariq o‘tkazadi, yo‘l soladi.
Undagi bu g‘ayri tabiiy fazilatlarni ko‘rgan Xusrav uni Shirin yaxshi ko‘rib qolishidan qo‘rqib,
unga Shirinni o‘ldi deb xabar yetkazadi va shu yo‘l bilan undan qutuladi. Chunki u bu shum,
yolg‘on xabarni eshitib hayot bilan vidolashadi. Lekin Nizomiydan oldin yashab ijod qilgan
termizlik Adib Sobir Termiziy (1147-1148) she’rlarining o‘zida Farhod obrazi bir necha bor
uchraydi. U, masalan, bir qasidasida o‘zining yor visoliga yetisha olmasdan, baxtsiz,
xursandchiliksiz yashayotganini Besutun tog‘ida Shirin uchun qiynalib ariq qazib, oxirida hech
narsaga erisha olmagan Farhod hayotiga o‘xshatadi:
Nadida hech murode zi yori shirinlab,
Ba Besutuni jafa monda hamchu Farhodam.
Mazmuni:
Lablari shirin yordan hech qanday murodga erisha olmay,
Besutun tog‘ida azob uqubatda qolgan Farhodga o‘xshayman.
Uning boshqa bir g‘azalida esa oshiq yorning shamshod qaddini ko‘rib, Farhod
Shirinning go‘zallik qomatini ko‘rganda qanday g‘amga botgan bo‘lsa, uning dili ham shunday
holga tushganini aytadi:
In dili noshodi man az qaddi chun shamshodi u
On hamegira, ki Farhod az gami Shirin g‘irift.[1, 244]
Bu xil misollarni ko‘plab keltirish mumkin va ular hammasi mazkur qissaning
O‘zbekiston hududida ham xalq orasida go‘yat mashhurligidan dalolat beradi. Nizomiy dostonini
o‘zbek shoiri Qutb XIV asrdayoq she’riy tarjima qilgani bu qissaning turkiy xalqlar orasida yana
ham keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Alisher Navoiyga qadar o‘nlarcha shoirlar, shu jumladan, Xusrav Dehlaviy (1253-1325)
Nizomiyga javoban Xusrav va Shirin mavzusida qalam tebratib, ularda Farhod obrazini saqlab
qoldilar, uning obrazini ma’lum darajada yangicha gavdalantirishga ham urindilar.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
358
Faqat o‘zbek adabiyotida emas, umuman Sharq adabiyotida Farhod va Shirin syujeti
asosida prinsipial yangi doston yaratgan kishi ulug‘ o‘zbek shoir Alisher Navoiyning o‘zi bo‘ldi.
Bu dostonni yozishga kirishishdan oldin Navoiy Farhod va Shirin haqida yozma va og‘zaki
adabiyotda, qadim tarixiy xronikalarda mavjud hamma ma’lumotlar bilan tanishib chiqqan va
o‘z oldiga Farhod timsolida hunarga, mehnatga butun vujudi bilan berilgan, kishilar o‘rta
asrlarda og‘ir mehnat orqali qullarcha ezilgan bir sharoitda odamlarning mehnatini
yengillashtiradigan ish qurollari kashf qilishni orzu qilgan va bunga erishgan buyuk insonparvar
qahramon obrazini, bugina emas, o‘qish, o‘rganish, kuchli intilish, mislsiz jasorat tufayli yuqori
aqliy kamolotga, oqsoq insoniy fazilatlarga erishgan bahodir jangchi va matonatli, vafodor oshiq
obrazini yaratishni maqsad qilgan edi. Shirin siymosida esa u go‘zallik, sevgi va sadoqat ramzi
bo‘lishi uchun Navoiyning ushbu dostoni sovet davrida yangidan qadr-qimmat topdi, qayta-qayta
nashr etildi, uning asosida sahna asarlari yuzaga keldi. Ammo Navoiy asarlari tilining
murakkabligi, tushunishga qiyinligi bu davrda yana ham sezilarli edi. Bu vaqtda o‘zbek adabiy
tili tub o‘zgarishlarga uchragani sababli bu asarning Umar Boqiy tomonidan yaratilgan nasriy
varianti ham talabga javob bermay qoldi. Buning ustiga Umar Boqiy o‘z variantida Navoiy
asaridan ba’zi o‘rinlarda ma’lum darajada uzoqlashib, bu nasriy tekstni to‘la ma’noda Navoiy
asari deyish ham qiyin edi.
Shuni hisobga olib taniqli o‘zbek sovet shoir va adibi G‘afur G‘ulom Alisher Navoiyning
tavalludining 500 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan yillari bu dostonning keng
ommaga mo‘ljallangan nasriy bayonini tayyorlashga kirishdi. Bu nasriy bayon Navoiyning
she’riy teksti bilan yonma-yon berishga mo‘ljallangan edi. G‘afur G‘ulom mazkur ishni
tugallagach, uni o‘sha vaqtda Navoiy yubileyini o‘tkazish Komiteti tomonidan shoir asarlarining
tekstlari ustida ishlarga maxsus jalb etilgan, o‘tmish o‘zbek adabiyotining yirik mutaxassislari
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi A. Nasriddinov (Bokiy),
S. Mutallibov,
P. Shamsiyev, I. Odilov, A. Azizov, X. Zarifov, Ulfat va boshqalar huzuriga keltiradi va ular
kollektív ravishda har baytni asl tekstga taqqoslab, qo‘lyozmani boshidan oxirigagacha ko‘zdan
o‘tkazadilar, qimmatli fikrlar bildiradilar. Qo‘lyozma muallifi esa ularning hammasini hisobga
olgan holda bu dostonni nasriy bayoni bilan birgalikda birinchi marta 1940-yilda, so‘ng
Ulug‘ Vatan urushi tugagach nashr etadi. Yangi avlodni ulug‘ shoir asari bilan chuqurroq
tanishtirishda bu nashrlarning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi.
Umuman
olganda,
geniyal shoir asarining barcha go‘zalligi, latofati, ma’nolarini hech qanday nasr butun to‘laligi
bilan aks ettira olmasligi oddiy haqiqat. Ushbu nasrdan kuzatilgan birinchi maqsad Navoiy
asaridagi badiiyatni imkoniyat ro‘parasida saqlagan holda uning mazmuni, syujeti, qahramonlari,
shoirning niyati bilan kitobxonlarni yaqindan tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi maqsad ularga shu yil
bilan asarning asl poetik tekstini o‘qib tushunishga yo‘llanma berishdir. [1, 246]
Demak, Alisher Navoiy “Farhod va Shirin”ni yaratmoq uchun “afsona” va “tarix”ning
“poyonsiz bahri”ga sho‘ng‘ib, undan “oliy qadr durlar” tergan ekan. Shuni ta’kidlash lozimki,
o‘tmish tarix kitoblari sof tarixiy voqealarnigina bayon etib sharhlamagan, balki rivoyat va
afsonalarga ham keng o‘rin bergan, ba’zan tarix bilan afsona aralashib, chatishib ketgan, tarix
afsonadek, afsona tarixdek aks ettirilgan.
Navoiyning o‘zi yozgan “Tarixi muluki Ajam” asari ham shu tahlitdadir. Binobarin, tarix
kitoblari ayni chog‘da folklor manbasi hamdir. Alisher Navoiy turli yozma manbalar va og‘zaki
bayonot orqali O‘rta Osiyo va umuman Yaqin hamda O‘rta Sharq xalqlarining juda ko‘p afsona,
rivoyat, qissa, doston, hikoya, latifa va boshqa janrlardagi turli tuman asarlarini yaxshi bilgan va
ulardan ilhom olgan, kezi kelganda ijodiy foydalangan.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
359
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Hayitmetov A. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin”. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti, 1975.
2. Mallayev N. Navoiy ijodiyotining xalqchil negizi. Toshkent, “O‘qituvchi” 1980.
3. Xayyom U. Navro‘znoma. Toshkent: Mehnat. 1990-yil.
4. Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent: Ma’naviyat. 2012-yil.