Авторы

  • Otaxonova Gulasal Boboxon qizi
    Urganch innovatsion universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish:ingliz tili 24/06-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68867

Ключевые слова:

doston Husayn Boyqaro aruz vazn g‘azal ruboiy axloqiy fazilatlar.

Аннотация

Maqolada Alisher Navoiyning hayoti davomida yozib qoldirgan asarlari va ular haqida ma’lumotlar berilgan.

 


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

351

Otaxonova Gulasal Boboxon qizi

Urganch innovatsion universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish:ingliz tili 24/06-guruh talabasi

otaxonovagulasal005@gmail.com

ALISHER NAVOIYNING O‘ZBEK ADABIYOTIGA QO‘SHGAN HISSASI

Annotatsiya:

Maqolada Alisher Navoiyning hayoti davomida yozib qoldirgan asarlari va ular

haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

doston, Husayn Boyqaro, aruz, vazn, g‘azal, ruboiy, axloqiy fazilatlar.

Аннотация:

В статье собраны произведения, написанные Алишером Навои при жизни, и

информация о них.

Ключевые слова:

эпос, Xусейн Байкара, аруз, стих, газель, рубаи, нравственные качества.

Abstract:

The article contains the works of Alisher Navoi and information about them.

Key words:

epic, Huseyn Baykara, aruz, verse, ghazal, rubai, moral qualities.

“Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir

davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi,

millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir.

Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni

bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa” [1, 29].

Ulug‘ mutafakkir bobomizning qay bir asarini olmaylik, unda insonning ma’naviy

tarbiyasi bilan bog‘liq biron fikr, hikmat uchramasdan qolmaydi. Hikmatli so‘z, pand-u o‘git

Sharq adabiyotining qon-qoniga singib ketgan.

Alisherning she’riyatdagi ilk ustozi tog‘asi Mir Sayyid Kobuliy va Muhammad Ali

G‘aribiylardir. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Kobuliy haqida: “Yaxshi tab’i bor erdi,

turkchada mayli ko‘proq erdi…” – desa, G‘aribiy haqida: “Xush muxovara (xushsuhbat) va

xushxulq va dardmand yigit erdi. Ko‘proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xo‘b erdi.

Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…” – deydi.

Navoiyning bundan besh asr avval ilgari surgan g‘oyalari bugun ham o‘z dolzarbligi va

ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgani kishini hayratga soladi. Bu jihatdan shoirning isrof

to‘g‘risidagi mulohazalari, ayniqsa, ibratli. “Isrof qilish saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli

odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona deydilar; yorug‘ joyda sham yoqqanni

aqldan begona deydilar. Maqtanish uchun mol bermoq – o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq va shunday

qilib o‘zini “saxiy” demoq – behayolik bilan nom chiqarmoq. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson

bersa, u pastkash, saxiy emas”. 1465-1466-yillarda uning muxlislari she’rlarini to‘plab, “Devon”

tuzdilar. Bu kitob bugungi kunda shartli ravishda “Ilk devon” deb nomlanadi. 1469-yilda Hirot

taxtiga Husayn Boyqaro chiqadi va Samarqandga xat yo‘llab, Alisher Navoiyni o‘z yoniga

chaqirib oladi. U do‘stining iltimosiga binoan Hirotga qaytadi va ramazon hayiti munosabati

bilan do‘sti sharafiga bitilgan “Hiloliya” qasidasini unga taqdim etadi. Husayn Boyqaro

Alisherni muhrdor qilib tayinlaydi va shu paytdan shoirning el xizmatidagi faol jiddu jahdi


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

352

boshlanadi. Boyqaro do‘stining noroziligiga qaramay, 1472-yil fevralida uni vazir lavozimiga

tayinlaydi va “Amiri Kabir” (“Ulug‘ Amir”) unvonini beradi. Bu lavozimda Navoiy el-ulus

manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun

foydalanadi-ki, bularning barchasi pirovard natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va

nufuzini ta’minlaydi.

Hirot bu davrda nihoyatda ko‘rkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, she’riyat, nafis

san’atlari rivoj oldi. Talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya”

xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome’ yoniga Qorixona (“Dor ul-

huffoz”) qurildi. Ulug‘ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar

qo‘lyozmalarni oqqa ko‘chirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana “Nizomiya”,

Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar bino etildi.

Alisher Navoiy 1472-1476-yillarda o‘z qo‘li bilan birinchi devoni “Badoye ul-bidoya”

(“Badiiylik ibtidosi”)ni tuzdi. Bu devonga uning yoshlik va yigitlik paytlarida yozgan 800 dan

ortiq she’rlari jamlangan bo‘lib, shoir ijodiy kamolotining birinchi bosqichini aks ettiradi.

Alisher Navoiyga bag‘ishlangan tarixiy va ilmiy asarlarda batafsil tavsif qilinishicha,

1469-1481-yillar Alisher Navoiyning ijtimoiy hayot va obodonchilik borasidagi eng faol xizmat

ko‘rsatgan yillari bo‘lgan. Shoir 1481-yili “Vaqfiya” asarini yozib, unda o‘zining binokorlik va

xayriya ishlariga yakun yasab, o‘z o‘ziga hisob bergan.

1483-yildan Alisher Navoiy o‘zining buyuk “Xamsa” asarini yozishga kirishdi va uni 3

yilda tugalladi. Besh dostonni o‘z ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq

bo‘lib, Navoiyning barcha she’riy merosini deyarli yarmini tashkil qiladi. “Xamsa” – Alisher

Navoiy ijodining qalbidir.

Fors tilidagi birinchi “Xamsa” buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) tomonidan

yaratildi. Shoir hech bir o‘rinda o‘zining “Xamsa” yozganligini qayd etmaydi. Nizomiy

vafotidan 100 yil o‘tib, Hindistonda tug‘ilib o‘sgan forsiyzabon turk o‘g‘loni Xusrav Dehlaviy

Nizomiy “Xamsa”siga birinchi bo‘lib tatabbu yozadi va “xamsachilik” an’anasini boshlab beradi.

Dehlaviy “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida

o‘zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV- XV asrlar mintaqa

ma’naviyati “Xamsa” an’anasi ta’sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech

bo‘lmaganida “Xamsa”ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan o‘lchanadigan bo‘ldi.

Navoiy shu yillar orasida ikkinchi devoni – “Navodir un-nihoya” (“Behad nodirliklar”) ni

tuzishga kirishdi. Mutafakkir adib tarixiy haqiqatga ham muayyan izchillikda o‘z munosabatini

bildirib o‘tishni insof yuzasidan lozim topdi va “Zubdat ut-tavorix” (Tarixlar qaymog‘i”) asarini

yozib tugatdi.

“Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”) ham axloqiy-didaktik g‘oyalar targ‘ibiga

bag‘ishlangan. U ayrim hadisi shariflarning she’riy talqinidir. Unda hadislardagi asosiy

tushuncha va tamoyillar nihoyatda soda va tushunarli, ta’sirchan tilde, she’riy shaklda talqin

qilinadi.

Navoiy 1485-1488-yillarda “Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg‘ambarlar va hakimlar

tarixi”) kitobini yozadi. Bu kitobda payg‘ambarlar tarixi Odam Atodan boshlab yoritilgan.

Ikkinchi qism obidlar (Allohga toat-ibodat qiluvchilar), uchinchi qism esa hakimlar haqida.

1487-yili qishda Navoiy Astrobod hokimi etib tayinlanadi. Bu orada birin-ketin

Navoiyning ustoz va musohiblari hayotdan ko‘z yumdilar. 1488-yili Sayid Hasan Ardasher,

1492-yili Abdurahmon Jomiy, 1493-yili Pahlavon Muhammad vafot etdi. Navoiy ustozlari

xotirasiga “Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Xamsat ul-

mutahayyirin” (“Besh hayrat”) asarlarini shu yillar ichida yozib tugalladi. Navoiy davr shuarosi

xususida “Majolis un-nafois” va islom ma’naviyatining buyuk siymolari, xususan, turk, fors,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

353

hind mashoyixlari tarixiga oid “Nasoyim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabbodasi”) risolalarini

yozadi

1488-yilda “Tarixi muluki ajam” (“Ajam, ya’ni arab bo‘lmagan mamlakatlar podshohlari tarixi”)

yaratiladi. Bu asarlar adibning tarix ilmini juda chuqur bilganligining yorqin nishonasi. Unda

tarixiy shaxslarning, hakimlarning hikmatlaridan namunalar ham keltiriladi. Buyuk shoir

tilshunoslik bilan ham qiziqdi. Lug‘atshunoslikka oid “Sab’at-u abhur” (“Yetti dengiz”) nomli

kitob yozdi.

Navoiy 1492-yilda aruz ilmiga bag‘ishlangan “Mezon ul-avzon” (“Vaznlar o‘lchovi”)

risolasini yozdi. Unda aruz vaznining mohiyati, tuzilishi, bu vaznning turlari, juzv va ruknlari,

bahrlari haqida ma’lumot beradi. Bu asarida tuyuq, qo‘shiq, chinga (yor-yor), muhabbatnoma,

aruzvoriy, turkey singari she’riy shakl va janrlar haqida ham ma’lumot beradi. Navoiy o‘z lirik

ijodini qayta taqsimlab, yangi devonlar majmui “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”) ni

yaratish ishiga astoydil kirishdi. “Chor devon” nomi bilan shuhrat qozongan bu buyuk majmua

45 ming misraga yaqin turli janrlardagi kichik va o‘rta hajmli she’rlarni o‘zida jamlagan bo‘lib,

“G‘aroyib us-sig‘ar” (“Bolalik ajoyibotlari”), “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik davri

nodirliklari”), “Badoye’ ul-vasat” (“O‘rta yosh kashfiyotlari”), “Favoyid ul-kibor”

(“Keksalikdagi foydali mulohazalar”) nomlari bilan ataladi. Bu to‘rt jildda 16 janrga oid 3000

dan ortiq she’r bo‘lib, ularda 2600 g‘azal, 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo va

boshqalar mavjud. “Xazoyin ul-maoniy” ga oldingi ikki alohida devondagi she’rlarning deyarli

barchasi kirgan bo‘lib, keyin yaratilgan 1400 ga yaqin yangi asarlar qo‘shilgan.

Bu turkiy tilda yozilgan asarlari, dostonlari, she’rlaridan tashqari Navoiy fors tilida ham

12 ming misradan oshiq she’r, muammo janri haqida “Mufradot” risolasini, “Sittayi zaruriya”,

“Fusuli araba” turkum qissalarini yozdi, “Foniy” taxallus bilan alohida devon tuzdi. Ushbu

asarlar Xoqoniy, Amir Xusrav, Sa’diy, Hofiz, Kamol Xo‘jandiy, Jomiy kabi fors adabiyotining

mumtoz namoyandalari bilan ijodiy bahsda tug‘ilgan bo‘lib, ham badiiy ifoda, ham mazmuniy

teranlikda salaflar bilan teng qudrat namoyish etadi.

Navoiy 1498-yilda “Lison ut-tayr” , 1499-yilda “Muhokamat ul-lug‘atayn”, 1500-yili

“Mahbub ul-qulub” asarlarini yozdi. Bu uch asar buyuk shoir va mutafakkir ijodining avj

nuqtalari edi. Alisher Navoiy tilshunoslikka doir asari “Muhokamat ul-lug‘atayn”ni yozdi.

Ulug‘ ijodkor umrining so‘ngida yaratgan bu kitob ahamiyati beqiyosdir. Ona tili – turkiyda

“Xazoyin ul-maoniy”, “Xamsa” singari lirik va epik ijodiyotning mumtoz, buyuk namunalarini

yaratib, Sharq adabiyotida Nizomiy, Dehlaviy maqomiga ko‘tarilgan Alisher Navoiy

“Muhokamat ul-lug‘atayn” misolida tilimizning badiiy imkoniyatlarini inkishof etadi. Asarga

shoirning yarim asrdan ortiq turkiy til xazinasida amalga oshirgan ijodiy tadqiqotlari – nazmiy va

nasriy kitoblarni vujudga keltirish tajribasidan kelib chiqib tartib beriladi. O‘smirlik davrlarida

Alisher o‘qishda va yozishda tinim bilmas, she’r mutolaasidan charchamas edi. “Muhokamat ul-

lug‘atayn” asarida o‘zining yoshlik chog‘ida mashhur o‘zbek va fors shoirlari nazmidan 50 ming

bayt (100 ming misra) she’rni yod bilganini yozadi. Alisher Navoiy go‘daklik chog‘laridan

tasavvuf she’riyatining ustodi Farididdin Attor yaratgan “Mantiq ut-tayr” asariga mehr qo‘ygani

bizga ma’lum. Umrining oxirida ushbu asarga tatabbu – javob yozar ekan, o‘zining shungacha

yozgan barcha asarlariga falsafiy yakun yasaydi. Attor asari borliqning yagona mohiyati haqida,

Haq asrori va inson uchun uni anglab yetish imkon darajasi haqida edi. “Lison ut-tayr” mazmuni

“Mantiq ut-tayr”ga zid yoki undagi fikrlarning takrori ham emas, balki yangi tarixiy-ma’naviy

bosqichdagi sharhi, talqinidir.

Shoirning g‘azal-u ruboiylari, muxammas-u qit’alari hamda dostonlarida pand-u o‘git,

hikmatlar badiiy obrazlar, qiyosiy o‘xshatishlar, qiziqarli sarguzashtlar bayoni orqali anglashiladi.

Navoiyning oxirgi asari “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) risolasida barcha


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

354

savollarga yana o‘zi javob bergan. Bu asar tom ma’noda ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga

to‘liq bo‘lib, XV asrda mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy toifalar mohiyati mufassal ochib

berilgan, ijtimoiy va axloqiy hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, yaxlitligi ishonarli ta’kidlangan.

Bu asar turli aforizm, maqol va matallarga boy bo‘lib, xalq orasida juda keng tarqalgan. Hazrat

Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari, muallifning o‘zi ta’kidlaganidek, uch qismga bo‘linadi:

birinchi qism har xil odamlarning fe’l-atvori va ahvoli haqida; ikkinchi qism yaxshi fe’l xosiyati

va yomon xislat kasofati to‘g‘risida; uchinchi qism turli foydali kuzatishlar va misollar haqida.

Alisher Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotining rivojini belgilabgina qolmay,

Movarounnahr va Xurosonning butun ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga juda kata ta’sir

ko‘rsatdi. Uning asarlari, she’riyati qayta-qayta ko‘chirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar

uchun maktab vazifasini o‘tadi, madrasalarda keng o‘rganildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent. “Ma’naviyat”. 2008.

2. Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent: Ma’naviyat. 2012.

3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 18-tom. Devoni Foniy. – T.: Fan,

2002.
4. Bekanova N. “Devoni Foniy” – “Maydon ul-balog‘at” // “Alisher Navoiy adabiy va ilmiy

merosini o‘rganish masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari to‘plami. – 2022.

5. Hayitmetov A. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin”. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashriyoti, 1975.

Библиографические ссылки

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent. “Ma’naviyat”. 2008.

Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent: Ma’naviyat. 2012.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 18-tom. Devoni Foniy. – T.: Fan, 2002.

Bekanova N. “Devoni Foniy” – “Maydon ul-balog‘at” // “Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari to‘plami. – 2022.

Hayitmetov A. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin”. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975.