Авторы

  • Kamoldinov Muhammadsodiq Baxtiyor o‘g‘li
    Oziq-ovqаt texnologiyаsi vа muhаndisligi xаlqаro instituti аssistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.68893

Ключевые слова:

zamonaviy pedagogik yondashuvlar interaktiv va innovatsion tendentsiyalar interfaol o‘qitish case-studiyalar Simulyatsiya va modellash Kross-disciplinar yondashuv integratsiya Iqtisodiyot va biznes sohasi.

Аннотация

Mazkur maqolada iqtisodiyot yo‘nalishlarida biznes matematika fani o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvlarini tahlil qilishga bag’ishlanadi. Biznes matematika — iqtisodiy modellashtirish, optimal qarorlar qabul qilish, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va resurslarni samarali boshqarish kabi sohalarda zarur vosita bo‘lib xizmat qiladi. Fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, an’anaviy metodlardan farqli o‘laroq, interaktiv va innovatsion usullarni qo‘llashni taqozo etadi. Pedagogik yondashuvlarning zamonaviy tendentsiyalari, talabalarni faqat nazariy bilim bilan emas, balki amaliy ko‘nikmalar bilan ham ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, interfaol o‘qitish usullari, masalan, topshiriqlar, guruhli ishlar va case-studiyalar orqali talabalar o‘quv jarayoniga faolroq jalb qilinadi. Bundan tashqari, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, masofaviy o‘qitishning samarali usullarini joriy etish va onlayn platformalarda o‘qitish jarayonini optimallashtirish imkoniyatlari ham e’tiborga olinadi. Biznes matematika fani o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, iqtisodiyot yo‘nalishidagi talabalarni nafaqat nazariy bilimlar bilan, balki amaliy tajriba va ijtimoiy ko‘nikmalar bilan ham ta’minlashni maqsad qilgan. Ushbu yondashuvlar orqali iqtisodiyot fanlari bo‘yicha zamonaviy mutaxassislar tayyorlashning samaradorligi oshadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

473

Farg‘ona davlat universiteti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

U.X.Xonqulov tаqrizi ostidа

Kamoldinov Muhammadsodiq Baxtiyor o‘g‘li

Oziq-ovqаt texnologiyаsi vа muhаndisligi xаlqаro instituti аssistenti

Telefon rаqаmi: +998 94 992 51 52

Orcid:

https://orcid.org/0009-0009-3416-121X

e-mаil

sodiq51525152@gmаil.com

IQTISODIYOT YO‘NALISHLARIDA BIZNES MATEMATIKA FANINI

O‘QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARI

Annotatsiya:

Mazkur maqolada iqtisodiyot yo‘nalishlarida biznes matematika fani o‘qitishning

zamonaviy pedagogik yondashuvlarini tahlil qilishga bag’ishlanadi. Biznes matematika —

iqtisodiy modellashtirish, optimal qarorlar qabul qilish, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va

resurslarni samarali boshqarish kabi sohalarda zarur vosita bo‘lib xizmat qiladi. Fanni o‘qitishda

zamonaviy pedagogik yondashuvlar, an’anaviy metodlardan farqli o‘laroq, interaktiv va

innovatsion usullarni qo‘llashni taqozo etadi. Pedagogik yondashuvlarning zamonaviy

tendentsiyalari, talabalarni faqat nazariy bilim bilan emas, balki amaliy ko‘nikmalar bilan ham

ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, interfaol o‘qitish usullari, masalan, topshiriqlar, guruhli

ishlar va case-studiyalar orqali talabalar o‘quv jarayoniga faolroq jalb qilinadi. Bundan tashqari,

axborot texnologiyalarining rivojlanishi, masofaviy o‘qitishning samarali usullarini joriy etish va

onlayn platformalarda o‘qitish jarayonini optimallashtirish imkoniyatlari ham e’tiborga olinadi.

Biznes matematika fani o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, iqtisodiyot

yo‘nalishidagi talabalarni nafaqat nazariy bilimlar bilan, balki amaliy tajriba va ijtimoiy

ko‘nikmalar bilan ham ta’minlashni maqsad qilgan. Ushbu yondashuvlar orqali iqtisodiyot

fanlari bo‘yicha zamonaviy mutaxassislar tayyorlashning samaradorligi oshadi.

Аннотация:

Статья посвящена анализу современных педагогических подходов к

преподаванию деловой математики в экономике. Бизнес-математика служит важнейшим

инструментом в таких областях, как экономическое моделирование, принятие

оптимальных решений, анализ экономических процессов и эффективное управление

ресурсами. Современные педагогические подходы к преподаванию естественных наук

требуют использования интерактивных и инновационных методов, в отличие от

традиционных методов. Современные тенденции педагогических подходов направлены на

обеспечение студентов не только теоретическими знаниями, но и практическими

навыками. В то же время студенты более активно вовлекаются в процесс обучения с

помощью интерактивных методов обучения, таких как задания, групповая работа и

изучение конкретных ситуаций. Кроме того, будут

учитываться развитие

информационных технологий, внедрение эффективных методов дистанционного обучения,

возможности оптимизации процесса обучения на онлайн-платформах. Современные

педагогические подходы к преподаванию деловой математики направлены на то, чтобы

дать студентам-экономистам не только теоретические знания, но и практический опыт, а

также социальные навыки. Данные подходы позволят повысить эффективность

подготовки современных специалистов в области экономических наук.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

474

Annotation:

The article is devoted to the analysis of modern pedagogical approaches to teaching

business mathematics in economics. Business mathematics serves as an essential tool in such

areas as economic modeling, optimal decision-making, analysis of economic processes and

efficient resource management. Modern pedagogical approaches to teaching natural sciences

require the use of interactive and innovative methods, as opposed to traditional methods. Modern

trends in pedagogical approaches are aimed at providing students with not only theoretical

knowledge but also practical skills. At the same time, students are more actively involved in the

learning process through interactive teaching methods such as assignments, group work and case

studies. In addition, the development of information technology, the introduction of effective

distance learning methods, and the possibilities of optimizing the learning process on online

platforms will be taken into account. Modern pedagogical approaches to teaching business

mathematics are aimed at providing economics students with not only theoretical knowledge but

also practical experience and social skills. These approaches will improve the efficiency of

training modern specialists in the field of economic sciences.

Kalit so‘zlar:

zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv va innovatsion, tendentsiyalar,

interfaol o‘qitish, case-studiyalar, Simulyatsiya va modellash, Kross-disciplinar yondashuv,

integratsiya, Iqtisodiyot va biznes sohasi.

Ключевые слова:

современные педагогические подходы, интерактивность и инновации,

тенденции, интерактивное обучение, тематические исследования, имитация и

моделирование, междисциплинарный подход, интеграция, экономика и бизнес.

Keywords:

modern pedagogical approaches, interactive and innovative, trends, interactive

teaching, case studies, simulation and modeling, cross-disciplinary approach, integration,

economics and business.

Kirish

Iqtisodiyot va biznes sohasi zamonaviy rivojlanish jarayonida murakkablashib bormoqda, bu esa

yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi. Ushbu jarayonning asosiy

elementlaridan biri sifatida biznes matematikasi fanining ahamiyati kundan-kun ortib bormoqda.

Biznes matematikasi nafaqat iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda, balki kompaniya boshqaruvi,

investitsiyalarni baholash va risklarni aniqlashda ham muhim rol o‘ynamoqda. Shu sababli,

biznes matematikasi fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar joriy etilishi talab

etilmoqda. Maqolada biznes matematikasi fanini o‘qitishning zamonaviy pedagogik

yondashuvlari tahlil qilinadi.

Adabiyotlar Tahlili

Biznes matematika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tadqiq qilish

uchun turli xil manbalardan foydalaniladi. Ushbu fan iqtisodiyotda tahlil qilish va qaror qabul

qilish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgani sababli, ilmiy-uslubiy adabiyotlar,

pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishni talab qiladi.

Biznes matematika fanini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida o‘qitish uchun nazariy,

amaliy va texnologik yondashuvlarni birlashtirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu fan iqtisodiyot

yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalarga amaliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va zamonaviy


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

475

iqtisodiy masalalarni hal qilishga qaratilgan bilimlarni taqdim etishda asosiy vosita sifatida

xizmat qiladi. Zamonaviy usullarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini yanada oshirish mumkin.

a) Biznes matematikaning nazariy asoslari va iqtisodiyotga tatbiqi:

Ko‘plab adabiyotlar

biznes matematikaning nazariy asoslarini tushuntirishga qaratilgan. Jumladan, J. Taha

tomonidan yozilgan

“Operations Research: An Introduction”

asarida matematik

modellashtirish va qaror qabul qilish nazariyalari keng yoritilgan. Ushbu kitob iqtisodiyot

yo‘nalishidagi talabalarni strategik fikrlash va iqtisodiy modellar bilan ishlash

ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiradi. Shuningdek, D.R. Andersonning

“An

Introduction to Management Science”

kitobi iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun

matematik yondashuvlarni batafsil bayon qiladi. Bu adabiyotlar biznes matematikaning

iqtisodiyotga amaliy tatbiqlarini tushunishda muhim manba hisoblanadi.

b) Pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar:

Zamonaviy pedagogik usullarni

qo‘llashga doir adabiyotlarda J. Biggs va C. Tangning

“Teaching for Quality Learning

at University”

asari alohida o‘rin tutadi. Ushbu kitob talabalarning faol ishtirokini

ta’minlash uchun mo‘ljallangan o‘quv rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha zamonaviy

yondashuvlarni taqdim etadi. Mualliflar tomonidan taklif etilgan konstruktiv hizmatchilik

(constructive alignment) modeli biznes matematika darslarini amaliy va nazariy jihatdan

uyg’un tashkil qilishda foydalanilishi mumkin.

c) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish:

Axborot texnologiyalarini

o‘quv jarayoniga integratsiya qilish masalalari bo‘yicha T.M. Connolly va C.E. Beggning

“Database Systems: A Practical Approach to Design, Implementation, and

Management”

kitobi foydali hisoblanadi. Mazkur manba biznes matematika fanida

raqamli vositalardan foydalanish va ma’lumotlar tahlili usullarini amaliy o‘qitishning

dolzarb jihatlarini yoritadi. Bundan tashqari, onlayn ta’lim platformalari haqida C. Bonk

va C.R. Grahamning

“The Handbook of Blended Learning”

asari muhim manba

sifatida xizmat qiladi. Kitobda an’anaviy va masofaviy o‘qitish usullarining

kombinatsiyasi orqali talabalarning bilim olish samaradorligini oshirish bo‘yicha

tavsiyalar berilgan.

d) O‘zbekistonda iqtisodiyot yo‘nalishlarida matematika o‘qitish bo‘yicha ishlanmalar:

O‘zbekistonda biznes matematika fanini o‘qitish bo‘yicha bir qator mahalliy olimlarning

ishlari mavjud. Jumladan, R. Jumaniyozovning iqtisodiyot fanlarida matematik

modellashtirish usullariga oid tadqiqotlari va o‘quv qo‘llanmalari milliy ta’lim tizimi

uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, M. Yuldashevning matematik statistika va

iqtisodiy tahlil bo‘yicha yozgan ishlari biznes matematika fanida amaliy yondashuvlarni

chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.

e) Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan adabiyotlar:

Iqtisodiy masalalarni

hal qilish bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun R. E. Walpole va R. H.

Myersning

“Probability and Statistics for Engineers and Scientists”

kitobi keng

foydalaniladi. Ushbu manba statistik tahlil va ehtimollar nazariyasi bo‘yicha

talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Natija muhokama


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

476

1. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar:

Zamonaviy pedagogik yondashuvlar o‘qitish

jarayonini talabalar uchun samarali va interfaol qilishga qaratilgan. Bu yondashuvlar quyidagi

asosiy tamoyillarga asoslanadi.
- Talabalar markazli yondashuv: O‘qitishda talabalar faolligini oshirish, ularni mustaqil

fikrlashga va o‘rganishga undash. Bu yondashuvda o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki

o‘rganish jarayonida talabalar bilan birgalikda ishlovchi rahbar sifatida faoliyat yuritadi.
- Interfaol metodlar: O‘qitish jarayonida interfaol metodlar, masalan, guruhli ishlash, muhokama

qilish, ro‘l o‘ynash va real hayotiy vaziyatlarni yechish kabi usullar qo‘llaniladi. Bu metodlar

talabalarni aniq iqtisodiy va biznes muammolarni hal qilishga tayyorlaydi.
- Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish: Kompyuter texnologiyalari va dasturlarini

(masalan, Excel, SPSS, MATLAB) o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish talabalar uchun

samarali o‘quv muhitini yaratadi. Bu dasturlar yordamida talabalar real ma’lumotlar asosida

modellash va tahlil qilishni o‘rganadilar.

2. Biznes matematika fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnikalar:

Biznes matematikasi

fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnikalardan foydalanish zarurati tug’ilgan. Quyidagi

metodlar talabalar uchun samarali bo‘lishi mumkin.
- Proyektga asoslangan o‘qitish: Talabalar real biznes muammolarini hal qilish uchun proyektlar

ustida ishlaydi. Bu metodda talabalar guruhlarga bo‘linib, biznes masalalariga matematik

modellarni qo‘llashni o‘rganadilar. Masalan, investitsion loyihalarni tahlil qilish, rentabellikni

baholash, risklarni hisoblash kabi amaliy vazifalar yechiladi.
- Case study (holat tahlili): Biznes matematikasini o‘rganish jarayonida real kompaniyalar yoki

iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilish orqali talabalar amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Holat

tahlili o‘qitishning interfaol usuli sifatida talabalar o‘rtasida muloqotni va muammolarni yechish

qobiliyatini rivojlantiradi.
- Simulyatsiya va modellash: Biznes jarayonlarini matematik modellar orqali simulyatsiya qilish

talabalarni real vaqt rejimida qarorlar qabul qilishga o‘rgatadi. Masalan, ishlab chiqarish

rejalashtirish, narx belgilash, logistika va ta’minot zanjirini optimallashtirish kabi masalalar

model orqali hal qilinadi.

3. Pedagogik yondashuvlarni integratsiya qilish:

Biznes matematika fanini o‘qitishda

pedagogik yondashuvlar bir-birini to‘ldirishda samarali bo‘ladi.
- Integratsiya yondashuvi: Matematikadan olingan nazariy bilimlarni iqtisodiyot va biznes bilan

birlashtirish. O‘qitish jarayonida talabalar matematikani iqtisodiy va biznes masalalari

kontekstida qo‘llashni o‘rganadilar. Bu metod o‘quvchilarning matematikaga nisbatan qiziqishini

oshiradi va ular uchun mavzularni yanada dolzarb qiladi.
- Kross-disciplinar yondashuv: Iqtisodiyot, menejment, informatika va statistika kabi sohalarning

integratsiyasi. Talabalar turli sohalarda olingan bilimlarni birlashtirib, biznes matematika fanini

yanada chuqurroq tushunadilar. Bu yondashuv talabalarning keng qamrovli ko‘nikmalarga ega

bo‘lishini ta’minlaydi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

477

4. Zamonaviy pedagogik yondashuvlarning afzalliklari:

Biznes matematikasini zamonaviy

pedagogik yondashuvlar asosida o‘qitishning bir qator afzalliklari mavjud.
- Tajribali o‘quvchilar: Talabalar o‘qish jarayonida nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy

ko‘nikmalarni ham egallaydilar. Bu esa ularning kelajakda ishga joylashishda va professional

faoliyatda muvaffaqiyat qozonishlariga yordam beradi.
- Motivatsiya va qiziqish: Interfaol o‘qitish metodlari talabalarni yanada faol va qiziqarli o‘quv

jarayonlariga jalb qiladi. Bu esa ular uchun matematikani o‘rganishni yanada qiziqarli va foydali

qiladi.
- Muammolarni hal qilish ko‘nikmalari: Talabalar biznes muammolarini yechishda kreativ

yondashuvni o‘rganadilar. Bu esa ularga o‘zlarining analitik va matematik fikrlash qobiliyatlarini

rivojlantirish imkonini beradi.

Xulosa

Biznes matematika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, talabalarning

amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, ularni real hayotdagi biznes

muammolariga yechim topishga tayyorlaydi. Interfaol metodlar, kompyuter texnologiyalaridan

foydalanish, case study va proyektga asoslangan yondashuvlar talabalar uchun biznes

matematika fanini o‘rganishni yanada samarali qiladi. Shu bilan birga, integratsiya va kross-

disciplinar yondashuvlar yordamida talabalar turli sohalarda o‘z bilimlarini amaliyotda

qo‘llashni o‘rganadilar. Bu usullar talabalarni yuqori malakali mutaxassislar sifatida

tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Anderson, D. R., Sweeney, D. J., & Williams, T. A. (2019). An Introduction to Management

Science: Quantitative Approaches to Decision Making. Cengage Learning.

2. Biggs, J., & Tang, C. (2011). Teaching for Quality Learning at University. McGraw-Hill

Education.

3. Connolly, T. M., & Begg, C. E. (2014). Database Systems: A Practical Approach to Design,

Implementation, and Management. Pearson Education.

4. Bonk, C. J., & Graham, C. R. (2006). The Handbook of Blended Learning: Global

Perspectives, Local Designs. Pfeiffer Publishing.

5. Walpole, R. E., Myers, R. H., Myers, S. L., & Ye, K. (2017). Probability and Statistics for

Engineers and Scientists. Pearson.

6. Yuldashev, M. (2019). Matematik statistika va iqtisodiy tahlil asoslari. Toshkent: Universitet

nashriyoti.

7. Jumaniyozov, R. (2021). Iqtisodiy modellashtirish va optimallashtirish usullari. Toshkent:

Fan va texnologiyalar nashriyoti.

8. Baxtiyor o‘g‘li K. M. TIPI BUZILADIGAN GIPERBOLA-PARABOLIK TENGLAMA

UCHUN TO ‘G ‘RI VA TESKARI MASALANING KORREKLIGI HAQIDA: VI

Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Fizika-matematika fanlari doktori SZ Djamalov

tаqrizi ostidа //IQRO INDEXING. – 2024. – Т. 8. – №. 2 (2). – С. 216-224.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

478

9. Камолдинов М. О КОРРЕКТНОСТИ ДВУХТОЧЕЧНОЙ ОБРАТНОЙ ЗАДАЧИ ДЛЯ

УРАВНЕНИЯ РАСПРЕДЕЛЕНИЯ ТЕПЛА В ТРЕХМЕРНОМ ПРОСТРАНСТВЕ

//ИКРО журнал. – 2024. – Т. 8. – №. 1.

10. Baxtiyor o‘g‘li K. M. TAKRORIY SINOVLAR. BERNULLI FO ‘RMULASINING

MASALALARGA TADBIQLARI VA QULAY YECHIMLARI: Farg ‘ona davlat

universiteti, pedagogika fanlari bo ‘yicha falsafa doktori UX Xonqulov tаqrizi ostidа //IQRO

INDEXING. – 2024. – Т. 9. – №. 1. – С. 439-444.

11. Kamoldinov M. TEXNIKA FANINI YANGI ZAMONAVIY METODIKALAR ASOSIDA

VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O ‘QITISH //Fergana

state university conference. – 2024.

12. Kamoldinov

M.

B.

OLIY

TAʼLIM

MUASSASALARIDA

EXTIMOLLAR

NAZARYASINI OʻQITISH //Экономика и социум. – 2024. – №. 11-1 (126). – С. 223-225.

13. Baxtiyor o‘g‘li K. M. UZLIKSIZ TAʼLIM MUASSASALARIDA EXTIMOLLAR

NAZARYASINI OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI //ZAMONAVIY ILM-FAN

VA TADQIQOTLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR. – 2025. – Т. 2. – №. 1. – С. 16-20.

14. Baxtiyor o‘g‘li K. M. TEXNIKA YO ‘NALISHLARIGA ZAMONAVIY PEDAGOGIK

YONDASHUVLAR ASOSIDA EXTIMOLLAR NAZARYASINI OʻQITISH //MODERN

EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS. – 2025. – Т.

1. – №. 7. – С. 24-28.

Библиографические ссылки

Anderson, D. R., Sweeney, D. J., & Williams, T. A. (2019). An Introduction to Management Science: Quantitative Approaches to Decision Making. Cengage Learning.

Biggs, J., & Tang, C. (2011). Teaching for Quality Learning at University. McGraw-Hill Education.

Connolly, T. M., & Begg, C. E. (2014). Database Systems: A Practical Approach to Design, Implementation, and Management. Pearson Education.

Bonk, C. J., & Graham, C. R. (2006). The Handbook of Blended Learning: Global Perspectives, Local Designs. Pfeiffer Publishing.

Walpole, R. E., Myers, R. H., Myers, S. L., & Ye, K. (2017). Probability and Statistics for Engineers and Scientists. Pearson.

Yuldashev, M. (2019). Matematik statistika va iqtisodiy tahlil asoslari. Toshkent: Universitet nashriyoti.

Jumaniyozov, R. (2021). Iqtisodiy modellashtirish va optimallashtirish usullari. Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyoti.

Baxtiyor o‘g‘li K. M. TIPI BUZILADIGAN GIPERBOLA-PARABOLIK TENGLAMA UCHUN TO ‘G ‘RI VA TESKARI MASALANING KORREKLIGI HAQIDA: VI Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Fizika-matematika fanlari doktori SZ Djamalov tаqrizi ostidа //IQRO INDEXING. – 2024. – Т. 8. – №. 2 (2). – С. 216-224.

Камолдинов М. О КОРРЕКТНОСТИ ДВУХТОЧЕЧНОЙ ОБРАТНОЙ ЗАДАЧИ ДЛЯ УРАВНЕНИЯ РАСПРЕДЕЛЕНИЯ ТЕПЛА В ТРЕХМЕРНОМ ПРОСТРАНСТВЕ //ИКРО журнал. – 2024. – Т. 8. – №. 1.

Baxtiyor o‘g‘li K. M. TAKRORIY SINOVLAR. BERNULLI FO ‘RMULASINING MASALALARGA TADBIQLARI VA QULAY YECHIMLARI: Farg ‘ona davlat universiteti, pedagogika fanlari bo ‘yicha falsafa doktori UX Xonqulov tаqrizi ostidа //IQRO INDEXING. – 2024. – Т. 9. – №. 1. – С. 439-444.

Kamoldinov M. TEXNIKA FANINI YANGI ZAMONAVIY METODIKALAR ASOSIDA VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O ‘QITISH //Fergana state university conference. – 2024.

Kamoldinov M. B. OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA EXTIMOLLAR NAZARYASINI OʻQITISH //Экономика и социум. – 2024. – №. 11-1 (126). – С. 223-225.

Baxtiyor o‘g‘li K. M. UZLIKSIZ TAʼLIM MUASSASALARIDA EXTIMOLLAR NAZARYASINI OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI //ZAMONAVIY ILM-FAN VA TADQIQOTLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR. – 2025. – Т. 2. – №. 1. – С. 16-20.

Baxtiyor o‘g‘li K. M. TEXNIKA YO ‘NALISHLARIGA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA EXTIMOLLAR NAZARYASINI OʻQITISH //MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS. – 2025. – Т. 1. – №. 7. – С. 24-28.