INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
553
Hamrayev Ilg’or Aktamovich,
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor o‘qituvchisi.
Kamolova Amina Husan qizi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti
O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 2 – bosqich 206 – guruhi talabasi
OTASHQALB SHOIR USMON NOSIR SHE’RIYATIDA KLASSIZM, POEZIYA VA
RITORIKALAR TASVIRI
Anotatsiya:
Mazkur maqolada oʻzbek xalqining fidoiy farzandi, zabardast shoir, yozuvchi,
tarjimon va dramaturg adib Usmon Nosirning hayoti va ijodida biz bilib bilmagan jihatlar hamda
ijodidagi o‘ziga xosliklar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit soʻzlar:
Otashqalb shoir, erk kuychisi, realizm, klassizm, poeziya, qatag'on namoyondalari,
Nil va Rim, yurak.
Abstract:
This article discusses the unknown aspects of the life and work of the selfless son of
the Uzbek people, a brilliant poet, writer, translator, and playwright, Usman Nasir, as well as the
unique features of his work.
Keywords:
Fire-hearted poet, singer of freedom, realism, classicism, poetry, manifestations of
repression, Nile and Rome, heart.
Özet:
Bu makalede, Özbek halkının fedakar evladı, parlak şair, yazar, çevirmen ve oyun yazarı
Usman Nasir'in hayatının ve eserlerinin bilinmeyen yönleri ve eserinin kendine özgü özellikleri
ele alınmaktadır.
Anahtar Sözcükler:
Ateş yürekli şair, özgürlük şarkıcısı, gerçekçilik, klasisizm, şiir, baskının
tezahürleri, Nil ve Roma, yürek.
Kirish.
Taniqli shoir tarjimon, dramaturg erk sevar adib Usmon Nosir O'zbekistonning eng
so‘lim go‘shalaridan biri bo‘lgan Namangan viloyatida 1912-yil 13-noyabrda Tanhog‘or
mahallasida tavallud topgan.
Adibning yoshligi 20 asrning birinchi yarmiga ya'ni ocharchilik davriga to‘g‘ri kelganligi
bois mashaqqatli kechadi. Otasidan yosh yetim qolgan adib o'z hayoti haqida keyinchalik eslab
quyidagi misralarni qog‘ozga tushiradi.
Otam o‘ldi, men sarson bo'ldim.
Shum yetim deb so‘kdilar meni.
Ajab kunlarga mubtalo bo‘ldim,
Ko'chalarga quvdilar meni.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
554
Shoirning eng quvonchli, yorqin damlari qorong‘ulikda kechganligini mazkur jumla
orqali namoyon bo'ladi.
Adibning keyingi hayoti Qo'qon shahrida o'gay otasining tazyiqlari bilan bog'landi.
Adibning ilk she'ri 1927-yil "Bizning ko‘zgu" nomli devoriy gazetasida "Haqiqat qalami"
nomi bilan dunyo yuzini ko'rdi. Keyinchalik bu she'r Muxtorxon domla tomonidan "Yangi yo‘l"
jurnalining 8-sonida qayta nashr etildi biroq zamon zayli o'laroq qalam ahli yosh shoirni himoya
qilmaydi. Ilk she'ri 15 yoshida, ilk dostoni esa 1931-yil 19-yoshida, ilk she'riy to'plami esa 20
yoshida dunyoga keldi. Moxira Ibrohim qizingning "Shoir boqiy yashaydi" nomli maqolasida
Usmon Nosir haqida "Hayotga she'riyatga bo‘lgan beqiyos muhabbat uning qo'llariga qalam
tutdi, qalbini shodlik va hayajonga to'ldirdi. Yuragiga buyuk bir otash soldi!...
Go‘zallikka tashna bo‘lgan o‘tli ko‘zlariga butun olam tabiat, she’riyat bo'lib ko‘rindi".
kabi jumlalari adibning she'riyatga endigina kirib kelayotgan otashqalb shoirning iste'dod sohibi
ekanligi kelgusida yetuk shoir bo‘lib yetishishini isboti sifatida namoyon bo'ladi. Adibning
betakror sheriyatidagi "Bolaligimga" nomli she'ri alohida o'rin tutadi.
Kapalakni gul emganin ko‘rdim,
Eslab ketdim seni malagim.
Sen berdingmi shuncha shirin she'rni,
Ey, barglari ko‘m-ko‘k palagim.
Ikki bayt orqali ifodalagan ma'no ko‘lami nihoyatda keng. Har bir shoirni o'ziga xos
yo'nalishi mavjud bo‘lib ijodlarini ma'lum uslubda yoritib beradi. Jumladan Asqad Muxtor
ijodida tabiat manzalari tasvirlansa, Hamid Olimjon she'riyatida Vatan madhi, Vatanga bo‘lgan
muhabbat yetakchilik qiladi. Biroq Usmon Nosir she’riyatida bir emas bir nechta yo'nalishlarni
qamrab olganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Zabardast shoirning birin-ketin "Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar",
"Traktorobod","Yurak", "Mehrim" kabi she'riy to'plamlari hamda "Norbo'ta" va "Naxshon"kabi
dostonlari, "Atlas", "Zafar", "So‘nggi kun", "Dushman" singari dramalari nashriyotda dam-
badam bosib chiqildi.
Usmon Nosir o‘zbek she’riyatiga yangi ohang, yangi uslub va yangi ruh baxsh etdi. Erkin
Vohidov Usmon Nosirning adabiyotga kirib kelishi haqida "Usmon she'riyatimizga shamolday
kirib keldi. Balki bo‘ronday! U shunday bo'ron va to'lqinlar bilan kirib keldiki, uncha-muncha
sheriyat uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda "O'zbekiston Lermontovi",
Moskva gazetalarida "Sharqda Pushkin paydo boʻldi"- deb yozishdi, degandi. Darhaqiqat uning
har bir she'ri yurklarni tub- tubigacha kirib boradigan va unda o'zining o‘chmas izini
qoldiradigan adib sifatida namoyon bo'ladi. Uning yurak sheridan olingan parchasi orqali ham
ko‘rish mumkin.
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
555
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli tamom olsam!...
Adib yaratgan har bir asarlar ma'lum ma'noda chorlov, chaqiriq, dav'at bo‘lib yangraydi.
yurak obrazi o‘zining ilhomi ijodiy intilishlari, his- tuyg‘ulari, timsoli sifatida ko'radi.
Parchadagi davlatga chorlovchi misralar kishini bevosita jumbushga keltiradi. Otashqalb
shoirning shaxsiyati haqida I Husanova "Usmon Nosir she'r ishqi bilan yashadi, mehnatni sevgi.
"Bemehnat sevmayman tirik tilimni" deganida bor haqiqatni aytgandi. Qalbi shodlik nimaligini
bilmay o‘tgan odamlarga achindi, iztiroblariga sherik bo'ld. U ozodlikni, yorqin kelajakni zo‘r
ishonish ko'tarinki ruh , shavq-u zavq bilan tarannum etdi. "Shoir Vatan ishqi bilan yonib
yashadi. Unda hissiyot zo‘r edi. Shoir shu qaynoq hissiyot bilan o‘z taassurotlarini yurak orqali
bayon etar edi. Yurakka murojaat qilishi, yurak orqali ijod qilishi tufayli u yurak shoiri bo‘lib
taniladi...
Darhaqiqat adibning yaratgan asarlari ichida alohida ahamiyat kasb etadigan bir asar
borki asar tarixi uzoq o‘tmishga qadim Rimga borib taqaladi. Nil va Rim she'rida o‘zida necha
ming yillar avval yashab o'tgan insonlar qismatiga ham ko'z yummasligi uning nafaqat qalami
o'tkir shoir, o'tkir nigohi adib ekanligini ham anglatadi. Erksizlikning qurboni bo‘lgan qullar va
ularning xunin zolimlardan so'ralgan Nil va Rim dostonidagi
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi,
Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib
Otalarimning boshidan poydevor uyib,
Ozodligim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!
Tarzidagi dav'ati hozirgi kungacha o'z qiymatini yuqotmasdan butun insoniyatga
qaratilgan chorlov bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Dostonda ishlatilgan ritorikalar ham adabiyot
sohasida yangicha ruh bilan kirib keldi. Ungacha she'riyatda ritorikaga e'tibor berish undan
unumli deyarli hech kim Usmon Nosirdek keng va unumli foydalanmagan. Dostonda ritorikadan
tashqari poeziya va klassizmdan ham ...
Javob bergin menga, zakki qadimgi Homer,
Ko‘zyoshi-yu qonga rostdan tashnami bu - yer?
Qo‘y, yaxshi chol! Ko‘nglim to‘ldi, gaplashamiz so‘ng,
Bu nimasi? Eshitasanmi, og‘ir, hazin mung?
Hamon yig‘lar yalang‘och Rim, hamon dil ezar,
Hamon tilla qadahda qon ichar Sezar!
Dostonda poeziya klassizm va retorika uyg'unligi ko‘rish mumkin. Ular bir-birini to'ldirib
bir butun holda tasvirlanmoqda. Adib ijodida adabiyotda shu paytgacha qo'llanmagan ibora ham
ishlatilgan bo‘lib unda Rim-o‘yindan o‘lim kutgan jinni teatr! iborasi adabiyotda yangilik edi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
556
Adabiyotda so‘z qo'llash mahorati muhim hisoblanadi. Bunga Anvar Obidjonning taʼbiri bilan
aytganda "hech kim aytmagan so'zni aytish emas, hamma aytgan so'zni hech kim aytmagandek
qilib aytish demakdir"-jumlasi o'rinlidir.
Bundan tashqari “Yosh olima Marg‘uba Mirqosimovaning ta’biricha, Usmon Nosir
ijodining mavzui, yaratgan obrazlari g‘oyat xilma-xil. Inson qalbining sirli tuyg‘ularini
tasvirlovchi lirik she’rlarida shoir siymosi gavdalansa, tabiatning turfa ranglarini singdirgan
she’rlarida nozik qalbli, ehtiroslilirik qahramon kechinmalari tasvirlanadi”-degan fikrlarini “Til
va adabiyot” jurnalining 1992-yil 5-6-sonida o‘z aksini topadi.
Adibning sharq va g'arb ilmini ham puxta egallaganini uning tarjima asarlari orqali bizga
ma'lum. Uning tarjimalari Pushkinning «Boqchasaroy fontani», Lermontovning «Demon»
(«Iblis») dostonlarini o‘zbekchalashtirgani 1937-yil Moskvada Pushkin tavalludiga
bag‘ishlangan pleniumda Nikolay Aleksandrovich minbarda turgan paytda bo‘lgan voqeadan
so‘ng Nikolay Aleksandrovich Usmon Nosirni minbarda turgan paytda yelkasidan qoqib
"Sharqda Pushkin paydo boʻldi"- degan fikrlarni bildirgach Rossiya gazetalarida zabardast shoir
haqida maqolalar yozildi. O'zbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi Abdulla Oripov Usmon
Nosir ijodi haqida iliq fikr bildirib unga" Usmon Nosir ulug‘ va abadiy she‘riyatning diydasini
oqib ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay lablarimizda manguga qotib qolgan
nim tabassumdir”- mazmunidagi sermazmun fikr bildiradi.
20 asr Qatag'on siyosatining dahshati bizning yurtimizni ham chetlab o‘tmadi jadid
bobolarimiz qatorida endi 25-yoshni qoralagan umrining eng gullagan davrida hali uylanishga
ham ulgurmagan shoirni 1937-yil 13-iyulda NKVD xodimlari tomonidan "millatchi" Pushkin
asarlari saviyasini tushirish uchun tarjimani qasddan buzganlikdagi ayblov bilan qoralab 10-yil
muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. Uning jinoyat ishi 12-ming 192-varoqni tashkil etganligi
unga qo'yilgan ayblovning nechog'lik jiddiy ekanligini bildiradi. Xalqimizning otashqalb
farzandi 1944-yil 9-mart kuni yurak zaifligi va o‘pka silidan Kamerovo viloyatida vafot etadi va
o‘sha joyga dafn qilinadi. "Iste'dod shunday bir gavharki, u dengiz tubida sadaf ichida ham
gavhar; iste'dod shunday bir irmoqki, uning har bir qatrasida daryolarning qudrati ,
ummonlarning teranligi bor; iste'dod shunday bir gulki, uning har bir ochilmagan g‘unchasida
chamanlar bo‘yi bor, tarovati bor. Usmon Nosir iste'dodi ana shunday gavhar, ana shunday
irmoq, ana shunday g‘uncha edi". Erkin Vohidov o‘z jumlalarida. Shoir o‘lmadi uning dav'at
ruhida yozilgan chorlovlari yaratgan asarlari doimo bizning qalbimizda joy olmoqdadir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda 20 asrning buyuk namoyondasi Usmon Nosir sheriyatida poeziya
ritorika kabi janrlardan keng va unumli foydalanilgani, unda makon va zamon uyg‘unligini
yaqqol ko'rishimiz mumkin. Qolaversa, zabardast shoirning har bir she'rida ritorika va
poeziyaning yorqin misollarini ko‘rishimiz va undan bahramand bo‘lish imkoniyatimiz mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Yо‘lchiman, manzilim ufqdan nari // Jahon adabiyoti. – 2012. №11, 176-177 2-b.
2. Ibrohim qizi M. Shoir boqiy yashaydi // Diydor. – 2002. 3-b.
3. Matjon S. Chaqmoq umrli shoir // Til va adаbiyot ta’limi. – 1992. –№5-6., 13-14 b.
4. Hasanova I. Isyonkor shoir nidosi // Zamondosh. – 2002. 4 b.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
557
5. „Kemerovoda Usmon Nosir haykali ochildi“ (2023-yil 5-sentyabr). 2023-yil 5-sentyabrda
asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
6. Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000.
7. Q. Yoʻldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „Oʻqituvchi“. 2000.