Авторы

  • Shodiyeva Dilshoda G’ulomjonovna
    Buxoro davlat pedagogika institutining «Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi: huquq ta’limi» yo’nalishi, 1-bosqich magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.69702

Ключевые слова:

ijtimoiy adolat huquqiy madaniyat qonun ustuvorligi global va milliy muamolar Platon Aristotel zamonaviy qarashlar John Rawls nazariy yondashuvlar shaxs jamiyat yoshlar.

Аннотация

Mazkur maqola ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyat tushunchalarining nazariy asoslarini tahlil qilish, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish hamda ularni mustahkamlashga yo‘naltirilgan yondashuvlarni aniqlashga qaratilgan. Bu orqali zamonaviy fuqarolik jamiyatining barqarorligi va rivojlanishida ushbu tushunchalarning tutgan o‘rni yoritib beriladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

548

Shodiyeva Dilshoda G’ulomjonovna

Buxoro davlat pedagogika institutining «Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi: huquq

ta’limi» yo’nalishi, 1-bosqich magistri

IJTIMOIY ADOLAT VA HUQUQIY MADANIYAT TUSHUNCHALARINING

NAZARIY ASOSLARI

Annotatsiya:

Mazkur maqola ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyat tushunchalarining nazariy

asoslarini tahlil qilish, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish hamda ularni mustahkamlashga

yo‘naltirilgan yondashuvlarni aniqlashga qaratilgan. Bu orqali zamonaviy fuqarolik jamiyatining

barqarorligi va rivojlanishida ushbu tushunchalarning tutgan o‘rni yoritib beriladi.

Kalit so’zlar:

ijtimoiy adolat, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi, global va milliy muamolar,

Platon, Aristotel, zamonaviy qarashlar, John Rawls, nazariy yondashuvlar, shaxs, jamiyat,

yoshlar.

Аннотация:

Целью данной статьи является анализ теоретических основ концепций

социальной справедливости и правовой культуры, изучение их взаимосвязи, а также

выявление подходов, направленных на их укрепление. Это подчеркивает роль этих

концепций в стабильности и развитии современного гражданского общества.

Ключевые слова:

социальная справедливость, правовая культура, верховенство права,

глобальные и национальные проблемы, Платон, Аристотель, современные взгляды, Джон

Ролз, теоретические подходы, личность, общество, молодежь.

Annotation:

This article is aims to analyze the theoretical foundations of the concepts of social

justice and legal culture, studying their interrelationships and identifying approaches aimed at

strengthening them. This will shed light on the role of these concepts for stability and

development of modern civil society.

Keywords:

social justice, legal culture, rule of law, global and national problems, Plato, Aristotle,

modern perspectives on justice and legal culture, John Rawls, theoretical approaches, individual,

society, youth.

Kirish:

Ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyat zamonaviy jamiyatning rivojlanishida muhim

nazariy va amaliy tushunchalar hisoblanadi. Bu tushunchalar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, jamiyatdagi

ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni tartibga solishda asosiy ahamiyat kasb etadi.

Adolat bu – davlatchilikning mustahkam poydevoridir. Adolat va qonun ustuvorligini

ta’minlashda esa sud hokimiyati hal qiluvchi o’rinni egallaydi. [1] Ijtimoiy adolat va huquqiy

madaniyat insoniyat tarixida doimo jamiyatning barqarorligi va rivojlanishini ta’minlashda

asosiy mezon bo‘lib kelgan. Bu ikki tushuncha inson huquqlari, erkinliklari va qonun

ustuvorligini kafolatlash orqali adolatli jamiyat qurishning tamal toshi hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili:

Jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirish insonlarning teng

huquqlari va imkoniyatlarini ta’minlashni, huquqiy madaniyat esa fuqarolar huquqiy ongi va

xulq-atvorini shakllantirishni talab qiladi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng

muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

549

jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash

borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat

munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga,

jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator

muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. [2]

Zamonaviy davrda ijtimoiy adolat

masalalari global va milliy muammolar bilan yanada ko‘proq bog‘liq bo‘lib, jamiyatda adolat,

tenglik va barqarorlikni ta’minlash uchun huquqiy madaniyatning roli tobora oshib bormoqda.

Shu nuqtayi nazardan, ushbu mavzuning nazariy asoslarini o‘rganish huquqiy va ijtimoiy

mexanizmlarni rivojlantirish uchun muhimdir.

Ijtimoiy adolat jamiyatdagi barcha qatlamlar o‘rtasida teng huquq va imkoniyatlarni

ta’minlashni nazarda tutadi. Bu tushuncha qadimdan falsafa, huquqshunoslik va

siyosatshunoslikda o‘rganilib kelmoqda. Platon adolatni har bir kishining o‘z vazifasini bajarishi

bilan bog‘lasa, Aristotel uni tenglik tamoyiliga asoslagan. U ijtimoiy adolatni taqsimlovchi va

muvozanatlashtiruvchi adolat sifatida ko‘rib chiqadi. Platon ijtimoiy adolatni "Respublika"

(grekcha: Politeia) asarida keng yoritadi. Bu asarda Platon adolatni jamiyatdagi har bir kishining

o‘z vazifasini bajarishi bilan bog‘laydi. U jamiyatni uch qismga bo‘ladi: boshqaruvchilar

(filosof-kunilar), harbiylar va ishlab chiqaruvchilar (dehqonlar, hunarmandlar). [3] Adolat,

Platonning fikricha, har bir sinf o‘z ishini to‘g‘ri bajarishi va biror sinf boshqa sinfning

vazifasiga aralashmasligi kerak. Adolat jamiyatda har bir kishining o‘z joyini to‘g‘ri bilishi va

o‘zining haqiqiy vazifasini bajarishi bilan amalga oshadi.

Aristotel ijtimoiy adolatni "Nikomax axloqi" (grekcha: Nikomachean Ethics) asarida

batafsil o‘rganadi. Aristotel adolatni ikki turga bo‘ladi: Taqsimot adolati (Distributive Justice) —

jamiyatdagi resurslar va imkoniyatlarni adolatli taqsimlash. Tuzatish adolati (Corrective Justice)

— individual huquqbuzarliklar yoki nizolarni hal etishda adolatni ta’minlash. [4] Aristotel

ijtimoiy adolatni «o‘rtacha yo‘l» (Golden Mean) tamoyiliga asoslab, har bir insonni o‘z

vazifasini bajarishga chaqiradi. U jamiyatdagi tenglikni va o‘rnatilgan qonunlarni hurmat qilishni,

shu bilan birga, har bir insonning yuksalishi uchun imkoniyat yaratishni ta’kidlaydi. Uning

fikriga ko’ra, Adolatning asosiy tamoyili tenglik va teng huquqning ta’minlanishidir.

Jamiyatdagi tenglik ijtimoiy resurslar va imkoniyatlarning adolatli taqsimotiga asoslanadi.

Tadqiqot metodologiyasi: Ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyat jamiyat taraqqiyotining

muhim omillaridan biri bo‘lib, u inson huquqlarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash

va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot ijtimoiy adolat va

huquqiy madaniyat tushunchalarining nazariy asoslarini tahlil qilib, ularning o‘zaro bog‘liqligini

va jamiyatdagi o‘rnini yoritib berishga qaratilgan.

Tadqiqotning ahamiyati quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi:

Nazariy ahamiyat – Ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyatning mazmun-mohiyati, ularning

shakllanish omillari va rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Bu

esa ushbu tushunchalar bo‘yicha mavjud ilmiy yondashuvlarni boyitishga xizmat qiladi.

Amaliy ahamiyat – Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida huquqiy madaniyatni

shakllantirish, fuqarolar huquqiy ongini oshirish hamda qonunchilik amaliyotini

takomillashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Ayniqsa, ta’lim jarayonida huquqiy madaniyatni

targ‘ib qilishga qaratilgan ilg‘or yondashuvlar ishlab chiqilishi mumkin. Jamiyatda huquqiy

madaniyatni oshirish orqali qonunlarga rioya qilish darajasini yuksaltirish va

huquqbuzarliklarning oldini olish mumkin. Bu esa mamlakatda ijtimoiy adolatni ta’minlashga

xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari keng jamoatchilik, o‘qituvchilar, talabalar va huquq sohasi

mutaxassislari uchun foydali bo‘lib, ularning huquqiy bilimlarini oshirishga yordam beradi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

550

Ushbu tadqiqot natijalari huquqiy madaniyatni yuksaltirish va ijtimoiy adolat tamoyillarini

amaliyotga tatbiq etishda yangi istiqbollarni ochib berishi bilan ahamiyatlidir.

Tahlil va natijalar:

Zamonaviy davrda ijtimoiy adolat tushunchasi ko‘plab falsafiy,

iqtisodiy va huquqiy oqimlarda keng muhokama qilinib, turli nazariy yondashuvlar bilan

boyitilgan. Ushbu nazariyalar asosan adolatni jamiyatdagi tenglik, imkoniyatlar va resurslarning

taqsimlanishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan. John Rawls adolatni “adolat

sifatida teng imkoniyat” tamoyiliga asoslaydi. U adolatni inson erkinliklari va tenglikni

uyg‘unlashtiruvchi tushuncha sifatida talqin qiladi. Amerikalik faylasuf John Rawls o‘zining

"Adolat nazariyasi" (1971) asarida adolatni jamiyatda teng imkoniyat va erkinlikni ta’minlash

tamoyiliga asoslaydi. U quyidagi ikki tamoyilni ilgari suradi: Erkinlik tamoyili: Har bir inson

teng huquqlarga ega bo‘lishi kerak va bu huquqlar boshqa insonlarning erkinliklariga zid

bo‘lmasligi lozim. Ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish tamoyili: Jamiyatdagi resurslar

va imkoniyatlar teng taqsimlanishi kerak, biroq ijtimoiy tengsizlik faqatgina kam ta’minlangan

qatlamlarning manfaatiga xizmat qilgan holda oqlanishi mumkin. [5] Rawlsning fikricha, adolat

insonlarning "bilmaslik pardasi" (original position) holatida, ya’ni ularning ijtimoiy mavqei va

shaxsiy manfaatlaridan xoli holatda qabul qilinishi lozim.

Hind faylasufi va iqtisodchisi Amartya Sen ijtimoiy adolatni insonlarning qobiliyatlarini

rivojlantirish orqali ta'minlash kerakligini ilgari suradi. Uning asosiy g‘oyasi: adolat jamiyat

a’zolariga o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishga yordam beradigan sharoitlarni

yaratishdan iborat. Teng imkoniyatlardan ko‘ra, insonlarning ehtiyojlariga e’tibor qaratish

muhimdir. [6] Amartya Senning nazariyasi barqaror rivojlanish va inson kapitalini oshirish bilan

bog‘liq zamonaviy iqtisodiy siyosatlarning nazariy asosini tashkil etadi.

Michael Walzer adolatni murakkab ijtimoiy tizim sifatida talqin qiladi va o‘zining "Adolat

sferalari" (1983) asarida quyidagilarni ta'kidlaydi: har bir ijtimoiy resurs o‘ziga xos "adolat

sferasi"ga ega, masalan, boylik, bilim, siyosiy hokimiyat va boshqalar. Bir sferadagi ustunlik

boshqa sferalarga ta’sir qilmasligi kerak (masalan, boylik siyosiy hokimiyatni nazorat qilmasligi

lozim). [7] Adolat murakkab va turli kontekstlarda o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.

Zamonaviy ijtimoiy adolat nazariyalari jamiyatdagi tenglik, inson erkinliklari va

huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Ular jamiyatni yanada adolatli qilish uchun turli xil

yondashuvlarni taklif etadi. Ushbu nazariyalarni chuqur o‘rganish va ulardan foydalanish milliy

va xalqaro miqyosda adolatli tizimni shakllantirishga hissa qo‘shadi.

Ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyat bir-birini to‘ldiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular

jamiyatda barqarorlik va rivojlanish uchun zarur sharoit yaratadi. Huquqiy madaniyat deganda,

jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi,

fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan

shaxslarga nisbatan murosasiz bo’lishi tushuniladi. Huquqiy madaniyat shartli ravishda jamiyat

va shaxs huquqiy madaniyatiga ajratiladi. [8] Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqy ongning,

qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks

ettiradigan hamda insoniyat huquq soahasida yaratgan butun boyliklarni qamrab oladigan

ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko’riladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati shaxs erkinligi

va xavfsizligi, inson huquqlarini ta’minlash, uning huquqiy himoya etilishi va ijtimoiy faolligini

kafolatlash uchun zamin bo’lib hisoblanadi. Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy

madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va

uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs va jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir

bo’ladi. Shubhasiz, shaxsning yuksak huuqiy madaniyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’zining deyarli barcha chiqishlarida huquqiy

madaniyatning ahamiyatiga, uni yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratadi. Masalan, O’zbekiston


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

551

Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan (2016-yil 7-

dekabr) ma’ruzasida shunday dedi: “Qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy madaniyatni

yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi”. [9]

Adolatli qonunlar va teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan joyda huquqiy madaniyat yuqori bo‘ladi.

Fuqarolar o‘z huquq va majburiyatlarini bilgan holda qonunlarga rioya qilsa, jamiyatda adolat va

barqarorlikka erishiladi. “Huquqiy madaniyat” tushunchasiga tavsif berishdan oldin

“madaniyat” iborasining mazmun va mohiyatini tushunib olish maqsadga muvofiqdir, chunki

huquqiy madaniyat “huquq” va “madaniyat” kabi tushunchalarning birlashmasi natijasida yuzaga

kelgan va shakllangan. Ijtimoiy fanlar miqyosida madaniyatga oid yondashuvlarning

antropologik, sotsiologik yondashuv va falsafiy yondashuv kabi uch guruhga bo’lish mumkin.

[10] Antropologik yondashuvda madaniyat tabiat yaratgan narsalardan farqli ravishda, inson

tomonidan yaratilgan ne’matlarning yig’indisi deb tushuniladi. Sotsiologik yondashuv esa,

madaniyatni ma’naviy qadriyat deb talqin etadi. Bu yerda madaniyat ijtimoiy hayotning tarkibiy

qismi sifatida qatnashadi. Falsafiy yondashuvda madaniy hodisalar ijtimoiy rivojlanishga bog’liq

bo’lmagan, sof tahliliy holda ajratilib ko’rsatiladi. Huquqiy madaniyat huquqiy normalarning

tizimli ravishda rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Davlat va jamiyatda qonun ustuvorligi

va huquqiy adolat prinsiplarini ta’minlash bu madaniyatning yuksalishiga hissa qo‘shadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar, qonunchilik va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati

huquqiy madaniyat darajasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Huquqiy madaniyat ijtimoiy

jarayonlarning ajralmas qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyatning umumiy madaniyati

huquqiy qadriyatlar, tamoyillar va huquqiy savodxonlikni rivojlantirishda asosiy manba

hisoblanadi. Bu yo‘nalishda ijtimoiy institutlar (maktablar, ommaviy axborot vositalari, oilalar)

hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun jamiyatda huquqiy tarbiya,

huquqiy savodxonlikni oshirish, qonun ustuvorligi tamoyillarini targ‘ib qilish va adolatga

bo‘lgan ishonchni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Maqolada ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyat tushunchalarining nazariy asoslari

atroflicha tahlil qilindi. Ijtimoiy adolat konsepsiyasi tarixiy rivojlanish jarayonida turli falsafiy

oqimlar va huquqiy yondashuvlar bilan boyigan bo‘lib, uning mazmuni jamiyat taraqqiyoti,

iqtisodiy va siyosiy omillar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi aniqlandi. Shuningdek, huquqiy

madaniyat tushunchasi inson huquqlari, huquqiy ong va huquqiy tarbiya tushunchalari bilan

uzviy bog‘liqligi asosida tahlil qilindi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyat darajasi yuqori bo‘lgan

jamiyatlarda qonun ustuvorligi va fuqarolarning huquqiy faolligi yuqori bo‘ladi. Ayniqsa,

demokratik jamiyatlarda bu ikki tushunchaning o‘zaro uyg‘unligi ijtimoiy barqarorlik va

huquqiy taraqqiyotning muhim sharti hisoblanadi.

Maqolada olib borilgan tadqiqotlar quyidagi natijalarga olib keldi:

Ijtimoiy adolat – bu nafaqat huquqiy, balki iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tenglik

tamoyillarini ham o‘z ichiga oladigan kompleks tushuncha ekanligi aniqlandi. Huquqiy

madaniyat – jamiyat a’zolarining huquqiy ongini shakllantirish, huquqiy ta’lim-tarbiya tizimini

rivojlantirish orqali oshirilishi mumkinligi tasdiqlandi. Huquqiy ong va ijtimoiy adolat o‘zaro

bog‘liq bo‘lib, adolat tamoyillariga asoslangan huquqiy tizim ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi.

Huquqiy madaniyatning yuksalishi natijasida korrupsiya va qonunbuzarliklarning oldini olish

imkoniyatlari kengayishi aniqlangan.

XULOSA:

Ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun ta’lim tizimida

huquqiy tarbiyani kuchaytirish, huquqiy ong va huquqiy savodxonlikni oshirish zarur. Shu bilan

birga, davlat va jamiyat institutlarining adolatli faoliyat yuritishi, qonunlarning adolat va tenglik

tamoyillariga mos bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyat


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

552

jamiyatning barqaror rivojlanishida asosiy omillardir. Ular bir-birini to‘ldirib, inson huquq va

erkinliklarini ta'minlash, qonun ustuvorligini qaror toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatda

huquqiy madaniyat darajasining yuksakligi ijtimoiy adolatning qaror topishiga xizmat qiladi.

Huquqiy bilim, ong va faoliyatning shakllanishi jamiyat a’zolarini qonuniylik va adolat

tamoyillariga asoslangan yashashga rag‘batlantiradi. Tenglik, inson huquqlari va erkinliklarini

hurmat qilish, adolatli taqsimot kabi tamoyillar huquqiy madaniyat orqali mustahkamlanadi. Bu

tamoyillar faqat qonunlarning mavjudligi bilangina emas, balki ularning to‘g‘ri tatbiq etilishi va

aholi tomonidan tushunilishi bilan ta’minlanadi. Huquqiy madaniyatni rivojlantirishda huquqiy

tarbiya va ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi. U yosh avlodni ijtimoiy adolat tamoyillarini

qadrlash va ularga amal qilish ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Ijtimoiy adolat tamoyillariga

asoslangan jamiyatni barpo etishda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bosh maqsad bo‘lishi kerak.

Bu esa nafaqat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tizimlarning samaradorligini oshirish, balki har

bir fuqaroning huquqiy savodxonligi va mas’uliyatini oshirishni talab etadi. Huquqiy madaniyat

va ijtimoiy adolatni rivojlantirish uchun jamiyatda huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan

dasturlarni kengaytirish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha davlat va fuqarolik jamiyati

institutlarining hamkorligini mustahkamlash muhimdir. Xulosa sifatida, ijtimoiy adolat va

huquqiy madaniyat jamiyat taraqqiyoti va barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillar ekani

ta’kidlanadi. Bu tamoyillarni mustahkamlash orqali jamiyatda inson huquqlari va qonun

ustuvorligiga asoslangan ijtimoiy muvozanatni ta'minlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

2020-yil 29-dekabr.

https://president.uz/oz/lists/view/4057

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida.

https://lex.uz/docs/-

4149765

3. Platon. Plato’s Republic. - Oxford: At the Clarendon Press, 1894.

4. Aristotel. The Nicomachean ethics of Aristotle. London: George Bell and Sons, 1895.

5. John Rawls. Political theory.

https://plato.stanford.edu/entries/rawls/

6. Amartya Sen and The Idea of Justice.

https://www.opendemocracy.net/en/amartya-sen-and-

idea-of-justice/

7. Michael Walzer. Spheres of Justice.

https://academic.oup.com/edited-volume/34715/chapter-

abstract/296450735?redirectedFrom=fulltext

8. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. – Toshkent “yuridik adabiyotlar publish”,

2022. – 265-bet.

9. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va

xalq farovonligining garovi. – T., 2017. – 10-bet.

10. Сальников В.П. Социалистическая правовая культура. – Саратов, 1989. – 5-12-betlar.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. https://president.uz/oz/lists/view/4057

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida. https://lex.uz/docs/-4149765

Platon. Plato’s Republic. - Oxford: At the Clarendon Press, 1894.

Aristotel. The Nicomachean ethics of Aristotle. London: George Bell and Sons, 1895.

John Rawls. Political theory. https://plato.stanford.edu/entries/rawls/

Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. – Toshkent “yuridik adabiyotlar publish”, 2022. – 265-bet.

Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T., 2017. – 10-bet.

Сальников В.П. Социалистическая правовая культура. – Саратов, 1989. – 5-12-betlar.