Авторы

  • Mamatmuratova Marjona
    SamDChTI 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.69703

Ключевые слова:

CD Radio DVD Kompyuter Texnologiya aspect innovatsiya

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilini o’rganishda foydalaniladigan turli xil metodlar, shu jumaladan nafaqat ingliz tili balki barcha chet tillarini o’rganish jarayonidagi usullar hamda shu jarayon davomida foydalaniladigan texnologiyalarning foydali taraflari haqida yoritib berilgan. Hamda ushbu metodlar o’zga tillarni naqadar tez va samarali o’rganilishi haqida ham alohida malumotlar keltirilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

545

Mamatmuratova Marjona

SamDChTI 4-kurs talabasi

CHET TILINI O`QITISHDA YANGI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING

AHAMIYATI VA SAMARADORLIGI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz tilini o’rganishda foydalaniladigan turli xil metodlar, shu

jumaladan nafaqat ingliz tili balki barcha chet tillarini o’rganish jarayonidagi usullar hamda shu

jarayon davomida foydalaniladigan texnologiyalarning foydali taraflari haqida yoritib berilgan.

Hamda ushbu metodlar o’zga tillarni naqadar tez va samarali o’rganilishi haqida ham alohida

malumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

CD, Radio, DVD, Kompyuter, Texnologiya, aspect, innovatsiya

Abstract:

In this article, various methods used in learning English, including methods in the

process of learning not only English but also all foreign languages, as well as the useful aspects

of technologies used in this process, are highlighted. Also, specific information is provided about

how quickly and effectively these methods are used to learn foreign languages.

Key words:

CD, Radio, DVD, Computer, innovation, aspect, technology

Аннотация:

В данной статье освещены различные методы, используемые при изучении

английского языка, в том числе методы в процессе изучения не только английского, но и

всех иностранных языков, а также полезные стороны технологий, используемых в этом

процессе. Также представлена ​ ​ конкретная информация о том, насколько быстро и

эффективно используются эти методы для изучения иностранных языков.

Ключевые слова:

CD, Radio, DVD, aspect, технология, компютер

KIRISH

Hozirgi kunda ingliz tilini o’rganishning ahamiyati O’zbekistonda avvalgiga qaraganda ancha

yuqori bo’lib bormoqda. Bir qancha ingliz tili mutaxassislari ingliz tilini o’rganishni yangi metod

va yo`llarini hayotga tadbiq qilishmoqda. Bu albatta chet tillarni o’qitish samaradorligini yanada

oshiradi. Xabarimiz borki, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitish

tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 2021-yildan chet tili

o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritilishi xaqida ta`kidlangan edi.

Bu qaror kuchga kirib hozirgi kunda deyarli hamma ingliz tili va chet tili o’qituvchilarida

bunday sertifikatlar mavjud. Bundan tashqari nafaqat tillar yo’nalishida balki boshqa fan

mutaxassislari ham o’zlarini til bilish darajalarini sinab ko’rishmoqda.
Shuni takidlash kerakki, mamlakatimizda chet tillarini o’rganishga bo’lgan talab va xohish

ortgani sayin uning baholash mezonlari va tartiblari ham o’zgarib bormoqda. Shuningdek,

o’quvchilarning hamda o’qituvchilarning chet tillarini bilish ko’nikmalari va bilimlari

umumyevropa tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda ishlab chiqildi. Bunda chet tili fani to’rt

aspectga ya’ni o’qish, yozish, tinglab tushunish va gapirishga bo’linadi, ularning har biri

bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar beriladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

546

Chet tillarini o’qitish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yanada samarali va

unumli qiladi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda o’qitishning samaradorligini

oshirish
uchun O’zbekistonda yangi zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishning yangi

metodlari joriy qilindi. Misol uchun, multimediya asosida chet tili o’rgatilayotgan o’quvchida

to’rt ko’nikmani rivojlantirish, qiziqarli materiallar orqali ham ko’rib, ham eshitib o’rganish

imkoniyati paydo bo’ldi. Bundan tashqari o’quvchi jonli harakatlarni ko’rib ba’zi so’zlarning

ma’nosini taxmin qila oladi va uni tushinishga harakat qiladi. Albatta har qanday chet tili

darslarida zamonaviy texnologiyalar komputer, radio, CD, DVD qo’llash ta’lim jarayonini

yanada olg’a siljib, o’sib kelayotgan yosh avlodga chet tillarni tezroq o’rganish imkonini beradi.

O`rganuvchining ishtiyoqini so`ndirmaslik uchun dars davomida texnologiyalardan va kamida

komputerdan foydalanish o`rganuvchining qiziqishini ortib borishini yanada ta`minlaydi. Zero,

o`rganuvchining yoshiga, qiziqishiga, qobiliyatiga, darslarni o`zlashtirishiga qarab tayyorlangan

o`quv materiallari albatta samara beradi. Dars davomida texnologiyalardan shunchaki foydalish

emas, balki ularni o`z o`rnida qo`llay bilish va texnologiyalardan foydalanish o`quvchi bilimini

oshirishga xizmat qilishini ta`minlash asosiy vazifa hisoblanadi.
Faollashtirib o’qitish uchun o’qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi zarur: Yangi pedagogik

texnologiyalarni va interfaol usullarni qo’llagan holda darslarning noananaviy shakllaridan

ko’proq foydalanish:
a) musobaqa darslari;
b) munozara darslari;
c) konferensiya darslari;
d) sayohat darslari;
e) ko’rik darslari.
Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samarador

usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:

— kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni,

dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin;

— chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish

mumkin;

— ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va kassetalardan foydalanish;

— CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning

chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi.
Chet tili darslarining o’tilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion

usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish zarur.

Xulosa


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

547

Xulosa qilib aytganda, til jamiyat boyligidir u jamiyat a`zolarining o`zaro aloqasini amalga

oshiradi, u borliqdagi barcha voqea-hodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi. Chet tillarini

o`rganish davomida innovatsion texnologiyalardan foydalanish natijasida o`quvchilarning
darsga bo`lgan qiziqishlari ortadi va darslarni o`zlashtirishi osonlashadi. Texnologiya

rivojlangan davrda ushbu qulayliklardan foydalangan holda chet tillarini hamma uchun

tushunarli tarzda mukammal o`rganish va o`rgatish lozim.

References:

1. file:///C:/Users/Marjona/Desktop/ZDPP+0906.pdf
2.https://www.oriens.uz/media/journalarticles/82_Melikova_Gavhar_Turdiqulovna_551-555.pdf
3.file:///C:/Users/Marjona/Desktop/Jumanova+Dilbarxon+Ahmadaliyevna+%20(1).pdf

Библиографические ссылки

file:///C:/Users/Marjona/Desktop/ZDPP+0906.pdf

file:///C:/Users/Marjona/Desktop/Jumanova+Dilbarxon+Ahmadaliyevna+%20(1).pdf