Авторы

  • Xolmaxmatov Boburjon Musurmon o‘g‘li,Panjiyeva Gulzoda
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi/Jismoniy madaniyat ( xotin qizlar sporti) 1.23-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.69707

Ключевые слова:

Voleybol oʻyin texnikasi topni qabul qilish hujum zarbasi himoya texnikasi blok qoyish pas berish.

Аннотация

Ushbu maqolamda voleybolning asosiy texnik usullari va ularni samarali oʻrgatish usullari yoritilgan. Dastlab oʻyinchilarnimg jismoniy tayyorgarligi oshiriladi, soʻngra toʻpni qabul qilish, pas berish, hujum zarbasi, blok qoʻyish va oʻyinga kiritish kabi muhim texnikalar bosqichma-bosqich oʻrgatilib boriladi. Mashg‘ulot jarayonida harakat koordinatsiyasi, oʻyinda strategik fikrlash va jamoaviy muvofiqlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Oʻrgatish jarayonining samaradorligini oshirish uchun amaliy mashqalar, texnik taktik oʻyinlar va individual baholash usullari qoʻllaniladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

535

Xolmaxmatov Boburjon Musurmon o‘g‘li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi

boburjonxolmaxmatox1995@gmail.com

https://orcid.org/0009-0005-2512-4960

Panjiyeva Gulzoda

Jismoniy madaniyat ( xotin qizlar sporti) 1.23-guruh talabasi

VOLEYBOL O‘YIN TEXNIKASINI O‘RGATISH

Annotatsiya:

Ushbu maqolamda voleybolning asosiy texnik usullari va ularni samarali oʻrgatish

usullari yoritilgan. Dastlab oʻyinchilarnimg jismoniy tayyorgarligi oshiriladi, soʻngra toʻpni

qabul qilish, pas berish, hujum zarbasi, blok qoʻyish va oʻyinga kiritish kabi muhim texnikalar

bosqichma-bosqich oʻrgatilib boriladi. Mashg‘ulot jarayonida harakat koordinatsiyasi, oʻyinda

strategik fikrlash va jamoaviy muvofiqlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Oʻrgatish

jarayonining samaradorligini oshirish uchun amaliy mashqalar, texnik taktik oʻyinlar va

individual baholash usullari qoʻllaniladi.

Kalit so‘z:

Voleybol, oʻyin texnikasi, topni qabul qilish, hujum zarbasi, himoya texnikasi, blok

qoyish, pas berish.

Abstract:

This article covers the main technical methods of volleyball and methods for their

effective teaching. Initially, the players' physical preparedness is improved, followed by gradual

training in essential techniques such as receiving the ball, passing, attacking shots, blocking, and

putting it into play. In the training process, special attention is paid to the development of

coordination of movements, strategic thinking in the game, and team coordination. To increase

the effectiveness of the training process, practical exercises, technical-tactical games, and

individual assessment methods are used.

Keywords:

Volleyball, game technique, receiving the ball, attacking shot, defensive technique,

blocking, passing.

Аннотация:

В данной статье освещены основные технические приемы волейбола и

методы их эффективного обучения. Сначала повышается физическая подготовленность

игроков, затем поэтапно обучаются таким важным техникам, как прием мяча, передачи,

атакующие удары, блокирование и ввод в игру. В тренировочном процессе особое

внимание уделяется развитию координации движений, стратегического мышления в игре

и командной координации. Для повышения эффективности процесса обучения

применяются практические упражнения, технико-тактические игры и методы

индивидуальной оценки.

Ключевые слова:

Волейбол, техника игры, прием мяча, атакующий удар, техника защиты,

блокирование, передача.

O‘yin texnikasi-bu bir vaqtning oʻzida ketma-ket va muayyan maqsadli tartibda ijro

etishga ixtisoslashgan harakat majmuasi hisoblanadi. Oʻyin texnikasi-harakatni aniq, tez, yengil,

vaziyatga muvofiq, kam kuch sarflab yuqori darajada bajarishga moʻljallangan boʻlishi ketak.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

536

"Texnika" atamasi yunoncha soʻz boʻlib, juda keng ma‘noda qoʻllaniladi, o‘zbek tilida "san‘at"

degan ma‘noni bildiradi. Demak o‘rgatish jarayonining dastlabki va asosiy maqsadi o‘yin

texnikasini mukammal o‘zlashtirishdir.

Voleybol o‘yini hujum va himoya texnikasidan iborat.Hujum va himoya texnikalari ham

o‘z navbatida, turish,siljish,hamda to‘pni egallash texnikasiga ajratiladi,

O‘yin vaqtida voleybolchi doimiy ravishda maydon bo‘ylab siljib yuradi.Bu siljishlardan

maqsad to‘pni qabul qilish uchun eng qulay joyni tanlash va boshqa texnik usullarni bajarishdir.

Turishlar.Oyoqni tizzadan bukish darajasiga qarab farqlanadi.Masalan asosiy,yuqori,past

turishlar.Asosiy turishda oyoqlar birmuncha bukiladi,qo‘l kaftlari teng va bir-biridan 20-30sm

uzoqlikda turadi.Gavda ham oldinga ancha kuchli egilmaydi,qo‘llar ham biroz oldinga bukib

chiqariladi.

Yurish.O‘yinchi tizzalari bukilgan holda biroz oldinga engashadi,oyoqni oldinga

chiqarib,qadamlab yuradi.Bu turishni saqlagan holda va texnik usulni bajarish uchun dastlabki

holatni tezda bajarish uchun yordam beradi.

Yugurish Maydon bo‘ylab tez siljib o‘tish va yo‘nalishni keskin o‘zgartirish,biroz

bukilgan oyoqlarda bajariladi.oxirgi yugurish yugurish qadami juda uzun tashlanadi,negaki

undan so‘ng qimirlamaydigan harakatlar to‘xtash yo‘nalishni o‘zgartirish,hujum zarbasi yoki

to‘siq (blok) uchun sakrash elementlari bajariladi.

To‘pni oshirish (o‘yinga kiritish) texnik harakat bo‘lib,u to‘pning o‘yinga kiritilishidan

iborat.O‘yin texnikasining umumiy qismi bo‘lib,o‘yinga kiritishninh barcha turlari uchun

barqaror turish,oshirish,qulay to‘pni tashlab berish,to‘pga zarba berish voleybolchining

navbatdagi o‘yin faoliyatiga o‘tishdir.

To‘pni o‘yinga kiritish quyidagi to‘rt usulda bajariladi;pastdan to‘g‘ri,pastdan yon

tomondan,yuqoridan to‘g‘ri,va yuqoridan yon tomondan.
Voleybol mashg‘ulotlarida to‘pni o‘yinga kiritish texnikasi.

To‘p kiritish texnikasini takomillashtirishda quyidagi holatlarni nazarda tutish mumkin;

-avval aniqlik,keyin kuch;

-orqa chiziq ortidan turli joylaridan to‘p kiritish;

-bir urinishda ketma-ket 5-10 marta to‘p kiritish;

-raqib tomonidan to‘pni qabul qilish xususiyatini hisobga olish;
Ma’lumki,to‘p kiritish voleybolda muhim o‘rin egallaydi,uni muvaffaqiyatli kiritish

ochko olish imkoniyatini yaratsa,yo‘qotish (xatoga yo‘l qo‘yish) raqibga ochko “sovg‘a” qilish

bilan yakunlanadi.Har qanday to‘p kiritish usuliga o‘rgatishda yondashtiruvchi va texnika

shakllantiruvchi mashqlarni tanlash hamda ullarni qo‘llash ketma-ketligi bir xil tartibda amalga

oshiriladi.
Yondashtiruvchi mashqlar.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

537

1. Dastlabki holat va to‘pni irg‘itishga o‘tgatish.
2. Shtativga mahkamlangan to‘pni kiritish.Pastdan to‘g‘ri turib to‘p kiritishda prujinali shtativ

qo‘llaniladi; yuqoridan to‘g‘ri turib to‘p kiritishda aksariyat qulfli shtativ qo‘llaniladi.To‘p

kiritish orqa chiziq ortidan va to‘r ustidan o‘tkazib bajariladi.
3. 5-9m.oraliqdan devorga 2m 20sm-3m 50sm.balandlikda chizilgan belgi ustiga to‘p kiritish.
4. Rezinali amartizatorga mahkamlangan to‘pni yuqoridan zarb berib “kiritish”.
Aniqlikka mo‘ljallangan to‘p kiritish:

-maydon ichi chegarasida;

-maydonning o‘ng va chap tomoniga,orqa va oldi tomoniga;

-to‘g‘ri uch yo‘nalish bo‘ylab (4-5, 6-3, 1-2 zonalarga);

6 ta zonaning har biriga;yon chiziqlar bo‘ylab(2,0-0,5m.);

-orqa chiziq atrofiga;

-maydonning har xil nuqtasida turgan sherikka;

2,0-0,5m. oraliqdayonma-yon joylashgan o‘yinchi o‘rtasiga.

To‘p uzatish aniqligi quyidagi omillar asosida ta’minlanadi:

qo‘l- oyoqlarning orasida, yumshoq egish harakatlari bilan;

to‘pga keskin aks ta’sir ko‘rsatish;

yaxshi mo‘ljal va to‘pga nisbatan aniq burilish bilan.

Dastlabki o‘rgatish o‘z tashkiliy,uslubiy ilmiy va moddiy-texnik nuqtayi nazardan

qanchalik puxta rejalashtirilgan bo‘lsa,sifatli bo‘lsa shunchalik voleybol mutaxassislarini

tayyorlash yo‘li qisqaroq va osonroq bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xolmaxmatov,

Boburjon.

"13-15

Yoshli

Yosh

Futbolchilarning

Funktsional

tayyorgarligining Yoshga Bog’Liq Xususiyatlari." Miasto Przyszlości 50 (2024): 493-496.

2. Boburjon, Xolmaxmatov, et al. "O’SMIR VA BOLALARDA JISMONIY SIFATLARNI

RIVOJLANTIRISH." Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 18.5 (2024): 220-222.

3. Boburjon, Xolmaxmatov va boshqalar. "YENGIL ATLETIKA TURLARI VA ULARNING

QOIDALARI." Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 18.6 (2024): 68-70.

4.

Dilshod G'ayrat o'g, Kenjayev. "Gymnastic Exercises for Physical Preparation in Production

Facilities." International Journal on Orange Technologies 3.7: 54-56.

Библиографические ссылки

Xolmaxmatov, Boburjon. "13-15 Yoshli Yosh Futbolchilarning Funktsional tayyorgarligining Yoshga Bog’Liq Xususiyatlari." Miasto Przyszlości 50 (2024): 493-496.

Boburjon, Xolmaxmatov, et al. "O’SMIR VA BOLALARDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH." Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 18.5 (2024): 220-222.

Boburjon, Xolmaxmatov va boshqalar. "YENGIL ATLETIKA TURLARI VA ULARNING QOIDALARI." Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 18.6 (2024): 68-70.

Dilshod G'ayrat o'g, Kenjayev. "Gymnastic Exercises for Physical Preparation in Production Facilities." International Journal on Orange Technologies 3.7: 54-56.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)