INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
527
Gulova Anorgul Axtamovna
Buxoro davlat universiteti “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi
dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
ALISHER NAVOIY – ODOB-AXLOQ TARG’IBOTCHISI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning odob-axloqqa oid qarashlari tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
Axloq, halollik, ma’naviyat, ma’rifat, tafakkur, jamiyat, ta’lim.
Аннотация:
В данной статье анализируются взгляды Алишера Навои на этику.
Ключевые слова:
Этика, честность, духовность, просвещение, мышление, общество,
образование.
Annotation:
This article analyzes Alisher Navoi's views on ethics.
Key words:
Ethics, honesty, spirituality, enlightenment, thinking, society, education.
KIRISH
Alisher Navoiyning fikricha, adabli kishi “o‘ziga qarshi xalq tomonidan bo‘ladigan
hurmatsizlik eshigini bog‘laydi va kishini hazil-mazoqdan va kamsitilishdan saqlaydi. Kishi
tabiatini insonlik yo‘liga soladi va odam mijoziga odamgarchilik manzilida orom beradi”.
Shu
bilan birgalikda, alloma: “Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun
yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go‘zalroq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir...tavoze
va odob egalariga hamma ta’zim qiladi va hurmat bildiradi. Odobli va go‘zal hulqli odamlar
ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, bir-biriga bo‘lgan muhabbati borgan sari rivoj topadi”
, – deya
ta’kidlaydi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi
“Hayratul-abror” dostonida adab masalasiga ham alohida urg‘u beriladi. Faylasuf shoir
ta’biricha, insonga sharaf keltiradigan narsa uning naslu nasabi yoki amal-martabasi emas,
aksincha, hayoyu odobidir. Shuning uchun hayoning qatrasi tuproqni oltinga aylantiruvchi
kimyoga o‘xshatiladi:
Asarda odob va hayosi bilan podshohlik darajasiga ko‘tarilgan Anushirvon haqida
hikoyat keltiriladi. Unda aytilishicha, Anushirvon podshohlik taxtiga o‘tirmasdan burun bir
qizning ishqida o‘t bo‘lib yonardi. Bechora oshiqning ko‘ngli g‘uncha kabi qanchalik qonga to‘la
bo‘lmasin sirlarini oshkor qilmas, mahbubining visoliga musharraf bo‘lgunicha g‘amu anduhlar
ichida yashar edi. Va nihoyat ma’shuqasi bilan suhbat qurish baxtiga muyassar bo‘lgan
komgor(baxtli) oshiq bir gulzor ichidagi ovloq joyda yori tomon intiladi. Anushirvon ishqida
1
Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. МАТ. 20 жилдлик. Ж. 14. –Тошкент: Фан, 1998. –Б. 58-59.
2
Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. –Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983-й. – Б 48.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
528
yonib kul bo‘layozgan mahbuba butun ixtiyorini unga taslim etgandi. Gul yuzli yorni quchish
niyatida oshiq qo‘l cho‘zganida, tasodifan, ko‘zlari nargis guliga tushadi. Shu onda odob va hayo
bobida tanho bo‘lgan Anushirvonda o‘zgarish bo‘lib, uning qo‘llari o‘z-o‘zidan mahbuba tomon
intilishdan voz kechadi. Bu holdan hayratga tushgan go‘zal yor oshig‘iga savol beradi:
“Kim bu ne qo‘l sunmog‘i chekmak edi”.
Posuxini shohi muaddab dedi:
“Kim bu visol ichraki voqe’ durur,
Nargisi shahlo ko‘zi mone’ durur”
.
Yuqoridagi misralar mazmunidan ko‘rinadiki, Anushirvon holatining o‘zgarishiga
ko‘zmonand shaklda ochiladigan gul – nargis gulining qarab turganligi sabab bo‘ladi.
Anushirvon tasavvurida nargisning gulchalaridagi ko‘zga shaklan o‘xshashlik gul nigohlarining
bu voqeaga e’tibor bilan nazar tashlayotganligini eslatadi. Ravshanki, odob sohibi oshiq yigit
bundan xijolat bo‘ladi. Insondagi bunday yuksak fazilat uning e’tiqodiy qarashlari samarasi
natijasida shakllanishini muallif e’tirof etib, quyidagi xulosani kitobxon hukmiga havola qiladi:
Ayni hayo birla futuvvat anga,
Bermadi ul amrga quvvat anga.
Nargisini to‘ldiribon yoshidin,
Qo‘pdi dag‘i kechdi ul ish boshidin.
To ani oxir bu arig‘ niyati,
Buyla hayo shevasi xosiyati,
Jumlai olam aro shoh ayladi,
Adlini olamg‘a panoh ayladi.
Aysh, Navoiy, necha dilkashdurur,
Lek adab birla hayo xushdurur.
Navoiy hayo va futuvvatni targ‘ib qiladi. Ma’lumki, futuvvat insondagi hamida va najib
axloqni targ‘ib qiluvchi tariqatlardan hisoblanadi. Ayonki, mazkur tariqat ham shariyat
ahkomlariga tayanib, shar’iy nikohsiz yaqinlashishni rad qiladi. Anushirvon ko‘zlariga yosh olib,
niyatidan qaytishining sababi ham shu. Undagi yangi niyat – odob va hayo jumla olamaro
adolatli shoh bo‘lishiga sabab bo‘ladi. “Aysh qanchalik dilkash bo‘lmasin, odob bilan hayo
xushdir”, – deya buyuk shoir yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega xulosa chiqaradi. Albatta, alloma
tomonidan o‘rtaga tashlangan ulug‘ falsafa insonni yaxshiliklar tomon undashi, jaholat va
tubanlik botqog‘idan asrashi, jamiyatni axloqsizliklardan forig‘ etishi bilan nihoyatda
ahamiyatlidir.
3
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр. МАТ.20 жилдлик, Ж. 7. –Тошкент: Фан, 1991, – Б. 173-б.
4
Ўша манба. –Б. 164.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
529
Buyuk mutafakkir odob va kamtarinlikni ulug‘lab, ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli fikr-
mulohazalarini “Hayratul-abror” dostonining oltinchi bobida bayon qiladi. Asarning o‘ninchi
bobida esa to‘g‘rilik, rostgo‘ylik g‘oyasini tarannum etadi:
Tuzmasa mehrobini ahli niyoz,
Egri boqib rost emasdur namoz.
Rost qalam xalq erurlar salim,
Egri durur xatki, emas mustaqim.
Rostdur ul kim, nazari to‘g‘ridur,
Kim iligi egridur, ul o‘g‘ridur.
Bulsa ilik egrilik ichra samar,
El ani kesmakka tuz etgay magar.
Ko‘zki erur egri aning xilqati,
Birni iki ko‘rmak erur san’ati
.
Yuqorida keltirilgan she’riy parchaning ilk baytida niyoz ahli haqida so‘z boradi. Agar
ular mehrobini to‘g‘ri qilib tuzmasa, Allohga to‘g‘ri yuzlanmaganning namozi ham to‘kis
bo‘lmasligi to‘g‘risida fikr bildiriladi. Navbatdagi baytda esa barcha insonlarga tegishli
xususiyatlarga oid fikr bildiriladi. Muallif: “Xatni to‘g‘ri yozadigan kishilar haqiqiy sog‘lom
kishilar hisoblanadi”, – deb ta’kidlaydi. Xatning yozilishiga qarab xat yozuvchiga baho bersa
bo‘ladi. Mabodo u egri yozilgan bo‘lsa, demak, yozgan kishi ham to‘g‘ri emas. Haq odamning
qarashi to‘g‘ri bo‘ladi. Kishi qo‘lining egri bo‘lishi, uning o‘zi ham o‘g‘ri ekanligidan dalolatdir.
Qo‘liegrilik bilan foyda topgan kishining qo‘lini xalq kesib tashlab to‘g‘ri qiladi. Agarki inson
ko‘zi tug‘ilishidan egri bo‘lsa, bittani ikkita qilib ko‘rish uning odati hisoblanadi.
Maqolatning so‘ngida “Sher va Durroj” masali keltirilib yolg‘onchilik va egrilikning
yomon oqibatlari ochib beriladi, bu kabi illatlar insonga zarar keltirishi hayvonlar timsolida
ko‘rsatib beriladi.
Alisher Navoiy ta’biricha, inson dunyodagi butun borliqdan, butun mavjudotdan yuqori
turadi. U mavjudotlar ichida “sharif” hisoblanadi. Mutafakkir insonni borliqning,
umummavjudodning eng bebaho durdonasi, koinot toji deb tariflaydi:
...Karam birla xalq aylagay olame,
Bu olamda maqsud anga odame.
G‘araz odami anga olam tufayle,
5
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр. МАТ.20 жилдлик, Ж. 7. –Тошкент: Фан, 1991, –Б. 202.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
530
Ne kim g‘ayri olamdur ul ham tufayl
Ko‘rinadiki, Hazrat Navoiy ta’biricha, inson, uning (insonning) borlig‘i olamning
mazmuni bo‘lib, dunyo yaratilishidan maqsad ham odamdir. Bundan kelib chiqadiki, butun
voqelik uning (insonning) istaklari ob’yektidir va mazkur istaklarga xizmat qilishi darkor.
Ochilg‘on gulshanda inson guli,
Ne inson guli, bog‘i rizvon guli
.
Xulosa
Xulosa sifatida aytish mumkinki, Alisher Navoiy o‘z ijodiy va amaliy faoliyati orqali
umuminsoniy qadriyatlardan bo‘lgan odob-axloq, saxovat, to‘g‘rilik, iymon, vafodorlik, ota-
onaga hurmat, ayolga ehtirom, xokisorlik kabi fazilatlarni ulug‘laydi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. МАТ. 20 жилдлик. Ж. 14. –Тошкент: Фан, 1998. –
Б. 58-59.
2. Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. –Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983-й. –
Б 48.
3. Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр. МАТ.20 жилдлик, Ж. 7. –Тошкент: Фан, 1991, – Б.
173-б.
4. Алишер Навоий. “Хамса”. –Тошкент: Фан, 1960, –Б. 622.
5. Гулова А.А. Aлишер Навоий ижтимоий-ахлоқий қарашларида аёлнинг ўрни. //
Ўзбекистон миллий ахборот агентлиги – ЎзА илм-фан бўлими (электрон журнал). 2020
йил ноябрь ойи сони. –Б 187.
6
Алишер Навоий. “Хамса”. –Тошкент: Фан, 1960, –Б. 622.
7
Ўша асар, – Б. 621-622.
8
Гулова А.А. Aлишер Навоий ижтимоий-ахлоқий қарашларида аёлнинг ўрни. // Ўзбекистон миллий ахборот
агентлиги – ЎзА илм-фан бўлими (электрон журнал). 2020 йил ноябрь ойи сони. –Б 187.