Авторы

  • Xaitboyeva Dilnoza Abduvohid qizi
    Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, assistent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.72169

Ключевые слова:

Tijorat banklari raqamli texnologiyalar resurs bazasi Resurs bazasini mustahkamlash iqtisodiy sharoitlar.

Аннотация

Ushbu maqola tijorat banklarining moliyaviy holatini yaxshilash bo'yicha strategiyalarni ishlab chiqishga va amalga oshirishga bag'ishlangan. Bu esa hozirgi kunda tijorat banklari  resurs holatini baholash, moliyalashtirish  manbalarini va daromad manbalarini aniqlash, shuningdek, foydani maksimal darajaga yetkazish va risklarni minimallashtirish uchun samarali boshqaruv usullarini joriy etishni o'z ichiga oladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

593

Xaitboyeva Dilnoza Abduvohid qizi

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, assistent

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TIJORAT BANKLARINING RESURS

BAZASINI MUSTAHKAMLASH

Annotatsiya:

Ushbu maqola tijorat banklarining moliyaviy holatini yaxshilash bo'yicha

strategiyalarni ishlab chiqishga va amalga oshirishga bag'ishlangan. Bu esa hozirgi kunda tijorat

banklari resurs holatini baholash, moliyalashtirish manbalarini va daromad manbalarini

aniqlash, shuningdek, foydani maksimal darajaga yetkazish va risklarni minimallashtirish uchun

samarali boshqaruv usullarini joriy etishni o'z ichiga oladi.

Kalit so'zlar

: Tijorat banklari, raqamli texnologiyalar, resurs bazasi, Resurs bazasini

mustahkamlash, iqtisodiy sharoitlar.

Annotation:

This article is dedicated to the development and implementation of strategies to

improve the financial condition of commercial banks. It involves evaluating the resource status

of commercial banks, identifying funding and revenue sources, as well as implementing effective

management methods to maximize profits and minimize risks.

Keywords:

Commercial banks, digital technologies, resource base, strengthening the resource

base, economic conditions.

Mavzuning dolzarbligi:

Moliyaviy soha zamonaviy iqtisodiyotning markazida joylashgan.

Moliyaviy tuzilmalarni o'zgartirish va rivojlantirish global iqtisodiyotning faoliyatida muhim rol

o'ynaydi. Moliyaviy tizimning muhim tarkibiy qismi sifatida tijorat banklari sanoati moliyaviy

rivojlanishni isloh qilish va chuqurlashtirishga ta'sir ko'rsatadi. Axborot va kommunikatsiya

texnologiyalari (AKT) tomonidan boshqariladigan axborot jamiyatida raqamli texnologiya butun

dunyo bo'ylab hayotni o'zgartirmoqda va iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yangi omili

sifatida paydo bo'lmoqda. Bugungi kunda banklar raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali o'z

moliyaviy faoliyatini yanada samarali boshqarish, yangi imkoniyatlar yaratish va resurslarni

kengaytirish imkoniyatiga ega. Banklar faoliyati ham boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar

singari o'z faoliyatini olib borishi uchun yetarli darajada pul va moliyaviy resurslari bilan

ta’minlagan bo'lishi kerak, chunki ularning asosiy taklif etadigan va ko'rsatadigan xizrmatlari

ham pul mablag'lari yoki moliyaviy resurslarda tashkil topadi.Tijorat banklari resurslari

makroiqtisodiy ko'rsatkichlar qatoriga kiradi va bankning likvidligiga va daromadligigiga

to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Tijorat bankning faoliyati ko'rsatish qamrovini oladigan bo'lsak,

ular oladigan foydalar bank resurslarini qanday shakllantirganligi va qanday shartlar va turlari

bo'yicha jalb qiiganligiga juda ham bog'liqligini juda yaxshi bilamiz. Shuning uchun banklar

o'rtasida ham mablag'larni jalb qilishda ham katta raqobat muhiti yuzaga kelganiligini

ko'rishimiz mumkin. Bizga ma`lumki, tijorat banklari — bu jismoniy va yuridik shaxslarning

depozitlarini qabul qiluvchi va ushbu mablag'larni kreditlar va investitsiyalar taqdim etish uchun

ishlatadigan moliyaviy muassasalardir. Ular shuningdek, hisob-kitob va omonat hisobraqamlar,

kredit kartalari, shaxsiy va tijorat maqsadlari uchun kreditlar kabi bir qator moliyaviy xizmatlarni

taqdim etadilar.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

594

2010-yildan boshlab, raqamli iqtisodiyot va uning imkoniyatlarining tez rivojlanishi xizmatlar va

to'lovlarning tezlashishiga olib keldi, bu esa iqtisodiyot tarmoqlarini butun dunyo bo'ylab

axborotlashuvni qayta tashkil etishni talab qildi. Bank sohasida esa asosiy masalalar sifatida

yangi samarali moliyaviy ma'lumotlarni nazorat qilish usullarini qo'llash, to'lovlar va hisob-

kitoblar shaffofligini oshirish, ma'lumotlarni himoya qilish, boshqa axborot tizimlari bilan

axborot almashinuvi integratsiyasini yanada takomillashtirish muhim sanaladi. O'zbekiston

Respublikasida bu masalalarni hal etishning o'ziga xosligi Prezidentning «2017-2021 yillarda

O'zbekiston Respublikasining beshta ustuvor yo'nalishlarini rivojlantirish bo'yicha harakatlar

strategiyasi» (7-fevral 2017 yil, № УП-4947), «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari» (19-fevral 2018 yil, № УП-5349) va «O'zbekiston

Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari» (3-iyul 2018 yil, № 3238)

haqidagi qarorlarida o'z aksini topdi. 2013-yil 27-iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

tomonidan qabul qilingan №ПП-1989 sonli «O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-

kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari» qaroriga muvofiq, 2014-yilda

Markaziy bank tomonidan «Real vaqtda chakana to'lovlarni to'lashni kliring tizimi» loyihasi

ishlab chiqilib, amalga oshirildi. Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, raqamlashtirish

vazifalari yangi raqamli iqtisodiyotning chaqiriqlariga javob beradigan yagona bank

platformasida to'planadi.
Bundan tashqari, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash ularning uzoq muddatli

muvaffaqiyati va barqarorligi uchun muhimdir. Bank resurslarini shakllantirish jarayoni bu

faqatgina yangi mijozlami bankga jalb qilishning o'zi emas, balki bank mablag'lari tuzilishining

doimiy ravishda o'zgarib turishi va tarkibidagi passivlaming holatiga qarab o 'z aktivlarini

boshqarishi ham tushuniladi. Buning uchun esa samarali passivlami boshqarish tizimi yoki

samarali depozit siyosatini yuritilishini talab etiladi. Mijozlar oldidagi talabni doim iy qondirish

hamda barqaror holatni saqlab qolish uchun banklar kerakli darajada likvidlik talablami bajarishi

kerak. Likvidlik normasini ko'rsak, bugungi kunda u barcha talab qiiib olguncha depozitlarga

nisbatan 30% kam bo'lmagan miqdorida mablag'larni likvid holda ushlab turishi shart

hisoblanadi. Kuchli resurs bazasi banklarga iqtisodiy inqirozlarni yengish, bozorlar bo'yicha

samarali raqobatlashish va me'yoriy talablarni bajara olish imkonini beradi. Resurs bazasini

mustahkamlash muhim ahamiyatga ega, chunki bu tashkilotlarga, korxonalarga va shaxslarga o'z

vazifalarini samarali hal qilish qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Kuchli resurs bazasi

tashkilot yoki shaxsga quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
Moliyaviy barqarorlikni oshirish: Kuchli resurs bazasi tashkilot yoki shaxsga ko'proq moliyaviy

resurslarga kirish imkonini beradi, bu esa moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi.
Faoliyat doirasini kengaytirish: Ko'proq resurslardan foydalanish imkoniyati bilan, korxonalar

va tashkilotlar o'z faoliyatlarini kengaytirib, maqsadlariga yanada samarali erishishlari mumkin.
Raqobatbardoshlikni

oshirish:

Ishonchli

resurs

bazasi

biznes

yoki

tashkilotni

raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi, chunki bu ularga eng yaxshi vositalar,

texnologiyalar va boshqa resurslarga kirish imkonini beradi.
Samaradorlikni oshirish: Kuchli resurs bazasiga ega bo'lgan korxonalar va tashkilotlar

samaradorlikni oshirish uchun yangi texnologiyalar, xodimlarni o'qitish yoki ish jarayonini

yaxshilaydigan boshqa resurslarga sarmoya kiritishlari mumkin.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

595

Risklarni kamaytirish: Resurslarni diversifikatsiya qilish orqali tashkilotlar va shaxslar risklarni

kamaytirishlari va iqtisodiy o'zgarishlarga yoki kutilmagan holatlarga nisbatan sezgirlikni

minimallashtirishlari mumkin.
Umuman olganda, kuchli resurs bazasi shaxslar va tashkilotlarga yanada barqaror bo'lish va

o'zgarishlarga moslashish imkoniyatini beradi. Tijorat banklarining resurs bazasiga ta'sir etuvchi

bir nechta omillar mavjud. Quyida esa ulardan eng mashhurlari keltirilgan:
Depozitlar: Tijorat banklarining moliyalashtirish manbai asosiy bo'lgan depozitlar. Depozitlar

xulq-atvoridagi o'zgarishlar banklarning resurs bazasiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Foiz stavkalari: Markaziy banklar tomonidan foiz stavkalaridagi o'zgarishlar banklar uchun qarz

olishning qiymatini o'zgartirishi mumkin, bu esa ularning foydaliligiga va depozitlar jalb qilish

qobiliyatiga ta'sir qiladi.
Iqtisodiy sharoitlar: Mamlakatdagi umumiy iqtisodiy sharoitlar banklarning resurs bazasiga

jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, inqirozlar yoki iqtisodiy pasayishlar banklardagi

depozitlar darajasini kamaytirishi mumkin.
Raqobatbardoshlik: Boshqa banklar yoki bank bo'lmagan moliyaviy muassasalar tomonidan

raqobat qilish tijorat banklarining depozitlar jalb qilish qobiliyatiga va shu bilan birga, ularning

resurs bazasiga ta'sir qilishi mumkin.
Normativ huquqiy muhit: Tartibga soluvchi organlar tomonidan joriy etilgan normativ hujjatlar

banklar tomonidan taklif etiladigan mahsulotlar va xizmatlar turiga ta'sir ko'rsatishi va moliyaviy

resurslarning ayrim turlariga kirish imkoniyatini cheklashi mumkin.
Tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlash uchun bir nechta strategiyalarni qo'llashlari

mumkin:
Diversifikatsiya qilingan depozitlar bazasini yaratish: Tijorat banklari turli xil depozit turlariga,

masalan, omonat, hisob-kitob yoki muntazam depozitlarga yo'naltirilgan depozitlar bazasini

oshirishlari mumkin, shuningdek, mijozlarni jalb qilish uchun takliflarini kengaytirishlari kerak.
Boshqa moliyaviy muassasalar bilan hamkorlik qilish: Tijorat banklari va boshqa moliyaviy

muassasalar, masalan, investitsiya banklari yoki sug'urta kompaniyalari o'rtasida hamkorlik

qilish yangi moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga kirish imkonini beradi. Bu tijorat banklariga

mijozlarga turli xil variantlarni taqdim etish va o'z portfellari diversifikatsiyasini oshirishga

yordam beradi.
Yangi bozorlarga kirish: Tijorat banklari yangi bozorlarga, jumladan, raqamli bank xizmatlari va

onlayn platformalariga chiqishga harakat qilishlari kerak, bu esa kengroq auditoriyani qamrab

olish va mijozlar bazasini kengaytirishga yordam beradi.
Xarajatlarni tejash usullari: Tijorat banklari o'z faoliyatlarini samarali qilish uchun

raqamlashtirish yoki bank jarayonlarini avtomatlashtirish kabi xarajatlarni tejash usullaridan

foydalanishlari mumkin.
Kapitalni jalb qilish strategiyalari: Tijorat banklari o'z resurs bazasini mustahkamlash uchun

obligatsiyalar yoki qimmatli qog'ozlar chiqarish imkoniyatini ham o'rganishlari mumkin.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

596

Xulosa va takliflar
Raqamlashtirish — bugungi kunda tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlashda muhim

omilga aylangan. Banklar, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali o‘z operatsiyalarini yanada

samarali tashkil etmoqda, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga

erishmoqda. Raqamli transformatsiya, ayniqsa, axborot texnologiyalarini modernizatsiya qilish,

onlayn xizmatlar ko‘rsatish va moliyaviy resurslarni optimallashtirish orqali banklar o‘z resurs

bazasini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Raqamlashtirishning asosiy foydalaridan biri

— banklar uchun xarajatlarni kamaytirish va daromadlarni oshirishdir. Shuningdek, elektron

to‘lov tizimlari, mobil banklar va virtual filiallar kabi innovatsion xizmatlar mijozlarga yanada

qulay va tezkor xizmatlar taqdim etishga yordam beradi. Bularning barchasi tijorat banklarining

raqobatbardoshligini oshiradi, shu bilan birga, ularning resurs bazasini mustahkamlashga yordam

beradi. Biroq, raqamlashtirish jarayonida bir qancha muammolar va xatarlar ham mavjud.

Masalan, axborot xavfsizligi, texnologik uzilishlar, va mijozlar ma'lumotlarini himoya qilish

masalalari banklar uchun hal qilinishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar hisoblanadi. Shu bilan birga,

banklarning raqamli innovatsiyalarni joriy etish uchun yetarli investitsiyalar va malakali

kadrlarni tayyorlash zarurati mavjud.
Takliflar:
Axborot xavfsizligini ta’minlash: Tijorat banklari raqamli tizimlarga o‘tishda axborot

xavfsizligini yanada kuchaytirishlari zarur. Banklar, yangi texnologiyalarni joriy etishdan oldin,

ularning xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or standartlarga javob berishini tekshirishi lozim.
Kadrlar malakasini oshirish: Raqamli bank tizimlarini samarali boshqarish uchun yuqori

malakali mutaxassislar kerak. Banklar, o‘z xodimlarini raqamli texnologiyalar sohasida o‘qitish

va malakalarini oshirishga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
Investitsiyalarni jalb qilish: Banklar, raqamlashtirish jarayonini yanada tezlashtirish uchun davlat

va xususiy sektor investitsiyalarini jalb etishga harakat qilishlari kerak. Raqamli texnologiyalarni

joriy etishning yuqori boshlang‘ich xarajatlariga qarshi kurashishda bu muhim omil bo‘ladi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etish: Banklar, mijozlarga yanada qulay

va tezkor xizmatlar ko‘rsatish uchun mobil ilovalar, onlayn platformalar va boshqa raqamli

vositalarni kengaytirishlari lozim. Bu xizmatlar, mijozlar bazasini kengaytirish va ularga yaxshi

tajriba taqdim etishga yordam beradi.
Regulyatorlar bilan hamkorlik: Raqamlashtirish jarayonida regulyatorlar bilan samarali

hamkorlik o‘rnatish zarur. Davlat tomonidan ishlab chiqilgan raqamli bank xizmatlari uchun

moslashtirilgan qonunchilik va regulyatsiyalar banklarning faoliyatini yanada barqaror va

xavfsiz qilishga yordam beradi. Ushbu takliflar tijorat banklarining raqamlashtirish jarayonida

muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga, ularning resurs bazasini mustahkamlashga va bozor

raqobatida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Addressing the Tax Challenges of the Digital Economy, Action 1 – 2015: Final Report. Paris:

OECD Publishing, 2015.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

597

2. David Eaves. When Measuring the Digital Economy, Measure the (Creative) Destruction Too

(англ.). eaves.ca. 25.07.2019.
3. Kaplan S. The Words of Risk Analysis // Risk Analysis. 1997. N17(4). P. 407–417.
4. What is digital economy? Deloitt e. 2019. www 2.deloitt e.com/mt/en/pages/technology/

articles/mt-what-is-digital-economy.html.
5. Борис Паньшин. Цифровая трансформация. цифровая экономика: понятия и

направления развития. //Наука и инновации.№3 (193). 2019 г.с 53.
6. Доклад о мировом развитии «Цифровые дивиденды». Международный банк

реконструкции и развития / Всемирный банк. 2016.doi: 10.1596/978-1-4648-0671-1.А.
7. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yillik hisoboti
8.Sh.Z.Abdullayeva “Bank ishi” Toshkent, Iqtisod-moliya, 2017 yil.

Библиографические ссылки

Addressing the Tax Challenges of the Digital Economy, Action 1 – 2015: Final Report. Paris: OECD Publishing, 2015.

David Eaves. When Measuring the Digital Economy, Measure the (Creative) Destruction Too (англ.). eaves.ca. 25.07.2019.

Kaplan S. The Words of Risk Analysis // Risk Analysis. 1997. N17(4). P. 407–417.

What is digital economy? Deloitt e. 2019. www 2.deloitt e.com/mt/en/pages/technology/ articles/mt-what-is-digital-economy.html.

Борис Паньшин. Цифровая трансформация. цифровая экономика: понятия и направления развития. //Наука и инновации.№3 (193). 2019 г.с 53.

Доклад о мировом развитии «Цифровые дивиденды». Международный банк реконструкции и развития / Всемирный банк. 2016.doi: 10.1596/978-1-4648-0671-1.А.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yillik hisoboti

Sh.Z.Abdullayeva “Bank ishi” Toshkent, Iqtisod-moliya, 2017 yil.