INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
581
Xusanboy Saloxiddinov Utkirbek o’g’li
Fazliddin Matkarimov Alisher o’g’li
Qo’qon Universiteti Andijon Filiali davolash yo’nalishi talabalari
Ilmiy Rahbar:
Ismoilova Shaxzoda Dilshodbek qizi
KOMBUSTIOLOGIYA: KUYISHLAR VA ULARNI DAVOLASH FANINI O'RGANISH
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
kombustiologiya
– kuyish jarohatlari va ularni davolash bilan
shug‘ullanadigan tibbiyot sohasi haqida ma’lumot beriladi. Kuyishlarning turlari, ularning
baholash mezonlari, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tamoyillari va zamonaviy davolash
usullari yoritilgan. Shuningdek, kuyish asoratlari, reabilitatsiya jarayonlari
Kalit so’zlar:
Kombustiologiya, kuyish jarohatlari, termik shikastlanish, kimyoviy kuyish, elektr
kuyishi, nurlanish kuyishi, shoshilinch yordam, suyuqlik reanimatsiyasi, reabilitatsiya, plastik
jarrohlik, infeksiya.
KIRISH
Kuyish (combustio) - bu teri va uning ostidagi to'qimalarga zarar etkazadigan yuqori harorat,
kimyoviy, elektr yoki radiatsiya ta'sir qilishi natijasida yuzaga keladigan shikastlanishdir
1
.
Kombustiologiya
— kuyish jarohatlari, ularning patofiziologiyasi, diagnostikasi, davolash
usullari va reabilitatsiya jarayonlarini o‘rganadigan tibbiyot sohasi. Kuyish shikastlanishlari
terining va ba’zan ichki to‘qimalarning jiddiy zarar ko‘rishiga olib keladi, bu esa to‘g‘ri va o‘z
vaqtida davolashni talab qiladi. Dunyo miqyosida har yili millionlab odamlar kuyishlar bilan
shifoxonalarga murojaat qilishadi, ulardan katta qismi bolalar va keksalardir.
Kuyishlarning Turlari va Ularning Baholash Usullari -
Kuyishlarning sababi va ta’sir qilish
usuliga qarab quyidagi turlari mavjud:
Termik kuyishlar
– olov, qaynoq suyuqliklar yoki issiq buyumlar bilan aloqa qilish natijasida
sodir bo‘ladi.
Kimyoviy kuyishlar
– kuchli kislotalar yoki ishqorlar bilan ta’sirlanish tufayli yuzaga keladi.
Elektr kuyishlari
– elektr toki organizmga ta’sir qilganda yuzaga chiqadi va ko‘pincha ichki
shikastlanishlarga ham olib keladi.
Nurlanish kuyishlari
– quyosh nurlari yoki radiatsiya natijasida paydo bo‘ladi.
Kuyish jaroxatida ro‘y beruvchi o‘zgarishlar jaroxatlanish jarayonining umumiy
qonunlariga mos bo‘lib, quyidagi ketma-ketlikda ifodalanishlari mumkin:
1) Issiq aganti ta’siridagi birlamchi anatomik va funksional o‘zgarishlar;
2) reaktiv yalig‘lanish jarayonlari;
3) regeneratsiya (qayta tiklanish).
I–II darajali kuyishda seroz suyuqlikli shishda reaktiv-yalig‘lanish jarayonlari yiringsiz kechadi
va o‘tkir yaliglanish bartaraf qilinganidan keyin epitelial elemetlarining regeneratsiya jarayoni
kuzatiladi. IIIAB–IV darajali kuyishda quyidagi jarayon kuzatilida: to‘qimalar nekrozi – reaktiv
travmatik shish – yiringli-demerkatsion yalig‘lanish – regeneratsiya
2
. Keng maydonli kuyish
jaroxati yuz berganda va kuyish jaroxati bilan u sababli sodir bo‘lgan umumiy o‘zgarishlar
o‘zaro chambarchas bog‘liklikda kechganda ushbu patologik jarayon kuyish kasalligi deb
atalishi qabul qilingan nozologik shakl sifatida namoyon bo‘ladi. Katta maydonli va chuqur
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
582
kuyish jaroxatlari (20-30% t.yu. yoki 10%t.yu.dan yuqori chuqur yaralar) kuyish kasalligi bilan
kechadi. Kuyish kasalligi – bu, termik jaroxatga javob sifatida rivojlanuvchi patologik jarayon
bo‘lib, birlamchi sababi kuyish jaroxati hisoblanadi. Bu jarayonda ko‘pchilik a’zo va tizimlar
ishtirok etadi
3
. Kuyish jaroxati – bu termik ta’sir natijasida teri satxi butunligining buzilishi.
Terining qizishi va termik kuyishlar quyidagicha rivojlanadi:
a) Konveksiya – issiq par yoki gaz ta’siri natijasida;
b) O‘tkazuvchanligi – qizigan ashyo yoki qaynoq suyuqlikning bevosita tegishi;
c) radiatsiya – issiqlik nurlanishi ta’siri
2
1961 yildagi XXVII Butunittifoq jarrohlar s’ezdida qabul qilingan kuyishlarning klinik va
morfologik tasnifi
4
:
I darajali kuyish – terining qizarishi va shishishi (turg‘un arterial giperemiya va eksudativ
yalig‘lanish).
II darajali kuyish – tiniq sarg‘imtir suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalarining hosil bo‘lishi.
IIIA darajali kuyish – terini xususiy qavatining chuqur qavatlaridan tashqari zararlanishi.
IIIB darajali kuyish – butun teri qavatlarining nobud bo‘lishi va nekrotik qobiq (strup) hosil
bo‘ladi.
IV darajali kuyish – faqat teri balki undan chukurroq joylashgan to‘qimalar – mushak, suya,
paylarning nobud bo‘lishi bilan kuzatiladi.
XKK-10 xalqaro tasnifi kuyishning chuqurlik bo'yicha uch darajali bo'linishini o'z ichiga oladi
5
:
I darajali kuyishlar - yuzaki kuyishlar (klinik va morfologik tasnifning birinchi darajasiga to'g'ri
keladi).
II darajali kuyishlar - epidermis va dermaning yuqori qatlamiga ta'sir qiluvchi yuzaki kuyishlar
(II va IIIA darajalariga to'g'ri keladi).
III darajali kuyishlar - chuqur kuyishlar - dermaning to'liq nekrozi (IIIB va IV darajali
kuyishlarga to'g'ri keladi. Kuyish kasalligining umumiy qabul qilingan tasnifida to'rtta davr
ajratiladi: kuyish shoki - 24-72 soat; o'tkir kuyish toksemiyasi - jarohatlardan 2-3 kun o'tgach
boshlanadi va 10-14 kun davom etadi; septikotoksemiya - bir necha kundan bir necha oygacha;
rekonvalessensiya (tiklanish).
USULLAR VA ADABIYOTLAR TAHLILI
Ushbu tadqiqot doirasida ilmiy-nazariy manbalarni tahlil qilish, statistik ma'lumotlarni
qayta ishlash va tahlil qilish kabi metodlardan foydalanildi.
Ilmiy-nazariy manbalarni tahlil qilish jarayonida o'zbek, rus va xorijiy olimlarning kasbga
yo'naltirish va tarbiyaviy ishlar bo'yicha tadqiqotlari o'rganildi. Kuyishlarni davolash boʻyicha
birinchi toʻliq ilmiy tadqiqot 1658-yil 17-dekabrda Leypzigda Pol Ammann tomonidan chop
etilgan. Muallif, davolashning eng boshida oʻsimliklardan tayyorlangan sovutish vositalarini
qoʻllash va kuchli sovutish maqsadga muvofiq boʻlmaydi degan xulosaga kelgan. Kuyish
jarohatini davolashning jarrohlik usullari tarixi taxminan 140 yilni tashkil etadi. 1869-yilda
shveytsariyalik jarroh Reverden birinchi marta bemor terisining kichik epidermal boʻlagini
granulyar yaraga koʻchirib oʻtkazgan, bu kuyish yuzalarining jarrohlik plastik jarrohlik amaliyoti
uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Rossiyada 1869-yilda S. Yanovich-Chainskiy birinchi teri
transplantatsiyasini amalga oshirgan. Ushbu rus jarrohi birinchi boʻlib transplantatsiya qilingan
terining qalinligi va kuyish nuqsonining dermoplastikasining muvaffaqiyati oʻrtasidagi
bogʻliqlikni qayd etgan. Keyinchalik olib borilgan tadqiqotlar transplantatsiya qilingan teri
maydonining hajmini oshirishga qaratilgan. 1893-yilga kelib, Krause transplantatsiya maydonini
150-200 sm² ga yetkazishga muvaffaq boʻlgan. 1929-yilda maxsus soʻrgʻich asbobi — retraktor
yaratildi, uning yordamida boʻlingan qopqoqni olish va greftning qalinligini 0,3-0,6 mm gacha
kamaytirish mumkin boʻlgan. Bu muvaffaqiyatli transplantatsiya imkoniyatlarini oshirgan,
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
583
shuningdek, terini olib tashlash joyidagi yara qoʻpol chandiqlarsiz oʻz-oʻzidan bitishiga olib
kelgan. Keyinchalik, retraktor gʻoyasi tabiiy rivojlanishni oldi va 1939 -yilda shifokor I. Paget va
muhandis Hud dermatom asbobini yaratgan. Ushbu vositaning ixtirosi yanada kengroq va
ingichka teri qopqoqlarini shikastlamasdan muvaffaqiyatli olib tashlashga imkon bergan, bu esa,
oʻz navbatida, donor yarasini davolashni osonlashtirgan va jarohatlar tezda tuzalib ketgan.
Koʻplab amaliy kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlar natijasida oʻlik toʻqimalarni olib tashlash
qanchalik erta amalga oshirilsa, kasallikning borishi shunchalik qulay boʻlishi aniqlangan.
Nekrektomiya qilish muddati haqidagi fikrlar 3-4 kundan 5-7 kungacha oʻzgarib turadi, ammo
barcha mualliflar nekrektomiya qanchalik tez amalga oshirilsa, kelajakda bemorning ahvoli
shunchalik yaxshi boʻladi, degan fikrga kelishgan. Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, kuyish
jarohatini davolash jarayonida kompleks yondashuv, individual xususiyatlarni hisobga olish,
amaliy tajribalarni joriy etish va zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhim
ahamiyatga ega.
NATIJALAR
Katta maydonli termik kuyishlarda kuygan soxalarda og‘riq bo‘ladi. Shish, giperemiya,
tiniq sarg‘imtir tusli suyuqlik bilan to‘la pufakchalar, epidermis ko‘chishi kuzatiladi. Kuyish
shokida tana xaroratini pasayishi, taxikardiya, markaziy venoz bosimni pasayishi, oliguriya yoki
anuriya, qayt qilish kuzatiladi. O‘tkir kuyish toksemiyasi o‘rtacha 10-14 kun davom etadi.
Tormozlanish, injiqlik, loxaslik va uyquchanlik bilan ifodalanuvchi markaziy asab tizimi
faoliyati buzilishi kuzatiladi. Ba’zi xolatlarda alaxsirash, kuchli qo‘zg‘alish xolati, uyqusizlik,
juda kam xolatlarda tutqanoq kuzatiladi. Toksiko-rezorbtiv bezgak kuyish kasalligining ushbu
davriga xosdir. Yurak-qon tomir tizimidagi o‘zgarishlar yurak chegaralarini kengayishi,
taxikardiya, kuchli yurak urishini sezish bilan ifodalanadi. Anemiya va leykotsitoz kuyish
kasalligining ushbu davriga xos. Gipo- va disproteinemiya aniqlanadi. Septikotkosemiya
davrining klinik ko‘rinishi o‘tkir toksemiya davridagi o‘zgarishlar kabi bo‘ladi. Bemor
temperatura reaksiyasi yuqori xaroratlargacha ko‘tariladi. Ba’zi xollarda qayt qilish, ko‘z
skleralari va teri qoplamlari sarg‘imtirligi bilan ifodalanuvchi toksik gepatit rivojlanadi.
Rekonvalessensiya davrida og‘ir termik jaroxat natijasida buzilgan ichki a’zolari va tizimlar
faoliyati asta-sekin tiklanishi kuzatiladi. Tashxislash mezonlari. Anamnez. Kuygan yara
maydonini tashqi ko‘rigi: rangi, giperemiya va shish, pufaklari, ularning tirkibi, plazmoreya,
yara yuzasida nekrotik qobiklar (nekrotik qoplam ko‘rinishi, konsistensiyasi, rangi, qalinligi, teri
satxida trombga uchragan tomirlar bo‘lishi) mavjudligi. Kuyish maydoni xajmini «kaft» (kaft
yuzasi 1% tana yuzasiga teng) va «to‘qqizlik» qoidalari asosida aniqlash. Kuygan yara
chuqurligini og‘riqga sezuvchanlik (to‘g‘nog‘ich, spirtli, tukli sinamasialar), termometriya
(kuygan teri satxi xaroratining sog‘lom teri satxi xaroratidan farqi, xarorat 1-3°Cga farq qilganda
kuygan yara chuqurligidan dalolat beradi). Frank va Bo indekslarini aniqlash: - prognostik va
diagnostik axamiyatga ega bo‘lgan Frank indeksini aniqlash: 1% tana yuzasi 1 birlikga teng; 1%
chuqur yarasi – 3 birlikga teng. Yuqori nafas yo‘llarining kuyishgida og‘irlik darajasiga qarab 13,
30 yoki 45 birlik qo‘shiladi. Frank indeksi 30 birlikkaga bo‘lganda – oqibati yaxshi, 31-60
birlikda – nisbatan yaxshi, 61- 90 birlik oralig‘ida mavxum, 90 va undan yuqori birlikda – oqibat
yomon hisoblanadi; - shuningdek prognostik ko‘rsatkich Bo indeksi (yuzlik qoidasi) ham mavjud
bo‘lib, bu kuygan yara maydoni va bemor yoshi yig‘indisidan iborat buladi. 60 birlikdan past
bo‘lganda oqibat yaxshi, 61-80 birlikda – nisbatan yaxshi, 81-100 – mavxum, 101 va undan
yukori bo‘lganda – oqibat yomon. Qoida keksa va qariya 12 bemorlarda qo‘llanilishi mumkin
1
.
Bolalarda 3% tana yuzasidan yuqori va kattalarda 5% tana yuzasidan yuqori I-IIIIIA darajali
kuyish maydonining borligi shifoxonaga yotqizishga ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. IIIB-IV
darajali kuyish jaroxatining borligi, jaroxat yuzasining kattaligidan qat’iy nazar, shifoxonaga
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
584
yotqizishga ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. Kuyish shokining og‘irlik darajasi tashxisi kuygan
yaralarning yuzasi va chuqurligi, gemodinamik kursatkichlar, MVB – markaziy vena bosimi,
peshobning soatbay xajmi (diurez), teri-rektal gradiyent (farq), termometriya, shikast darajasi –
Frank indeksi va Bo indeki,termoingolyatsion shikast mavjudligi, kombinitsion
(kuyish+mexanik jaroxat, kuyish+is gazidan zaxarlanish va x.k.) jaroxatlarining mavjudligi kabi
omillarni hisobga olib amalga oshiriladi. Kuygan yara maydonini tashqi ko‘rigi: rangi,
giperemiya va shish, pufaklari, ularning tirkibi, plazmoreya, yara yuzasida nekrotik qobiklar
(nekrotik qoplam ko‘rinishi, konsistensiyasi, rangi, qalinligi, teri satxida trombga uchragan
tomirlar bo‘lishi) mavjudligi. Kuyish maydoni yuzasi «to‘qqizliklar» qoidasiga asosan
aniqlanadi (tana qismlari tana yuzasining 9 yoki 9ga karali foyizli bulaklarga ajratiladi). Kuygan
yara chuqurligini og‘riqga sezuvchanlik (to‘g‘nog‘ich, spirtli, tukli sinamalar), termometriya
(kuygan teri satxi xaroratining sog‘lom teri satxi xaroratidan farqi, xarorat 1-3°Cga farq qilganda
kuygan yara chuqurligidan dalolat beradi). Reanimatsiya bo‘limga gospitalizatsiya, og‘irlik
darajasidan qat’iy nazar, kuyish shokiga sabab bo‘lgan katta maydonli kuyish mavjudligi
ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek kuyish kasaligining toksemiya va septikotoksemiya
davrida katta maydondagi kuyishi bo‘lganlar, Yaqqol funksional va tana a’zolari
yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi bulganlar RITB yoki ITP yotqizib davolanishlari
lozim. Kuyish shokidan chiqqan va xolati barqarorlashgan bemorlar kombustiologiya bo‘limiga
davolanishni davom ettirish uchun o‘tkaziladi.
XULOSALAR
Kuyush jarohatini olgan bemorlarni davolash jarayonida kompleks yondashuv, individual
xususiyatlarni hisobga olish va amaliy tajribalarni joriy etish muhim ahamiyatga ega.
Diagnostika
Kuyishlarni tashxislash va darajasini aniqlash uchun ular jarroh tomonidan tekshirilishi kerak.
Agar ichki organlarga jiddiy zarar etkazilgan bo'lsa, quyidagi choralarni ko'rish kerak:
Yumshoq to'qimalarning kompyuter tomografiyasi;
Zarar ko'rgan hududning rentgenogrammasi;
To'liq qon tekshiruvi.
Kuyishni davolash
Kuyishni davolashning asosiy usullari:
Kuyish yuzasini davolash;
Og'riqdan halos qilish va sovutish ta'siriga ega dorilarni qabul qilish;
Aseptik bandajdan foydalanish;
Giperosmolyar ta'sirga ega dorilarni qo'llash;
Antibiotiklar bilan davolash kursi;
Tanadagi suyuqlik muvozanatini to'ldirishga qaratilgan infuzion terapiya;
Teri transplantatsiyasi;
Qon aylanishini normallashtirish uchun eritmalar, ozuqaviy eritmalar, glyukoza kiritish.
Uchinchi darajali kuyishda, bemor davolanish uchun kasalxonaning kuyish markaziga yuboriladi.
Xavf
Ikkinchi va uchinchi darajali kuyish mavjud bo'lgan bemorga yordamning etishmasligi jiddiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin (hatto o'limga).
Oldini olish
Uyda kimyoviy moddalarini ishlatish bo'yicha ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qing;
Kimyoviy moddalar bilan ishlashda himoya ko'zoynagi va qo'lqoplardan foydalaning;
Uy kimyoviy moddalarini oziq-ovqat bilan saqlamang;
To'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ostida terini himoya qiluvchi vositalaridan foydalaning;
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 10, issue 1, February 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
585
Kimyoviy moddalar va olov bolalar yeta olmaydigan joyda ekanligiga ishonch hosil qiling.
Adabiyotlar ro’yhati:
1. «Mir
bez
ojogov»
kombustiologlar
uyushmasining
klinik
tavsiyalari,
2021.
https://cr.minzdrav.gov.ru/schema
2. Paramonov B.А. va boshq. “TERMIK VA KIMYOVIY KUYISHLAR”, 2000..
3. Potapov V.L. Комбустиология: история, проблемы и современные методы лечения
обожжённых, 2020.
4. Fayazov A.D. “Ожоговая болезнь у лиц пожилого и старческого возраста” 2007..
5. Vixriev B.S., Burmistrov V.M., “TERMIK VA KIMYOVIY KUYISHLAR”1986.
6. Шумова О. В.. Патогенез и лечение ожоговой болезни. М.: Медгиз, 1963.
7. Орлов А. Н.. Ожоговая инфекция, 5000 экз, Л.: Медицина, 1973.
8. Петров С. В.. Общая хирургия: Учебник для вузов, 2-е изд., перераб. и доп, СПб.: Питер,
2004. ISBN 5-318-00564-0.
9. Ожоговая инфекция: Этиология, патогенез, диагностика, профилактика и лечение, 2000
экз, М.: Вузовская книга, 2010.
10.
https://med24.uz/uz/bolezn/ozhog
11.
https://api-portal.gov.uz/uploads/
12.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kuyish
13.