Advokatlik qasamyodi: milliy va xorijiy tajriba

CC BY f
76-89
44
9
Поделиться
Махаммадалиева, М. (2022). Advokatlik qasamyodi: milliy va xorijiy tajriba. Сотрудничество ташкентского государственного юридического университета и палаты адвокатов в совершенствовании адвокатского института, 1(1), 76–89. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/improvement-law-institute/article/view/16675
М Махаммадалиева, Ташкентский государственный юридический университет

студентка 3 курса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mamlakatimiz huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidan dadil odimlab borar ekan, bu borada ko’zlangan maqsadga erishish, avvalo, huquq tizimida keng va samarali islohotlarni amalga oshirishni, fuqarolarning huquqiy bilimi va savodxonligini kengaytirishni, shuningdek, ularni malakali yuridik yordam bilan har qachongidanda ko’ra to’liq va odilona ta’minlashni taqazo etadi.


background image

76

vazifalarini kengaytirishimiz hamda ularga qo‘yilgan ba’zi bir
cheklovlarni yo‘qotishimiz lozim. Zero, himoya huquqi muqaddasdir. Bu
huquqqa hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi va bu orqali jamiyat a’zolari
qonuniy jihatdan himoyalana olishlari darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Неъматов, Жасур. "Purpose and features of methodology for

interrogation in criminal proceedings." Общество и инновации 1.2
(2020): 251-259.

2.

Неъматов, Жасур, and Бектурсун Муродкосимов. "Судлар

фаолиятини

рақамлаштириш–Ўзбeкистоннинг

халқаро

рейтинглардаги ўрнини яхшилашга хизмат қилади." Актуальные
вопросы

и

перспективы

цифровизации

судебно-правовой

деятельности 1.01 (2022): 131-138.

M.E.MAHAMMADALIYEVA

106

ADVOKATLIK QASAMYODI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

Mamlakatimiz huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik

jamiyatini barpo etish yo’lidan dadil odimlab borar ekan, bu borada
ko’zlangan maqsadga erishish, avvalo, huquq tizimida keng va samarali
islohotlarni amalga oshirishni, fuqarolarning huquqiy bilimi va
savodxonligini kengaytirishni, shuningdek, ularni malakali yuridik
yordam bilan har qachongidanda ko’ra to’liq va odilona ta’minlashni
taqazo etadi. Chunonchi, huquqiy demokratik davlatda fuqarolar huquqini
himoya qilish mazmun jihatidan davlat siyosati darajasidagi muhim
masalalar sirasiga kiradi desak mubolag’a bo’lmaydi. Boisi biz
bosqichma-bosqich qurib borayotgan fuqarolik jamiyatida fuqarolar
davlatga emas, aksincha davlat fuqarolarga xizmat qilmog’i, ularning
huquq va erkinliklarini ta’minlamog’i lozim. Be’jizga asosiy qomusimiz
bo’lmish Konstitutsiyamizning 2-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda
etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor

106

Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi


background image

77

shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”

107

degan qoida

mustahkamlab qo’yilgan emas.

Darhaqiqat, davlat fuqarolarning huquqlari va qonun bilan

qo’riqlanadigan manfaatlarini turli qonuniy usullar bilan ta’minlaydi.
Bunda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar asosiy himoyalash
vositalaridur. Himoya qilishning eng muhim asosi esa, avvalo, bu
huquqlarni tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettirishdur. Biroq,
huquq va erkinliklarni qonunlarda aks ettirishning o’zi uni amalda
ta’minlanishi uchun yetarli emas. Aksincha bu ta’minlanish uchun asos
bo’lib xizmat qiladi. Xo’sh, fuqarolar o’zlarining qonun bilan belgilab
qo’yilgan huquqlarini amalda qanday ta’minlaydilar? Bu borada ularga
huquqiy yordam kerak bo’lmaydimi? Albatta, kerak bo’ladi. Bunda
advokatlar ularning huquqlari himoyachisi sifatida asosiy rol o’ynaydi.
“Konstitutsiyamizning 116-moddasida malakali yuridik yordam olish
huquqi kafolatlangani; fuqarolar, korxona, muassasa va tashkilotlarga
yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko’rsatishi belgilab
qo’yilgani ham fikrimizning tasdig’idir.”

108

Ma’lumki, advokat tomonidan

ko’rsatiladigan yordam malakali bo’ladi, chunki u oliy yuridik
ma’lumotga, shuningdek yuridik mutaxassislik bo’yicha kamida ikki yil
mehnat stajiga ega, jumladan, advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o’tan
va malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan shaxs tomonidan amalga
oshiriladi.

Bu modda ayni paytda advokatlar zimmasiga ulkan mas’uliyat

hissini yuklaydi. Negaki, malakali yuridik yordam ko’rsatish uchun
advokat, avvalo, yetarlicha huquqiy bilimga ega bo’lmog’i, o’z vazifasiga
vijdonan va xolisona yondashmog’i, har doim adolat, qonuniylik va
insonparvarlik tamoyillarini yodda tutmog’i va ularga amal qilgan holda
o’z vazifasini ado etmog’i darkor. Bu esa o’z navbatida advokatdan
advokatlik qasamyodiga amal qilmoqlikni talab etadi.

“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy

himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 3-
moddasiga ko’ra, advokat tegishli malaka komissiyasining majlisida
quyidagi mazmunda qasamyod qilishi mustahkamlab qo’yilgan: “O’z
kasbiy burchimni halol va vijdonan bajarishga, inson huquqlari va

107

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda, 4-bet. T,: “O’zbekiston”, 2018-y.

108

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 116-modda, 66-bet. T,: “O’zbekiston”

2018-yil.


background image

78

erkinliklarini hamisha himoya qilishga, advokatlik sirini saqlashga,
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya
etishga tantanali qasamyod qilaman”.

109

Bundan xulosa chiqadiki, har bir

advokat advokatlik maqomini olib o’z kasbiga kirishar ekan, avvalo
advokatlik qasamyodini qabul qilar ekan. Qasamyod mazmuniga e’tibor
qaratadigan bo’lsak, advokat uchun belgilangan talablarni guvohi
bo’lamiz:

kasbiy burchni halol va vijdonan bajarish -

inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish -

advokatlik sirini saqlash -

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya

qilish -

Qasamyodni mazmun jihatidan chuqurroq anglash uchun yuqorida

keltirib o’tilgan talablarni milliy qonunchiligimiz nuqtayi nazaridan birma-
bir tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Demak birinchi talab: kasbiy burchni halol va vijdonan bajarish.

Advokatning kasbiy burchi deganda nimani tushunishimiz kerak?
Qonunchilik nuqtayi nazaridan yondashadigan bo’lsak, O’zbekiston
Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura
to’g’risida”gi 349-1-sonli qonunining 1-moddasida Advokatura va uning
vazifalari belgilab berilgan. Unga ko’ra, “Advokatura - huquqiy institut
bo’lib, u advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslar hamda
xususiy advokatlik amaliyoti shug’ullanuvchi ayrim shaxslarning
mustaqil, ko’ngilli, kasbiy birlashmalarini o’z ichiga oladi. Advokatura
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo’lmagan
shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam
ko’rsatadi.”

110

Bundan ko’rinadiki, advokatura huquqiy institut sifatida

advokatlik va xususiy advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi
shaxslarning birlashmasi bo’lib, uning vazifasi shaxslar (shu jumladan,
tashkilotlar ham) ga yuridik yordam ko’rsatish. Umumiy ma’noda
oladigan bo’lsak, advokatning burchi ya’ni bajarishi kerak bo’lgan vazifasi

109

O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va

advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”gi 721-1-sonli qonuni.

110

O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi “Advokatura to’g’risida”gi 349-1-sonli

qonunining 1-moddasi


background image

79

yuridik yordam ko’rsatishdur.

“Kengroq tarzda sharhlaydigan bo’lsak, advokatlar oldiga barcha

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoyalashga, adolatli sudlovni amalga oshirishga, qonuniylikka rioya
qilish va uni mustahkamlash, fuqarolarni qonunlarni aniq va so’zsiz
bajarish, boshqa shaxslarning huquqlari, obro’si va qadr qimmatiga hurmat
ruhida tarbiyalashga ko’maklashish vazifasi yoki qo’yilgan.”

111

Bundan

xulosa chiqadiki advokatning kasbiy burchi mana shundan iborat bo’lib,
ushbu vazifasini halol va vijdonan bajarish uchun advokatdan qasamyod
qilishi talab etiladi.

Ikkinchi talab: Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish.

Ma’lumki, asosiy qomusimiz bo’lmish Konstitutsiyamizning ikkinchi
bo’limida fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari belgilab berilgan.
Zotan, mazkur huquqlar negiz bo’lib xizmat qilsa, fuqarolarning mana shu
huquqlari negizidan kelib chiqadigan boshqa ko’plab huquqlari mavjud
bo’lib, ular tegishli qonun hujjatlarida aniq qilib belgilab qo’yilgan.
Shaxslar bunday huquq va erkinliklarini nafaqat o’zlari, balki malakali
yuridik yordam olish yo’li bilan ham himoya qilish huquqiga egadirlar va
bunda advokatlar ularning huquqlari hamda erkinliklarini himoya qiluvchi
shaxs hisoblanadilar. O’z navbatida, advokatlar ham o’z vazifalariga
kirishishlaridan oldin qasamyod qabul qilar ekanlar, ko’rinib turganidek,
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qasam ichadilar. Bu talab
mohiyatan birinchi talab ya’ni kasbiy burchni halol va vijdonan bajarish
bilan ham chambarchas bog’liq. Soddaroq qilib aytganda, uning asosiy
qismini tashkil qiladi desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Zero advokat
yuridik munosabatlarda o’z himoyasi ostida shaxsning huquqlari va
erkinliklarining himoyachisidur va advokatning mazkur faoliyat bilan
shug’ullanishdagi asosiy vazifasi ham aynan shudir. Shu bois ham inson
huquqlari va erkinliklarini himoya qilish talab darajasida qasamyodda ham
aks etgan.

Advokatlik qasamyodi mazmunini tashkil etgan keyingi talab bu

advokatlik siridir. Advokatlik faoliyatida advokatlik siri alohida muhim
o’rin tutganligi bois mazkur tushunchaning mazmun-mohiyati turli olimlar
tomonidan o’rganilgan. Jumladan, huquqshunos olim Y.S. Pilipenko bu
haqda shunday deydi: “Sir - muayyan faoliyat haqidagi ma’lumotlarning

111

M: I.G. Nikonov, X.Abzalova, U. Zakirova. Advokatura. Darslik. T,:TDYU, 2019. 35-bet.


background image

80

boshqa shaxslar tomonidan xabar topilmasligi. Sir ma’lumot bilan bog’liq
tushunchalar, advokatlik siri esa shunchaki ma’lumot emas, balki advokat
yuridik yordamining ishonchliligi hisoblanadi...”

112

Yana boshqa bir olim A.F. Koni o’z nazariyasida: “Mijozning siri bu

uning aybliligi haqidagi ma’lumotdir va bu sirni biladigan ikkinchi shaxs
faqat advokat bo’lishi kerak. Sirning boshqa shaxslarga ma’lum bo’lishi
sud protsessidagi mag’lubiyat kafolotidur”,

113

degan fikrlarni ilgari suradi.

Yuqoridagi olimlarning advokatlik siriga oid nazariyalaridan ham
advokatning faoliyatida u qanchalik muhimligi yaqqol namoyon bo’ladi.

Shu bois ham O’zbekiston Respblikasi “Advokatura to’g’risida”gi

qonunining 9-moddasida bu masalaga oid qoida mustahkamlab qo’yilgan.
Chunonchi unda: “Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri
jumlasiga ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagii shaxs) advokatdan
yordam so’rab murojaat etganligining o’zi, ishonch bildiruvchi shaxs
(himoya ostidagi shaxs) yordam so’rab murojaat etgan masalalar,
advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) olgan
maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan o’tkazgan
suhbatida to’xtab o’tilgan barcha masalalar kiradi...”

114

deb belgilab

qo’yilgan.

Bundan xulosa chiqadiki, advokat o’ziga ishonch bildirayotgan

shaxsning huquq va erkinliklarini lozim darajasida vijdonan himoya
qilishida u aytgan ma’lumotlarni saqlashi advokatning kasbiy faoliyatiga
qo’yilgan talablardan biridur. Shu bois ham advokatlik siri yuqoridagi
qonunning alohida moddasida hamda advokatlik qasamyodida o’z aksini
topgan.

Advokatlik qasamyodida keltirilgan navbatdagi talab bu advokatning

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya
etishidur. Bu talab ham, shubhasiz, advokatlik faoliyatida muhim rol
o’ynaydi. Boisi advokat yuridik ma’lumotga ega shaxs sifatida, avvalo,

112

Информационная безопасность деятельности адвоката и адвокатская тайна.

Гусятников.
П.П, Гусятникова. П.П.

https://cyberlenika.ru/article/informatsionnnaya-bezopasnost-

deyatelnosti-advokata-i-advokayskaya-tayna/viewer

113

Адвокатская тайнаю А.А. Томских. Вестник магистратуры, научный журнал. 2020.

No 91 (108), страница 44.

114

O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi “Advokatura to’g’risida”gi 349-1-sonli

qonunining 9-moddasi


background image

81

o’zi mamalakatimiz qonunlariga amal qilishi, shaxsning huquq va
erkinliklarini himoya qilishda qonuniy usul va metodlardan foydalanishi,
qonunchilik doirasidan chetga chiqmasligi, bir so’z bilan aytganda,
qonuniylik prinsipiga rioya etishi darkor. Chunonchi, “Advokatura
to’g’risida”gi qonunning 4-moddasida: “Advokatura o’z faoliyatini qonun
ustuvorligi prinsipi asosida amalga oshirishi”

115

shuningdek “Advokatlik

faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”gi
qonunning

2-moddasida

esa: “Advokatlik faoliyatining asosiy

prinsiplaridan biri sifatida qonunchilikda man qilinmagan usullar va
vositalarni qo’llash”

116

tamoyili mustahkamlab qo’yilgan. Har ikki

qonundagi prinsipga e’tibor qaratadigan bo’lsak, umumlashgan holda
qonuniylik tamoyilini nazarda tutilayotganini guvohi bo’lamiz.

“Qonuniylik tamoyili advokaturaga nisbatan qo’llanilganda

advokatlar tomonidan, avvalo, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
asoslanuvchi advokatlik faoliyati va advokatura to’g’risidagi barcha
qonunchilikka va boshqa advokatlik faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
qonunlar va O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlariga rioya etilishida o’z ifodasini topadi.”

117

Demak milliy qonunchiligimizdagi advokatlik qasamyodida

advokatga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy
rioya etish talabi qo’yilganligi yuqoridagi fikrlarga monand bo’lib,
qonuniylik prinsipini nazarda tutar ekan va bu ham advokatning kasbiy
faoliyatida asosiy o’rinda turadi. Shu bois ham advokat o’z qasamyodida
aynan mana shu tamoyilga amal qilishga ham qasam ichadi.

Davlatimiz qonunchiligiga ko’ra, har bir advokat o’z vazifasiga

kirishar ekan, tegishli malaka komissiyasi majlisida qasamyod qabul
qilishi hamda ushbu qasamyod mazmuni nimalardan iborat ekani haqida
yuqorida keltirdik hamda qasamyod tarkibidagi talablarni atroflicha tahlil
qilib chiqdik. Shu o’rinda savol tug’iladiki, ya’ni advokat qasamyodi
qonunchilik doirasida belgilab qo’yilgani yaxshi, albatta. Biroq bu nega
kerak? Bordi-yu advokat o’z qasamyodini buzsa, bu holat biror huquqiy

115

O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi “Advokatura to’g’risida”gi 349-1-sonli

qonunining 4-moddasi

116

O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va

advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”gi 721-1-sonli qonunining 2-moddasi.

117

M: I.G. Nikonov, X.Abzalova, U. Zakirova. Advokatura. Darslik. T,:TDYU, 2019. 16-bet.


background image

82

oqibat keltirib chiqaradimi?

“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy

himoyasi to’g’risida”gi qonunda advokat qasamyodini aniq qilib belgilab
qo’yilgani be’jiz emas, albatta. Boisi u advokat faoliyatining asosini
belgilab beradi. Shunday ekan, qasamyodga rioya etmaslik ham huquqiy
oqibat keltirib chiqarishi tabiiy hol.

Bu ham qonunchiligimizda aniq qilib belgilab qo’yilgan bo’lib,

“Advokatura to’g’risidagi qonunning 14-moddasida advokatning
intizomiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladigan asoslar yozib
qo’yilgan, jumladan advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi
ham ushbu asoslar tarkibidan o’rin olgan.

118

Mazkur qonun nuqtayi nazaridan yondashadigan bo’lsak, advokat

o’z qasamyodini buzganligi aniqlangan taqdirda unga nisbatan intizomiy
jazo chorasi qo’llanilar ekan, mazkur intizomiy jazo chorasi esa
ogohlantirish, advokat litsenziyasini amal qilishini to’xtatib turish yoxud
litsenziyasining amal qilishini tugatishdan biri bo’lishi mumkin. Qaysi bir
intizomiy choraning qo’llanilishi qasamyodni qay darajada buzganlik
oqibatidan kelib chiqib belgilanadi.

Mamlakatimiz qonunchiligidagi advokat qasamyodiga doir

qoidalarni o’rganar ekanmiz, shu o’rinda har bir davlat bu borada o’z
tajribasiga ega ekanligini inobatga olgan holda, rivojlangan davlatlarning
qonunlariga nazar tashlashimiz, ana undan keyin ularning ijobiy taraflarini
qonunchiligimizga joriy etish borasida bir qator shaxsiy takliflar berish
maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Demak biz tahlil qiladigan dastlabki davlat AQSh. Bilamizki, uning

50 ta shtati mavjud bo’lib, barcha shtatlar o’z qonunlariga ega. Jumladan,
rivojlangan shtatlardan biri bo’lmish Florida shtati qonunchiligiga e’tibor
qaratadigan bo’lsak, bu yerda ham advokat o’z faoliyatiga kirishishidan
oldin kirish qasamyodini ya’ni advokatlik qasamyodini qabul qilar ekan.
O‘z navbatida, ushbu qasamyodda advokat o’z faoliyatida doim amal
qilishi kerak bo’lgan prinsiplar bayon etilgan. Agar advokat ushbu
tamoyillarga bo’ysunmasa yoki uni qasddan buzganlik holati aniqlansa bu
advokatni ishdan bo’shatilishiga olib kelishi mumkinligi qayd etiladi.
Advokatni ishdan bo’shatilishiga sabab bo’ladigan holatlarni yanada

118

O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi “Advokatura to’g’risida”gi 349-1-sonli

qonunining 14-moddasi


background image

83

aniqroq bilish uchun Floridada advokatlar qabul qiladigan qasamyod
mazmunini ko’rib chiqamiz:

“Men tanatanali ravishda:
Amerika Qo’shma Shtatlari Konstitutsiyasi va Florida shatati

Konstitutsiyasini qo’llab quvvatlashga;

Adliya sudlari va adliya xodimlarini hurmat qilishga;
Menga adolatsiz bo’lib tuyuladigan har qanday da’vo yoki sud

jarayonini qo’llab-quvvatlamaslikka, shuningdek, mamlakat qonuni
bo’yicha halollik bilan bahslasha oladigan holatlar bundan mustasno;

Menga ishonib topshirilgan vazifani bajarishda faqat haqiqat va

sharafga mos keladigan vositalardan foydalanishga va hech qachon
sudyani yoki hakamlar hay’atini biron bir sun’iy yoki yolg’on fakt yoxud
qonun bilan chalg’itishga harakat qilmaslikka;

O’z mijozlarimning ishonchini oqlashga va sirlarini saqlashga,

ularning roziligisiz ulardan hech qanday tovonni qabul qilmaslikka;

Mening himoyam ostidagi shaxsga qo’yilayotgan ayblovning

adolatini talab qilmaydigan, ya’ni unga dahli bo’lmagan faktni biror bir
tomon yoki guvohning sha’ni va obro’siga putur yetkazish maqsadida
ilgari surmaslikka;

Himoyasiz yoki mazlumni o’z huquqlarini himoya etishimni so’rab

qilgan murojaatini rad etmaslikka qasamyod qilaman”

119

.

Bundan ko’rinadiki, Floridada advokatlik kasbiga yuqori talablar

qo’yilgan bo’lib, ushbu talablar advokatlik qasamyodida o’z aksini topgan
ekan. Mazkur qasamyodni buzish esa advokatni ishdan bo’shatilishiga olib
kelar ekan. Ushbu shtat qasamyodini O’zbekiston Respublikasidagi
advokat qasamyodi bilan solishtiradigan bo’lsak, bizda qasamyodni
buzganlik odatda intizomiy javobgarlikni keltirib chiqarsa, Floridada
advokatni ishdan haydalishiga olib kelishi mumkin ekan. Bizda intizomiy
javobgarlikni aynan qaysi turini (ogohlantirish, litsenziyani vaqtincha
to’xtatib turish, litsenziyani tugatish) qo’llash esa uni buzganlik
darajasidan kelib chiqadi. Yana bir muhim farqli jihati, Floridadagi
advokatlik qasamyodi mazmuni. Yuqoridagi qasamyoddan anglashiladiki,
unga ancha yuqori talablar qo’yilgan.

AQSH ning boshqa bir shtati, masalan Kaliforniya shtati

qonunchiligiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ushbu shtatda advokatlik

119

https://www.floridabar.org/prof/regulating-professionalism/oath -of-admission/


background image

84

qasamyodini qabul qilish shunchaki marosim emasligini guvohi bo’lamiz.
Bu Kaliforniyada yuridik amaliyotga kirish uchun talab qilinadi. Bunda
advokat mahalliy advokatlar assotsiatsiyasida qasamyod qabul qilishi
mumkin. Davlat advokaturasining qabul bo’limi endi avvalgidek bunday
marosimlarni o’tkazmaydi. Bordiyu advokat mahalliy advokatlar
assotsiatsiyasida o’tkaziladigan marosimda qatnasha olmasa, vakolatli
mansabdor shaxs bilan yakkama-yakka tarzda qasamyod qilishni tashkil
qilishi mumkin. Bu borada shtatda qasamyod qabul qildirish vakolatiga
ega shaxslar ro’yxati tasdiqlangan.

O’ziga xos jihati mazkur shtatda butun dunyoga tarqalgan COVID-

19 pandemiyasi davrida advokatlarga vakolatli shaxsdan qasamyodni
virtual tarzda bajarishni so’rash imkoniyati yaratib berilgan. Shu o’rinda
e’tibor qaratish kerakki, Kaliforniyada advokat Oliy sud tomonidan
advokatlikka qabul qilinish uchun sertifikat hamda ro’yxatga olinganlik
kartasini olmaguncha qasamyod qabul qila olmaydi.

Shuningdek, agar qasamyod qabul qilishi kerak bo’lgan advokat

mamalakat tashqarisida bo’lsa, qasamyodni qabul qilishi uchun qaytib
kelishi shart emas. Bunday holatda advokat Qo’shma shtatalar elchisi,
vaziri, konsuli, vitse-konsuli yoki konsullik agenti yoki o’sha xorijiy
davlatda muhrga ega bo’lgan sudning har qanday sudyasi oldida olinishi
mumkin. Qasamyod boshqa davlat yoki xorijiy davlatdagi sudga qabul
qilinganda, sudya imzosining haqiqiyligi, sudning mavjudligi va bunda
sudya uning a’zosi ekanligi tasdiqlanishi kerak

120

.

Guvohi bo’lganimizdek, Kaliforniyada qasamyod qabul qilish va uni

qabul qildiruvchi subyektlar doirasida biznikidan anchagina farqlar
mavjud ekan. Jumladan, advokat xorijda bo’lganida mamlakat hududiga
qaytmasdan, o’sha joyda qasamyod qilish huquqiga egaligi. Yoxud
qasamyodni qabul qilishi mumkin bo’lgan subyektlar doirasining kengligi.
Bunda hatto xorij sudyalariga ham vakolat berilgani. Bizning mamalakatda
esa, aytganimizdek, advokat tegishli malaka komissiyasida qasamyod
topshiradi. Malaka komissiyasining esa “Advokatura to’g’risida”gi
qonunga binoan, “hamkasblari orasida hurmatga sazovor bo’lgan
advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan
toq miqdorda Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya

120

https://www.calbar.ca.gov/Admissions/Examinations/California-Bar-Examinations/Attorneys-

oath.


background image

85

organlarining qo’shma qarorlari bilan tuzilgan tarkibdan iborat bo’ladi.”

121

Rossiya federatsiyasi tajribasiga nazar tashlar ekanmiz, bu davlatda

ham advokatning qasamyod qilish marosimi tantana bo’lib, yuridik
jamiyatga yangi a’zoni qabul qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 2002-
yil 31-maydagi 63-FZ-sonli (2017-yil 29-iyuldagi tahrirda) “Rossiya
Federatsiyasida advokatura va advokatura to’g’risida”gi Federal
qonunining 13-moddasiga binoan, Advokatlar palatasi tomonidan
belgilangan tartibda ariza beruvchi malaka imtihonini muvaffaqiyatli
topshirgan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: “Men advokatlik
majburiyatini halol va vijdonan bajarishga, Rossiya Konstitutsiyasi,
qonunlari va advokatning kasbiy etikasi kodeksiga amal qilgan holda inson
huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga tantanali
qasamyod qilaman.”

122

Bundan ko’rinadiki, O’zbekistonda advokat qasamyodini mazmuni

va qabul qilish tartibi jihatidan Rossiya tajribasiga juda yaqin, deyarli bir
xil desak ham mubolag’a bo’lmaydi.

Belarus Respublikasi qonunchiligiga murojaat qiladigan bo’lsak,

hududiy advokatlar hay’atiga a’zo bo’lgan advokat Belarus Respublikasi
Advokatlar assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda
quyidagi mazmundagi advokatlik qasamyodini qabul qiladi:

“Men (familyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo’lsa)), Belarus

Respublikasi

Konstitutsiyasiga

amal

qilgan

holda

advokatlik

majburiyatlarini halol va vijdonan bajarishga, mijozlarning huquqlari,
erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qilaman”.

Advokat qasamyodining matni advokat tomonidan imzolanadi va

Belarus Respublikasi Advokatlar uyushmasi tomonidan belgilangan
tartibda saqlanadi.

123

Polsha davlati qonunchiligiga razm soladigan bo’lsak, unda ham

advokatni Rossiya va Ukrainadagi kabi mazmundagi qasamyodni qabul
qilishi va ana undan keyin o’z vazifasiga kirishishini guvohi bo’lamiz. Bu
qasamyod “Advokatlik kasbi haqida”gi qonunning 5-moddasida yozib

121

O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi “Advokatura to’g’risida”gi 349-1-sonli

qonunining 14-moddasi

122

https://ru.m.wikipedia.org

123

«Закон Украины об адвокатуре и адвокатской деятельностию»


background image

86

qo’yilgan.

124 125 126

Armaniston Respublikasi tajribasini o’rganar ekanmiz, unda

advokatlik faoliyati uchun litsenziyani birinchi marta olishda advokat
tantanali ravishda Advokatlar palatasi Kengashida quyidagi mazmunda
qasamyod qabul qiladi: “Advokatlik burchini halol va vijdonan bajarishga,
mijozning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish,
Armaniston Konstitutsiyasi va qonunlariga, advokatlarning odob- axloq
kodeksiga rioya etishga tantanali qasamyod qilaman.” Ushbu davlatda ham
boshqa o’rganilgan davlatlar qatori qasamyod yakka tartibda, qasamyod
matnini o’qish orqali qabul qilinadi. Qasamyod matni advokat tomonidan
imzolanadi.

2

Demak, Armanistonda advokat faqat birinchi marta litsenziya

olayotganda qasamyod qabul qilar ekan. Bu e’tibor qaratishimiz kerak
bo’lgan jihat, albatta.

Qo’shni mamalakatlardan bo’lmish Qozog’iston Respublikasi

qonunchiligiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, unda advokatlar kollegiyasiga
a’zo bo’lgan litsenziat yuqoridagi davlatlarnikida kelgan mazmundagi
qasamyodni qabul qilishi belgilangan. So’ngra advokat qasamyod
mazmunini imzolaydi va u saqlab qo’yiladi. Qozog’istondagi advokatlar
kollegiyasi a’zolarining ro’yxatini yuritadi va uni yangilagan holda
Advokatlar kollegiyasining internet-resursiga joylashtiradi. Hududiy
advokatlar kollegiyasi advokat maqomiga ega bo’lish, to’xtatib turish va
tugatish to’g’risidagi ma’lumotlarni Respublika advokatlar kollegiyasiga
yuboradi.

3

Ayni shu missiya jihatidan Advokatlar kollegiyasi bizning

mamlakatdagi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzurida
tuzilgan malaka komissiyalari o’rnida faoliyat olib borar ekan.

Litva Respublikasi qonunchiligini tahlil qilganda esa, ularda

advokatlarga 2 xil qasamyod matni variant qilib berilishi, advokat ixtiyoriy
ravishda ulardan birini tanlashga haqli ekanligini guvohi bo’lamiz. Mazkur
qasamyodni Adliya vaziri qabul qiladi. Advokat mantiya kiygan holda
qasamyod qabul qiladi. Qasamyod matni e’lon qilingandan keyin advokat
uning ostiga o’z imzosini qo’yadi. Qasamyod matni saqlab qo’yiladi.
Litvada advokat qasamyodini qabul qilish to’g’risidagi ariza Adliya

124

«The law on the advocates profession». 26 may, 1982.

125

« Закон Республики Армения об адвокатуре» статья 32

126

«Закон Республики Казакхстан об адвокатской деятельности и юридической помощи» с

изменениями и дополнениями по состоянию на 01.07.2021 г.


background image

87

vaziriga berilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qabul qilinishi
kerak. Shu o’rinda e’tibor qaratish kerak bo’lgan yana bir jihat, ushbu
davlatda amaldagi advokatlar ro’yxatiga qaytadan kiritilgan advokat yana
qasamyod qilolmaydi, bundan shaxsni advokat deb tan olish to’g’risidagi
qarorni haqiqiy emas deb topish hollari mustasno.

127

Yuqoridagi xorij davlatlarining advokat qasamyodiga doir

qonunlarini o’rganib chiqib, milliy qonunchiligimizga bu borada quyidagi
takliflarni berishimiz mumkin:

Birinchidan,

qasamyod matniga alternativ variant kiritish, xuddi

Litva Respublikasidagi kabi. Bu variant mazmun jihatidan birinchi
variantga yaqin bo’lishi maqsadg muvofiq. Ehtimol, bu juda katta
o’zgarish emasdur, biroq qasamyod bobida advokatlarga kichik bir tanlov
imtiyozi bo’lib xizmat qiladi.

Ikkinchidan,

advokat qasamyodi aslida advokatning butun bir

faoliyatiga qo’yilgan yuksak talabni aks ettirishi kerak. Shu bois ham
milliy qonunchiligimizdagi qasamyod matnini qayta tahlil qilish, ya’ni uni
advokat amal qilishi kerak bo’lgan boshqa prinsiplar bilan boyitish
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu masalada Florida shtatidagi advokat
qasamyodining matni ajoyib tajriba bo’lib xizmat qilgan bo’lar edi. Boisi
u mazmun jihatidan keng qamrovli bo’lib, nafaqat advokat, balki har bir
huquqshunos amal qilishi kerak bo’lgan prinsiplarni o’zida mujassam
etgan. Advokatga bunaqa talab qo’yilishi esa, o’z navbatida, advokatura
institutini rivojlanishiga, mamlakatda malakali, adolatli advokatlar yanada
ko’payishiga xizmat qiladi.

Uchinchidan

, advokat o’z faoliyati davomida faqat bir marotaba

qasamyod qilish amaliyotini yo’lga qo’yish kerak. Chunki qasam
muqaddas hisoblanadi. Qayta-qayta qasam ichish esa qaysidur ma’noda
qasamga bo’lgan hurmatsizlik hisoblanadi. Bu tajribani biz yuqorida Litva
va Armaniston Respublikalarida ko’rdik, ya’ni advokatlar ro’yxatiga qayta
kiritilgan advokat qasamyoq qilmaydi. Estetik jihatdan ham bu to’g’ri
desak, o’ylaymizki, adashmagan bo’lamiz.

To’rtinchidan,

rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchilik tizimida

keng qo’llab kelinayotgan “Smart clause” usulini advokatlikka doir qonun-
hujjatlariga nisbatan qo’llash maqsadga muvofiq bo’lar edi. Ya’ni bir

127

https://e-

seimes.Irs.It/portal/legalActprint/It?jfwid=tu0odnlitdocumentld=TAIS.450539category=Tad


background image

88

necha qonunlarni jamlab, bitta yakdil qonun hosil qilish. Boisi e’tibor
beradigan bo’lsak, advokatlik qasamyodida advokat advokatlik sirini
saqlashga qasamyod qiladi. Advokatlik siri esa “Advokatura to’g’risida”gi
qonunda berilgan bo’lsa, Advokat qasamyodi “Advokatlik faoliyatining
kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy hmoyasi to’g’risida”gi qonunda
belgilab qo’yilgan. Bu qonunlarni birlashtirish, nafaqat advokatlar, balki
barcha shaxslar uchun qulaylik yaratar edi hamda qonunchilikda ham
soddalshtirish orqali bu sohadagi qonunlarni tartibga solishda samarali
usul bo’lar edi.

Beshinchidan,

e’tibor qaratadigan bo’lsak, advokat advokat

qasamyodini buzganlik uchun intizomiy javobgarlikka tortiladi.
“Advokatura to’g’risida”gi qonunda advokat qanday holatlarda intizomiy
javobgarlikka tortilishi sanab o’tilar ekan, advokat qasamyodini,
advokatlik sirini buzish holatlari alohida asos sifatida sanab o’tiladi.
Advokat qasamyodini matniga e’tibor qaratadigan bo’lsak, advokat
advokatlik sirini saqlashga qasamyod qilish talabi ham qo’yilganiga guvoh
bo’lamiz. Bu esa advokat advokatlik sirini saqlolmasa, qasamyodni ham
buzganligini anglatadi. Intizomiy javobgarlikka tortishda har ikkisini
alohida asos sifatida keltirilishi mantiqiy jihatdan o’ylab qaraganda xato
bo’ladi. Va noaniqlikni yuzaga keltiradi. Shu bois intizomiy
javobgarlikdagi asoslardan advokatlik sirini chiqarib tashlasa ham bo’ladi.
Boisi qasamyodni buzganlik asosi qasamyod matnida advokatlik siri ham
mavjud bo’lganligi bois uni o’z ichiga qamrab olishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, advokat qasamyodi advokatning butun

faoliyatini belgilab beruvchi me’zon, uning faoliyatiga qo’yilgan qat’iy
talablarni aks ettiruvchi oyna bo’lib xizmat qilishi kerak. Ya’ni, advokat
o’sha oynaga har qaraganda o’zini haqiqiy, adolatli advokat sifatidagi
imijini ko’ra olishi kerak. Shu bois ham qonunshunoslarimiz advokat
qasamyodi borasida xorijning ijobiy yutuqlaridan foydalanib, advokatura
institutini yanada rivojlanishi, halol, vijdonli va adolatli advokatlarni
yanada ko’payishiga xizmat qiladigan ijobiy islohotlar qilishlari,
o’ylaymizki, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Zero, mana shunday
advokatlar inson huquqlari va erkinliklarining chinakam kafoloti va
haqiqiy himoyachisi bo’la oladi. Bunda esa advokatlik qasamyodi va unga
qo’yilgan talablar muhim rol o’ynaydi.


background image

89

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Неъматов, Ж. "Уголовно-правовые проблемы борьбы с

организованной преступностью по законодательству Республики
Узбекистан." Российская юстиция 8 (2006): 64-66.

SH.V.MULLAYEV

128

ADVOKATLIK FAOLIYATINI LITSENZIYALASH:

MUAMMOLAR, XORIJ TAJRIBASI,

QONUNCHILIKKA TAKLIF

Inson huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini

himoya qilinishi nafaqat sud-huquq tizimini isloh qilinishi, balki
mamlakatdagi advokatura institutini qanchalik taraqqiy etganligiga
bevosita bog’liqdir. Bu kabi vazifa o’z navbatida mazkur soha
qonunchiligini zamon talablariga qarab takomillashtirib borish naqadar
dolzarb ekanligini ko’rsatadi. Shu o’rinda milliy qonunchilikni xorijiy
mamlakatlarning qonunchiligi bilan qiyosiy o’rganish orqali uning afzallik
va kamchiliklarini aniqlash sohani rivojlantirish istiqbollarini chuqurroq
anglab

yetishga

yordam

beradi.

Advokatura

qonunchigini

takomillashtirishda qonun loyihalarini xorijiy huquqiy amaliyot bilan har
tomonlama chuqur qiyosiy tahlil qilish ularni tayyorlash ishlarini sifat
jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi. Chindan ham advokatura
qonunchiligini takomillashtirishda xorijiy davlatlarlarning mazkur
sohadagi qonunchiligini tahlil etish va qiyosiy huquqshunoslikning keng
imkoniyatlaridan

foydalanish

milliy

qonunchilikni

rivojlantirish

istiqbollarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati litsenziyalangan,

ya’ni shug’ullanish litsenziya talab qiladigan faoliyat turlari ro’yxatiga
kiritilgan bo’lib, ushbu litsenziyaga ega bo’lish o’z navbatida talabgor
oldiga bir qator talablarni qo’yadi.

Amaldagi qonunchilikka ko’ra, malaka imtixonini muvaffaqiyatli

topshirgan talabgorga litsenziya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan

128

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-bosqich talabasi

Библиографические ссылки

Неъматов, Ж. "Уголовно-правовые проблемы борьбы с организованной преступностью по законодательству Республики Узбекистан." Российская юстиция 8 (2006): 64-66.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов