Qadimdan ma’lumki, tabiiy dorivor o‘simliklarning hayotimizdagi ahamiyati katta. Bunga yaqqol misol qilib tibbiyot allomasi bo‘lmish Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarini keltirishimiz mumkin. Ushbu kitobning 2-qismida 800 dan ortiq tabiiy dorivor o’simlik turlari, ularning da’voli xususiyatlari va qo’llanish usullari bayon etilgan. Ayniqsa, hozirgi pandemiya sharoitida tabiiy dorivor o‘simliklarga bo’lgan talab oshib bormoqda.