Ushbu maqolada ingliz tilini zamonaviy interaktiv o‘qitish metodikalarining ahamiyatlarini tadqiq qilinishi ko‘rsatiladi. Tadqiqot davomida blended learning, task-based learning, CLIL, CLT ya’ni tilni muloqot vositasi sifatida o‘rgatish kabi metodlardan foydalanib o‘qitish o‘quvchilarning tilni tez va oson o‘rganishlari uchun samarali usullardan ekanligi o‘rganiladi. Eksperimental tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion metodlardan foydalanish o‘quvchilarni erkin va ravon fikrlashga o‘rgatadi, tilni boshqa metodlarga nisbatan osonroq o‘rganishga yordam beradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi va mustaqil o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Tadqiqiot natijalari asosida zamonaviy o‘qitish tizimida ko‘plab innovatsion metodlarni joriy etish haqida tavsiyalar ko‘rib chiqildi.