International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
67
MEHNAT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA OID QARASHLAR
Xolmirzayeva Jumagul Xamdamovna
Mustaqil izlanuvchi. Farg‘ona
Annotatsiya:
Maqolada mehnat madaniyatini shakllantirish jarayonlari,
ularning o‘ziga xos jihatlari, bu borada sharq va g‘arb tajribasining ayrim masalalari
xususida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga ushbu masalada tahlillar olib boriladi.
Kalit so‘zlar:
Mehnat madaniyati, ko‘nikma, malaka, loyiha, mehnatsevarlik,
tajribalar, Islomda ijtimoiy kafolat.
Mehnat madaniyati ko‘nikmalarini egallash uchun yoshlardan bilim, saviya,
zamondan xabardorlik talab etiladi. Bular asosan ikki yo‘nalishda bo‘lib, biri o‘zi
tanlagan sohasini yaxshi bilishi, ikkinchisi-davlat siyosatidan, tegishli qonun-
qoidalardan, bozor iqtisodiyoti asoslaridan xabardor bo‘lish bilan bog‘liqdir.
Islomshunos A.Azimov shu haqda so‘z yuritar ekan, arab olimi Muhammad ash
Sharaning «Islomda ijtimoiy kafolat» nomli asaridan quyidagi parchalarni keltiradi:
«Mehnat muqaddas ish bo‘lib, islom unga jiddiy munosabatda bo‘lishga da’vat etadi.
Odam mehnati uning aqli va tanasi faoliyatidir»
Sharq mehnat madaniyati bilan G‘arb mehnat madaniyati o‘rtasida ma’lum
tafovutlarning bo‘lishi tabiiydir. Chunonchi, Sharq mehnat madaniyatida nisbatan
insof, diyonat ustivorlik qiladi. G‘arb mehnat madaniyati avval ham, hozir ham
individualizm alomatlari kuchli. Agar biz Amerikadagi mehnatsevarlikni
Yaponiyadagi mehnatga munosabat bilan solishtirsak, yuqoridagi fikrlarning
to‘g‘riligiga amin bo‘lamiz. Dunyoning eng rivojlangan ikkita mamlakatida
mehnatga munosabatning o‘ziga xos ikkita yo‘li qaror topganligi bejiz emas.
Yaponiyalik professor Noriyuki Takayamaning quyidagi fikrlariga e’tibor
beraylik: «Yaponiya jamiyati o‘zaro ishonch zaminiga qurilgan. Ishonchsizlikka
asoslangan jamiyat fayzsiz va zerikarlidir va bu hamisha jamiyatda totuvlik
bo‘lishiga monelik qiladi. Yaponiyada jamiyat bilan hamnafas yashash va o‘zi
mansub jamoaga sadoqat tuyg‘usi kuchlidir. Yaponlar, azaldan, ularni nazorat
qilishyaptimi, yo‘qmi, farqi yo‘q, mehnatdan erinmaydigan xalqdir. Kimki, bunday
ishonchni yo‘qotgan bo‘lsa, endi u insoniy munosabatlar hukm suradigan jamoaga
qayta qo‘shila olmaydi. Ishonchga putur yetkazilmasa, o‘z hayotiy ehtiyojlari va
shon-shuhratini ta’minlashi mumkin. Yaponiyada kundalik ish faoliyatida tinimsiz
izlanish tufayli katta bilimga ega bo‘lgan ziyolilar ko‘p. Shunga ko‘ra, har bir
muassasada qaror pastdan tepaga qarab chiqib boradi. Xodimlarning yuqoridan
farmoyish kutib o‘tirish hollari kamdan-kam uchraydi. Yaponiyaning yirik
6
Азимов А. Ислом ва қозирги замон.-Т.: Ўзбекистон, 1991,56-б.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
68
korxonalariga ishga kirayotgan har bir xodim har qancha qobiliyatli bo‘lmasin,
dastlab eng quyi o‘ringa joylashtiriladi va ma’lum muddat o‘tgandan keyingina uning
mavqei pog‘onama-pog‘ona o‘sib boradi. Yaponiyaning yirik muassasalarida kadrlar
2-3 yilda almashib turadi. Yangi rahbar eski xodimlarni bo‘shatib yubormaydi»
Endi mashhur tadbirkor Ken Xayashibaraning ayrim mulohazalari bilan
tanishaylik. Ma’lumki, Xayashibara rahbarlik qilayotgan 17 ta kompaniya
farmasevtika, kimyo va oziq-ovqat sanoati uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarish,
bu borada ilmiy-tadqiqotlar olib borish hamda ilg‘or texnologiyalar sotishga
ixtisoslashgan. «Bugungi kunda, - deydi u, - biz 10 yoki 20 yildan keyingina samara
beradigan loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar olib boryapmiz. To‘rt-besh yilda tezkor
natija beradigan ilmiy-izlanishlar bizni qiziqtirmaydi. Agar boshqa bir kompaniya
biror yo‘nalishdagi tadqiqotlarda yaxshiroq natijalarga erishsa, biz bu boradagi
ishlarimizni darhol to‘xtatamiz. Chunki bizning maqsadimiz faqatgina foyda olish
emas. Boshqa birov muayyan yo‘nalishda sendan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyat
qozonsa, unga halal berish noto‘g‘ri.
Inson o‘zida ikki xususiyat mavjud bo‘lmaguncha ijodiy salohiyatini ro‘yobga
chiqara olmaydi. Birinchidan, boshqalardan farq qilishga qattiq urinishingiz kerak.
Ikkinchidan, siz juda sezgir bo‘lishingiz shart. Bu o‘rinda sezgirlik-biror narsani
ko‘rganingizda uning yaxshiligini bilish yoki go‘zallik zohir bo‘lmagan narsada
go‘zallikni ilg‘ay olish. Ijodiy salohiyat o‘zingizdagi mavjud bilim va tajribani turli
uslublarda birlashtira olish qobiliyatidir»
Amerika Qo‘shma Shtatlarida mehnat faoliyatida tezkor rejalar afzal
hisoblanadi. Ularning 10-20 yilga mo‘ljallangan loyihalarga toqati yo‘q. Xodimlar va
ishchilarning o‘z korxonasiga sadoqati ma’lum shaxsiy manfaatlar bilan bog‘langan.
Bunday sharoitda ayrim korxonalarning sinishi, ishsizlikning ortib borishi, kadrlar
qo‘nimsizligining kuchayishi tabiiy bir holdir.
Xulosa o‘rnida mehnatga munosabatning turli shakllarni o‘rganish va ularning
yaxshi tomonlari egallash yosh kadrlar faoliyatining katta muvafaqiyatlari uchun asos
bo‘ladi. Bu borada sharq va g‘arb tajribasini qorishtirib o‘rganish va muxim
yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan
aytgandi mehnat madaniyati moddiy ne’matlarni yaratish va iste’mol qilish sohasida
yuksak axloqiy-intellektual me’yorlarni qaror toptiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.
Азимов А. Ислом ва қозирги замон.-Т.: Ўзбекистон, 1991,56-б.
2.
Такаяма Нориюки.Ўзбекистон ҳақида ўйлаганларим. Жаҳон
адабиёти, 1997, 1-сон, 197-б.
3.
Хаяшибара Кен. Эркинлик ва хавфсизлик-иқтисодий тараққиётнинг
асосий шарти. Халқ сўзи, 2000, 20 июнь
7
Такаяма Нориюки.Ўзбекистон ҳақида ўйлаганларим. Жаҳон адабиёти, 1997, 1-сон, 197-б.
8
Хаяшибара Кен. Эркинлик ва хавфсизлик-иқтисодий тараққиётнинг асосий шарти. Халқ сўзи, 2000, 20 июнь
