Авторы

  • Рахим Мамадалиев
    Farg‘ona davlat universiteti

Биография автора

  • Рахим Мамадалиев , Farg‘ona davlat universiteti
    tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.120833

Аннотация

Temuriylar davri siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, harbiy tarixiga doir tadqiqotlar dunyoning ko‘plab davlati tarixchi olimlari tomonidan o‘rganilgan. Temuriylar davri tarixining muhim tadqiqot masalalaridan biri esa shubhasiz, bu davrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir masalalardir. Ushbu mavzu bir qator davlat tarixchilarining asarlarida qalamga olingan. Ana shunday davlatlar qatoriga Turkiyalik tarixchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni misol qilishimiz mumkin. Ushbu maqolada Turkiyalik tadqiqotchilarning Temuriylar davri ijtimoiy-iqtisodiy tarixiga doir tadqiqotlari tahlil etiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

95

TURKIYA TARIXSHUNOSLIGIDA TEMURIYLAR DAVRI IJTIMOIY-

IQTISODIY HAYOTIGA DOIR TADQIQOTLAR

Mamadaliyev Raxim Rustamovich

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

mamadalievrahim@mail.ru

Annotatsiya:

Temuriylar davri siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, harbiy tarixiga

doir tadqiqotlar dunyoning ko‘plab davlati tarixchi olimlari tomonidan o‘rganilgan.
Temuriylar davri tarixining muhim tadqiqot masalalaridan biri esa shubhasiz, bu
davrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir masalalardir. Ushbu mavzu bir qator davlat
tarixchilarining asarlarida qalamga olingan. Ana shunday davlatlar qatoriga
Turkiyalik tarixchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni misol qilishimiz mumkin.
Ushbu maqolada Turkiyalik tadqiqotchilarning Temuriylar davri ijtimoiy-iqtisodiy
tarixiga doir tadqiqotlari tahlil etiladi.

Kalit so‘z va iboralar:

Temuriylar, jamiyat, turkiyalik tadqiqotchilar,

iqtisodiyot, levirat.

Аннотация:

Темуридский период был исследован многими историками из

различных стран мира с точки зрения политической, социально-экономической
жизни и военной истории. Одним из важнейших направлений исследований
истории Тимуридов, без сомнения, являются вопросы, касающиеся социально-
экономической жизни этого периода. Эта тема освещалась в трудах ряда
историков разных стран. В числе таких стран можно привести в пример
исследования, проведённые турецкими историками. В данной статье
анализируются исследования турецких учёных, посвящённые социально-
экономической истории Тимуридского периода.

Ключовые слова и выражение:

Тимуриды, общество, Турецкие

историки, экономика, левират.

Annotation:

The Timurid period has been studied by many historians from

various countries around the world in terms of political, socio-economic life, and
military history One of the most important areas of research in Timurid history is,
without a doubt, the issues related to the socio-economic life of that period. This
topic has been addressed in the works of historians from several countries. Among
these, the studies conducted by Turkish historians can be highlighted as an example.
This article analyzes the research of Turkish scholars dedicated to the socio-economic
history of the Timurid period.

Keywords and expressions:

The Timurids, society, Turkish historians,

economy, levirate.

KIRISH


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

96

Temuriylar davlati iqtisodiyoti katta darajada savdoga bogʻliq edi. Amir Temur

davrida mamlakatning markaziy shaharlarida savdoni yanada jonlantirish uchun
bozor va savdo rastalari qurilishiga katta ahamiyat berilgan. Shaharlardagi bozorlarga
olib boruvchi yoʻllar obod etilgan, Samarqand va Buxoro kabi muhim markazlarda
xavfsizlik yuqori darajada taʼminlangan, shuningdek karvonsaroylar ham barpo
etilgan.[1,77] Buyuk Ipak yoʻli boʻylab savdoni yanada rivojlantirishga harakat
qilgan, Fransiya qiroli VI Sharl va Angliya qiroli IV Genrix bilan yozishmalarida
ham savdoni jonlantirishni taʼkidlagan.[2,103-115] Savdogarlarga dini eʼtiqodidan
qatʼi nazar teng va qulay imkoniyatlar yaratib, ular uchun erkin savdo qilish
sharoitlari taʼminlangan. Temurning vafotidan soʻng ham uning merosxoʻrlari
mamlakatda savdoning rivojlanishi uchun muhim qadamlar tashlaganlar.

MUHOKAMA

Temuriylar davridagi jamiyat va iqtisodiyotga oid tadqiqotlar, shu davrning

siyosiy va madaniy tarixiga oid ishlardek katta qiziqish uygʻotmagan. Biz aniqlay
olganimizga koʻra, bu davr iqtisodiyotiga oid bitta magistrlik dissertatsiyasi va bir
nechta maqola mavjud. Temuriylar davri iqtisodiyoti haqida yozilgan tadqiqotlarning
aksariyati umumiy Temuriylar tarixiga bagʻishlangan asarlarning ichki boblarida
keltiriladi. Temuriylar davri iqtisodiyotini bevosita oʻrgangan mustaqil tadqiqotlar
soni juda kam. Temuriylar davrining deyarli barcha sohalari boʻyicha izlanishlar olib
borgan Ismoil Aka, iqtisodiyot mavzusida ham tadqiqotlar qilgan. Uning XV asrning
birinchi yarmidagi qishloq xoʻjaligi va savdo masalalarini yoritgan tadqiqoti asosan
Temurdan keyingi iqtisodiy faoliyatlarga qaratilgan. Temur kabi uning vorisi Mirzo
Shohruh ham savdoga katta ahamiyat bergani, uning davrida Misrdan to Xitoygacha
savdo karvonlari qatnab turgani qayd etiladi. Oʻsha davrda faoliyat koʻrsatgan savdo
yoʻllari hamda manbalarda tilga olingan ayrim savdogarlar haqida ham maʼlumotlar
keltiriladi. Baʼzi Temuriy shaharlarining qaysi mahsulotlari bilan mashhur boʻlganiga
ham eʼtibor qaratiladi. Masalan, Hirot charm mahsulotlari bilan mashhur boʻlgani,
Yazd shahrida koʻp miqdorda shakar ishlab chiqarilgani, Xoʻjand atrofida firuza
konlari ishlatilgani, Kobul shahri esa eng faol savdo markazlaridan biri boʻlgani
aytiladi. Temurning dehqonchilik ishlariga qanday darajada ahamiyat bergani va u
ochgan kanallar orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga qoʻshgan hissasi ham
yoritiladi. Tadqiqotda bu siyosatlar Mirzo Shohruh davrida ham davom etgani va yer
soligʻi past boʻlgani qayd etiladi.[3,111-120]

Temuriylar davri iqtisodiyotiga oid yana bir tadqiqot — Tuba Kalkan tomonidan

yozilgan, Mirzo Shohruh davridagi Hirot iqtisodiyotiga bagʻishlangan maqoladir.
Ushbu maqolada qadimiy davrlardan beri Hirot shahrining ahamiyati va uning
savdodagi oʻrni alohida taʼkidlanadi hamda Temuriylar davridagi Hirotning iqtisodiy
hayoti ayniqsa Shohruh davri misolida oʻrganiladi. Shohruh taxtga chiqqanidan soʻng
Hirot shahrida keng koʻlamli qurilish ishlari boshlangan va bu bilan birga shaharning


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

97

iqtisodiyoti ham rivojlana boshlagan, Temur tomonidan vayron qilingan shahar
devorlari qayta tiklanib, oldingisidan ham kengroq qilib qurilgan. Muallif, savdoning
rivojlanishi uchun yoʻllar va karvonsaroylarga katta ahamiyat berilganini, bu haqda
xitoylik sayyohning yozganlariga asoslanib aytadi. Maqolada, shuningdek, qishloq
xoʻjaligi va sugʻorish ishlari, konchilik faoliyatlari, Hirotga keluvchi muhim savdo
yoʻllari hamda shahardagi asosiy savdo va sanoat markazlari haqida ham soʻz
yuritiladi. [4,523-538]

Temuriylar davridagi jamiyat masalasida olib borilgan tadqiqotlar soni juda kam

ekanini yuqorida ta’kidlagan edik. Turkiyadagi Temuriylar davri tadqiqotlariga
salmoqli hissa qoʻshgan ishlardan biri — Nagehan Kuçukyildiz tomonidan 2022
yilda yozilgan va Temuriylar davridagi ayollar tarixiga bagʻishlangan doktorlik
dissertatsiyasidir. Ushbu ishda oʻsha davr jamiyatida ayolning siyosiy, ijtimoiy,
iqtisodiy, diniy va madaniy hayotdagi oʻrni oʻrganilib, keng qamrovli bir tadqiqot
taqdim etilgan. Bu mavzu Temuriylar davrini oʻrganuvchi izlanishlarda hali
yetarlicha yoritilmagan, ya’ni “oq dogʻ” boʻlganini aytishimiz mumkin. Chunki bu
davrning asosiy manbalarida ayollar haqida yetarli ma’lumot yo‘q, biroq muallif
ko‘plab manbalardagi parchalarni birlashtirib, ushbu davr jamiyatini, ayniqsa
ayolning oʻrni va rolini turli nuqtai nazardan yoritishga urinadi va bizga bu borada
muhim yorituvchi ma’lumotlar beradi.

Tadqiqotning kirish qismida, umumiy tarzda, Temuriylar davrigacha boʻlgan

davrlarda ayolning jamiyatdagi oʻrni haqida soʻz yuritiladi. Islomdan avvalgi turk
jamiyatidagi ayolning oʻrnidan boshlab, moʻgʻullar davrida ayolning oʻrni va
ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. Birinchi bobda esa Temuriylar
sulolasi ayollari va ularning siyosiy hayotdagi oʻrni tahlil qilinadi. Amir Temurning
qilgan nikohlari, uning oʻgʻil va nevaralari tomonidan amalga oshirilgan siyosiy
nikohlar haqida ma’lumotlar beriladi. Temur, Chingizxon avlodidan boʻlgan Saroy
Mulk Xonimga uylanib, “ko‘ragon” unvonini olgan. Buning bilan birga, vorislarini
ham Chingiz sulolasiga bogʻlashni istagan. Bundan tashqari, kuchli raqiblar bilan
dushmanlikni kamaytirish yoki doʻstlik rishtalarini mustahkamlash maqsadida, oliy
sulola vakillari bilan qarindoshlik rishtalarini bogʻlab, ayollarni siyosiy vosita sifatida
ishlatish haqida soʻz boradi.

Tadqiqotda, shuningdek, ayollarning Temur lashkaridagi oʻrni, davlat

boshqaruvi tizimidagi mavqei, protokol va toʻy ziyofatlaridagi ishtiroki haqida ham
ma’lumotlar keltiriladi. Dissertatsiyaning ikkinchi bobida esa sulolaga mansub
boʻlmagan ayollar haqida soʻz yuritiladi. Ayollarning kundalik hayoti — turmush
qurish, koʻp xotinlilik, choʻrilik va nikohdan tashqari munosabatlar tahlil qilinadi.
Temuriy ayolining fazilatlari va iqtisodiy hayotdagi roli ham koʻrib chiqiladi.
Uchinchi bobda esa Temuriylar davridagi madaniy va dini hayotda ayolning oʻrni
tahlil qilinadi. Ayollarning diniy hayotdagi, dafn marosimlari va aza kabi urf-


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

98

odatlardagi ishtiroki, shuningdek, madaniy hayotda — adabiyot va musiqadagi roli
haqida soʻz yuritiladi. [5,21-26]

TAHLIL VA NATIJALAR

Temuriylar davrida ayollar ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotning muhim bir

qismi boʻlgan va davlat boshqaruvida ham ta’sirga ega boʻlganlari taʼkidlanadi. Bu
ta’sir Temur davrida nisbatan zaif boʻlgani qayd etiladi, ammo uning vafotidan soʻng
ayollarning taxt vorisini tanlash va kimning hokimiyatga kelishi masalalarida ham
soʻz egasi boʻlish darajasiga yetgan kuchaygan ta’siridan soʻz ochiladi. Temuriylar
boʻyicha olib borilgan tadqiqotlarda, oʻsha davr ayollariga oid ilmiy ishlarning jahon
adabiyotida juda kamligi, mazkur tadqiqotni yanada qimmatli qiladi.

Bu yo‘nalishdagi dastlabki tadqiqotlardan biri — Nazmiye Togan tomonidan

1973 yilda nashr etilgan maqoladir. Mazkur maqola sulola ayollari haqida boʻlib,
unda Amir Temurning ayollari, ayrim kelinlari va ularning siyosiy hamda ijtimoiy
hayotdagi oʻrni tahlil qilingan.[6,135] Bu mavzuni yanada chuqurroq oʻrgangan
ishlarga so‘nggi yillarda ham duch kelish mumkin. Masalan, Muhammad Emin
Kochak tomonidan 2020 yilda yozilgan magistrlik dissertatsiyasi Temuriylar
davrining sulola ayollarini oʻrganishga bagʻishlangan. Ushbu tadqiqotda Temuriy
sulola ayollarining siyosiy va ijtimoiy hayotdagi oʻrni tahlil qilinadi.[7] Muallif Amir
Temur davrida sulola ayollarining oʻrni va uning vorislari davrida ularning davlat
siyosiy hayotidagi rolini oʻrganadi. Ayniqsa, Shohruh Mirzo xotini boʻlgan
Gavharshod Begimning davlat siyosatiga koʻrsatgan ta’siri haqida soʻz yuritiladi.
Temuriy sulola ayollarining siyosiy hayotdagi oʻrni borasida — ular bir hukmdorni
taxtdan tushirib, boshqa birovni hokimiyatga olib chiqadigan darajada kuchga ega
boʻlmasalar-da, amaldagi hukmdorlarga bilvosita ta’sir koʻrsatganlari taʼkidlanadi.
Shuningdek, Temuriy sulola ayollari tarixdagi boshqa turk-islom sulolalari ayollariga
nisbatan siyosiy hayotda koʻproq ishtirok etganlari alohida qayd etiladi.[7, 49-49]

Ushbu mavzu boʻyicha tadqiqot olib borgan yana bir olim — Tuba

Tombulogludir. Uning maqolasida Temuriylar davri jamiyatidagi ayol maqomi
boshqa turk va islom davlatlaridagi ayollarning holati bilan taqqoslash asosida
oʻrganilgan. Temuriy ayollarining zamondosh boshqa jamiyatlardagi ayollardan eng
katta farqi ularning jamoatdagi (ommaviy) rollari boʻlgani taʼkidlangan. Ayollar
hukmdorlar nazarida eng muhim shaxslar boʻlganlari va siyosiy hamda ijtimoiy
hayotda juda faol ishtirok etganlari qayd etiladi. Temuriy jamiyatidagi ayollar
kiyimlarini ham oʻrgangan muallif, Temuriylar dastlab tashkil topgan davrlarda
ayollar koʻproq moʻgʻulcha kiyinish uslubida boʻlishganini, biroq keyinchalik oʻziga
xos uslubni shakllantirishganini va bu uslubga Xitoy hamda Eron madaniyatlari ta’sir
koʻrsatganini aytadi.[8, 375-400]

Yuqorida tilga olingan tadqiqotlarda sulola ayollari va Temuriylarda nikoh

masalalari oʻrganilgan. Bu mavzularga oid tadqiqot olib borgan yana bir Temuriylar


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

99

davri tarixchisi — Musa Shamil Yukseldir. Muallif oʻz maqolasida jamiyatning eng
muhim unsurlaridan biri boʻlgan oila va nikoh masalalarini, ayniqsa turk
madaniyatidagi “levirat” turidagi nikohlarni tahlil qilgan. Yuksel, turk tarixida bu
turdagi nikohlarni eng koʻp qoʻllagan davlat Temuriylar davlati boʻlganini ta’kidlaydi
va bu anʼanani oʻz maqolasida tahlil qiladi. Bunday nikoh shaklining tarix davomida
dunyoning turli xalqlari tomonidan qoʻllanilganini aytadi. Turklar orasida bu urf
xunlar davridan, yaʼni miloddan avvalgi III asrdan boshlanganini, biroq turk
jamiyatidagi eng katta farq shundaki — ota vafot etgan taqdirda oʻgʻil oʻgay onasi
bilan turmush qurishi mumkin boʻlganini taʼkidlaydi. Bu anʼana turklar islomni qabul
qilganidan soʻng oʻzgarishni boshlaganini bildiradi. Temuriylar davrigacha boʻlgan
turli turk davlatlarida bu nikoh shakli qoʻllanilgani haqida soʻz yuritiladi va
Temuriylar davridagi levirat usulidagi nikohlar tahlil qilinadi. Temuriylar sulolasida
ushbu nikoh turining misollarini keltirar ekan, vafot etgan xotinning singlisi bilan
turmush qurish koʻproq uchraganini aytadi. Levirat usulidagi nikohlar faqat sulola
ichida emas, balki sulola tashqarisida ham qoʻllanilganini qayd etadi va bunga
misollar keltiradi. Yukselning ushbu maqolasida Temuriylar boʻyicha koʻp
oʻrganilmagan masalalar yoritilgan.[9, 2028-2058]

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Temuriylar davlati iqtisodiyoti savdoga

asoslangan boʻlib, Amir Temur va vorislari savdoni rivojlantirishga katta ahamiyat
berishgan. Bozorlar, yoʻllar va karvonsaroylar qurilgan, savdogarlarga teng sharoitlar
yaratilgan. Bu mavzu doirasida Turkiya tarixshunosligida bir qator diqqatga sazavor
tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada, yetarli darajada e’tibor qaratilmagan mavzulardan
biri hisoblanadi. Ismoil Aka va Tuba Kalkan kabi tadqiqotchilar ushbu mavzuda
muhim izlanishlar olib borganlar.

Temuriylar davri ijtimoiy hayoti borasida olib borilgan tadqiqotlar esa ancha

salmoqli hisoblanadi. Jamiyatdagi ayollarning oʻrni ham kam oʻrganilgan mavzu
boʻlib, Nagehan Kuchukyildiz ayollarning siyosiy, ijtimoiy, madaniy va dini
hayotdagi rolini keng tahlil qilgan. Temuriy sulola ayollari siyosatda muhim rol
oʻynagan, Gavharshod Begim bunga yaqqol misol. Tuba Tombuloglu Temuriy
ayollarini boshqa davlatlardagilar bilan solishtirib, ularning jamiyatda faolligini
ajratib ko‘rsatgan. Kiyim uslublariga Xitoy va Eron madaniyati ta’siri ham qayd
etilgan. Musa Shamil Yuksel esa Temuriylar davrida “levirat” turidagi nikohlarni
o‘rganib, bu urfning tarixi va Temuriylardagi misollarini tahlil qilgan. Yuqoridagi
ma’lumotlardan ham ko‘rinib turganidek, Temuriylar davri ayollarining jamiyatda
tutgan o‘rni borasida olib borilgan tadqiqotlar muhim tarixiy savollarga javob topgan.

Foydalanilgan Adabiyotlar:


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

100

1.

Saidmuhtor Saidqosimov, Amir Temur Jahon Tarixida, Toshkent: Sharq,

1996.

2.

Savaş Eğilmez, Krallara Mektuplar, Timur Tarihi ve Avrupa Krallarına

Mektuplar, Erzurum: Fenomen Yayıncılık, 2010.

3.

İsmail Aka, “15. Yüzyılın İlk Yarısında Timurlularda Zirai ve Ticari

Faaliyetler” , İ.Ü. Edebiyat Fakültesi, İstanbul, Tarih Enstitüsü Dergisi, sayı: 10-11,
(1979-1980.

4.

Tuba Kalkan, “Sultan Şahruh Döneminde Herat Ekonomisi”, The

Journal of Academic Social Science Studies, Number: 31, (2015).

5.

Nagehan Küçükyıldız, Timurlular Döneminde kadın, yayınlanmamış

Doktora Tezi, Erzurum: Atatürk üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü, 2022.

6.

Nazmiye Togan, “Temur Zamanında Aristokrat Türk Kadını”, İstanbul

Üniversitesi Edebiyat Fakültesi, İstanbul, İslam Tetkikleri Enstitüsü Dergisi, cilt: V,
(1973).

7.

Muhammed Emin Koçak, Siyasi ve Sosyal Hayatta Etkin Bir Güç:

Timurlu Hanedan Kadınları, yayınlanmamış Yüksek Lisans Tezi, Ankara: Ankara
Yıldırım Beyazıt Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, 2020.

8.

Tuba Tombuloğlu,“Timurlu Devletinde Kadın ve Statüsü”. Türkiyat

Araştırmaları Enstitüsü Dergisi- Journal of Turkish Researches Institute. 70, (Ocak-
January 2021), b.375-400.

9.

Musa Şamil Yüksel, “Türk Kültüründe “Levirat” ve Timurlularda

Uygulanışı” ,Turkish Studies International Periodical For the Languages, Literature
and History of Turkish or Turkic, Volume 5/3 (Summer 2010), b. 2028-2058.

Библиографические ссылки

Saidmuhtor Saidqosimov, Amir Temur Jahon Tarixida, Toshkent: Sharq, 1996.

Savaş Eğilmez, Krallara Mektuplar, Timur Tarihi ve Avrupa Krallarına Mektuplar, Erzurum: Fenomen Yayıncılık, 2010.

İsmail Aka, “15. Yüzyılın İlk Yarısında Timurlularda Zirai ve Ticari Faaliyetler” , İ.Ü. Edebiyat Fakültesi, İstanbul, Tarih Enstitüsü Dergisi, sayı: 10-11, (1979-1980.

Tuba Kalkan, “Sultan Şahruh Döneminde Herat Ekonomisi”, The Journal of Academic Social Science Studies, Number: 31, (2015).

Nagehan Küçükyıldız, Timurlular Döneminde kadın, yayınlanmamış Doktora Tezi, Erzurum: Atatürk üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü, 2022.

Nazmiye Togan, “Temur Zamanında Aristokrat Türk Kadını”, İstanbul Üniversitesi Edebiyat Fakültesi, İstanbul, İslam Tetkikleri Enstitüsü Dergisi, cilt: V, (1973).

Muhammed Emin Koçak, Siyasi ve Sosyal Hayatta Etkin Bir Güç: Timurlu Hanedan Kadınları, yayınlanmamış Yüksek Lisans Tezi, Ankara: Ankara Yıldırım Beyazıt Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, 2020.

Tuba Tombuloğlu,“Timurlu Devletinde Kadın ve Statüsü”. Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi- Journal of Turkish Researches Institute. 70, (Ocak-January 2021), b.375-400.

Musa Şamil Yüksel, “Türk Kültüründe “Levirat” ve Timurlularda Uygulanışı” ,Turkish Studies International Periodical For the Languages, Literature and History of Turkish or Turkic, Volume 5/3 (Summer 2010), b. 2028-2058.