Mazkur maqolada zamonaviy sharoitlarda maktabgacha ta`lim tashkilotlarini boshqarish tizimini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish ko’rib va o’rganib chiqilgan. Izlanishlar davomida global miqyosda maktabgacha ta’lim sohasi o’rganib chiqilib, ularning har birini milliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish yo’llari ko’rib chiqilgan. Maqolada xorijiy mamlakatlarning maktabgacha ta’limni boshqarish modellari, innovatsion usullari, zamonaviy texnologiyalardan amaliyotda qo’llanilish usullari ko’rib chiqilgan. Shuningdek, mahalliy sharoitlarda xorijiy tajribalarni moslashtirishning asosiy bo’lgan mezonlari va qoidalari ishlab chiqilgan. Ushbu maqolada mavzu bo’yicha olib borilgan taqdiqotlar natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini samarali boshqarish bo’yicha aniq tavsiyalar berilgan va sohaning sifat samaradorligining oshirilishiga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.