Авторы

  • Абдухалил Абдумуталибов
    Yangi Asr universiteti

Биография автора

  • Абдухалил Абдумуталибов , Yangi Asr universiteti
    Tarix yo’nalishi 1-kurs magistiri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.69731

Ключевые слова:

Shohruh Mirzo Pir Muhammad Qobuliy shagʻzoda Qaydu Mirzo noib amir isyon viloyat qoʻshin hokimiyat.

Аннотация

Ushbu maqolada Temuriy shagʻzodalardan biri yani Pir Muhammad Qobuliyning katta oʻgʻli boʻlmish Qaydu Mirzo haqida soʻz yuritilgan. Shagʻzodaning otasidan qolgan viloyatlarda hukumronlik qilishi, Shohruh Mirzoga qarshi bosh koʻtargani va oxiri Shohruh tomonidan qolga olinganligi tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida keng miqyosda yoritib berilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 24 (46) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

51

QAYDU MIRZO IBN PIR MUHAMMAD QOBULIY SHOHRUH

MIRZONING NOIBI SIFATIDA

Abdumutalibov Abduhalil Abduhamid oʻgʻli

Yangi Asr universiteti Tarix yo’nalishi 1-kurs magistiri

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Temuriy shagʻzodalardan biri yani Pir

Muhammad Qobuliyning katta oʻgʻli boʻlmish Qaydu Mirzo haqida soʻz yuritilgan.
Shagʻzodaning otasidan qolgan viloyatlarda hukumronlik qilishi, Shohruh Mirzoga
qarshi bosh koʻtargani va oxiri Shohruh tomonidan qolga olinganligi tarixiy
manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida keng miqyosda yoritib berilgan.

Tayanch soʻzlar:

Qaydu Mirzo ibn Pir Muhammad Qobuliy, Shohruh Mirzo,

amir Baxlul, Xuroson, otaliq, Pir Ali Toz, navkar, Boyqaro Mirzo, Balx hukumatini
Mirzo Qayduga beradi, Mirzo Qayduni Ixtiyoruddin qal’asida qamoqda saqlashga
buyuradi.

Kalit so‘zlar:

Shohruh Mirzo, Pir Muhammad Qobuliy, shagʻzoda, Qaydu

Mirzo, noib, amir, isyon, viloyat, qoʻshin, hokimiyat.


Qaydu Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, Amir

Temurning katta oʻgʻli Jahongir Mirzoning nabirasidir. U 1396-yilda tavallud topgan.
Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, sohibqiron Temur vafot qilgan vaqtda
Qaydu Mirzo 9 yoshli shagʻzoda boʻlgan. Pir Muhammad Mirzo vafot qilgach Kobul,
Qandahor, Gʻaznadan tortib to Shimoliy Afgʻonistonda tashkil topgan viloyatlar
uning katta oʻgʻli hisoblangan Qaydu Mirzoga suyurgʻol qilib beriladi. Qaydu Mirzo
ibn Pir Muhammad Qobuliyning Qandahordagi faoliyati va Shohruh Mirzo bilan olib
borgan aloqalari juda ham muhim hisoblanadi.

Qaydu Mirzoning otasi vafot etgandan soʻng Shohruh Mirzo unga quyidagi

mazmunda yorliq joʻnatadi: “Mirzo Pir Muhammadning aziz farzandi boʻlmish Mirzo
Qaydu bahodirga inoyat qildi hamda unga nasihat qilib: ehson va adolat yordamida u
mamlakatga ravnaq va obodonlik bagʻishlash, xavfli oqibatu katta baxtsizliklar
keltiruvchi zulmu bedod va jabru fasod andishasini nurli zamiriga yaqin keltirmaslik,
odat va fе’l-atvor jilovini aql va ziyraklik qoʻliga tutqizib, es-hushini soʻzlari
mazmuniga yoʻnaltirish, mulk obodonligini yangilovchi boʻlgan yaxshi nom ham
davlat qoidalarini mustahkamlovchi boʻlgan duo xayrni ulugʻlar nazdida arzimas
narsa deb hisoblamaslik lozimligini buyurdi

14

.”

Qaydu Mirzo yosh boʻlganligi tufayli Shohruh Mirzo unga amir Baxlulni otabek

qilib tayinlaydi. Bu amir Baxlul Shayx Nuruddinning muxolifatchiligi vaqtida u bilan
ittifoqdosh edi. Shayx Nuruddin magʻlubiyatga uchragan vaqtda amir Bahlulni
Shohruh Mirzoning huzuriga olib keladilar. Shohruh Mirzo uning barcha gunohidan
kechib, Mirzo Qayduga otaliq qilib qoʻydi, chunki u Amir Tumur zamonida Mirzo
Qayduning otasi boʻlmish Mirzo Pir Muhammadning qoʻl ostidagi mulozim boʻlib
xizmat qilgan edi.

14

Aбдурaззoқ Сaмaрқaндий. Мaтлaи сaъдaйн вa мaжмaи бaҳрaйн: / Фoрс тилидaн тaржимa вa изoҳлaр муaллифи

A.Ўринбoев. – Тoшкент: 2008. – Б. 310.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 24 (46) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

52

Bahlul Qaydu Mirzoning otaligʻi boʻlib olgach, hukumatga oʻchligi tufayli

shahzodaning buyruqlarini bajarmasdan, itoatkor boʻlishdan bosh tortib, Hasan
Axtochi, Luqmon Qaro va Usmon Alilar kabi bir guruhni oʻziga ittifoqdosh qilib oldi
va hammalari Mirzo Qayduni oradan koʻtarib uning oʻrniga oʻz ukasi hisoblangan
Mirzo Sanjarni taxtga chiqarishga astoydil harakat qilganlar.

Mirzo Qaydu bundan habardor boʻlib, bu ahvol haqida Shohruh Mirzoga xabar

yеtkazadi. Shohruh Mirzo esa Amir Nushirvon va bir guruh sarkadalarni va oʻn ming
qoʻshin bilan isyonni bostirishga joʻnatadi va Mirzo Qayduni oʻz oʻrniga qoʻyib,
uning muxoliflarini esa hibsga olib huzuriga keltirishlarini buyuradi. Tez orada
Shohruh joʻnatgan yordam kuchlar yetib keladi va Mirzo Qayduga lashkarlariga kelib
qoʻshiladi, birlashgan qoʻshin isyonchilar ustiga yurish qiladi. Birlashgan qoʻshinga
dosh berolmay isyonchilar magʻlub boʻladilar. Mirzo Qaydu esa zafar quchib, oʻz
suyurgʻor taxtiga yana qayta oʻtiradi.

Bahlul barlos va Hasan Axtochi Shohruh Mirzoning oldiga yani Xurosonga olib

borib va amirlarni barcha qilgan ayb ishlari boʻyniga qoʻyiladi. Shohruh ularning
qilgan isyonini boshqa qaytarmaslik sharti bilan kechirib yuboradi.

Qaydu Mirzo oʻz tasarrufidagi viloyatlarni sekin astalik bilan mustaqil ravishda

boshqara boshlaydi. 1415-yilda Shohruh Mirzo akasi Umarshayx Mirzoning oʻgʻli
Boyqaro Mirzoni Fors mamlakatidan olib, Qaydu Mirzo huzuriga joʻnatadi. Qaydu
Mirzo uni xurmat-ehtirom bilan kutib oladi.

Ammo Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Boyqaro Mirzo Kobulda ham

tinch yurmay, Qaydu Mirzoning joniga qasd qiladi. Bundan xabardor boʻlgan Qaydu
Mirzo uni darhol qamoqga olib, Shohruh Mirzoga maktub yoʻllaydi. Shohruh Mirzo
uni “Sind suvidan oʻtkazib yuborilsin, toki u Hind mulkida qaysi joyni istasa oʻsha
yеrda tursin”, deb farmon yuboradi. Shundan soʻng Qaydu Mirzo xar holda oʻz
tasarrufida boʻlgan yеrlarda markaziy hokimiyatdan mustaqil ravishda hukmronlik
qilish orzusiga tushadi.

Qaydu Mirzo oʻz tasarrufidagi viloyatlarda oʻz nomidan pul zarb qilish va

xutbani oʻz nomiga oʻqilishini talab qilib, viloyatlarga farmon joʻnatadi. Hindiston
voliysi Xizrxonga “Hind mulklarida Qunnuj shaxridan tortib to Multon
chegaralarigacha boʻlgan yеrlarda uning nomi bilan pul zarb qilsinlar va xutba
oʻqisinlar” deb farmon beradi. Xizrxon esa Qaydu Mirzoning yuborgan farmoni
haqida Shohruh Mirzoga arz qilib elchi yuboradi. Shoxruh Mirzo elchiga oʻz elchisini
qoʻshib joʻnatarkan, “Xutbada avval Shohruh Mirzoning nomi, soʻngidan
Xizrxonning nomi zikr qilinsin”, degan mazmunda farmon yuboradi. Qaydu
Mirzoning bunday oʻzboshimcha siyosatidan ranjigan Shohruh Mirzo Qandahor,
Gʻazna va Kobul viloyatlarida avj olgan qaroqchilarni tinchitish bahonasida katta
qoʻshin bilan Qandahorga yurish boshlaydi

15

. Shohruh Mirzoning makridan voqif

boʻlgan Qaydu Mirzo oʻz yaqin kishilarini olib Qandahordan qochadi.

Shohruh Mirzo Qandahorga Sanjar Mirzo, Yodgorshox Arlot va Feruzshoxlarni

qoʻyib, agar Qaydu Mirzo kelsa, uni ushlab oliy dargohga yuborishlarini tayinlaydi.
Qaydu Mirzo uning marhamatiga ishonib Xirot shahriga boradi. Va uni Shohruh

15

Фaйзиев Т. Темурийлaр шaжaрaси: / Илмий-тaрихий oммaбoп нaшр. – Тoшкент: Info Capital Group, 2020. – Б.

78.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 24 (46) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

53

Mirzo barcha yablariga koʻz yumib kechiradi. Shunday qilib, shahzoda bir qancha
vaqtni dorussaltanat Hirotda toʻla ehtirom bilan oʻtkazadi.

Shohruh Mirzo unga nisbatan turli-tuman yaxshiliklarni qilgan edi: uning otasi

Mirzo Pir Muhammadni Pir Ali Toz shahid qilgan bir vaqtda, Shohruh Mirzo uni
oʻldirgan kishilarni jazosini beradi va Balx hukumatini Mirzo Qayduga beradi,
bundan tashqari Garmser va Qandahor mamlakatlarini va Sind diyorini Hind
chegaralarigacha boʻlgan mulklarni unga inom qilgandi.

Toʻgʻri bu yerda hamma ishlarni Shohruh Mirzo faqat Qaydu uchun qilmagan

desak xato qilmagan boʻlamiz. Chunki Shohruh Mirzo valiahd hisoblanga Pir
Muhammadni qasosini faqat oʻgʻillari uchungina olmagandi. Goʻyoki u valihdni
qasosini olib oʻzining mavqeini ancha yuksaltiradi, bundan tashqari bu qilgan ishidan
keyin taxtning qonuniy egasiga aylanadi. Aholini juda katta qismi Shohruh Mirzoga
hoyrihohlik bildirgan boʻlsa ajab emas. Shohruh Mirzo bir paytlar Xalil Sulton Mirzo
qilgan ishni boshqacha usulda amalga oshirgan edi. Xalil Sulton vafot etgan valiahd
Sulton Muhammadni oʻgʻlini yani Jahongir Muhammadni oliy hukmdor deb e’lon
qilib goʻyoki bobosining vasiyatiga ozmuncha boʻlsa ham amal qilgandi desak
adashmagan boʻlamiz.

Biroq bir guruh fitnachi mulozimlari shahzodani yoʻldn oʻzdirishga harakat

qilishadi va buni uddalaydilar ham. U hech bir sababsiz 1418-yil 22-avgust Hirotdan
Qandahor tomon yoʻl oladi, chunki uning koʻmakdosh va qoʻllab-quvvatlovchilari u
yerda juda ham koʻpchilikni tashkil qilar edi

16

. Buning xabar tez orada Shohruh

Mirzoning qulogʻoga yetib boradi u Mirzo Boysungʻurga ishonchli va tajribali
askarlar hamrohligida Qayduni orqasidan taqib qilishga va tutib olib kelishga farmon
beradi.

Amir Hasan Soʻfi tarxon, amir Farmonshayx va bir guruh amirlar shahzoda

izidan ergashadilar. Mirzo Qaydu yarim kechada Turonga yеtadi. U shahrining
dorugʻasi Boʻta Hirot shahriga kelayotgan edi, Mirzo Qayduning navkarlari unga
hujum qiladi lekin bu natija bermaydi. Boʻtaning kishilari shahzodani iyson qilganini
tushunadilar. Boʻta orqaga qaytib, bir choparni Uvbahga yuboradi va u voqeani toʻliq
aytib beradi. Mirzo Qaydu erta tongda Uvbah yaqiniga yеtib kelib, uvbahliklar uning
qochib ketayotganligidan xabardor ekanliklarini biladi va bu yеrda toʻxtashni iloji
boʻlmagach, yana yoʻlida davom etadi. Bu viloyatning zobiti boʻlgan Xoja
Nizomuddin bir guruh kishilar bilan uning orqasidan taqib qiladi. Shahzoda esa vaqti-
vaqti bilan toʻxtab ularga qarshi jang qiladi. Va oxiri Nobga yеtadilar. Mirzo Qaydu
bir hiyla oʻylab topib ortidan quvib kelayotgan askarlarga qarshi pistirma hozirlaydi.
Va payt boʻlishi bilan yani ular oʻtib ketishgandan soʻng ortdan kuchli zarba
beradilar. Natijada esa ularni tarqatib yuboradilar va Xoja Nizomuddin qattiq
yaraladi.

Mirzo Qaydu Siparz qaryasiga kelganida, bu yеrning kishilari ham voqeadan

habardor ekanlar, Malik Qutbiddin shagʻzodaning yoʻlini toʻsib mardonavor jang
qiladi va amir Bahlulni jangda oʻldiradilar. Shagʻzoda bu voqeadan ancha qattiq
sarosimaga tushib qolgan edi, negaki amir Bahlul uning eng yaqin va ishongan aniri
edi.

16

Aбдурaззoқ Сaмaрқaндий. Мaтлaи сaъдaйн вa мaжмaи бaҳрaйн: / Фoрс тилидaн тaржимa вa изoҳлaр муaллифи

A.Ўринбoев. – Тoшкент: 2008. – Б. 336.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 24 (46) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

54

Mirzo Boysungʻur ham tez harakat qilib Mirzo Qaydu Siparz qaryasi atrofida

toʻxtab turgan paytda uning manglayi yеtib borib, Pahlavon Mahmud boshchiligida
jang qilishadi. Mirzo Boysungʻurning shaxsan oʻzi yеtib kelishi isyonchilarni
hayollariga ham kelmagan edi. Mirzo Qaydu esa noiloj qolib taslim boʻladi. Amir
Farmonshayx uni bogʻlab Mirzo Boysungʻur qoshiga keltiradi

17

. Qolgan

isyonchilarni bir qismini qoʻlga olishadi qolganlari esa qochib qutilishadi. Mirzo
Boysungʻur: “Bu fitnaning qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan Sadr Jahondan boshqa biror
kishiga ham ziyon yеtkazilmasin”, - deb buyuradi. Shahzoda tez orada gʻolib tarzda
orqaga qaytib, Mirzo Qayduni bogʻlangan holda Shohruh Mirzoni oldiga olib boradi.
Shohruh Mirzo uni yana barcha gunohlariga koʻz yumib Mirzo Qayduni Ixtiyoruddin
qal’asida qamoqda saqlashga buyuradi va u oʻsha yеrda vafot etadi. Shoxruh Mirzo
unga tegishli boʻlgan yеrlarni oʻz oʻgʻli Jaloliddin Suyurgʻotmish Mirzoga in’om
qiladi

18

.


Foydalanilgan adabiyodlar:

1. Aбдурaззoқ Сaмaрқaндий. Мaтлaи сaъдaйн вa мaжмaи бaҳрaйн: / Фoрс –

тoжик тилидaн тaржимa, кириш сўз вa изoҳи луғaтлaр A.Ўринбoевники. –
Тoшкент: Фaн. 1969. – 464 б.

2. Aбдурaззoқ Сaмaрқaндий. Мaтлaи сaъдaйн вa мaжмaи бaҳрaйн: / Фoрс

тилидaн тaржимa вa изoҳлaр муaллифи A.Ўринбoев. 1405–1429 йил вoқеaлaри.
– Тoшкент: 2008. – 632 б.

3. Ибн Aрaбшoҳ. Aжoйиб aл-мaқдур фи тaрихи Тaймур: Темур тaрихидa

тaқдир aжoйибoтлaри. – 328 б.

4. Мирхoнд. Рaвзaт ус-сaфo: / Aмир Темур вa Улуғбек зaмoндoшлaри

хoтирaсидa / Б.Aҳмедoв, У.Увaтoв, Ғ.Кaримoв вa бoшқaлaр. – Тoшкент:
Ўқитувчи, 1996. – Б. 100 – 135.

5. Муиниддин Нaтaнзий. Мунтaхaб ут-тaвoрихи Муиний. – 264 б.
6. Хoндaмир Ғиёсиддин бин Ҳумoмиддин. Буюклик хислaти: “Ҳaбиб ус-

сиғaр фи aхбoри aфрoди бaшaр” – 304 б.

7. Шaрaфиддин Aли Йaздий. Зaфaрнoмa. / Сўз бoши, тaбдил, изoҳлaр вa

кўрсaткичлaр муaллифлaри A.Aхмaд вa Ҳ.Бoбoбекoв, – Тoшкент: Шaрқ, 1997. –
384 б.

8. Усмoнoв Б. Фaрғoнa вoдийси Aмир Темур вa Темурийлaр дaвридa:

мoнoгрaфия; илмий нaшр. – Фaрғoнa: “Фaрғoнa” нaшриёти, 2019. – 288 бет.

9. Фaйзиев Т. Темурийлaр шaжaрaси: / Илмий-тaрихий oммaбoп нaшр. –

Тoшкент: Info Capital Group, 2020. – 368 б.

10. Рaвшaнoв П. Aмир Темур сулoлaси: рoмaн. – Тoшкент: Янги aср

aвлoди, 2014. – 652 б.

17

Aбдурaззoқ Сaмaрқaндий. Мaтлaи сaъдaйн вa мaжмaи бaҳрaйн: / Фoрс тилидaн тaржимa вa изoҳлaр муaллифи

A.Ўринбoев. – Тoшкент: 2008. – Б. 337.

18

Фaйзиев Т. Темурийлaр шaжaрaси: / Илмий-тaрихий oммaбoп нaшр. – Тoшкент: Info Capital Group, 2020. – Б.

77.

Библиографические ссылки

Aбдурaззoқ Сaмaрқaндий. Мaтлaи сaъдaйн вa мaжмaи бaҳрaйн: / Фoрс – тoжик тилидaн тaржимa, кириш сўз вa изoҳи луғaтлaр A.Ўринбoевники. – Тoшкент: Фaн. 1969. – 464 б.

Aбдурaззoқ Сaмaрқaндий. Мaтлaи сaъдaйн вa мaжмaи бaҳрaйн: / Фoрс тилидaн тaржимa вa изoҳлaр муaллифи A.Ўринбoев. 1405–1429 йил вoқеaлaри. – Тoшкент: 2008. – 632 б.

Ибн Aрaбшoҳ. Aжoйиб aл-мaқдур фи тaрихи Тaймур: Темур тaрихидa тaқдир aжoйибoтлaри. – 328 б.

Мирхoнд. Рaвзaт ус-сaфo: / Aмир Темур вa Улуғбек зaмoндoшлaри хoтирaсидa / Б.Aҳмедoв, У.Увaтoв, Ғ.Кaримoв вa бoшқaлaр. – Тoшкент: Ўқитувчи, 1996. – Б. 100 – 135.

Муиниддин Нaтaнзий. Мунтaхaб ут-тaвoрихи Муиний. – 264 б.

Хoндaмир Ғиёсиддин бин Ҳумoмиддин. Буюклик хислaти: “Ҳaбиб ус-сиғaр фи aхбoри aфрoди бaшaр” – 304 б.

Шaрaфиддин Aли Йaздий. Зaфaрнoмa. / Сўз бoши, тaбдил, изoҳлaр вa кўрсaткичлaр муaллифлaри A.Aхмaд вa Ҳ.Бoбoбекoв, – Тoшкент: Шaрқ, 1997. – 384 б.

Усмoнoв Б. Фaрғoнa вoдийси Aмир Темур вa Темурийлaр дaвридa: мoнoгрaфия; илмий нaшр. – Фaрғoнa: “Фaрғoнa” нaшриёти, 2019. – 288 бет.

Фaйзиев Т. Темурийлaр шaжaрaси: / Илмий-тaрихий oммaбoп нaшр. – Тoшкент: Info Capital Group, 2020. – 368 б.

Рaвшaнoв П. Aмир Темур сулoлaси: рoмaн. – Тoшкент: Янги aср aвлoди, 2014. – 652 б.