Ushbu maqolada pedagogik ta’lim muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘qitish metodikasini mediatexnologiyalar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Mediatexnologiyalarning ta'lim jarayonida qo‘llanishi darslarni interaktiv, samarali va talabalarning ehtiyojlariga moslashtirilgan holda tashkil etish imkonini beradi. Maqolada tarixiy materiallarni raqamli resurslar, multimedia vositalari va virtual ekskursiyalar orqali o‘rgatishning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quv jarayoniga texnologiyalarni joriy etish orqali vatanparvarlik, tanqidiy fikrlash va milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu maqola mediatexnologiyalarni pedagogik amaliyotga tatbiq etish orqali o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.