Maqolada mavzuga oid ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda manbalar asosida Oʻzbekiston hududida xristianlik dini va bu dinga tegishli diniy tashkilotlarning vujudga kelishi yoritilgan. Xristianlik dini kirib kelishi va cherkovlarining yurtimiz hududida ikki marotaba yoyilishi haqida yoritilib bular haqida falsafa fanlari doktori Sebastyan Peyruz tomonidan yozilgan ilmiy maqolada, avvaliga Marv hududiga III-asrda kirib kelgani Oʻzbekiston hududlariga esa V asrlarda keng tarqalganligi yoritiladi. Shuningdek xristianlik dinining birinchi tarqalish davri Temuriylar davrigacha davom etgan. Ikkinchi kirib kelish davri esa Rus imperiyasining Markaziy Osiyoni bosib olish jarayonlari bilan boshlanadi. Asosiy tarqalishi va shu oʻrinda xristian cherkovlarini koʻpayishi ayni shu davrga koʻproq toʻg’ri keladi. Maqolada shuningdek, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi diniy tolerantlik va bugungi kunda ushbu ding ava budinga e’tiqod qiluvchilarga davlatimizdagi munosabat holatlari yoritilgan.