International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
104
UDK:159.922,7;159.952
GIPERAKTIVLIK TUSHUNCHASI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
YOSH BOLALARDAGI GIPERAKTIVLIK
Samiyeva Shahnoza Abdumalik qizi
O‘zbekiston Milliy Universiteti Psixologiya 1-kurs magistranti
shahnozasamiyeva2002@gmail.com
Annotatsiya:
Maqola giperaktivlik hamda uning belgilari, giperaktivlikning -
kelib chiqish sabablari va o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek yosh bolalardagi
giperaktivlik haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish, giperaktiv bolalarning
diqqatining yetishmasligi hamda buzilishi sabablari. Amerikada va Meksikada
tadqiqotlar olib borilganligi va natijalari, giperaktivlik ( DEHB ), ya’ni diqqat
yetishmovchiligi va giperaktivlik buzilishi bo‘yicha Rassel A. Barkli Leonard Adler.
Joef Biderman, Peter Al’txerr tadqiqotlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar:
giperaktivlik bolalar simptomlar diqqat impulsivlik befarqlik
DEHB Rassel A. Barkli Leonard Adler. Joef Biderman, Peter Al’txerr, Meksika
AQSH, tadqiqot, kasallik, seharakat.
19-asrda biz uchun oldin eshtmagan so‘zlar va bilmagan narsalarimiz 20-asrga
kelib biz uchun odati so‘zlar, narsalar bo‘lib qolmoqda. Shu so‘zlar orasida
giperaktivlik so‘zi ham bugungi kunda odati so‘z bo‘lib qolgan. Bu so‘zni ko‘p
insonlar ma’nosini tushunmasalarda bu so‘zni eshtishgan va ular uchun yangilik
emas.
Giperaktiv o‘zi nima? Kasallik yoki xarekter? Diqqat etishmasligi yoki
giperaktivligi buzilishi DEHB haqida nimalarni bilish kerak ? Bunday bolalar bilan
qanday munosabatda bo‘lish kerak? Giperaktivlikning kelib chiquvchi omillar?
Bugungi kunda giperaktivlik so‘zi ko‘p qulog’imizga chalinsa ham biz u haqida
yetarlicha ma’limotga ega emasmiz. Ko‘pchilik insonlar bu atamaning ma’nosini
tushunmasdan turib faol bolalarga nisbatan qo‘llashadi. Eng avvalo giperaktiv
atamasining o‘ziga ma’nosi haqida to‘xtalaylik “ giper” ( yunoncha “Hyper”-
yuqorida, “faol” so‘zi lotincha “activus” dan kelgan va “samarali,faol” degan
ma’noni anglatadi. Giperaktivlik - bu shaxsining jismoniy faolligi va
qo‘zg’aluvchanligi me’yoridan oshib ketishi, noadekvat va asab tizimining
muvozanatsizligi belgisi. Giperaktivlik so‘zma-so‘z tarchima qilinganda ham
faollikni me’yoridan oshib ketganligini bilib olishimiz mumkin. Giperaktivlik nafaqat
go‘daklarning faolligi balki u miyaning buzilishi bilan bog’liq, bolalarning xatti-
harakatlarining buzilishi bilan ham bo‘g’liqdir. Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan
ko‘plab tadqiqotlarning mavjudligi ushbu holatni kasallikning alohida turi sifatida
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
105
ajratib ko‘rsatishga sabab bo‘ldi va bolalarda faolligi ortishi diqqat etishmasligi
buzilishi bilan bog’liq bo‘la boshladi. Qo‘shma Shtatlarda bolalarning taxminan 8,4
% va kattalarning 2,5 % giperaktivlik (DEHB) ga ekanligi aniqlandi. 2006-yilda
Amerikada bo‘lib o‘tgan 3000 dan ozroq odamni o‘z ichiga olgan tadqiqotida. Bu
tadqiqotni “ Harvard tadqiqoti ” deb atashgan. Ushbu tadqiqotni olib boryotgan
olimlarga kattalar populyatsiyasida 4,4 foiz DEHB ning kutilayotgan tarqalishini
hisoblash imkonini beradi (DSM-IV mezonlari bo‘yicha tashxis ).DEHB ning yuqori
tarqalish sub’ekti etnik jihatdan yevropalik, ishsiz uylangan erkaklarda aniqlangan.
Biroz oldinroq o‘tkazilgan tadqiqotda (AQSH- 966 ta yoshi katta odamlardan iborat )
voyaga yetganlar orasida DEHB tarqalishi tor ma’noda 2,9 % bo‘lgan (DSM-IV
mezonlari bo‘yicha o‘rnatilgan Narrow ADHD) va DEHB uchun esa keng ma’noda
16,4 % deb belgilangan. Yosh ulg’aygan sayin kattalarda DEHB taralishi kamayadi.
Kattalardagi DEHB ning tarqalishi komorbid psixologik muammolar va
kasalliklarning mavjudligiga sezilarli darajada bog’liq bo‘lib. 2007- yilda Meksikada
o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra aholidan giperaktivlik (DEHB) mavjud yo yo‘qligini
so‘ralganlar ichida 5.37 % da (149 kishi tekshirilgan ) va psixotik bo‘lmagan
psixiatrik ambulatoriya bemorlarning (161- kishida tadqiqot olib borilgan ) 16.8
foizida aniqlangan. Shunisi e’tiborga loyiqki, psixiatrik bemorlarda DEHB
tarqalishidagi jins farqlari umumiy populyatsiya va bolalarda aniqlangan DEHB
nisbatan “teskari “ bo‘lib chiqadi: psixiatrik be’morlarda ayollarning 21.6 % va faqat
8.5 erkak bemorlarda aniqlangan. O‘g’il bolalar va qizlar o‘rtasidagi nisbiy tarqalish
diagnostik mezonlari, tadqiqot usullari shifokorga yuborilgan bolalar, maktab
o‘quvchilari umumiy aholiga qarab 3: 1 dan 9: 1 gacha belgilanadi. DEHB
tarqalishining taxminlari ham ushbu omillarga bog’liq. Ba’zi bolalarda DEHB
belgilari 3 yoshdan boshlab boshlanishi mumkinligini aniqlashdi. Deyarli barcha
tadqiqotchilar giperaktivlikning haddan tashqari faolligi, bezovtalik va ko‘pincha
sezmaydigan ko‘plab begona harakatlar shaklida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydilar.
Giperaktiv odamlar qo‘llari va oyoqlarini harakatsiz ushlab turolmaydi. DEHB
insonning o‘qish yoki ishlash qobilyatini cheklashi mumkin va bu stress, tashvish va
depressiyani paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Giperaktivlik turli xil ruhiy kasalliklarga
ega bo‘lgan bolalarda paydo bo‘ladi. Bular: aqliy zaiflik va stereotipik harakatlar
bilan birgalikda giperaktiv buzilish (ICD-10), giperkinetik buzilishlar: faoliyat va
diqqatning buzilishi tashxisiga giperaktivlik va diqqat yetishmasligi kiradi,
qisqartmasi GDYE, giperkinetik xatti-harakatlarning buzulishi va boshqa giperkinetik
kasalliklar. Giperaktivlik – o‘tkir intoksikatsiya bilan psixostimulyatorlar ko‘rinisjida
namoyon bo‘lishi mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, giperaktivlik o‘gil
bolalarda 3 marta ko‘proq uchraydi. Giperaktivlik ko‘pincha GDYe ning bir qismi
sifatida uchraydi. Odatda bolalarda buning belgilari 4 yoshdan boshlab paydo bo‘la
boshlaydi. Shifokorga murojat qilishning maksimal yoshi 8-10 yoshni tashkil qiladi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
106
Bu yoshda o‘qish va uy ishlari boladan mustaqillik va diqqatni talab eta boshlaydi.
Giperaktivlik yoki diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik buzilishi (ADHD)
bo‘yicha ko‘plab olimlar tadqiqot olib borgan ular orasida: Rassel A. Barkli taniqli
klinik psixolog va tadqiqotchi bo‘lib diqqat etishhmasligi yoki giperaktivlik buzilishi
(DEHB) bo‘yicha ishi bilan tanilgan. Uning tadqiqotlari, ayniqsa, bolalarda DEHB va
uning hayoti davomoda oqibatlarini tushunishga sezilarli hissa qo‘shdi. Asosiy
hissalari: DEHB rivojlanish buzilishi sifatida bu nafaqat bolalik davridagi kasallik,
balki balog’at yoshiga etishi mumkin bo‘lgan umrbod davom etadigan holat
ekanligini ta’kidladi. U semptomlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkinligini taklif
qildi, ammo o‘z-o‘zini tartibga solish va ijro etuvchi faoliyat bilan bog’liq asosiy
muammolar ko‘pincha saqlanib qoladi. Bundan tashqari asosiy hissalaridan biri uning
DEHB bilan og’rigan shaxslardagi ijro etuvchi funksiya etishmovchiligiga e’tibor
qaratishidir. Uning ta’kidlashicha o‘z-o‘zini boshqarishdagi qiyinchiliklar shu
jumladan impulslarni nazorat qilish, hissiy tartibga solish va rejalashtirish bilan
bog’liq muammolar buzilishning markaziy qismidir deb aytib o‘tgan Bundan tashqari
Barkli tadqiqotlari DEHB bilan og’rigan odamlarning ehtiyojlarini qondirish uchun
mo‘ljallangan strategiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim amaliyitlari uchun muhim
ta’sir ko‘rsatdi. Barkli DEHB bo‘yicha ko‘plab kitoblar va maqolalar muallifi va
hammuallifi, jumladan, “DEHB uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish “ va
“Kattalarda DEHB “ bu kassaligi borlarga tashxis qo‘yish, davolash usullari va
kurashish strategiyalari haqida tushuncha beradi. Barklining ishi bugungi kunda ham
akademik tadqiqotlarga, ham DEHBni tushinish va boshqarishda amaliy
yondashuvlarga ta’sir qilishda davom etmoqda. Leonard Adler bolalar psixologiya
sohasida xususan, diqqat etishmasligi giperaktivligi buzulishi (DEHB) va uning
bolalardagi dastlabki belgilari bo‘yicha tadqiqotlari bilan mashhurdir. Uning ishi
giperaktivlik yosh bolalarda qanday namoyon bo‘lishini va ularning rivojlanishiga
ta’sirini tushunishga yordam beradi. Adler bolalarning giperaktiv xulq-atvori oila
dinamikasiga kengroq ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab, bolalar va ularning
oilalari uchun qo‘llab-quvvatlash tizimlarining muhimligini ta’kidlab o‘tgan. Joef
Biderman taniqli psixiatr va tadqiqotchi bo‘lib, bolalar va o‘smirlar psixiatriyasi
sohasida va diqqat etishmasligi (DEHB) bo‘yicha ishi mashhurdir. Uning tadqiqotlari
giperaktivlikning genetik asoslari, hamda uning rivojlanishi va boshqa psixologik
holatlar bilan aloqalariga qaratilgan. Biedermanning tadqiqotlari DEHB ning
irsiyligini o‘rganib chiqdi. Uning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, DEHB muhim
genetik komponentga ega, oilaviy va egizaklar tadqiqotlari kasallik oilalarda
mavjudligini ko‘rsatadi. U DEHB bilan bog’liq bo‘lgan o‘ziga xos genetik belgilari
o‘rganib chiqdi, bu genetikaning giperaktiv xatti-harakatlarga olib keladigan
neyrorivojlanish yo‘llariga qanday ta’sir qilishi mumkinligini tushunishga hissa
qo‘shdi. Institute direktori Peter Al’txerr giperaktiv bolalarga shunday ta’rif beradi:
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
107
umuman olganda, ularning harakatlari haddan tashqari, juda tez va baquvvat. Harakat
miqdori beqiyos, bolalar keng maydonda harakatlanishga moyil bo‘lib, nazoratsiz
ravishta gapiradi (og’zaki giperaktivlik). Harakat buzulishlarini o‘rganish xususan
bolalarning muvifiqlashtirish qobilyatini tekshirish ularning umumiy motorli
ko‘nikmalari o‘rtacha darajadan past darajada rivojlanganligini va harakatlarni
muvofiqlashtirishnning buzulganligini ta’kidlash imkonini beradi. Giperaktiv
bolalarga yugurish shunchaki bo‘shatishdir va umuman konstruktiv faoliyat emas.
Giperaktivlik sindromi bo‘lgan deyarli barcha bolalar nozik vosita qobiliyatlari va
muvofiqlashtirish buzulishlariga ega. Bolalar o‘zaro harakat vazifalarini sog’lom
tengdoshlariga qaraganda ancha yomonroq bajaradilar. O‘zlarining harakatlari bilan
bolalardagi tonik tartibning etishmasligini namoyish etadilar. Biroq bolalarni
muvaffaqiyatli ishlash uchun verbal tomomdan tartibga solishga muhtoj bo‘lishadi.
Diqqat etishmasligi giperaktivligi buzilishining xarakterliy belgisi impulsivlikdir. Har
qanday kichik bola o‘z harakatlarining mumkin bo‘lgan oqibatlarini hisobga
olmasdan, o‘z xohishlariga muvofiq harakat qilmaydi. Biroq giperaktivligi bo‘lgan
bolalar o‘zlarini haqiqiy yoshidan bir necha yosh kichiqroq tutishadilar. O‘zlarini
tutishlarida, xatti-harakatlarida qoidalarga rioya qilishda birmuncha qiyinchiliklarga
duch kelishadi, bolalarning harakatlari shoshilinch va o‘ylamaydilar. Ularning
impulsivligi shikastlanish xavfini oshiradi. Ular uzoq va monoton ish paytida alohida
qiyinchiliklarga duch kelishadi. Impulsivlik ijtimoiy jihatdan qabul qilib
bo‘lmaydigan xatti- harakatlarga olib kelishi mumkin. Bolalar ko‘pincha o‘zlarining
xatti- harakatlarini nazorat qila olmaydi va qoidalarga bo‘ysinmaydi. Impulsive
bolalar o‘ynash vaqtida o‘z navbatini kuta olmaydi. Ta’lim sharoitida bunday bolalar
“impulsive ish uslubi” ga ega: ular savollarga to‘liq javob bermasdan sinfda yoki
jamoat joylarida baqirib javob berishadi va boshqa o‘quvchilar yoki o‘qtuvchilar
so‘zlarini to‘xtatadilar, chunki ularning diqqatlari giperaktiv bolaga qaratiladi.
Giperaktivlik ko‘pincha tajovuskor va muxolif xatti-harakatlar bilan birlashtiriladi va
ko‘p xollarda jarohatlar va baxtsiz hodisalarga olib keladi. Har qanday yoshdagi
bolalarda chalg’ish diqqatni bir nuqtaga qaratolmaslik mavjud biroq DEHB bo‘gan
bolalarda bu xususiyat ko‘proq seziladi.
Bolalarda asosiy belgilari giperaktivlikning (DEHB)
- haddan tashqari yuqori faollik, bir xil yoshdagi va intellektual rivojlanishida
boshqa bollar bilan solishtirganda.
- sabrsizlik, xotirjamlikni talab qiladigan joylarda yoki vaziyatlarda.
- ko‘pincha qo‘l-oyoqlarda bezovtalanuvchi harakatlar kuzatiladi, stulda o‘tirib,
yotoqda yotganda bola doimo dumalaydi, aylanadi va boshqa harakatlarini bajarishi.
- ko‘pincha sinfda dars paytida yoki o‘rnidan o‘tirishi kerak bo‘lganda o‘rnidan
turadi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
108
- doim maqsadsiz jismoniy faoliyatni namoyon qiladi: mumkin bo‘lmagan
holatlarda yuguradi va yon-atrofida sakraydi, biror joyga ko‘tarilishniga harakat
qiladi.
- o‘tirishi kerak bo‘lgan joyda har doimiy sakrab turish, tebranish va burishish.
- o‘yinlarda shovqin solish va jim, xotirjam o‘ynay olmaslik yoki boshqa
narsalar bilan shug’ollanish.
- jismoniy faollik: u doim harakatta bo‘ladi.
- ko‘p gapirish yoki faol verballik.
- ko‘rsatmalarga rioya qilmaydi va maktab topshiriqlarini, vazifalarini yoki
odatiy ish vazifalarini bajarmaydi.
- odatda jimgina, xotirjam o‘ynay olmaydi yoki bo‘sh vaqtlarida hech narsa qila
olmaydi.
- savoliga berilgan javoblarni ohirigacha kutmaydi masalan: odamlarni gapini
bo‘lishi, suhbatning navbatini kutmaydi hatto o‘zlari bergan savolni javobini
oxirigacha eshtishmaydi.
- doim shovqin soladi va ko‘pincha o‘zini namoyon qiladi. Ko‘pincha bola
uyquga ketganidan keyin ko‘p o‘tmay uyg’onadi, bazida o‘ynaydi, sababsiz kuladi,
ertaklarni qiziqish bilan tinglaydi, ba’zan ota-onasining to‘shagiga chiqadi va u bilan
birga o‘tirishini talab qiladi qo‘shiq kuylayotganda yoki ertak aytiyotganda yoki uni
silashni to‘xtatganingda bola uyg’onadi. Diqqat etishmasligi bo‘lgan bolalar
ko‘pincha narsalarni ( uydagi kalitlar, maktabda kundalik, o‘yin maydonchasidagi
o‘yinchoq ) yuqotadilar yoki qoldiradilar, ularga qilingan so‘rovlarni eshtmaydilar
yoki tezda unutadilar befarqlik qilishadi. DEHB bilan og’rigan bola hatto birinchi
navbatda juda qiziq bo‘lgan mashg’ulotga diqqatini jamlay olmaydi, u tezda
qiziqishni yo‘qotadi, o‘zgaradi va etibor bermay qo‘yadi, o‘zgaradi va ochiqchasiga
zerikishni boshlaydi. Bunday bolalarda zaif xotirasi bor bo‘lib she’rlar yoki
qo‘shoqlarni yodlashda ular ma’nosini tushunmasdan so‘zlarni mexanik ravishda
takrorlaydilar va bir necha marotaba takrorlansa ham bir necha daqiqadan ko‘proq
vaqt davomida saqlanib qolmaydi. Giperaktivlikning bekgilari va semptomlari
bolalarda deyarliy tug’ulishidan boshlab rivojlana boshlaydi. Bu bolalarda haddan
tashqari faol, lekin ular jismoniy rivojlanishda kechikishiga olib kelishi mumkin va
buni rivojlantiradi. Kichkintoylarda hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi
bergilarni
ko‘rishimiz
mumkin
bo‘lad:
nutq
rivojlanishining
kechikishi,
harakatlarning tartibsizligi xotiraning buzilishi hamda me’yoridan oshiq jismoniy
faoliyat, yuqori sezuvchanlik tashqi ogohlantirishlarga, hissiy beqarorlik va ko‘z
yoshlari, diqqatni bir nuqraga jamlashdagi buzulishlar, notinch uyqu va uxlab
qolishning qiyinligi, harakatlarning motorli ko‘nikmalarini buzish kabilar. Aqliy
faoliyatiga giperaktivlik ta’sir qilmaydi bola maktabga borishni boshlaganidan keyin
bilishimiz mumkin bo‘ladi, lekin bu patologiya uning akademik ko‘rsatkichlarining
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
109
ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib kelishi mumkin. Baholarining yomon bo‘lishi va
materialni idrok etishdagi qiyinchiliklar sababli ularda jismoniy faollikning oshishiga
olib keladi, sinfda jim o‘tirish qobilyatining yo‘qligi, atrofdagi narsalar va
vaziyatlardan doimiy chalg’ishi va boshqa harakatlarni misol qilishimiz mumkin.
DEHB tashxisi qo‘yilgan bolalarda asabi tik yoki psixoemotsional holat bilan bog’liq
boshqa kasalliklarni rivojlanish xavfi mavjuddir. DEHB ning maktab o‘quvchilarida
o‘ziga xos belgilari: tanqid qilishi o‘zini- o‘zi, o‘z qobiliyatlarini past baholamaslik
va bezovtalik ma’lum bir mavzuga diqqatini jamlashda etiborsizlik yoki beparvolik,
nuvofiqlashtirishning buzilishi harakatlarida va asabiylashish, sabrsizlik, tez-tez bosh
og’rig’I va shunga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Bolada ushbu belgilarning
rivojlanishining sabablari ikki turga bo‘linadi. Giperaktivlikning chaqaloq
tug’ilishidan oldin quyidagi omillarda yuzaga keladi va bular homiladorlik davrida
patologiya, tug’ilish trammasi va tug’ilish jarayonining qiyin kechishi, erta tug’ilish
yoki tug’ilishdan kam vazn toplash, noto‘ri ovqatlanish va homladorlik davrida
yomon odatlarning borligi, sezaryen bilan tug’ish spirtli ichimliklarni istemol qilish
noto‘ri turmush tarsi homladorlik davrida bularning barchasi giperaktiv bolalarning
paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bolaning psixologik holati va uning
emotsional rivojlanishi ham giperaktivlikka ta’sir qilishi mumkin. O‘smirlik
davridagi
GDYe
da
giperaktivlik
odatda
bezovtaligi,
sabrsizlik,
ichki
qo‘zg’aluvchanlikning kuchayishi hissi bilan belgilanadi. Bolalik davridagiga xos
bo‘lgan qo‘zg’aluvchanlik ko‘pincha bo‘lmaydi. Voyaga yetgandagi GDYe da
giperaktivlik kamayishi mumkin, ammo diqqat bilan bog’liq xarakterli muammolar
saqlanib qoladi.
Giperaktivlik maniakal fazadagi bipolyar affektiv buzilish va shizoaffektiv
buzuqlik bilan og’rigan bemorlarda haddan tashqari faollik ko‘rinishida namoyon
bo‘ladi. Bolaligida DEHB tashxisi qo‘yilmagan katta yoshdagilarda narsalarga yaxshi
e’tibor qarata olmasliklari, yangi materialni o‘rganishdagi qiyinchiliklar, atrofdagi
olamni kashf qilish va shaxslararo munosabatlarning yomonlashishi DEHB ning
sabablari ekanligini tushunishmaydi. Bundan tashqari atrof-muhit ta’siri va jumladan
stressli vaziyatlar, oilaviy nizolar yoki boshqa psixologik bosimlar giperaktivlikni
kuchaytirishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, giperaktiv bolalar bilan muloqot qilish
birmuncha qiyinligi sababli, sizdan e’tibor talab qiladi. Giperaktivlikni bartaraf qilish
uchun har xil terrapiyalar, o‘yinlar, mashqlar, treninglardan foydalanishimish kerak.
Bolalar uchun yoqimli o‘yin o‘ynash orqali ularni diqqatni shakllanishiga,
rivojlanishiga hamda hissiyotni kuchayishiga erishamiz. Giperaktiv bolalar bilan
muloqot qilining, uning holati, his-tuyg’ulari bilan qiziqing. Bolaning yaxshi hamda
yomon tomonlarini ayting. Boladagi asosiy harakatni kuchaytirish va maqtash
yordamida u boshqa harakatlarga e’tibor bermasligi va chalg’imasligiga yordam
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
110
beradi. Biz bilamizki hamma narsaga yaxshi ko‘z va e’tibor bilan qaralsa albatta
yaxshi boladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 Жалилова С. Х., Бердиев Г., Махмудова Д. А., Ботиров Б.М., «Шахснинг
психик тараккиёти диагностикаси». – Т., 2009. 49-б.
2 Педагог-психолог Паскидова О.Н. //Особенноти детей с синдромом
дефицита внимания и гиперактивности// -М., 2010. 1,3-б.
3 И.В. Абрамовская., Е.В.Малыхина., «Психологический портрет
гиерактивности ребенка в младшем школьном возрасте: феномен, факторы
возникновения и формы проявления». 2022. 94,95-с.
4 Воронин, Н.А. « Особенности памяти у детей с синдромом дефицита
внимания и гиперактивности 6-8 лет».-М. 2008. 53- с.
5 Abdimurodova D.A., Nurmo‘minova D.E., //Maktabgacha va maktab
yoshidagi bolalarda giperaktivlik//., 2023. 1,2-b
