International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
164
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINING IJRO
ETILISHI JARAYONIDA ADVOKATNING ROLI VA ISHTIROKI
Voxidov Muxtorjon
Namangan Davlat Universiteti yuridik fakulteti
Yurisprudensiya yo‘nalishi, 4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada - advokatning sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarining ijrosidagi o‘rni va xususiyatlari tahlil qilinadi. Advokatning ushbu
jarayondagi vazifalari,huquq va majburiyatlari,huquqiy maqomi va amaliy
muommolari ko‘rib chiqilib,advokatlarning ijro tizimidagi rolini kuchaytirish hamda
huquqiy tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
advokat, sud hujjatlari, huquqiy ijro, advokatlik faoliyati, huquqiy
himoya, Advokat vakolatlari, Himoyachi ishtiroki, Advokatura faoliyati.
РОЛЬ И УЧАСТИЕ АДВОКАТА В ИСПОЛНЕНИИ СУДЕБНЫХ
ДОКУМЕНТОВ И ДОКУМЕНТОВ ИНЫХ ОРГАНОВ
Аннотация:
В данной статъе аналазиуется роль и осoбенности участия
адвоката в исполнении судебньх актов и документов других органов.
Рассматриваются обязанности, права и правовой статус адвокатов, а также
практические проблемы, связанные с данным процессом. Разрабатываются
предложения по усилению роли адвокатов в система исполнения и повышению
эффективности правовой системы
Ключевые слова:
адвокат, судебные акты, правовое исполнение,
правовой защита, участие защитника, деятельность адвокатуры
THE ROLE AND PARTICIPATION OF A LAWYER IN THE
PERFORMANCE OF COURT DOCUMENTS AND DOCUMENTS OF
OTHER BODIES.
Abstract:
This article analyzes the role and characteristics of a lawyer in the
enforcement of court decisions and other official documents. It examines the lawyer’s
duties, rights, legal status, and practical issues related to this process. Proposals are
developed to strengthen the role of lawyers in the enforcement system and improve
the efficiency of the legal framework.
Keywords
: lawyer, court documents, legal enforcement, legal practice, legal
protection, lawyer's authority, defender’s participation, bar association activities.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
165
Ma’lumki, dunyo bo‘yicha barcha huquqiy davlatlarda sud hujjatlari va boshqa
organlarning qarorlarini belgilangan muddatda va to‘liq ijro etilishi, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Xususan,
ushbu jarayon qonuniylik, adolat va huquqiy himoyaning kafolatlarini o‘z ichiga
oladi. Shuningdek, hujjatlarning to‘la hajmda va sifatli ijro etilishi bilan bog‘liq
muammolar amaliyotda tez-tez uchraydi. Bunday holatlarda advokatlarning ishtiroki
muhim ahamiyat ega.
Advokatlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish jarayonida
huquqiy yordam ko‘rsatadi, tomonlarga ularning huquq va majburiyatlarini
tushuntiradi, ijro jarayonida huquqiy nizolarni hal etishda ishtirok etadi.Bundan
tashqari,ular ijro jarayonida yuz beradigan qonunbuzarliklarning oldini olish,
shaxslarning huquqlarini himoya qilish va adolatni ta’minlashda asosiy
vositachilardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada advokatning sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarining ijrosidagi o‘rni va xususiyatlari batafsil o‘rganiladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini qonuniy asosda ijro etilishi talab
etiladi. Chunki sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini to‘la hajmda ijro etilishi
huquqiy tizimning samarali ishlashini ta'minlaydi va jamiyatda tartibni saqlashda
muhim hisoblanadi.Shuning uchun ham mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish borasida muhim qonun va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qilinmoqda. 2001-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g’risida”gi qonuni qabul
qilingan bo‘lib, yuqorida qayd etilgan qonunning asosiy maqsadi sud hujjatlari
qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish jarayonida jismoniy yoki yuridik
shaxslar zimmasiga pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni o‘zga shaxslarga berish
yoki ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni
amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa
organlarning hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni
tartibga solishdir.
Shu bilan birga, ushbu qonunda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini
majburiy ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy
ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatilishi ularning
vakolatlari qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi
belgilangan.
Bundan tashqari mazkur qonunda pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi sud
hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etishda qonunda
nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari
tomonidan amalga oshirilishi ham belgilab qo‘yilgan.
1.2001-yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
to’g’risida”gi qonuni
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
166
Ushbu qonunda ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari va boshqa organlarining
hujjatlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: Fuqarolik ishlari
bo‘yicha sudlarning, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari
va qarorlari, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining
mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi
hukmlar, ajrimlar va qarorlar; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar
bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi; alimentlar to‘lash
to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlari va hakamlik sudining qarorlari
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining
ijrosida advokatning roli juda muhim bo‘lib, u fuqaro va yuridik shaxslarning
huquqlarini himoya qilish, ijro jarayoni qonuniyligini ta’minlash va tegishli organlar
bilan huquqiy hamkorlik qilishda ishtirok etadi. Advokatning sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarining ijrosidagi o‘rni va xususiyatlari haqida so‘z yuritsak, ular
quyidagilardan iborat, bu advokatning huquqlaridir. Advokat mijozining huquqlari va
manfaatlarini himoya qilish maqsadida ijro jarayonida ishtirok etishga haqlidir. U ijro
hujjatlariga nisbatan murojaatlar, arizalar va boshqa huquqiy harakatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
Xususan, agar ijro harakatlari qonuniy asosga ega bo‘lmasa, uni kechiktirish
yoki to‘xtatish bo‘yicha sudga yoki boshqa vakolatli organlarga murojaat qilish
huquqiga ega. Advokat ijro hujjatlari bo‘yicha shikoyatlar berish va bu hujjatlarni
qayta ko‘rib chiqish uchun huquqiy asoslarni taqdim etish huquqiga ham ega.
Shunindek, advokat ijro jarayonida mijozining huquqlarini himoya qilishga majbur
bo‘ladi va ularni noqulay vaziyatlardan himoya qilishda ishtirok etadi.
Advokat ijro hujjatlari va boshqa qarorlarni tahlil qilib, ularning qonuniyligini
tekshiradi, agar kerak bo‘lsa,hujjatlarda xatoliklar va nizolarni aniqlaydi.Bundan
tashqari, advokat mijoziga ijro jarayonida qanday harakatlarni qilish va qanday
qarorlar qabul qilish kerakligi bo‘yicha maslahatlar beradi va har bir qarorning
huquqiy oqibatlarini tushuntiradi.Ijro jarayonida yuzaga kelgan nizolarni hal qilish
uchun shikoyatlar, arizalar yoki boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlaydi va ularni
tegishli organlarga taqdim etadi.
Sud qarorlarini ijro etish masalasi ko'pincha advokatning ishtirokini talab qiladi.
Advokat ijro hujjatlari bo'yicha ishni ko'rib chiqayotganda sud yoki ijro idoralarida
mijozining manfaatlarini himoya qilish uchun ishtirok etadi. Sud hujjatlari va boshqa
organ hujjatlarining ijro etilishida advokat muhim rol o‘ynaydi. Sud qaror chiqargani
bilan uni ijro etish jarayonida qonun buzilish holatlari bo‘lishi mumkin. Bunday
hollarda advokat o‘z mijozlarini qonuniy huquqlarini himoya qiladi. Bundan tashqari
agar ijro hujjatlari bo'yicha noto'g'ri yoki noqonuniy harakatlar amalga oshirilayotgan
bo'lsa, mijozining huquqlarini himoya qiladi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
167
Germaniya va O'zbekistonda advokatlarning sud hujjatlarini ijro etishdagi
vakolatlari bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.Har ikkala
mamlakatda ham advokatlar mijozlarining huquqlarini himoya qilish va sud
hujjatlarining to'g'ri ijro etilishini ta'minlash uchun faol ishtirok etadi.Ammo har
ikkala davlatda bu jarayonlar o'rtasida ba'zi bir farqlar mavjud.
Germaniyada advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat
Advokatlik to'g'risidagi qonun (Bundesrechtsanwaltsordnung, BRAO)hisoblanadi.
Shuningdek, Advokatlar etika kodeksi advokatlarning kasbiy axloqiy
me'yorlarini belgilaydi, mijozlarga nisbatan munosabat, sirni saqlash va kasbiy xulq-
atvor haqida. Germaniyada advokatning huquqlari yuqori darajada himoyalangan.
Misol uchun, agar ayblovlar jiddiy bo'lsa yoki ayblanuvchiga jazo tahdid qilinsa,
advokatning ishtiroki talab etiladi va hatto ayblanuvchi buni xohlamasa ham advokat
tayinlanadi.Advokatlar sud qarorlarining qonuniyligini tekshiradi, ijro jarayonini
nazorat qiladi va zarurat tug‘ilganda ijro etishni to‘xtatish yoki qayta ko‘rib chiqish
talablarini kiritishi mumkin. Germaniyada advokatning roli sud hujjatlarini to‘g‘ri va
adolatli ijro etilishini ta'minlashda muhim hisoblanadi. Advokatning mustaqilligi
qonun bilan himoyalangan va unga qarshi harakatlar noqonuniy hisoblanadi.
Shu bilan birga, O'zbekistonda ham advokatlar huquqlari va majburiyatlari bir
qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan. Asosiy qonunlardan biri
Advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun bo‘lib, ushbu qonun advokatlarning sud
hujjatlarini ijro etishdagi vakolatlarini, shuningdek, ularning kasbiy etikasi va
huquqiy majburiyatlarini belgilaydi. O'zbekistonda ham advokatlar mijozlarning
huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etadi, ammo ayrim hollarda advokatlar
vakolatlarini cheklash yoki uning faoliyatiga aralashish holatlari uchrashi mumkin.
Advokatlar sud qarorlarini nazorat qilishda ishtirok etadi.
Shunindek, Germaniyada advokatlarning huquqlari va majburiyatlari bir nechta
normativ-huquqiy
hujjatlar
bilan
tartibga
solinadi.
Ularning
faoliyatini
muvofiqlashtirish uchun bir qancha muhim tashkilotlar mavjud. Germaniyada 28 ta
advokatlar uyushmasi faoliyat yuritadi, ularning asosiy uyushmasi
Federal
Advokatlar Assotsiatsiyasi (BRAK)
bo'lib, bu tashkilot butun mamlakat bo'ylab
faoliyat yuritayotgan advokatlar uyushmalarining soyabon tashkilotidir.
Advokatlar o'z faoliyatini mustaqil tarzda amalga oshiradigan tizimga ega bo'lib,
BRAK 1959-yilda advokatlarning o'zini o'zi boshqarishining bir qismi sifatida tashkil
etilgan. 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, Germaniyada jami 165 776 nafar advokat
faoliyat yuritadi, ulardan 28 ta advokatlar kollegiyasiga qabul qilindi, shundan
ayol
advokatlar
soni ham muhim rol o'ynaydi.
2. Germaniya federal advokatlar to'g'risidagi qonun.’’ Bundesrechtsanwaltsordnung’’
3. https://www.brak.de/die-brak/die-brak-in-zahlen/
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
168
Germaniya va O'zbekistonda advokatlarning sud hujjatlarini ijro etishdagi
vakolatlari o'xshashliklarga ega bo'lsa-da, har ikki mamlakat o'rtasida muayyan
farqlar ham mavjud. Germaniyada advokatlarning huquqlari yuqori darajada
himoyalangan va mustahkam normativ-huquqiy asoslarga tayangan, O'zbekistonda
esa ba'zi holatlarda advokatlarning roli va vakolatlariga ba'zi cheklovlar qo'yilishi
mumkin. Biroq, ikkala mamlakatda ham advokatlar sud jarayonlarida faollik
ko'rsatib, mijozlarning huquqlarini himoya qilishga intiladilar.
Shu bilan birga, advokatning huquqlari bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar
bilan mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura
to‘g’risidagi” qonunida ham advokatning huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib,
ushbu qonun advokatning huquqiy holatini, uning vakolatlarini va majburiyatlarini
belgilaydi, shu jumladan ijro hujjatlarini ijro etishdagi roli haqida ham ma'lumot
beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining
138-moddasida
Sud
hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor
shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiyligi belgilab qo‘yilgan.
Bundan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, sud hujjatlari barcha shaxslar
uchun majburiydir. Agarda ular beligilangan tartibda ijro etilmasa qonunda
belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Bu holat bir nechta normativ- huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinining
232-moddasi 1-qismida, muayyan harakatlarni sodir etish yoki ularni sodir etishdan
o‘zini tiyish majburiyatni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirganlik
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishida advokat quyidagi
yo‘nalishlarda ishtirok etadi, fuqarolik ishlari bo‘yicha ijro jarayonida sud
qarorlarining ixtiyoriy va majburiy ijrosini ta’minlashda mijoz manfaatlarini himoya
qiladi. Qarzdor yoki undiruvchi tomon nomidan sudga va ijro organlariga murojaat
qiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha ijro jarayonida hukm ijro etilish jarayonida himoya
vazifasini bajaradi va jazoni yengillashtirish, afv etish yoki shartli ravishda ozod
qilish bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasida
advokatning sud va boshqa organlar hujjatlarining ijro jarayonida ishtirok etishi
muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, advokat ijro jarayonida sud qarorlarining
belgilangan muddatda va to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiladi, huquqbuzarliklar yuzaga
kelganda ularni bartaraf etish uchun huquqiy choralar ko‘radi hamda mijozlariga ijro
organlari bilan munosabatda qonuniy asosda yordam beradi. Bundan tashqari,
4.O’zbekiston Respublikasining “Advokatura to’g’risidagi” qonunida
5.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining
138-moddasida
6.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinining 232-moddasi 1-qismida
