Авторы

  • Хатира Уктамова
    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Биография автора

  • Хатира Уктамова, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
    “Boshlang’ich ta’lim” 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70024

Ключевые слова:

raqamli tenologiyalar ta’lim samaradorligi interaktiv o’qitish o’yinli metodlar innovatsion pedagogika

Аннотация

Maqolada bolalarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirishning usullari va samarali o’qitish ahamiyati haqida gap boradi. O’yin elementlarini qo’shish,raqamli texnologiyalardan foydalanish, darslarda guruh bo’lib ishlash, darslarni hayotiy misollar bilan bog’lay olish kabi usullar tavsiya etiladi. Bu usullar darsning qiziqarli va interaktiv bo’lishiga yordam beradi. Ushbu maqola o’qituvchilar va ota-onalar uchun foydali tavsiyalarni o’z ichiga oladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

298

BOLALARNING DARSLARGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI

OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI

Uktamova Xatira Dilmurod qizi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

“Boshlang’ich ta’lim” 3-kurs talabasi

Annotatsiya:

Maqolada bolalarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirishning

usullari va samarali o’qitish ahamiyati haqida gap boradi. O’yin elementlarini
qo’shish,raqamli texnologiyalardan foydalanish, darslarda guruh bo’lib ishlash,
darslarni hayotiy misollar bilan bog’lay olish kabi usullar tavsiya etiladi. Bu usullar
darsning qiziqarli va interaktiv bo’lishiga yordam beradi. Ushbu maqola o’qituvchilar
va ota-onalar uchun foydali tavsiyalarni o’z ichiga oladi.

Kalit so’zlar:

raqamli tenologiyalar, ta’lim samaradorligi, interaktiv o’qitish,

o’yinli metodlar,innovatsion pedagogika

Аннотация:

В статье говорится о способах повышения интереса детей к

урокам и важности эффективного обучения. Рекомендуются такие методы, как
добавление игровых элементов, использование цифровых технологий, работа в
группах на уроках, соединение уроков с примерами из реальной жизни. Эти
методы помогают сделать урок интересным и интерактивным. В данной статье
содержатся полезные рекомендации для учителей и родителей.

Ключевые слова:

цифровые технологии, эффективность образования,

интерактивное обучение, игровые методы, инновационная педагогика.

Annotation:

The article talks about ways to increase children's interest in

lessons and the importance of effective teaching. Methods such as adding game
elements, using digital technologies, working in groups in lessons, connecting lessons
with real life examples are recommended. These methods help to make the lesson
interesting and interactive. This article contains useful recommendations for teachers
and parents.

Key words:

digital technologies, educational efficiency, interactive teaching,

game methods, innovative pedagogy


KIRISH
Prezidentimiz shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasiga doimiy e’tibor qaratib

keladilar. Ularning nutqlarida ta’lim islohati, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va
yosh avlodni tarbiyalash muhimligi haqida ta’kidlab keladilar. Ular ta’lim sifati va
innovatsiya haqida: “Bugungi zamonaviy dunyoda ta’lim tizimining oldida turgan
eng katta vazifa – yoshlarni ilm-fan va texnologiyalarni o‘zlashtirishga undash, ularni
mustaqil fikrlaydigan, yangi g‘oyalar yaratadigan shaxs sifatida tarbiyalashdir.” deb


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

299

fikr yuritadilar. Zamonaviy ta’lim tizimida bolalarning faolligini oshirish va ularda
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish muhim vazifa hisoblanadi. An’anaviy dars
uslubio‘quvchilarni zeriktirib qo‘yishi, diqqatni jamlashni qiyinlashtirishi va
bilimlarni uzoq vaqt eslab qolishda samaradorlikni pasaytirishi mumkin. Shu sababli,
pedagoglar dars jarayonini yanada qiziqarli va interaktiv qilish uchun turli
metodlardan foydalanadilar.Qiziqarli dars usullari bolalarning o‘zlashtirish darajasini
oshiribgina qolmay, balki ularning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga, mustaqil
fikrlashga va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi. Ushbu
maqolada bolalarga darsni qiziqarli o‘tishning samarali usullari, ularning afzalliklari
hamda amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan yondashuvlarni tahlil qilishni lozim
topdik.

Dastlab o’yinli ta’limi tog’risida fikrlashamiz.Bolalar tabiatan o‘yin orqali

o‘rganishga moyil bo‘lganlari sababli, dars jarayoniga o‘yin elementlarini qo‘shish
ularning qiziqishini oshiradi va darslarda faol ishtirok etishga undaydi. Ta’limiy
o‘yinlar o‘quvchilarning diqqatini jamlash, mantiqiy fikrlash va ijodiy yondashuv
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Navbatdagi metod bu-vizual materiallardan foydalanish.
Bolalar vizual obrazlar orqali tezroq o‘rganadilar. Rang-barang tasvirlar,

diagrammalar va animatsiyalar ma’lumotlarni yaxshiroq tushunishga va eslab
qolishga yordam beradi.

Amaliyotda qo‘llash yo‘llari. Rang-barang plakatlar, kartochkalar va suratlar –

mavzuni yanada tushunarli qilish uchun vizual materiallardan foydalanish samarali
usullardan biri.

Interaktiv doska yoki taqdimotlardan foydalanish – darsni qiziqarli va samarali

o‘tkazish uchun zamonaviy texnologiyalarni darslarda qo’llash foydali.

Ta’limiy videolar va animatsiyalar – qiyin tushunchalarni soddalashtirish va

ko‘rgazmali tarzda tushuntirib berish.

Jismoniy harakatlar bilan bolani jalb qilish.Bolalar uzoq vaqt joyida o‘tirib,

diqqatini jamlashda qiyinchilikka duch kelishlari mumkin. Shuning uchun dars
jarayonida jismoniy harakatlarni qo‘shish ularning faolligini oshiradi va o‘rganish
jarayonini yanada samarali qiladi. Jismoniy harakatlarning ko'p qo'llanib kelayotgan
bir nechta turlari bor.

Birinchisi alifboni havoda chizish usuli bunda bolalar harflarni havoda yoki

doskada yozib, talaffuz qilishadi. Navbatdagisi matematik qadamlar misollarni
yechish davomida har bir tog'ri javob uchun bir qadam oldinga yurish. Yana bir
jismoniy harakat turi tasavvurli o'yinlar "hayvonlar harakati" o'yini unda bolalar
hayvonlar tovushi va harakatlarini takrorlashadi.

Hikoya va tasavvurga asoslangan o’qitish bu-bolalar hikoya eshitish va tasavvur

kirishish orqali darsni yaxshiroq tushunishadi. Masalan:1.Obrazga kirish – bolalar


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

300

hikoya qahramonlari obrazini o‘ynashadi va ularga o’xshab gapirishadi.2.Hikoya
yaratish – berilgan rasmlar yoki so‘zlar asosida o‘quvchilar o‘z hikoyalarini tuzishlari
kerak.

3.Savol-javob orqali hikoya davom ettirish – o‘qituvchi hikoyani boshlaydi,

bolalar esa uni davom ettirishlari mumkin.

Darslarda texnologiyalardan foydalanish samarali usullardan biri chunki XXI

asrda raqamli ta’lim vositalari o‘quv jarayonini samarali qilishga katta imkoniyat
yaratadi. Ta’lim texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar natijasida, raqamli o‘yinlar va
interaktiv platformalar bolalarning diqqatini uzoq vaqt ushlab turishga yordam beradi

Hozirgi kundagi samarali texnologiyalarni judayam ko’p turlarini uchratishimiz

mumkin. Bularga quizizz va kahoot – interaktiv testlar va viktorinalar uchun foydali
va keng qamrovli texnologik vosita. LearningApps ilovasi– vizual o‘yinlar orqali
bilimni mustahkamlash imkonini beradi. Scratch va kodlash – boshlang‘ich sinflar
uchun mantiqiy tafakkurni rivojlantirish. Dars berish jarayonida qiziqarli usullardan
foydalanish juda muhim hisoblanadi. Chunki bolalar tabiatan qiziquvchan va faol
bo'lishadi. Agar o'qituvchi darsni zerikarli va faqatgina eski metodlardan foydalanib
faqatgina ma'lumot berishga o'rganib qolgan bo'lsa, o'quvchi bundan charchaydi va
o'sha fanga nisbatan yomon ko'rish hissi uyg'onadi va vaqt o'tib darsga e'tiborsiz, sust
bo'lib qoladi. Qiziqarli dars berishning foydali tomonlari ko’p, bulardan ba’zilar bilan
tanishamiz.

●E'tiborni jamlash uchun- o'yinlar va darslarda guruh bo'lib musobaqalar darsga

bo'lgan qiziqishni ortiradi va darsni samaradorligini oshiradi.

●Bilimni muatahkamlaydi- tajriba, amaliy mashg'ulotlar va biror muommoli

vaziyat tahlil qilinsa dars mustahkamroq bo'ladi.

● Ijodkorlik qobilyatini rivojlantiradi- qiziqarli dars usullari o'quvchilarni erkin

fikrlashga, yopiq muommolarga yechim topishga va o'z ustida ishlashga chorlaydi.

● O'quvchilarni faolligini oshiradi- eski faqatgina tushuntirish, suxbat usulliga

qaraganda interaktiv yondashuvlar bolalarni dars jarayonida faol bo'lishga undaydi.
Eng asosiysi darsda yaxshi o'quvchilar va a'lochilar soni ko'payib boradi.

Afsuski qiziqarli dars metodlarini amalda qo'llash uchun ba'zi muommolar

bo'lishi mumkin. Bular:

● Vaqt yetishmasligi
●Resurslar cheklanganligi
●O'quvchilarni aqliy va jismoniy farqlari
Vaqt yetishmasligi deganda har bir metod, o'yinlar alohida vaqt talab qilishi

mumkin. Bu uchun biz vaqtni tog'ri taqsimlay olishimiz kerak. Resurslar hamma
maktablarda texnologik imkoniyatlar yoki kerakli materiallar mavjud emas. Shuning
uchun maktabning ahvolidan kelib chiqib darslarni qiziqarli qilishga harakat qilishga
harakat qilish. O'quvchilarimi aqliy va jismoniy farqlari har bir bola turli usullarda


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

301

o'rganadi,shuning uchun har bir bolani fe'l-atvoridan kelib chiqib moslashish ularni
o'rgana olish kerak.

XULOSA
Ta’lim jarayonida an’anaviy yondashuvlardan tashqari, o’yinli metodlar, vizual

ko’rgazmalar texnologiyalarni qo’llash zarur.

Bu metodlar bolalarning kognitiv va psixologik rivojlanishiga yordam beradi va

ta’limga bo’lgan motivatsiyani oshiradi hamda bilimlarni chuqurroq egallashga
xizmat qiladi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.Raximqulov,K.(2012) Milliy harakatli o’yinlar. Toshkent:Tafakkur- Bo’stoni”.
2.Karima Qosimova “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent “Nosir” (2009)
3.http://manzura90.zn.uz
4.Medina, J. Miya qoidalari 12ta tamoyili (2008)
5.Shaxmatov,

V.P.(2015)

pedagogic

innovatsiyalar

va

zamonaviy

texnologiyalar.Toshkent.Fan


Библиографические ссылки

Raximqulov,K.(2012) Milliy harakatli o’yinlar. Toshkent:Tafakkur- Bo’stoni”.

Karima Qosimova “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent “Nosir” (2009)

Medina, J. Miya qoidalari 12ta tamoyili (2008)

Shaxmatov, V.P.(2015) pedagogic innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar.Toshkent.Fan