Авторы

  • Зухрахон Шокиржонова
    Farg‘ona davlat universiteti

Биография автора

  • Зухрахон Шокиржонова, Farg‘ona davlat universiteti
    Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.72526

Ключевые слова:

innovatsiya innovatsion oʻqitish innovatsion ta'lim innovatika innovatsion ta’lim muassasasi ta’lim.

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim sohasida innovatsiyalar va ularning mohiyati, turlari hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi yoritilgan. Ta’lim standartlarining takomillashtirilishi, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, innovatsion ta’lim muassasalari va texnologiyalar joriy etilishi bilan bog‘liq jarayonlar tahlil qilingan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

43

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO‘LAJAK

TARBIYACHILARDA UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARNI

RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR

Shokirjonova Zuhraxon Murodjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

zuhraxon0307@gmail.com


Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta’lim sohasida innovatsiyalar va ularning

mohiyati, turlari hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi yoritilgan. Ta’lim
standartlarining

takomillashtirilishi,

moddiy-texnik

bazani

mustahkamlash,

innovatsion ta’lim muassasalari va texnologiyalar joriy etilishi bilan bog‘liq
jarayonlar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

innovatsiya, innovatsion oʻqitish, innovatsion ta'lim, innovatika,

innovatsion ta’lim muassasasi, ta’lim.

Kirish.

Hozirgi kunda jamiyatning har tomonlama rivojlanishi ta'lim tizimining uzluksiz

takomillashtirilishini

talab

etmoqda.

Globallashuv

jarayoni,

axborot

texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi va mehnat bozoridagi raqobatning
kuchayishi zamonaviy ta’lim standartlari va innovatsion yondashuvlarni ishlab
chiqish zaruratini tug'dirmoqda. Shu sababli, mamlakatimizda ta'lim tizimi
bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinib, ilg‘or texnologiyalar asosida ta’lim
jarayonini tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi

kunda

ta’lim

muassasalarining

moddiy-texnik

bazasi

mustahkamlanmoqda, o‘quv dasturlari zamonaviy talablar asosida yangilanmoqda va
innovatsion texnologiyalar ta’lim jarayoniga joriy etilmoqda. Innovatsion ta’lim
tizimining shakllanishi, uning mohiyati va ahamiyati bugungi pedagogik
tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Asosiy qism.

Hozirgi taraqqiyotimizning talablari asosida ta'lim standartlari takomillashtirilib,

dasturlar modernizatsiya qilinib, ta'lim muassasalariga yetkazilib berilmoqda. Ta'lim
muassasalarining moddiy bazalari jadallik bilan mustahkamlanmoqda.

Yangi turdagi kasb-hunar kollejlari, universitetlar va institutlar qoshida

akademik litseylar, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va kapital
ta'mirlash, yangi zamonaviy asbob-uskunalari, o'quv qurollari, texnika vositalari va
kompyuterlashtirish ishlari aniq davlat rejalari asosida amalga oshirilmoqda.

Innovatikaning asosiy tushunchalari


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

44

Yangilik: g'oya, aniq bir shaxs uchun yangilik, vosita (yangi metod).

Innovatsiya:

1) yangilanish, o'zgarish;
2) biror-bir yangilikni kiritish;
3) yangilikni o'zlashtirish jarayoni.
Innovatikaning asosiy tushunchalari
Innovatsiya (inglizcha Innovation yangilik kiritish) - tizim ichki tuzilishini

o'zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning
mazmuniy tomonini o'z ichiga oladi (ilmiy g'oyalar va ularning texnologiyalarini
amaliyotga kiritish).

Pedagogik yangilik -

pedagogik faoliyatda ilgari ta'lim jarayonida noma'lum

bo'lgan o'zgarishlarni kiritish orqali ta'lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini
boyitish va uni rivojlantiruvchi vositasidir.

Innovatika -

yangilikni yaratilish qonuniyatlarini o'zlashtirishni va targ'ib-

targ'ibotini o'rganadigan fan.

Innovatsion jarayon-

yangilikning kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimni yangi

ko'rsatgichlarga muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlovchi o'zgarishdir. Innovatsion
oʻzgarishlarga tayyorgarlik ko'rish va uni amaliyotga kiritish jarayonidir.

Innovatsion pedagogik g'oya-

tizimlashtirilgan pedagogik g'oyalar; o'quv

jarayoni bashorat etilishi, ma'lumotlar to'plami.

Innovatsion ta'lim

1) ta'lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar;
2)yangilangan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta'lim jarayoni.

Innovatsion ta'lim muassasasi -

yangi tipdagi ta'lim muassasalari: akademik

litseylar, maktabgacha ta'lim kompleksi, shaxsiy maktabgacha ta'lim muassasalari,
ixtisoslashgan sinf va maktablar, gimnaziya, turli yo'nalishli, predmetlari chuqur
o'rgatiladigan maktablar va h.k.

Innovatsion texnologiya

- pedagogik taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan

tashkiliy faollik jarayoni (faollik, didaktik o'yinlar, evristik, kreativ, muammoli,
loyihashtirilgan, AKT texnologiyalari).

Innovatsion oʻqitish.

1) yangicha o'qitish tizimi,
2) va ta'lim oluvchilarni yangi kiritilgan texnologiyalar asosida o'qitish jarayoni

(algoritmlash, loyihali, modulli va b.).

Lug'aviy

jihatdan

"innovatsiya"

tushunchasi

ingliz

tilidan

tarjima

qilinganda("innovation") "yangilik kiritish" degan ma'noni anglatadi.

"Innovatsiya" tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

45

Innovatsiya muayyan tizimning ichki tuzilishini oʻzgartirishga qaratilgan

faoliyat "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi"da ko'rsatilishicha, innovatsiya
quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega:

"Innovatsiya (ingl. "innovationas" kiritilgan yangilik, ixtiro)
1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta'minlash uchun

iqtisodiyotga sarflangan mablag'lar;

2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg'or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya,

boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek,
ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo'llanishi".

Innovatsion ta'lim (ingl. "innovation" yangilik kiritish, ixtiro)ta'lim oluvchida

yangi g'oya, me'yor, qoidalarni yaratish, o'zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg'or
g'oyalar, me'yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni
shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta'lim.

Innovatsion ta'lim jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim

texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb nomlanadi.

Ta'lim innovatsiyalari ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni

yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha
samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.

Ta'lim innovatsiyalari "innovatsion ta'lim" deb ham nomlanadi. "Innovatsion

ta'lim"tushunchasi birinchi bor 1979 yilda "Rim klubi"da qo'llanilgan.

Innovatsiyalar turli ko'rinishga ega. innovatsiyalarning asosiy ko'rinishlari

sanaladi. Quyidagilar

- yangi g'oyalar;
-tizim yoki faoliyat yo'nalishini oʻzgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan'anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo'lmagan tashabbuslar;
- ilg'or ish uslublari
Ta'lim tizimida yoki o'quv faoliyatida innovatsiyalarni qo'llashda sarflangan

mablag' va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi koʻzlanadi.
Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat
qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega boʻlishi zarur.

Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'limda ham "novatsiya", "innovatsiya" hamda

ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to'g'risida so'z yuritiladi.

Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo'lib, faqatgina

tizimdagi ayrim elementlarni o'zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb
yuritiladi.

Bordi-yu, faoliyat ma'lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning

natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan oʻzgartirishga xizmat qilsa,
u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

46

Ilmiy adabiyotlarda "novatsiya" (yangilanish, yangilik)hamda "innovatsiya"

(yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e'tibor
qaratiladi. Misol uchun, V.I. Zagvyazinskiyning e'tirof etishicha, "yangi", "yangilik"
tushunchasi nafaqat muayyan g'oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan
yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda jarayon
elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo'lib, o'zgarib turuvchi
sharoit va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g'oyalarini o'zida
aks ettiradi.

Darhaqiqat, yangilik vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod,

metodika, texnologiya va b. koʻrinishida namoyon bo'ladi.

Mohiyatiga koʻra novatsiya va innovatsiya oʻrtasida muayyan farqlar

mavjud.

Zamonaviy ta'limga xos muhim jihatlardan biri pedagog faoliyatining

innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish
masalasi o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o'rganila boshlagan. Xususan,
X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen,
R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik,
N.V.Koʻzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan
ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish,
innovatsion g'oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy
mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror
bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy
harakatlar mazmunini yoritilgan. Mohiyatiga ko'ra innovatsiyalar munosabat yoki
jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O'z-o'zidan tizim sifatida
yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig'ini,
ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig'ida izchil rivojlanishi va
atrof-muhitga ko'rsatadigan oʻzaro ta'sirini ifodalaydi.

V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga

qaratilgan maqsadga muvofiq, yo'naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning
fikriga ko'ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy
subyektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag'batlantirish maqsadini
ko'zlaydi.

Xulosa.

Zamonaviy ta’lim tizimi innovatsion yondashuvlar asosida takomillashib

bormoqda. Ta’lim standartlari yangilanib, dasturlar modernizatsiya qilinmoqda,
moddiy-texnik baza mustahkamlanmoqda. Innovatsiya jarayoni yangilik kiritish, uni
o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Pedagogik


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

47

innovatsiyalar esa ta’lim jarayoniga ilg‘or metod va texnologiyalarni joriy etish orqali
sifatni oshirishga xizmat qiladi.

Innovatsion ta’lim yangi g‘oyalar va ilg‘or tajribalarga asoslanib, o‘quv

jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan. Akademik litseylar, ixtisoslashtirilgan
maktablar kabi innovatsion ta’lim muassasalari tashkil etilmoqda. Innovatsion
texnologiyalar esa o‘quv jarayonini interfaol, kreativ va samarali qilishga xizmat
qiladi.

Tadqiqotchilar innovatsiyani nafaqat yangilik yaratish, balki uni tizimli ravishda

joriy etish va rivojlantirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqadilar. Ta’lim
innovatsiyalarining asosiy maqsadi – ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni
amaliyotga tatbiq etish hamda o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishdan iborat. Shu
sababli, zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan samarali
foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Фарберман Т:"Фан", 2000 й. Б. Илғор педагогик технологиялар.-
2. Йўдошев Ж.Ф., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари:-Т.:

"Тарбиячи", 2004 й.

3. Толипова Ж.О. Педагогик технологиялар-дўстона муҳит яратиш омили.-

Т.: ЮНИСЕФ, 2005 й.

4. Толипов Ў.Қ., Усмонбоева M. Педагогик технологияларнинг тадбиқий

асослари (ўқув қўлланма).-Т.:" Фан" нашриёти, 2006 й.

5. Qodirova F.R., Toshpo'latova SH.Q., Kayumova N.M., Agzamova M.N.

"Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T-2019.

6. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risidagi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 802-сон Qarori. 22.12.2020

Библиографические ссылки

Фарберман Т:"Фан", 2000 й. Б. Илғор педагогик технологиялар.-

Йўдошев Ж.Ф., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари:-Т.: "Тарбиячи", 2004 й.

Толипова Ж.О. Педагогик технологиялар-дўстона муҳит яратиш омили.-Т.: ЮНИСЕФ, 2005 й.

Толипов Ў.Қ., Усмонбоева M. Педагогик технологияларнинг тадбиқий асослари (ўқув қўлланма).-Т.:" Фан" нашриёти, 2006 й.

Qodirova F.R., Toshpo'latova SH.Q., Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T-2019.

Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 802-сон Qarori. 22.12.2020