International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
93
TURKIYA RESPUBLIKASINING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI
DOIRASIDA TASHABBUSLARI
Murtazayeva Shodiya
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro munosabatlar fakulteti Magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqola Turkiya Respublikasining Turkiy Davlatlar
Tashkiloti (TDT) doirasidagi tashabbuslarini tahlil qilishga qaratilgan. Unda
Turkiyaning TDT doirasida ilgari surgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy tashabbuslari
hamda bu tashabbuslarning amalga oshirilishi jarayonlari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Turkiyaning mintaqaviy yetakchilikdagi roli va TDTga a’zo davlatlar
bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlari ham tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalari Turkiyaning TDT doirasidagi o‘rni va uning xalqaro maydondagi
geosiyosiy manfaatlarini yaxshiroq anglashga imkon beradi.
Kalit so‘zlar:
Turkiya, Turkiy Davlatlar Tashkiloti, tashabbuslar, savdo, xalqaro
talabalar, mintaqaviy hamkorlik, geosiyosiy manfaatlar, zamonaviy texnologiyalar,
investitsiya, siyosat, diplomatiya.
Abstract:
This article aims to analyze the initiatives of the Republic of Turkey
within the framework of the Organization of Turkic States (OTS). It examines
Turkey's political, economic, and cultural initiatives proposed within the OTS and the
processes of their implementation. Additionally, the study explores Turkey's role in
regional leadership and its efforts to strengthen cooperation with the member states of
the OTS. The findings of the study provide a deeper understanding of Turkey's
position within the OTS and its geopolitical interests on the international stage.
Keywords:
Turkey, Organization of Turkic States, initiatives, trade,
international students, regional cooperation, geopolitical interests, modern
technologies, investment, politics, diplomacy.
Kirish
Turkiya Respublikasi Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) doirasida strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan muhim tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda. Bu tashabbuslar
siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ta’lim va transport kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab
oladi. Turkiya o‘zining innovatsion tashabbuslari va yirik loyihalari orqali TDTni
xalqaro maydonda yanada nufuzli va mustahkam tashkilotga aylantirishga intilmoqda.
Ushbu sa’y-harakatlar tashkilotning barcha a’zo davlatlari o‘rtasida yanada keng
qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
94
Siyosiy tashabbuslar
: Ma'lumki, uzoq yillar davomida Sovet Ittifoqi tarkibida
bo‘lgan Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy aloqalari asosan
Moskvaning nazorati ostida cheklangan doirada amalga oshirilgan. Biroq, Sovet
Ittifoqining parchalanishi natijasida ushbu mintaqa davlatlari mustaqillikka erishdi va
Turkiya bilan birin-ketin diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Natijada, bu davlatlar
Turkiyaning tashabbusi bilan Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) doirasida birlashdi.
Bundan tashqari, Turkiya vositachiligida mintaqa davlatlari Yevropa Kengashi,
Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD), Iqtisodiy Hamkorlik
Tashkiloti (EHT) hamda Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) kabi
siyosiy, iqtisodiy va harbiy tuzilmalar bilan aloqalarni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi.
Shu bilan birga, Turkiyaning geosiyosiy va geostrategik mavqei, rivojlangan
iqtisodiyoti va G‘arb bilan nisbatan faol hamkorligi TDTga a’zo davlatlar uchun
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turkiyaning harbiy-texnik quvvati va mudofaa
sanoati sohasidagi yutuqlari turkiy davlatlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Ayniqsa, Turkiyaning “Bayraktar” dronlari TDT davlatlari uchun nafaqat
mintaqadagi, balki tashqi siyosatdagi harbiy qudratni mustahkamlashga xizmat
qilmoqda. Bu dronlar mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda ham muhim rol
o‘ynamoqda. Turkiyaning “Baykar Makina” kompaniyasi 2014 yilda “Bayraktar
TB2” nomi ostida harbiy dronlar ishlab chiqarishni boshlagan bo‘lib, mazkur
uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar o‘zining inqilobiy texnologiyasi bilan dunyo
bo‘ylab e’tirof etildi. Bugungi kunga kelib, “Bayraktar TB2” dronlariga bo‘lgan talab
sezilarli darajada oshdi, va ko‘plab davlatlar ushbu yuqori samarali harbiy
texnologiyani sotib olishga buyurtma bermoqda. Ushbu dronlar TDT davlatlariga
zamonaviy mudofaa tizimlari va harbiy strategiyalarni mustahkamlashda yangi
imkoniyatlar yaratmoqda.
Turkiyaning Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasidagi muhim tashabbuslaridan
biri 2010-yilda tashkil etilgan Xorijdagi Turklar va Qardosh Hamjamiyatlar
Boshqarmasi (YTB) hisoblanadi. Ushbu tashkilot turk qavmlariga mansub aholi va
xalqaro talabalarni Turkiyada ta’lim olish imkoniyatlari bilan ta’minlash maqsadida
ish olib boradi. Shu bilan birga, YTB xorijdagi turk diasporalari va qardosh xalqlar
o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashni o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilagan. Tashkilot
tomonidan taklif etilayotgan stipendiya dasturlari orqali TDTga a’zo davlatlarning
fuqarolari Turkiyada bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa tashkilot
doirasida madaniy va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
55
Özsoy, B. (2023). ‘TÜRK DÜNYASI’SÖYLEMİ İÇİNDE TÜRK DEVLETLERİ TEŞKİLATI’NIN ROLÜ VE
ÖNEMİ.
Anasay
, (25), 40-55.
56
https://kun.uz/news/2022/08/20/turk-harbiy-texnikasi-bayroqdori-barchani-oziga-jalb-qilgan-bayraktar-dronlari
57
https://ytb.gov.tr/daireler/uluslararasi-ogrenciler
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
95
Iqtisodiy tashabbuslar:
Iqtisodiy jihatdan TDTga a’zo davlatlar ichida Turkiya
eng rivojlangan davlat sifatida ko‘riladi. Jahon bankining rasmiy ma’lumotlariga
ko‘ra, Turkiya yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2023-yilda 1108,02 milliard AQSh
dollarini tashkil qilgan. Turkiyaning YaIM qiymati jahon iqtisodiyotining 1,05 foizini
tashkil qiladi.
Turkiya Respublikasining TDT doirasida muhim tashabbuslardan biri
bu albatta a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda
mintaqada iqtisodiy yetakchi davlat sifatida tan olinishni maqsad qilgan. Masalan
Turkiyaning TUSAID (Turkish Industrialists and Businessmen’s Association yoki
Türkiye Sanayicileri ve İş İnsanları Derneği) — Turkiyaning yirik biznes va sanoat
tashkilotlarini birlashtiruvchi asosiy nodavlat tashkilotlaridan biridir. Ushbu tashkilot
orqali Turkiya turkiy davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish biznes
va savdo-sotiq jarayonlarda qulay platforma sifatida xizmat qilib quyidagi muhim
yo‘nalishlarni o‘z ichiga olmoqda bular: TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo
hajmini oshirish va investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-
quvvatlash, Tadbirkorlar va biznesmenlar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, Iqtisodiy
siyosat va strategiyalarni ishlab chiqishda maslahatchi sifatida ishtirok etish,
Mintaqaviy ekologik dasturlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bundan tashqari, Turkiyaning so‘nggi yillarda G‘arb, xususan Yevropa Ittifoqi,
NATO va AQSh bilan o‘zaro munosabatlarida keskin uzilishlar yuzaga kelmoqda.
Shu bilan birga, Rossiya va Xitoy bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanib
borayotgani Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) tashkil etilishi va rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning “Dunyo
beshdan kattaroq” degan bayonoti adolatli va ko‘p qutbli dunyo tartibini barpo etish
zarurligini
ta’kidlaydi.
Zamonaviy
texnologiyalar
hayotimizni
tubdan
o‘zgartirayotgani kabi, global tartib-qoidalar ham qayta shakllanmoqda. Shu sababli,
Turkiya TDT doirasida muhim iqtisodiy tashabbuslar bilan chiqib, mintaqada
yetakchilik rolini mustahkamlamoqda. Tashkilotga a’zo davlatlarning o‘zaro
hamkorlik, savdo va farovonlikka qaratilgan sa’y-harakatlari mintaqada tinchlikni
saqlash hamda adolatli tartibni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Markaziy Osiyoda
Turkiyaning TDT doirasidagi maqsadlari ko‘p qutbli dunyoda faol ishtirok etish,
barqaror jamiyatni rivojlantirish, mustahkam hamkorlikni ta’minlash va mintaqaviy
tinchlikni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. TDTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi
hamkorlikning ikki asosiy yo‘nalishi mavjud: birinchisi, energetika sohasidagi
aloqalarni rivojlantirish; ikkinchisi, Ipak yo‘li bo‘ylab savdo munosabatlarini
mustahkamlash. Bu ikki yo‘nalishda ham Turkiya muhim rol o‘ynamoqda. Turkiya
tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan O‘rta yo‘lakni investitsiyalar uchun jozibador qilish,
shuningdek, Kaspiy orqali o‘tuvchi suv resurslari, ayniqsa Turkmaniston gazini
58
https://tr.tradingeconomics.com/turkey/gdp
59
https://tusiad.org/en/tusiad/about
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
96
Turkiya va Yevropaga yetkazib berish borasidagi tashabbuslarning ahamiyatini
alohida ta’kidladi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida Turkiya har
tomonlama hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
Turkiya Respublikasi mintaqada
o‘zining jozibali investitsiyalari bilan mashhurlikka erishgan, ayniqsa qurilish
sohasida u yetakchilik qilmoqda. So‘nggi 30 yil ichida turk investorlari tomonidan
mintaqada milliardlab loyihalar amalga oshirilgan. Yaqinda qurilishi tugallangan
Transanadolu tabiiy gaz quvuri (TANAP)
orqali Turkmaniston gazini Janubiy gaz
koridoriga ulashish rejalashtirilgan. Biroq, Turkmanistonning Xitoyga bo‘lgan
iqtisodiy qaramligi sababli, bu loyiha kelajakda keskin o‘zgarishlarga uchrashi
mumkinligi ekspertlar tomonidan shubha ostiga olinmoqda. TDTning yana bir
muhim a’zosi bo‘lgan O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi iqtisodiy va siyosiy
ochiqligi, Turkiya hukumati va investorlarini xursand qilmoqda. Chunki
O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimov davrida Turkiyaning Markaziy
Osiyodagi faol strategiyasi uchun to‘siq bo‘lib kelgan edi. Ammo 2016-yilda
O‘zbekiston hukumatiga yangi tashabbuskor siyosatchi Shavkat Mirziyoyev
kelganidan so‘ng, Anqaraga ishonch yanada oshdi. 2018-yilda Turkiya Prezidenti
Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Toshkentga rasmiy tashrifi ikki mamlakat uchun yangi
imkoniyatlarni yaratishga xizmat qildi. Ushbu tashrif doirasida turli sohalarda 24 ta
bitim imzolandi va aholisining soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik
qilayotgan O‘zbekiston bozori turk investorlarining tashabbuslari uchun yangi
imkoniyatlar yaratdi. Turkiya, o‘zining rivojlangan xususiy sektoridagi tajribalari
bilan, O‘zbekistonda ichki iqtisodiy islohotlar jarayonida eng yaxshi namuna sifatida
ish olib borishni boshladi. Shu bilan birga, bir qator katta loyihalarni amalga
oshirayotgan Turkiya, mintaqada yetakchiligini yanada mustahkamlab bormoqda.
Madaniyat va ta’lim sohasidagi tashabbuslar:
Turkiya Turkiy Davlatlar
Tashkiloti doirasida madaniy va ta’lim sohalarida bir qator muhim tashabbuslarni
ilgari surib, mintaqada o‘z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Madaniy va ta’lim
sohalaridagi hamkorlik xalqaro munosabatlarda davlatning yumshoq kuchini
namoyish qilishga yordam beradi. Bu orqali davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va
hamjihatlik aloqalari mustahkamlanib, o‘zaro ishonchning shakllanishiga zamin
yaratadi. Turkiyaning bu yo‘nalishdagi muhim tashabbuslari quyidagilardan iborat:
Turk Madaniyatini Asrash va Rivojlantirish Tashkiloti (TURKSOY): Turkiyaning
tashabbusi bilan 1993-yilda tashkil etilgan bu tuzilma Turkiy davlatlar o‘rtasidagi
madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan asosiy institut hisoblanadi.
60
61
Ikkita qardosh davlat Turkiya va Ozarbayjonning energiya sohasidagi bugungi kungacha davom etgan muvaffaqiyatli
hamkorligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan Trans Anadolu Tabiiy Gaz Trubkasi Loyihasi (TANAP),
Janubiy Kavkaz Trubkasi (SCP) va Trans Adriatik Trubkasi (TAP) bilan birgalikda Janubiy Gaz Korridori ning eng
muhim halqasini tashkil etadi.
https://www.tanap.com/tanap-projesi
62
https://www.ispionline.it/en/publication/power-quiet-turkeys-central-asia-strategy-24069
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
97
TURKSOY orqali turli madaniy tadbirlar, anjumanlar va ilmiy konferensiyalar
uyushtiriladi, bu esa mintaqaviy madaniy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Navro'z bayrami 21-mart kuni butun Yevroosiyo xalqlari tomonidan keng
nishonlanadigan qadimiy an’ana hisoblanadi. Aynan TURKSOY tashabbusi bilan
ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Xalqaro Navro'z kuni deb
e’lon qilingan. Bahorning boshlanishini ifodalovchi bu kun turkiy xalqlar uchun
chuqur ramziy ma’noga ega bo‘lib, Navro'z ayyomi avloddan-avlodga o‘tib
kelayotgan umumiy madaniy meros sifatida qadrlanadi. TURKSOY ushbu an’anani
keng miqyosda va yuqori kayfiyatda nishonlash maqsadida har yili turkiy dunyoda
yuzlab san’atkorlar ishtirokida Navro'z bayrami tadbirlarini tashkil etadi. Madaniyat
va san’at tadbirlari bilan bir qatorda, TURKSOY ilmiy va akademik faoliyatga ham
o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bu jarayonda uch tilda chop etiladigan adabiyot va
ijtimoiy fanlar bo‘yicha kongress hamda simpoziumlar uchun materiallar to‘plamlari
nashr etib boriladi. Bundan tashqari, TURKSOYning yana bir muhim tashabbusi —
“Turkiy Dunyo Madaniyat Poytaxti” loyihasi bo‘lib, Turkiya boshchiligida
o‘tkaziladigan ushbu loyiha doirasida ko‘plab madaniy tadbirlar tashkil etib
kelinmoqda.
Shuningdek, Turkiyaning ta’lim sohasidagi tashabbuslarini e’tirof etish
juda ham o‘rinlidir. Masalan, Turk Akademiyasi 2010-yilda Qozog‘istonda tashkil
etilgan bo‘lsa-da, uning faoliyatida Turkiya muhim rol o‘ynaydi. Akademiya 2014-
yilda rasmiy ravishda xalqaro tashkilot sifatida tan olingan bo‘lib, bu qaror
Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya prezidentlari o‘rtasidagi kelishuv
asosida qabul qilingan. Tashkilot turkiy davlatlarning “ilmiy integratsiyasi” uchun
mas’ul bo‘lgan va to‘laqonli huquqqa ega bo‘lgan organ sifatida qabul qilingan.
2014-yildan boshlab Akademiya ilm-fan va diplomatiya kesishgan xalqaro faoliyatini
faol olib bormoqda. Uning asosiy maqsadi butun dunyoda turkologiya ilmiy
sohasining rivojlanishiga mas’ul bo‘lgan ilmiy tashkilot sifatida faoliyat yuritishdir.
Turk Akademiyasi nafaqat turkiy davlatlarga a’zo mamlakatlar bilan, balki Rossiya,
Xitoy, AQSh, Fransiya, Germaniya, Vengriya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Pokiston,
Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Mo‘g‘uliston kabi davlatlardagi ilmiy
tashkilotlar bilan ham mustahkam aloqalar o‘rnatgan. Ular bilan ilmiy akademiyalar
va
yetakchi
tadqiqot
tashkilotlari
darajasida
hamkorlik
memorandumlari
imzolangan.
Xulosa:
Umuman olganda, Turkiya Respublikasining Turkiy Davlatlar
Tashkiloti doirasidagi tashabbuslari a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni
mustahkamlash hamda mintaqada yetakchi davlat sifatida qolishni maqsad qilgan.
63
Kaseinov, D. (2015). TURKSOY: The global actor of cultural cooperation in the Turkic world.
Fifth Summit of the
Turkic Council: A Raising Actor in Regional Cooperation in Eurasia
, 19-23.
64
KYDYRALI, D. (2019). Ten Years of the Turkic Academy: Activities, Achievements And Lessons.
Turkic Council
,
49.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
98
Turkiya siyosiy va iqtisodiy sohalarda o‘z o‘rnini saqlash bilan birga, madaniyat va
ta’limni rivojlantirish orqali yumshoq kuchi yordamida ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa,
TDTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi muntazam uchrashuvlar, sammitlar, konferensiyalar
va madaniy tadbirlar Turkiya uchun mintaqalarning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Kelgusida ham Turkiya “Turkiy dunyo nigohi-2040” loyihasidek muhim strategik
ahamiyatga ega tashabbuslarni amalga oshirish uchun o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ygan.
References:
1.
Özsoy, B. (2023). ‘TÜRK DÜNYASI’SÖYLEMİ İÇİNDE TÜRK
DEVLETLERİ TEŞKİLATI’NIN ROLÜ VE ÖNEMİ. Anasay, (25), 40-55.
2.
https://kun.uz/news/2022/08/20/turk-harbiy-texnikasi-bayroqdori-barchani-
oziga-jalb-qilgan-bayraktar-dronlari
3.
https://ytb.gov.tr/daireler/uluslararasi-ogrenciler
4.
https://tr.tradingeconomics.com/turkey/gdp
5.
https://tusiad.org/en/tusiad/about
6.
https://moderndiplomacy.eu/2023/11/24/the-role-of-turks-in-the-new-world-
order-summit-of-the-organization-of-turkic-states-and-turk-time/
7.
Ikkita qardosh davlat Turkiya va Ozarbayjonning energiya sohasidagi
bugungi kungacha davom etayotgan muvaffaqiyatli hamkorligining eng muhim
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan Trans Anadolu Tabiiy Gaz Trubkasi Loyihasi
(TANAP), Janubiy Kavkaz Trubkasi (SCP) va Trans Adriatik Trubkasi (TAP) bilan
birgalikda Janubiy Gaz Korridori ning eng muhim halqasini tashkil etadi.
https://www.tanap.com/tanap-projesi
8.
https://www.ispionline.it/en/publication/power-quiet-turkeys-central-asia-
9.
Kaseinov, D. (2015). TURKSOY: The global actor of cultural
cooperation in the Turkic world. Fifth Summit of the Turkic Council: A Raising
Actor in Regional Cooperation in Eurasia, 19-23.
10.
KYDYRALI, D. (2019). Ten Years of the Turkic Academy: Activities,
Achievements And Lessons. Turkic Council, 49.
